ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
101
OROLBO’YI SAKLAR YODGORLIKLARINING GEOGRAFIYASI VA
ETNOGEOGRAFIYA MASALALARI
Kenjayev Bektash Davronbek o’g’li
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti
Ijtimoiy – Iqtisodiy fanlar fakulteti
Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo`yicha)
yo`nalishi 3-bosqich talabasi.
E-mail: bektoshkenjaev341@gmail.com
Tel: +998(99)-751-08-22
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Orolbo‘yi hududida joylashgan ilk sak qabilalariga oid
arxeologik yodgorliklarning geografik tarqalishi hamda ularning etnogeografik xususiyatlari
tahlil etilgan. Tadqiqotda Chirik-Rabot, Janbasqal’a, Qo‘ng‘ir-adyr, Tegisken, Uyg‘arak kabi
yirik yodgorliklar asosida Orolbo‘yi mintaqasining qadimgi aholi punktlari va dafn marosimlari
tizimi o‘rganiladi. Shuningdek, yodgorliklarning joylashuvi orqali qadimgi saklar ijtimoiy hayoti,
migratsion harakatlari va madaniy aloqalari aniqlanadi. Maqolada geolokatsion tahlil, tarixiy-
geografik yondashuv va arxeologik topilmalar asosida ushbu hududda shakllangan saklar
etnografik tuzilmasi va ularning tabiiy-geografik muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritib berilgan.
Ushbu tadqiqot Orolbo‘yi mintaqasining miloddan avvalgi birinchi ming yillikdagi etno-madaniy
landshaftini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
Orolbo‘yi, sak qabilalari, arxeologik yodgorliklar, geografik joylashuv,
etnogeografiya, Chirik-Rabot, Tegisken, Djomboy, madaniy qatlam, qadimgi aholi, joy nomlari,
tarixiy-geografik hudud, qadimiy migratsiyalar, makon va identitet.
Аннотация:
В
данной
статье
рассматривается
география
распространения
археологических памятников ранних саков, расположенных в Приаралье, а также
этногеографические особенности данных объектов. На основе таких крупных памятников,
как Чирик-Рабат, Жанбаскала, Кунгир-адыр, Тегискен, Уйгарак, анализируются древние
населённые пункты и погребальные обряды сакского населения региона. Расположение
памятников позволяет проследить особенности социальной жизни, миграционных
процессов и культурных связей древних саков. С применением методов геолокационного
анализа, историко-географического подхода и археологических данных в статье
освещается этнографическая структура сакских племён и их взаимодействие с природно-
географической средой. Исследование способствует более глубокому пониманию
этнокультурного ландшафта Приаралья в I тысячелетии до н. э.
Ключевые слова:
Приаралье, скифские племена, археологические памятники,
географическое положение, этногеография, Чирик-Рабат, Тегискен, Джомбой, культурный
слой, древнее население, топонимы, историко-географический регион, древние миграции,
пространство и идентичность.
Abstract:
This article explores the geography of archaeological sites associated with the early
Saka tribes in the Aral Sea region, as well as their ethnogeographic characteristics. Based on
major sites such as Chirik-Rabat, Janbasqala, Qong‘ir-Adyr, Tegisken, and Uyg‘arak, the study
examines ancient settlements and burial practices of the Saka population. The distribution of
these sites helps reveal aspects of social life, migration patterns, and cultural connections of the
early Saka. Using geolocation analysis, a historical-geographic approach, and archaeological
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
102
evidence, the article outlines the ethnographic structure of Saka communities and their
interaction with the natural environment. This research contributes to a deeper understanding of
the ethno-cultural landscape of the Aral Sea basin in the first millennium BCE.
Key words:
Aral Sea region, Saka tribes, archaeological sites, geographical location,
ethnogeography, Chirik-Rabat, Tegisken, Djomboy, cultural layer, ancient population, toponyms,
historical-geographical area, ancient migrations, space and identity.
KIRISH (ВBЕДЕНИЕ / INTRОDUCTIОN).
Saklar — miloddan avvalgi birinchi ming yillikda Markaziy Osiyo va unga tutash hududlarda
yashagan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi turkiy-eroniy xalqlar guruhi bo‘lib, ularning
moddiy va madaniy merosi bugungi kunda ham arxeologik tadqiqotlarning diqqat markazida
qolmoqda. Ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasi qadimda saklar uchun muhim tarixiy-geografik makon
bo‘lgan bo‘lib, bu hududda topilgan arxeologik yodgorliklar orqali ularning hayot tarzi, ijtimoiy
tuzumi, diniy e’tiqodlari va madaniy aloqalarini o‘rganish imkonini beradi. Mazkur hududdagi
Chirik-Rabot, Janbasqal’a, Qo‘ng‘ir-adyr, Tegisken, Uyg‘arak kabi yodgorliklar nafaqat qadimgi
aholi punktlari va nekropol sifatida, balki saklar etnosining shakllanishi va migratsion
jarayonlarini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu yodgorliklarning geografik
joylashuvi, tabiiy muhit bilan aloqadorligi va ularning o‘zaro tizimli bog‘liqligi orqali saklar
jamiyatining etnogeografik xususiyatlarini aniqlash mumkin. Ushbu maqolada Orolbo‘yi
saklarining arxeologik yodgorliklari asosida mintaqaning tarixiy-geografik tavsifi, saklar
qabilalarining joylashuvi va harakati, shuningdek, etnomadaniy landshaftga ta’siri ilmiy
yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot mintaqaning qadimgi davrlardagi etnik tarkibi va
madaniy taraqqiyotiga oid yangi qarashlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
АDАBIYОTLАR TАHLILI (АНАЛИЗ ЛИТЕРАТУРЫ/ LITERАTURE АNАLYSIS).
Orolbo‘yi mintaqasida joylashgan sak qabilalariga oid yodgorliklar yuzasidan olib borilgan ilmiy
izlanishlar ko‘p jihatdan XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab faollashdi. Xususan, S.P.
Tolstov boshchiligida amalga oshirilgan Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi natijasida
Chirik-Rabot, Janbasqal’a, Qo‘ng‘ir-adyr, Tegisken, Uyg‘arak kabi muhim arxeologik obyektlar
aniqlanib, dastlabki ilmiy tavsiflari berilgan. Tolstov o‘zining “Drevniy Xorezm” asarida
Orolbo‘yi madaniy landshaftining rivojlanish bosqichlari va saklarning ushbu hududdagi
etnomadaniy izlarini asoslab beradi. Shuningdek, S.P. Andrianov, L.M. Levina, E.E. Kuzmina
kabi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar orqali saklar madaniyatining janubiy Orolbo‘yi
va Quyi Sirdaryo havzasidagi shakllanishi va ularning turmush tarzi haqida muhim ilmiy
qarashlar ilgari surilgan. Kuzmina o‘z izlanishlarida saklar harakatining ekologik va iqlimiy
omillar bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. V.A. Ranov, A.P. Derevyanko, V.G. Afanasyev
kabilarning ishlari esa keng ko‘lamda saklar madaniyati va arxeologik tipologiyasining boshqa
Yevrosiyo ko‘chmanchilari bilan bog‘liqligini ochib beradi. Ayniqsa, ularning asarlarida saklar
joylashuvi va migratsiya xaritalariga asoslangan etnogeografik yondashuvlar mavjud.
O‘zbekistonlik tadqiqotchilardan Ravshanbek Turg‘unov, Ziyovuddin Islomov, Dilshod
Rahimov va boshqalarning so‘nggi yillardagi tadqiqotlarida Orolbo‘yi yodgorliklarining lokal
xususiyatlari, ularning arxeologik qatlamlari, hamda saklarning ijtimoiy tuzilmasi bilan bog‘liq
tafsilotlar yanada chuqurroq ochib berilgan.
MUHОKАMА VA NАTIJАLАR (ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ / DISCUSSIОN
AND RESULTS)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
103
Yozma manbalar cheklangan holda, geografik hudud va etnosning o‘zaro munosabatlari,
antropogen landshaftning rivojlanishi, hududning o‘zlashtirilish darajasi, aholining zichligi va
hududiy joylashish chegaralarini aniqlashda arxeologiya ma’lumotlarining ahamiyati beqiyosdir.
Orolbo‘yi bronza va ilk temir davri yodgorliklari geografiyasini o‘rganishda va ularning
kartografiyasi masalalarini yechishda Xorazm arxeologik ekspeditsiyasining xizmati katta.
Mavjud arxeologik ma’lumotlarga asoslanib, masalani ochib berish maqsadga muvofiqdir.
Dastavval, uning o‘rganilganlik darajasini qisqacha ko‘rib chiqish lozim.[6] Xorazm
ekspeditsiyasi tadqiqotlari natijasida turli davrlarga oid yodgorliklarning xaritalari tuzilgan. S.P.
Tolstovning asarida xronologiya tartibida e’lon qilingan birinchi xarita “Oqchadaryo deltasida
ibtidoiy madaniyatga oid yodgorliklarning yoyilishi” deb nomlangan, unda Kaltaminor va
Tozabog‘yob madaniyatlari makonlari qatorida temir davri ko‘chmanchi qabilalar madaniyati
yodgorliklari o‘z aksini topgan, ikkinchi xarita so‘nggi bronza davri Amirobod madaniyati
makonlari va manzilgohlariga bag‘ishlangan, uchinchi xarita quyi Sirdaryoning “Jonidaryo va
Quvondaryo havzasida qadimgi qabilalarning joylashishi va arxeologik madaniyatlarning
yoyilishi xaritasi” deb atalgan.[8]
B.I. Vaynberg monografiyasida yodgorliklar kartografiyasiga mansub ma’lumotlar “Xorazm
arxeologiya-etnografik ekspeditsiyasi tadqiqotlari rayonlarining kartosxemasi”, “So‘l sohil
Xorazm yodgorliklarining xaritasi, qadimgi davr tarixiy–arxeologik ta’rifi” kabi ishlanmalar
bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ekologiya va etnik tarix, tabiiy resurslarning xo‘jalik o‘zlashtirish
shakllari, tarixiy etnogeografiya masalalari tahlil qilingan va V.V. Bartold fikriga asoslangan
holda, Orolbo‘yi hududlari “Turon” deb atalgan. S.B. Bolelovning maqolasida Janubiy Orolbo‘yi
ilk temir davri yodgorliklarining xaritasi Sakarchaga, Qoratosh, Toshsaka, Mishekli va
Ucho‘choq kabi yodgorliklar bilan to‘ldirilgan.[5] H. Matyoqubovning monografiyasida bronza
va ilk temir davri Xorazm vohasida aholining hududiy joylashish xususiyatlari va chegaralari,
tarixiy geografiya muammolari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotchining yozishicha, B.I. Vaynberg
monografiyasida Orolbo‘yida (Turon) qabilalarning hududiy joylashish masalasini yoritish
jarayonida ayrim chalkashlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, B.I. Vaynberg ishida
Sariqamishbo‘yi o‘rta Dovdon o‘zani o‘ng qirg‘oqlaridagi Sakarchaga ilk saklar mozor
qo‘rg‘onlari materiallari inobatga olinmaganligi g‘alati tuyuladi, chunki ular mil. avv. VII–VI
asrlarda Xorazm vohasida saklar joylashganligidan darak beradi.[1]
Sharqiy Orolbo‘yi arxeologik yodgorliklarining xaritasiga tegishli shartli belgilarida shahar
xarobalari va qal’alari, qadimiy makonlar va manzilgohlar, dafn inshootlari (maqbaralar) va
mozor qo‘rg‘onlari aks etgan, ularning ichida eng muhimlarining nomlari keltirilgan, shuningdek,
mil. avv. VII–V asrlar quyi Sirdaryoning janubiy eski o‘zanlari bo‘ylab joylashgan sak
qabilalarining 60 dan ortiq manzilgohlari qayd etilgan. Ilk saklar yodgorliklarining geografiyasi
va kartografiyasi borasida qo‘lga kiritilgan natijalar yetarlicha tahlil qilinmagan. Shu tufayli
yangi ilmiy ma’lumotlarga tayanib, mavjud muammolarni ochib berish, chorvador qabilalarning
Orolbo‘yi hududlarini o‘zlashtirish darajasi va hududiy joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari
hamda chegaralarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bu davrda o‘ng sohil Amudaryoning
Amirobod madaniyati qabilalari yarim yerto‘la va kulbalarda yashagan, ya’ni ular sodda
turarjoylar bino qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishgan. Mazkur tarixiy bosqichda so‘l sohil
Amudaryo hududlarida aholi doimiy ravishda istiqomat qilmagan, chunki so‘nggi bronza davrida
Amudaryo suvining Dovdon o‘zani orqali Sariqamish ko‘liga kelib quyilishi to‘xtab qolgan,
aksincha, o‘ng sohil Oqchadaryo o‘zani suv ta’minoti yuqori bo‘lgan. Sariqamish bo‘yida
xo‘jalik hayotining jonlanishi Sakarchaga saklari va Quyisoy madaniyati rivojlanishi davriga
to‘g‘ri keladi. Mil. avv. VII asrda Dovdon o‘zanida suv ta’minotining qayta tiklanishi sababli
keng dasht yaylovlarida chorva boqish imkoni vujudga kelgan. Bu davrga oid 10 ta manzilgoh
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
104
topib tekshirilgan. Arxeologik yodgorliklar, taxminan, 350 kv. km maydonda yoyilgan.[3] Yaqin
joylashgan manzilgohlarning orasidagi masofa 5–15 km ni tashkil etadi, chorvadorlarning eng
yirik aholi maskanlari Quyisoy 2 va Qangaqal’a bir-biridan 70 km masofada joylashgan.
Adabiyotlarda aks etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Sariqamish tevarak atrofi ilk temir davrida turli
qabilalar tomonidan o‘zlashtirilgan. Ilk saklar va Quyisoyliklarning manzilgohlari mudofaa
devorlariga ega bo‘lmaganligi holati, bo‘z yerlarni o‘zlashtirish jarayoni o‘zaro raqobatchilikdan
yiroq tinch sharoitda yuz bergan, deb taxmin qilishga asos bo‘lgan.[2]
Xulosa
Orolbo‘yi mintaqasidagi saklar yodgorliklarining geografiyasi va etnogeografik xususiyatlarini
o‘rganish ushbu hududning qadimgi etno-madaniy taraqqiyotini yoritishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Arxeologik manbalar, ayniqsa Chirik-Rabot, Janbasqal’a, Qo‘ng‘ir-adyr, Tegisken,
Uyg‘arak va boshqa yodgorliklarning joylashuvi, ularning funksional tuzilmasi va atrof-muhit
bilan o‘zaro munosabati orqali sak qabilalarining ko‘chmanchi hayoti, hududni o‘zlashtirish
darajasi va ijtimoiy tuzilmasi haqida muhim ilmiy xulosalar chiqarish mumkin bo‘ldi. Tadqiqot
shuni ko‘rsatadiki, miloddan avvalgi I mingyillikda saklar Orolbo‘yi hududining ekologik
imkoniyatlaridan oqilona foydalangan, daryolar o‘zanlari, yaylovlar va strategik ahamiyatga ega
hududlarda o‘z manzilgohlarini tashkil etgan. Saklarning joylashuvi, ko‘chish yo‘nalishlari va
arxeologik yodgorliklarning xaritada tarqalishi ularning o‘zaro aloqasi, iqtisodiy faoliyati va
madaniy rivojlanishiga bevosita bog‘liq bo‘lgan. Bundan tashqari, mavjud yozma manbalar
cheklangan bo‘lgan sharoitda arxeologik ma’lumotlar asosida geografik hudud va etnos
o‘rtasidagi tarixiy bog‘liqlikni tahlil qilish, antropogen landshaft shakllanishining bosqichlarini
aniqlash hamda qadimiy qabilalarning o‘zlashtirish tajribalarini ochib berish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Андрианов Б.В. Проблема исторического взаимодействия кочевых культур и древних
земледельческих цивилизаций в свете концепции о хозяйственно-культурных типах (по
материалам Приаралья) // Взаимодействие кочевых культур и древних цивилизаций. –
Алма-Ата, 1987. – С.13-15.
2. Арриан. Поход Александра / Пер. М.Е. Сергеенко. – М. – Л., 1962. – 384 с.
3. Акишев К.А. Саки азиатские и скифы европейские: общее и особенное в культуре //
Археологические исследования в Казахстане. Алма-Ата, 1973. – С. 49; 58-59.
4.Геродот. История. В девяти книгах / Перевод Г.А. Стратановского. – Л.: Наука, 1972. –
600 с.
5.Ягодин В.Н. Массагеты Арало – Каспия // Ўзбекистон тарихи ва маданияти. – Тошкент,
2011. – С. 235-240.
6.Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. –
112 б.
7. Толстов.С.П. Древней Хорезм.– М.:МГУ, 1948.– C. 77–100.
8. Толстов С.П. Приаральские скифы и Хорезм // СЭ. – М., 1961. №4. – С. 114-116.