Авторы

  • Xidiraliyev Ne’matullox Toxir o‘g‘li,Mustafoqulov Diyorbek Muxtorovich,Amirqulov Faxriddin Hikmatillo o’g’li
    Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kavalifikatsiyalar instituti. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.119564

Ключевые слова:

Energiya tejamkorlik energiya samaradorlik.

Аннотация

 Hozirgi vaqtda O‘zbekiston  iqtisodiyotidagi eng dolzarb strategik vazifalardan biri bu ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan energiya sarfini kamaytirish hisoblanadi. Shu munosabat bilan, ko'pchilik olimlar tadqiqotlari tahlili asosida "Energiya tejamkorlik" va "Energiya samaradorlik" tushunchalariga ayni bir ta’rif mavjud emas. Ushbu ilmiy maqolada muallifning "Energiya tejamkorlik" va "Energiya samaradorlik" tushunchalariga ta’rifi va dunyo olimlari tadqiqotlari tahlili yoritilingan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

14

“ENERGIYA TEJAMKORLIK” VA “ENERGIYA SAMARADORLIK” ATAMALARI

TAHLILI.

Xidiraliyev Ne’matullox Toxir o‘g‘li

Mustafoqulov Diyorbek Muxtorovich

Amirqulov Faxriddin Hikmatillo o’g’li

Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo

amaliy texnik kavalifikatsiyalar instituti.

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.

Annotatsiya:

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eng dolzarb strategik vazifalardan

biri bu ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan energiya sarfini kamaytirish hisoblanadi. Shu

munosabat bilan, ko'pchilik olimlar tadqiqotlari tahlili asosida "Energiya tejamkorlik" va

"Energiya samaradorlik" tushunchalariga ayni bir ta’rif mavjud emas. Ushbu ilmiy maqolada

muallifning "Energiya tejamkorlik" va "Energiya samaradorlik" tushunchalariga ta’rifi va dunyo

olimlari tadqiqotlari tahlili yoritilingan.

Аннотация:

В настоящее время одной из наиболее актуальных стратегических задач в

экономике Узбекистана является снижение энергопотребления по отношению к

производственным мощностям. В связи с этим, исходя из анализа исследований многих

ученых, не существует единого определения понятий «Энергосбережение» и

«Энергоэффективность». В данной научной статье дано авторское определение понятий

«Энергосбережение» и «Энергоэффективность» и проведен анализ исследований мировых

ученых.

Abstract:

Currently, one of the most urgent strategic tasks in the economy of Uzbekistan is to

reduce energy consumption in relation to production capacity. In this regard, based on the

analysis of the studies of many scientists, there is no single definition of the concepts of "Energy

saving" and "Energy efficiency". This scientific article describes the author's definition of the

concepts of "Energy saving" and "Energy efficiency" and the analysis of world scientists'

research.

Kalit so'zlar:

Energiya tejamkorlik, energiya samaradorlik.

Ключевые слова

: Энергосбережение, энергоэффективность.

Key words:

Energy saving, energy efficiency.

Kirish.

Hozirgi vaqtda

O‘zbekiston

iqtisodiyotidagi eng dolzarb strategik vazifalardan biri

energiya sarfini kamaytirishdir. Turli xil energiya resurslariga bo'lgan talab tobora ortib

borayotgan bir sharoitda kamroq sarf etiladigan energiya tejamkor chora-tadbirlarni ishlab

chiqish va joriy etish eng muhim vazifadir.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

15

Energiya tejamkorligi milliy xo'jalikda tabiiy energiya resurslariga aylantirilgan birlamchi

energiyadan oqilona foydalanish va tejamkor sarflashga yo'naltirilgan bo'lib, u texnik, iqtisodiy

va huquqiy usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Energiya tejamkorlik davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, barcha qurilish

obyektlarining faoliyatida muhim yo'nalish hisoblanadi. Bunda, energiya tejamkor

texnologiyalarni joriy etish bo'yicha tadbirlar asosan katta moliyaviy xarajatlarni talab

qilmaydi.[1]

Ayni vazifalar ijrosi yuzasidan bir qator Prezident Qarorlari va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi

Qarorlari tadbiq etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi

PQ-4779-sonli “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb

etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini

kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori [2], O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-sonli “2030-yilgacha O‘zbekiston

Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish

bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori [3], O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2020-yil 9-oktyabrdagi 640-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Energetika

Vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi to‘g‘risidagi

nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori [4], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-

sentyabrdagi PF-220-sonli “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli

qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida” gi farmoni [5] bunga yaqqol misol bo‘ladi. Ushbu hujjatlarda keltirilgan “Energiya

samaradorlik” va “Energiya tejamkorlik” atamalariga aniqlik kiritish bilan bir qatorda dunyo

olimlari tadqiqotlaridan olingan tahliliy fikrlarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Asosiy qism.

O‘zbekiston iqtisodiyotida eng dolzarb strategik vazifalardan biri hozirgi vaqtda

energiya sarfini kamaytirishdir. 2030 yilga kelib, mamlakat iqtisodiyoti energiya sarfi 30 foizga

kamayishi kerak, buning uchun energiya samaradorligini oshirish uchun energiya resurslarini

boshqarish tizimini takomillashtirish talab etiladi. Shubhasiz, ushbu muammoni hal qilishning

aniq yo'nalishlarini belgilashdan oldin, energiya tejamkorlik va energiya samaradorlik atamalari

nimani anglatishini tushunish zarur. Ilmiy ma'lumotlar manbalarida "energiya tejamkorlik" va

"energiya samaradorlik" tushunchalari bo'yicha ko'pchilik olimlar tomonidan tanlangan aniq

nuqtai nazar mavjud emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-sonli “2030-yilgacha

O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar

samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorida o'rnatilgan tushunchalar

bo'yicha ularning ta'riflari quyidagicha talqin tavsiya qilinadi.

– energiyani tejash – energiya resurslaridan foydalanishning tegishli foydali ta'sirini (shu

jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar hajmini) saqlagan

holda, foydalanilayotgan energiya resurslari hajmini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy, huquqiy,

texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– energiya samaradorlik – energiya resurslaridan foydalanishning foydali ta'sirini mahsulotga,

texnologik jarayonga, yuridik shaxsga, yakka tartibdagi tadbirkorga ishlab chiqarilgan

mahsulotlari xarajatlariga nisbatini aks ettiruvchi tavsiflar.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

16

Rossiya va Germaniyaning “Complex ecoenergy” loyihasi doirasida “energiya tejamkorligi” va

“energiya samaradorligi” tushunchalarining quyidagi taʼriflari keltiriladi:

– energiya samaradorlik – energetika resurslaridan samarali (oqilona) foydalanish, texnika va

texnologiya rivojlanishining mavjud darajasida hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga doir

talablarga rioya etilgan holda yoqilg'i-energetika resurslaridan foydalanishning iqtisodiy jihatdan

oqlangan samaradorligiga erishish;

– energiya tejash yoki energiyadan samarali foydalanish, yoki “beshinchi yoqilg'i turi” – binolar

yoki ishlab chiqarish jarayonlarida bir xil darajada energiya ta’minotini ta’minlash uchun

kamroq energiya ishlatish.

“Complex ecoenergy” loyihasi ishlab chiquvchilarining xulosasi quyidagicha:

– “energiya samaradorlik” atamasining yagona bir xil talqini yo‘q.

– "beshinchi turdagi yoqilg'i" uchun chiqarilgan narx juda yuqori va ko'p nollik raqamlar bilan

ifodalanadilanadi. [6]

V.V.Efremov "energiya tejamkorlik" va "energiya samaradorligi" tushunchalarining ta'riflarini

o'z nuqtai nazari quyidagicha tahlil qilib beradi. Energiyani tejash deganda energiya resurslari,

elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish samaradorligi chora-tadbirlarni amalga oshirishni

anglatadi. Efremov tomonidan energiya samaradorlik texnik jihatdan mumkin deb hisoblanib,

energiya resurslari va energiyadan foydalanishning hozirgi texnologik rivojlanish darajasi

iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi shart. Muallif fikricha "energiya tejamkorlik" va "energiya

samaradorligi" atamalari bir biriga bog‘liq bo‘lib, energiya samaradorligini oshirish orqali

energiya tejashni aniqlash mumkin.[7]

Bizningcha, energiya samaradorlik ko‘rsatkichlarini energiya manbaalariga bog‘lash har doim

ham to‘g‘ri natija bermaydi.

Ukrainalik olimlarning nuqtai nazarida [8]:

– energiya tejamkorlik - davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning tashkiliy, ilmiy,

amaliy, axborot faoliyatida yoqilg'i-energetika resurslarini qazib olish, qayta ishlash, tashish,

saqlash, ishlab chiqarish, foydalanish va utilizatsiya qilishda sarfini (yo'qotishlarini) kamaytirish,

shu bilan bir qatorda huquqiy, tashkiliy, ilmiy, ishlab chiqarish, texnik ishlarni amalga oshirish

energiya resurslaridan samarali foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini iqtisodiy

muomalaga jalb etishga qaratilgan iqtisodiy chora-tadbirlar yig‘indisidir.

– energiya samaradorlik - bu muhandislik, iqtisod, huquq va sotsiologiya sohalari chorrahasida

joylashgan bilimlar majmuidir. Texnik, texnologik va ekologik talablarga rioya etgan holda

mavjud energiya resurslaridan ratsional foydalanib iqtisodiy samaradorlikka erishishni anglatadi.

Energiyani tejash odamlarning xatti-harakatlaridagi o'zgarishlarni, masalan, elektr jihozlarini

ishlash rejimida qoldirish o'rniga ularni o'chirishni o'z ichiga oladi. Energiyadan samarali

foydalanish energiyani tejashga, davlat xizmatlari kommunal to‘lovlarini kamayishiga va atrof-

muhitni muhofaza qilishga olib keladi. Natijada, u energiya sarfini va issiqxona gazlari

chiqindilari kamayishiga sabab bo‘ladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

17

Xulosa.

Yuqoridagi va boshqa ilmiy manbalarini tahlili asosida muammo, bizningcha,

o'rganilayotgan tushunchalarning mazmuni va ifoda shakllari mumkin qadar belgilansin:

1.

Energiya tejamkorlik

- zarur bo'lgan tovarlarni (sifati, hajmi va xizmat davri) dastlabki

imkoniyatlarini saqlagan holda energiya resurslarini iste'molini kamaytirish bo'yicha chora-

tadbirlar majmuini amalga oshirish usuli.

2.

Energiya samaradorlik

- sarflanadigan energiya resurslarining energiya tejashlarini hisobga

olgan holda muayyan vaqt yoki ma'lum bir davr uchun tovarlarni (sifati, hajmi va xizmat davri)

takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish usuli.

3. Energiya samaradorligi mezoni energiya resurslarini eng kam sarflagan holda faoliyatning

muayyan xarajatlar evaziga energiya resurslarini ortiqcha iste'mol qilmasdan ma'lum bir natija

yoki eng katta natijaga erishish usulidir.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. “The Scientific-Practice Journal of Architecture, Construction and Design” Vol.16, Issue 2,

June 2021. Разработка усовершенствованных инженерных решений при повышении

энергоэффективности

зданий.

Профессор

С.САЙФИДДИНОВ,

доцент

У.С.АХМАДИЁРОВ

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-sonli “Iqtisodiyotning

energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot

tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaror https://lex.uz/docs/-4890081.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-sonli “2030-yilgacha

O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar

samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaror https://lex.uz/docs/-

6303230.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktyabrdagi 640-sonli

“O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari tarmoqlararo

energiyani tejash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaror

https://lex.uz/uz/docs/-5038208.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentyabrdagi PF-220-sonli “Energiya

tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini

rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni https://lex.uz/uz/docs/-

6189000.

6. The concept of energy effi ciency [Electronic resource]. Mode of access:

http://comecoen.com/ru/2012-03-04-18-14-31/2012-03-04-18-15-58.html.

7. Efremov, centuries, Markman, G.Z. «Energy» and «energy efficiency»: clarification of

concepts, balanced scorecard energy efficiency // Bulletin of the Tomsk Polytechnic University.

no.

4.

Vol

311.

Tomsk:

TPU,

2007.

Библиографические ссылки

“The Scientific-Practice Journal of Architecture, Construction and Design” Vol.16, Issue 2, June 2021. Разработка усовершенствованных инженерных решений при повышении энергоэффективности зданий. Профессор С.САЙФИДДИНОВ, доцент У.С.АХМАДИЁРОВ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-sonli “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaror https://lex.uz/docs/-4890081.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-sonli “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaror https://lex.uz/docs/-6303230.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktyabrdagi 640-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaror https://lex.uz/uz/docs/-5038208.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentyabrdagi PF-220-sonli “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni https://lex.uz/uz/docs/-6189000.

The concept of energy effi ciency [Electronic resource]. Mode of access: http://comecoen.com/ru/2012-03-04-18-14-31/2012-03-04-18-15-58.html.

Efremov, centuries, Markman, G.Z. «Energy» and «energy efficiency»: clarification of concepts, balanced scorecard energy efficiency // Bulletin of the Tomsk Polytechnic University. no. 4. Vol 311. Tomsk: TPU, 2007.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Xidiraliyev Ne’matullox Toxir o‘g‘li,Mustafoqulov Diyorbek Muxtorovich,Amirqulov Faxriddin Hikmatillo o’g’li, “ENERGIYA TEJAMKORLIK” VA “ENERGIYA SAMARADORLIK” ATAMALARI TAHLILI. , Научный информационный бюллетень: Том 8 № 2 (2025)