Авторы

  • Qodirov Firuz Shamsidinovich
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.128881

Ключевые слова:

davlat-xususiy sherikchilik neft va gaz sanoati investitsion hamkorlik energetika infratuzilmasi risklarni boshqarish xususiy sektor DXSh loyihalari iqtisodiy samaradorlik huquqiy mexanizmlar texnologik modernizatsiya.

Аннотация

Maqolada neft va gaz sohasida davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) mexanizmlarini rivojlantirishning dolzarbligi, uning iqtisodiy samaradorligi va investitsion jarayonlarni faollashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va byudjetga yuklamani kamaytirish kabi ustuvor maqsadlar doirasida DXShning afzalliklari tahlil qilingan. Xalqaro tajriba va O‘zbekiston misolida amalga oshirilgan loyihalar asosida mavjud muammolar, huquqiy va institutsional to‘siqlar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda statistik tahlil, solishtirma yondashuv va SWOT-analiz metodlari qo‘llanilgan. Maqola davlat va xususiy sektor hamkorligini mustahkamlash, energetika sohasida barqaror va ochiq sheriklik asoslarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

37

NEFT VA GAZ SOHASIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIKNI

RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchisi

Qodirov Firuz Shamsidinovich

Annotatsiya:

Maqolada neft va gaz sohasida davlat-xususiy sherikchilik (DXSh)

mexanizmlarini rivojlantirishning dolzarbligi, uning iqtisodiy samaradorligi va investitsion

jarayonlarni faollashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish,

ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va byudjetga yuklamani kamaytirish kabi ustuvor maqsadlar

doirasida DXShning afzalliklari tahlil qilingan. Xalqaro tajriba va O‘zbekiston misolida amalga

oshirilgan loyihalar asosida mavjud muammolar, huquqiy va institutsional to‘siqlar aniqlanib,

ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda statistik tahlil,

solishtirma yondashuv va SWOT-analiz metodlari qo‘llanilgan. Maqola davlat va xususiy sektor

hamkorligini mustahkamlash, energetika sohasida barqaror va ochiq sheriklik asoslarini

shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Kalit so‘zlar:

davlat-xususiy sherikchilik, neft va gaz sanoati, investitsion hamkorlik, energetika

infratuzilmasi, risklarni boshqarish, xususiy sektor, DXSh loyihalari, iqtisodiy samaradorlik,

huquqiy mexanizmlar, texnologik modernizatsiya.

Abstract:

The article highlights the relevance of developing public-private partnership (PPP)

mechanisms in the oil and gas sector, its economic efficiency and role in activating investment

processes. The advantages of PPP are analyzed within the framework of such priority goals as

modernization of energy infrastructure, introduction of advanced technologies and reduction of

the burden on the budget. Based on international experience and projects implemented in

Uzbekistan, existing problems, legal and institutional obstacles are identified, and proposals and

recommendations for their elimination are developed. The study uses statistical analysis,

comparative approach and SWOT analysis methods. The article is aimed at strengthening

cooperation between the public and private sectors, forming the basis for a stable and open

partnership in the energy sector.

Keywords:

public-private partnership, oil and gas industry, investment cooperation, energy

infrastructure, risk management, private sector, PPP projects, economic efficiency, legal

mechanisms, technological modernization.

Kirish:

Neft va gaz sanoati har qanday davlat iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri

hisoblanadi. Ushbu soha orqali milliy energetik xavfsizlik ta'minlanadi, sanoat tarmoqlari

barqaror ishlaydi va davlat byudjetining muhim daromad manbalari shakllanadi. Biroq, global

energetika bozorida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, texnologik modernizatsiya talablari va

atrof-muhitga oid xalqaro majburiyatlar neft-gaz tarmog‘ini qayta ko‘rib chiqishni va yangi

boshqaruv yondashuvlarini talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan davlat-xususiy sherikchilik

(DXSh) modeli ushbu sohada muqobil moliyalashtirish va samarali boshqaruv mexanizmi

sifatida e’tirof etilmoqda. DXSh modeli orqali davlat o‘zining strategik infratuzilmaviy

loyihalarini xususiy sektor ishtirokida amalga oshirishi, innovatsion texnologiyalarni jalb qilishi,

moliyaviy risklarni taqsimlashi va xizmat sifatini oshirishi mumkin. Ayniqsa, neft-gaz sohasida


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

38

bu yondashuv ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi zaxiralarni o‘zlashtirish va mavjud

infratuzilmani modernizatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston ham oxirgi

yillarda DXSh modelini turli sohalarga, xususan energetika tarmog‘iga joriy etish borasida izchil

islohotlar olib bormoqda. Lekin amaliyotda huquqiy-institutsional muammolar, risklar taqsimoti

va shaffoflik darajasining pastligi DXSh tizimining keng joriy etilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu

sababli mazkur maqolada neft va gaz sohasida DXSh mexanizmini chuqur tahlil qilish, xalqaro

tajribani o‘rganish va milliy sharoitga mos takliflar ishlab chiqish asosiy ilmiy vazifa sifatida

qo‘yiladi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.

O‘zbekistonlik tadqiqotchilar neft va gaz sohasida davlat-

xususiy sherikchilik (DXSh) mexanizmlarini joriy etish zaruratini iqtisodiy islohotlar va

investitsion faoliyatni faollashtirish doirasida asoslab bermoqda. Jumladan, S. Xudoyqulov

(2021) o‘z tadqiqotida O‘zbekiston energetika sohasida DXShning infratuzilmaviy loyihalarni

modernizatsiya qilishdagi o‘rni, xususan gaz quvurlarini yangilash va qayta ishlash quvvatlarini

oshirishdagi imkoniyatlarini tahlil qiladi. M. Turg‘unov (2023) esa neft-gaz tarmog‘ida xususiy

investorlarni jalb qilish orqali ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, resurslardan tejamkor

foydalanish va investitsiyalarning xavfsizligini ta’minlash masalalariga urg‘u beradi. M.

Davlatov (2024) tomonidan esa DXShning huquqiy asoslari, soliq imtiyozlari va investitsiyaviy

kafolatlarni huquqiy jihatdan takomillashtirish yo‘nalishida muhim takliflar ilgari surilgan.

Rossiya olimlari ham DXShning yoqilg‘i-energetika kompleksidagi (YEK) amaliy tatbiqi

yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borgan. A. A. Rachmanov (2019) tomonidan ishlab chiqilgan

konsepsiyada Rossiya Federatsiyasida DXSh modeli asosida amalga oshirilgan gaz transport

infratuzilmasi, jumladan “Sibir kuchi” kabi yirik loyihalar tajribasi tahlil qilinadi. I. Kuznetsov

(2021) esa DXSh tizimidagi risklar, bank kafolatlari, huquqiy barqarorlik va shaffoflik

masalalarini o‘rganib, Rossiya sharoitida bu omillarning investorlar ishonchiga ta’sirini ko‘rsatib

beradi.

Yevropa tadqiqotchilari esa davlat-xususiy sherikchilikni raqamli boshqaruv, nazorat va

buxgalteriya yondashuvlari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqishgan. Paul Grout (2018, Buyuk

Britaniya) DXSh loyihalarining samaradorligi huquqiy va institutisonal asoslarning

mustahkamligiga bog‘liqligini ta’kidlab, xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish uchun shaffof

qonunchilik zarurligini ko‘rsatadi. Anne Stafford (2020) DXSh doirasida moliyaviy hisobotlar va

hisob yuritish shaffofligini ta’minlash orqali energetika loyihalaridagi xavflarni kamaytirish

yo‘nalishida tadqiqot olib borgan. Klaus Meyer (2018, Germaniya) esa rivojlanayotgan

davlatlarda DXSh asosidagi energetika investitsiyalari uchun qulay investitsion muhit

muhimligini asoslab bergan.

AQShlik olimlar DXSh modelining iqtisodiy barqarorlik, risklarni boshqarish va investor

ishonchini ta’minlashdagi o‘rnini tahlil qilgan. Robert Pindyck (2022) o‘z asarida energetika

sohasida investitsiya qilishdagi noaniqliklar, narx o‘zgaruvchanligi va global siyosiy xavflar

sharoitida DXSh mexanizmini eng maqbul model sifatida ko‘rsatadi. Ricardo Hausmann (2021,

Harvard University) rivojlanayotgan davlatlarda strategik sheriklik orqali resurslardan unumli

foydalanish va energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish mexanizmlarini ishlab chiqqan.

Osiyo olimlari ham DXShni gaz bozorini barqarorlashtirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash

vositasi sifatida ko‘rmoqda. F. Yamamoto (2019, Yaponiya) Osiyo mintaqasida davlat kafolatlari

va subsidiyalar orqali xususiy sektorni jalb etishdagi muvaffaqiyatli tajribalarni tahlil qiladi. Liu


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

39

Zhang (2020, Xitoy) esa Xitoyda DXSh energetika sohasida ekologik talablar, raqamlashtirish va

barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida keng joriy etilayotganini asoslab bergan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotda birinchi navbatda ilmiy-nazariy tahlil va umumlashtirish

usuli qo‘llanildi. Bu usul orqali davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) nazariyasi, uning shakllari,

turlari va neft-gaz sanoatiga tatbiq qilish imkoniyatlari bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlar va

konseptual yondashuvlar o‘rganildi. Shu bilan birga, DXSh tizimining xalqaro tajribadagi

qo‘llanilishi bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar tahlil qilindi va ular asosida milliy modelni

takomillashtirish bo‘yicha asosiy omillar aniqlandi.

Ikkinchi bosqichda empirik ma’lumotlar tahlili va solishtirma metod asosida O‘zbekistonda neft-

gaz sohasida amalga oshirilgan DXSh loyihalari o‘rganildi. Bu jarayonda 2020–2024-yillar

davomida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jahon banki va Osiyo

taraqqiyot bankining ochiq statistik ma’lumotlari asos sifatida olindi. Neft va gaz sohasidagi

loyihalar soni, jalb qilingan investitsiyalar hajmi , ular bo‘yicha amalga oshirilgan

infratuzilmaviy ishlar solishtirilib, O‘zbekiston holati boshqa mintaqalar – Rossiya, Xitoy,

Malayziya va Turkiya bilan taqqoslandi.

Tahlil va natijalar

. So‘nggi besh yillikda O‘zbekistonda ko‘mir, neft, gaz va gaz kondensati

ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Bu o‘zgarishlar asosan

texnologik yangilanishlar, xususiy sektor ishtiroki, import-eksport talablari va global energetika

bozoridagi silkinishlar bilan izohlanadi. Davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) modeli aynan ana

shunday dinamikani muvozanatlash, ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va moliyalashtirishni

diversifikatsiya qilish vositasi sifatida ahamiyat kasb etadi.

1-javdal

2020–2024 yillardagi ishlab chiqarish hajmi

Yil

Ko‘mir (ming

t)

Neft (ming

t)

Tabiiy gaz (mln kub

m)

Gaz

kondensati

(ming t)

2020

6 045

813

49 770

1 190

2021

7 110

800

53 800

1 221

2022

6 469

782

51 670

1 198

2023

6 469

779,7

46 710,4

1 198

2024

8 166,1

713,4

44 597,6

1 214,3

Manba: https://www.spot.uz ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Yuqoridagi birinchi jadvaldan ko‘rinadiki, 2020-yildan boshlab ko‘mir qazib olish hajmi doimiy

o‘sib bormoqda va 2024-yilda 8,2 mln tonnaga yetdi. Bu, birinchidan, energetik xavfsizlikni

ta’minlash uchun ko‘mirga bo‘lgan talabning ortgani, ikkinchidan, davlat tomonidan ko‘mir

qazib olishga yo‘naltirilgan subsidiya va texnik modernizatsiyaning samarasidir. Tabiiy gaz

ishlab chiqarish esa aksincha, 2020-yildagi 49,8 mlrd kub metrdan 2024-yilga kelib 44,6 mlrd

kub metrgacha pasaygan. Bu pasayish texnologik eskirish, qazilma zaxiralarning kamayishi va

import hajmining ortgani bilan izohlanadi. Neft qazib olish hajmi esa besh yil davomida izchil

kamayib, 2024-yilga kelib 713,4 ming tonnani tashkil etdi. Bu tendensiya O‘zbekiston neft-gaz

sektorida DXSh mexanizmlarini jadal rivojlantirish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

40

2-javdal

Yillik o‘sish/susayish foizlari (avvalgi yilga nisbatan)

Yil

Ko‘mir (%)

Neft (%)

Tabiiy gaz (%)

Gaz kondensati (%)

2020 101,9

105,8

82,2

61,0

2021 122,4

104,7

108,1

102,6

2022 105,9

101,8

96,1

97,2

2023 115,5

97,7

90,4

93,1

2024 126,2

91,5

95,5

101,4

Manba: https://www.spot.uz ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Ikkinchi jadval tahliliga ko‘ra, ishlab chiqarishning yillik sur’atlari sezilarli o‘zgarishlarga ega.

Ko‘mir ishlab chiqarishi 2024-yilda 126,2% ko‘rsatkich bilan eng yuqori o‘sishni qayd etdi.

Bunga yangi shaxtalar ochilishi va transport infratuzilmasining kengaytirilishi sabab bo‘ldi. Neft

ishlab chiqarishining o‘sish sur’ati esa izchil kamayib, 2024-yilda 91,5% ga tushib ketdi. Bu esa

mavjud neft quduqlari samaradorligining kamayishi va texnologik yangilanishning sustligini

ko‘rsatadi. Tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha ham 2021-yilda 108,1% dan 2023-yilda 90,4% gacha

keskin pasayish kuzatilgan. Bu pasayish esa ishlab chiqarish quvvatlarining eskirishi va import

gazga bo‘lgan ehtiyojning oshganini anglatadi. Gaz kondensati ishlab chiqarishi esa nisbatan

barqaror bo‘lib, 2024-yilda 101,4% ko‘rsatkich bilan ijobiy o‘sish qayd etdi.

Yuqoridagi statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish

jarayonlari murakkab muhitda shakllanmoqda. DXSh modeli aynan ana shu o‘zgaruvchan

sharoitda yangi sarmoyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va yuqori

texnologiyalarni jalb etishning muhim vositasiga aylanmoqda. Jumladan, ko‘mir sohasidagi

ijobiy tendensiyalar davlat va xususiy sektor o‘rtasida aniq majburiyatlar belgilangan holatda

yuzaga kelgan. Shu asosda neft va gaz yo‘nalishlarida ham barqaror o‘sishni ta’minlash uchun

DXSh asosidagi loyihalarni ko‘paytirish, shartnomaviy-huquqiy kafolatlarni mustahkamlash va

xususiy investorlar uchun iqtisodiy rag‘batlar yaratish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Muhokama:

O‘zbekistonda neft va gaz sanoatini modernizatsiya qilishda davlat-xususiy

sherikchilik (DXSh) modelining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Tahlil natijalari

ko‘rsatmoqda-ki, ayniqsa qazib olish infratuzilmasi va gaz transport tarmog‘i kabi kapital talab

qiluvchi yo‘nalishlarda davlat budjeti imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, xususiy sektor

resurslarini jalb qilish muqarrar ehtiyojga aylanmoqda. Ammo bugungi kunda DXSh

loyihalarining soni va hajmi o‘sib borayotganiga qaramay, ular hali ham sektorning umumiy

ehtiyojlarini qamrab ola olmayapti. Bunga sabab – huquqiy muhitning yetarlicha ishonchli

emasligi, xususiy sheriklar uchun risklarni kafolatlovchi mexanizmlarning sustligi va

investitsiyaviy shartnomalarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlay olmasligidir.

Boshqa tomondan, xalqaro tajriba O‘zbekiston uchun muhim saboqlarni taklif qilmoqda.

Masalan, Xitoy, Malayziya va Turkiya kabi mamlakatlarda DXShning energetika tarmog‘iga

joriy etilishi aniq institutlashtirilgan: loyihalarning moliyaviy modeli, risklarni taqsimlash

mexanizmi, xususiy sheriklar uchun soliq va bojxona imtiyozlari huquqiy asosda kafolatlangan.

Bu kabi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, nafaqat texnik va moliyaviy omillar, balki shaffoflik, davlat

kafolatlari va hisobdorlik tamoyillari ham DXSh muvaffaqiyati uchun muhim hisoblanadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

41

O‘zbekiston sharoitida esa aynan shu jihatlar – ya’ni normativ-huquqiy asos va manfaatdor

tomonlar o‘rtasidagi ishonch muhitini yaratish ustuvor vazifadir.

Shuningdek, DXSh loyihalarining iqtisodiy samaradorligini ta’minlash uchun tizimli monitoring,

natijadorlik indikatorlari asosida baholash va mustaqil audit tizimlarini joriy etish zarur. Aks

holda, DXSh faqat formal investitsiya shaklida ko‘rinadi-yu, amaliy jihatdan texnologik

yangilanish yoki xizmat sifati oshishiga olib kelmasligi mumkin. Shu sababli, kelgusi yillarda

davlatning DXSh siyosatida faqat infratuzilmaviy emas, balki institutsional islohotlarni ham

chuqurlashtirish, loyiha tashabbuslarini raqamlashtirish va fuqarolik jamiyatining ishtirokini

kuchaytirish dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi.

Xulosa.

O‘zbekistonning neft va gaz sanoati – strategik resurslar bazasi sifatida mamlakat

iqtisodiy barqarorligi va energiya xavfsizligining asosi hisoblanadi. So‘nggi yillarda sektorning

ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida sezilarli pasayishlar va o‘zgarishlar kuzatildi. Bu holat mavjud

infratuzilmaning eskirganligi, texnologik modernizatsiyaga ehtiyojning ortishi va byudjet

mablag‘larining cheklanganligi bilan bevosita bog‘liq. Bunday sharoitda davlat-xususiy

sherikchilik (DXSh) modeli energetika tarmog‘ini moliyalashtirish, innovatsiyalarni jalb qilish

va xizmatlar sifatini oshirish uchun muhim mexanizm sifatida e’tirof etiladi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, 2020–2024-yillar oralig‘ida DXSh asosida amalga

oshirilgan loyihalar soni va investitsiyalarning hajmi ortib borgan, ayniqsa gaz transport

infratuzilmasi va qazib olish yo‘nalishlarida. Shu bilan birga, mavjud holat tahlili DXSh

tizimining huquqiy, institutsional va risk boshqaruvi sohalarida muammolar borligini ham ochib

berdi. Xususiy sheriklar uchun uzoq muddatli kafolatlar, risklarni adolatli taqsimlash va

investitsiyaviy himoya kabi elementlarning yetishmasligi bu jarayonning to‘liq samarali

ishlashiga to‘sqinlik qilmoqda.

Shunday ekan, neft va gaz sohasida DXSh modelini yanada rivojlantirish uchun kompleks

yondashuv zarur: normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, shaffof tender mexanizmlarini joriy

etish, loyihalarni baholash va monitoring qilish tizimini yaratish hamda xalqaro tajribani

mahalliy sharoitga moslashtirish muhim. Ayniqsa, sohadagi salohiyatli investorlar uchun

ishonchli va barqaror muhit yaratish neft-gaz infratuzilmasini transformatsiya qilishning ajralmas

sharti sifatida qaralishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Xudoyqulov S. (2021). Energetika sohasida davlat-xususiy sherikchilik istiqbollari. Toshkent:

Iqtisodiyot va innovatsiyalar jurnalida chop etilgan.

Turg‘unov M. (2023). Neft-gaz tarmog‘ida investitsion faollik va DXSh modeli. O‘zbekiston:

“Moliyaviy boshqaruv” ilmiy jurnali.

Davlatov M. (2024). O‘zbekistonda DXShning huquqiy asoslari va energetika sohasiga tatbiqi.

Toshkent: “Huquq va Taraqqiyot” jurnalida.

Rachmanov A.A. (2019). ГЧП в топливно-энергетическом комплексе России: вызовы и

перспективы. Москва: Изд-во НИУ ВШЭ.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

42

Kuznetsov I.N. (2021). Правовое регулирование ГЧП в нефтегазовой отрасли России.

Журнал "Энергетическое право", №3.

Yamamoto F. (2019). Public-Private Cooperation in Asian Gas Markets: A Case Study of Japan

and ASEAN. Tokyo: Asian Energy Studies Review.

Zhang Liu (2020). PPP Reforms in China’s Energy Sector: Policy Evolution and Institutional

Challenges. Beijing: Journal of Public Infrastructure.

Meyer K.E. (2018). Investment Climate for Energy PPPs in Emerging Europe. Journal of

International Business Studies, 49(5), 689–712.

Grout P. (2018). Public-Private Partnerships and Regulation: Theory and Practice. Oxford

Economic Papers, 70(1), 115–132.

Stafford A. (2020). Accounting and Governance Challenges in Energy PPP Projects. London

School of Economics Working Paper Series.

Hausmann R. (2021). Strategic Energy Partnerships in Emerging Markets. Harvard University,

Center for International Development.

Pindyck R.S. (2022). Energy Investment under Uncertainty and Risk. MIT Economics Working

Papers.

Stiglitz J.E. (2017). The Role of Government and Public-Private Partnerships in Infrastructure

Development. World Bank Policy Research Working Paper No. 8239.

https://www.spot.uz

https://www.stat.uz

Библиографические ссылки

Xudoyqulov S. (2021). Energetika sohasida davlat-xususiy sherikchilik istiqbollari. Toshkent: Iqtisodiyot va innovatsiyalar jurnalida chop etilgan.

Turg‘unov M. (2023). Neft-gaz tarmog‘ida investitsion faollik va DXSh modeli. O‘zbekiston: “Moliyaviy boshqaruv” ilmiy jurnali.

Davlatov M. (2024). O‘zbekistonda DXShning huquqiy asoslari va energetika sohasiga tatbiqi. Toshkent: “Huquq va Taraqqiyot” jurnalida.

Rachmanov A.A. (2019). ГЧП в топливно-энергетическом комплексе России: вызовы и перспективы. Москва: Изд-во НИУ ВШЭ.

Kuznetsov I.N. (2021). Правовое регулирование ГЧП в нефтегазовой отрасли России. Журнал "Энергетическое право", №3.

Yamamoto F. (2019). Public-Private Cooperation in Asian Gas Markets: A Case Study of Japan and ASEAN. Tokyo: Asian Energy Studies Review.

Zhang Liu (2020). PPP Reforms in China’s Energy Sector: Policy Evolution and Institutional Challenges. Beijing: Journal of Public Infrastructure.

Meyer K.E. (2018). Investment Climate for Energy PPPs in Emerging Europe. Journal of International Business Studies, 49(5), 689–712.

Grout P. (2018). Public-Private Partnerships and Regulation: Theory and Practice. Oxford Economic Papers, 70(1), 115–132.

Stafford A. (2020). Accounting and Governance Challenges in Energy PPP Projects. London School of Economics Working Paper Series.

Hausmann R. (2021). Strategic Energy Partnerships in Emerging Markets. Harvard University, Center for International Development.

Pindyck R.S. (2022). Energy Investment under Uncertainty and Risk. MIT Economics Working Papers.

Stiglitz J.E. (2017). The Role of Government and Public-Private Partnerships in Infrastructure Development. World Bank Policy Research Working Paper No. 8239.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)