ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
7
ONKOLOGIK KASALLIKLARDA ERTA TASHXISNING AHAMIYATI
Ibragimova Fotima Raxim qizi
Eurasian multidisciplinary university 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Hozirgi kunda saratonkasalligi butun dunyo bo‘yicha o‘sib bormoqda. Onkologik
kasallik rivojlanishini barvaqt aniqlash, davolashning samarali usullarini qo‘llash, remissiya
davrini uzaytirish hamda reabilitatsiya choratadbirlarini ishlab chiqish va takomillashtirish
kasallik bilan kurashishning mazmunini tashkil qiladi. Ushbu maqolada onkologik
kasalliklarning ilmiy manbalarda o‘rganilishini aniqlashga qaratilgan .
Kalit so‘zlar
: onkologiya,psixoonkologiya, bemorlar, psixologik sabablar. Hozirgi kunda
onkologik kasalliklar hisoblangan saraton, rak aholi orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri
bo‘lib sanalmoqda. Oʻsma kasalliklari nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida
murakkab muammolardan biri boʻlib sanalmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, keyingi yillarda
dunyoning koʻpgina davlatlarida onkologik kasalliklarga chalinish koʻrsatkichlari oshib
bormoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, 2030 yilda butun
dunyoda oʻsma xastaliklari bilan 15 million kishi kasallanishi mumkin. Yurtimizda yiliga 22
mingdan ortiq bemor onkologik kasallik tashxisi bo‘yicha hisobda turadi. Mamlakatimizda
mazkur kasallikning tez rivojlanib borayotganligi oʻz navbatida, ushbu kasallikka qarshi
kurashish tizimining modernizatsiyalanishi, uni moliyalashtirish manbalarining aniq
belgilanishini, yangi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishini taqozo etmoqda.
O‘zbekistonda inson sog‘lig‘i va salomatligi masalasiga katta e’tibor qaratilgan va tibbiy
xizmatdan foydalanish huquqi konstitutsiya bilan himoyalangan.[1] Bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan PF-4947- sonly Farmoniga
muvofiq”2017-2021 yillarda O‘zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi”ning IV-ustuvor yo‘nalishida “Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va uning
sog‘lig‘ini saqlash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini
oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, o‘rta mahsus va oily
ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish” deb
nomlangan bandlari inson salomatligi masalasiga mamlakatimizda jiddiy e’tiborning isbotini
ko‘rsatadi
ВАЖНОСТЬ РАННЕЙ ДИАГНОСТИКИ ОНКОЛОГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ
Аннотация:
В настоящее время количество онкологических заболеваний во всем мире
продолжает расти. Основу борьбы с онкологическими заболеваниями составляют: ранняя
диагностика развития рака, применение эффективных методов лечения, продление
периода ремиссии, а также разработка и совершенствование мер реабилитации.
Настоящая статья посвящена анализу изучения онкологических заболеваний в научных
источниках.
Ключевые слова:
онкология, психоонкология, пациенты, психологические причины.
На сегодняшний день онкологические заболевания, такие как рак, являются одними из
наиболее распространённых болезней среди населения. Опухолевые заболевания
представляют собой серьёзную проблему не только в нашей стране, но и во всём мире.
Согласно статистическим данным, в последние годы показатели заболеваемости
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
8
онкологией увеличиваются во многих странах. По данным Всемирной организации
здравоохранения, к 2030 году количество заболевших раком в мире может достичь 15
миллионов человек.
В нашей стране ежегодно более 22 тысяч пациентов состоят на учете с диагнозом
онкологических заболеваний. Быстрое развитие данной болезни требует модернизации
системы борьбы с ней, чёткого определения источников её финансирования и принятия
новых нормативно-правовых документов.
В Узбекистане вопросам здоровья и охраны здоровья граждан уделяется большое
внимание, а право на медицинское обслуживание защищено Конституцией. В этом
направлении указ Президента Республики Узбекистан № ПФ-4947 от 7 февраля 2017 года,
в котором изложена «Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития
Республики Узбекистан в 2017–2021 годах», в своем четвёртом приоритетном
направлении содержит положения, подтверждающие серьёзное внимание к вопросам
здоровья населения: «Усиление социальной защиты граждан, охрана здоровья, повышение
качества социальной помощи уязвимым слоям населения, укрепление роли женщин в
общественно-политической жизни, улучшение качества среднего специального и высшего
образования и принятие мер по их развитию
THE IMPORTANCE OF EARLY DIAGNOSIS IN ONCOLOGICAL DISEASES
Annotation:
Nowadays, the incidence of cancer is increasing worldwide. The essence of
combating oncological diseases lies in early detection, application of effective treatment methods,
prolongation of the remission period, and development and improvement of rehabilitation
measures. This article is aimed at analyzing the study of oncological diseases in scientific
sources.
Keywords:
oncology, psycho-oncology, patients, psychological causes.
At present, cancer is considered one of the most widespread diseases among the population.
Tumor-related illnesses are a serious problem not only in our country but globally as well.
According to statistical data, cancer incidence has been rising in many countries in recent years.
According to the World Health Organization, by the year 2030, around 15 million people may be
diagnosed with cancer worldwide.
In Uzbekistan, more than 22,000 patients are registered annually with an oncological diagnosis.
The rapid progression of this disease requires the modernization of the system for combating it,
the clear identification of its funding sources, and the adoption of new regulatory and legal
documents.
In Uzbekistan, great attention is paid to public health, and the right to medical care is protected
by the Constitution. In this regard, the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan No.
PF-4947 dated February 7, 2017, which outlines the “Action Strategy on the five priority areas of
development of the Republic of Uzbekistan for 2017–2021,” in its fourth priority area
emphasizes the seriousness of the government’s attention to health matters: “Strengthening
social protection of citizens and their health care, improving the quality of social assistance to
vulnerable groups of the population, increasing the role of women in socio-political life,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
9
improving the quality of secondary special and higher education, and taking measures for their
development.”
Kirish
O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan
noxush holatlarni oldini olish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4-aprelda
qabul qilingan PQ-2866-sonli “2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya
xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada o‘z yechimini kutayotgan, ustuvor vazifalarni hayotga
tadbiq etishda dasturil amal bo‘lmoqda. Qarorda belgilanga vazifalar izchillik bilan hayotga
tadbiq etilishi natijasida viloyatdagi 15 ta onkologiya dipanseri Respublika ixtisoslashtililga
onkologiya va radiologiya ilmiy –amaliy tibbiyot markazining filiallariga aylantirildi . Shu bilan
birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan PQ
3493- sonli “Shoshilinch tez tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori
qabul qilindi Onkologiya muassasalari modernizatsiya va rekonstruksiya qilindi, onkologik
kasalliklar diagnostikasi va davolashning zamonaviy standartlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Shuningdek onkologiya bilan bog‘liq muammolarning oldini olish maqsadida ko‘krak bezi va
bachadon bo‘yni saratoni skrining tadqiqotlari boshlab yuborildi, saraton profilaktikasi markazi
tashkil etildi,. Aholi o‘rtasida onkologik habardorlikni oshirish, salomatlikka befarq bo‘lmaslik
maqsadida mahsus guruhlar tuzuldi va ular tomonidan muntazam ravishda chiqishlar tashkil
qilinmoqda. Onkologiya sohasi qadimgi davrlardan beri ko‘pchilik soha vakillarining diqqat
markazida bo‘lib kelmoqda. Jumladan xorij olimlaridan I.Kubler-Ross, T.J.Meyer, D.Osoba,
D.Spiegel, P.B.Jacobser, H.Kraemer va boshqalar va boshqa olimlar onkologiya sohasiga o‘z
hissasini qo‘shganlar. Oʻzbekistonda onkologiya sohasining rivojlanishi L. D. Vasilenko, P. F.
Borovskiy va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq. Bundan tashqari M.N.Tillashaxov amaliy va
eksperimental onkologiyaning turli sohalaridagi eng zamonaviy yutuqlarni jalb qilish bilan
o‘sma kasalligini davolashni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanadigan onkourolog
jarrohlarni tarbiya etadigan o‘ziga xos maktab yaratdi. Uning muallifligida 400 dan ortiq ilmiy
ishlar yozildi, shu jumladan va shifokorlar, magistr va kliniklar uchun 10 ta uslubiy qo‘llanma va
tavsiyalar 3 ta monografiya yaratildi. Ko‘pchilik sohalarda kam uchraydigan psixoonkologiya
atamasi ayrim hollarda kasallik sabablaridan ruhiy jihatdan jarohatlangan bemorlar bilan ishlash
manosida qollaniladi 1975-yilda “Psixoonkologiya” AQSHda bemorlarga ularning kasallik
tashxisi “Saraton” ekanligini aytilganda va ularga kasallikka nisbatan munosabatini o‘rganish
jarayonida vujudga kelgan . Onkologiya — xavfli o‘smalar (saraton, rak) muammosi, uning
tarixi, kelib chiqish sabablari, normal hujayraning saraton hujayraga aylanish mexanizmlarini
aniqlash, davolash va kasallikni oldini olish kabi barcha tarmoqlarni o‘rganuvchi fandir.
Maʼlumki, insonlar tariximiz davomida xavfli o‘smalar bilan kasallanib kelgan. Arxeologik va
paleontologik tekshirishlar orqali hatto dinozavrlar (bundan 65 mln. yil ilgari), ibtidoiy odamlar
— avstralopiteklar (taxminan 1 mln. yil ilgari) va qadimiy mierliklarning (5 ming yil ilgari)
suyaklarida saraton xastaligining alomatlari topilgan. Saraton haqidagi tarixdagi birinchi
ma’lumot (eramizdan 2500 yillar avval) Misr papirusida keltirilgan. Unda koxin Imgotep
ko‘krak bezi saratonii va uning asoratlari, sabablarini oldini olish to‘g‘risida hayron qolarli
darajada fikr bildirgan. Eramizdan avvalgi XII aerda Xitoyda rak kasalligi «ay» nomi bilan ham
fanga maʼlum bo‘lgan. Hindlarning muqaddas kitobi hisoblangan «Аyur-Veda»da o‘smalarning
taʼrifi keltirilgan. Bunda ular xavfli va xavfsiz turlarga bo‘lingan, o‘smalarni olib tashlash yoki
unga tarkibida margimush bor surtmalar surtish kerak, degan ko‘rsatmalar berilgan. Mashxur
yunon shifokori Gippokratning tibbiyot, shu jumladan onkologiya sohasini rivojlantirishdagi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
10
xizmati beqiyos. U faqat «saraton» va «sarkoma» terminlarini fanga kiritibgina qolmay, balki uni
davolashning asosiy qoidalarini yaratgan. Undan shifokorlar hozirgacha foydalanib kelmoqdalar.
Metodlar
Retrospektiv tahlil: Onkologik kasalliklar bo'yicha tibbiy ma'lumotlar bazasi o'rganildi.
Tahliliy sharh: Jahon sog'liqni saglash tashkiloti va boshqa xalgaro onkologik
markazlarning ma'lumotlari tahlil qilindi.
Eksperimental ma'lumotlar: Onkologik kasalliklarning molekulyar va genetik tahlillari
natijalari baholandi.
Natijalar:
1.
Diagnostika usullari:
Tasviriy diagnostika: MRI, KT va PET kabi zamonaviy usullar erta bosqichlarda kasallikni
aniqlashda samaradorlik ko'rsatmoqda.
Molekulyar diagnostika: Genetik biomarkerlar va likvid biopsiyalar orqali onkologik jarayonlar
aniqlanmoqda.
2
. Davolash yondashuvlari:
Minimal invaziv usullar: Robotik jarrohlik va lazer terapiya bemorlar uchun xavfsiz va
tiklanishni tezlashtiradi
Immunoterapiya: PD-1, PD-L1 ingibitorlari va CAR-T hujayra terapiyasi samaradorlikni
oshiradi
Eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklar
Ko‘krak bezi saratoni
O‘pka saratoni
Oshqozon-ichak yo‘llari saratonlari (oshqozon, ichak, jigar)
Teri o‘smasi (melanoma)
Qon kasalliklari (leykemiya)
Onkologik kasalliklarda erta tashxisning ahamiyati : omillar o’rtasidagi bog’liqlik
Psixologik holat
Ehtimoliy kasaliklar turlari Olim/ tadqiqotchi
Depressiya
Sut bezi saratoni
A.Revid
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
11
Stress
Har xil onkologik o’smalar
J.Burrows
Nafrat, alam
Saraton(umuman)
L.Hey
Pasivlik
Hayot
sifatining
yomonlashuvi
B.Stoll
Manba
: Manba: Jadval muallif tomonidan NCI, IARC ESMO(Europen Society for Medical
Oncology kabi ishonchli xalqaro manbalar asosida tayyorlangan
.
Sharq tabiiy tibbiyoti sohasi mutahassisi D. Chopra aytadiki: “Zamonaviy inson uchun kasallik
bu zarurat uchun emas, balki tanlov uchun savol: tabiat bizga yurak hurujini, qandli diabetni,
saratonni, osteohondroz yoki artridni chaqiradigan virusni yoki bakteriyani yopishtirmaydi, balki
ular odamlarning noto‘g‘ri harakatlari orqali paydo bo‘ladi”
Butun dunyoda ma’lumotlar oqimi, shaxslararo munosabatlarning tig‘izlashuvi, globallashuv
jarayoni inson psixikasiga o‘z ta’sirini albatta o‘tkazadi. Tashqi omillar inson psixikasiga salbiy
o‘zgarishlarni vujudga keltirishi natijasida zo‘riqish, hissiy – emotsionl ta’sirlanish, umuman
olganda salomatlik holatining meyor ko‘rsatkichi buzilishi, psixosomatik buzulishlarni keltirib
chiqaradi. Shuni ta’kidlash lozimki hozirgi kunda psixosomatik kasalliklarni o‘rganishda albatta
psixik omillarni hisobga olmasdan kasallikni davolab bo‘lmasligi isbotlangan. O‘tgan so‘nggi
yillarda XXI asr kasalligi deb nom olgan onkologik kasalliklar butun “JOURNAL OF
SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 7,
2023. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 185 dunyo bo‘yicha
o‘sish tezligiga ega. Ma’lumki, bugungi kunda saraton kasalligi butun dunyo xalqlarini qattiq
tashvishga solib, ko‘plab insonlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Afsuski, ushbu kasallik
yildan-yilga yosharib borib, 1990-yillarda 50-60 yoshlar o‘rtasida ko‘p kuzatilgan bo‘lsa,
bugungi kunda uning ilk belgilari o‘smirlar va bolalarda ham kuzatilayapti. Uning kelib chiqish
sababi va davo choralari aniq emasligi esa o‘z vaqtida unga qarshi kurashishni talab etadi.
Rivojlangan davlatlarda har to‘rtinchi odamda saraton bilan kasallanish xavf-xatari mavjud
bo‘lib har beshinchi odam undan vafot qiladi [8]. Shu bilan birga o‘lim holatlari va
nogironlikning sababi sifatida birinchi o‘rinda yurak qon-tomir kasalliklari tursa, ikkinchi
o‘rinda onkologik kasalliklar egallaydi. Onkologik kasalliklar tibbiyot sahasida faoliyat
yurituvchi barcha shifokorlarning oldida turga dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Negaki
onkologik kasalliklar insonlar organizmidagi deyarli barcha a’zolarida kuzatilishi mumkin.
1701-yilda fransuz fiziologi D.Gendron o‘zining saraton kasalligi xususiyatlari va sabablari
haqidagi asarida “hayotiy tashvish, og‘ir qayg‘ular bilan saraton o‘rtasida bo‘gliqlik
mavjudligini” yatib o‘tgan
1783-yilda ingliz olimi J.Berrouz rak kasalligining sababini surunkali ravishda davom qiladigan
stressing oqibatidir, deb aytadi va uni quyidagicha ta’riflaydi: “…qalbning og‘ir, yoqimsiz
tashvishlanishi,yillab bemorning ezilishi saratonni keltirib chiqaradi
Taniqli psixiyator va psixolog K.Yung ayrim holatlarda rakning sababi psixologik hodisalar
bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlab o‘tgan
AQSHning mashxur psixologi Luiza Hey saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi bir qancha
tahminiy psixologik sabablarni ko‘rsatadi. Ya’ni insonda mavjud bo‘lgan chuqur psixologik
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
12
jarohatlar, nafrat tuyg‘usining saqlanib qolishi, eski alamlar, katta sir yoki qayg‘u sizga halovat
bermay, ich-ichingizdan yemiradi.
Onkologik jarayonning vujudga kelishi va kechishida individual farqlarning ta’siri ehtimolini
A.Revidning tadqiqotlarida ko‘rishimiz mumkin. Uning fikricha, melanxoliya va depressiya
xavfli o‘smalarning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi. Muallifning obrazli izohiga ko‘ra, sut
bezi saratoni ko‘pincha depressiya va aybdorlik hissi natijasidagi “passiv o‘z joniga qasd qilish”
sifatida namoyon bo‘ladi. Emotsiyalar tashqi namoyon bo‘lishini tutib turish, shuningdek jinsiy
instinktlarni bosish, chegaralash sut bezi saratoni rivojlanishida 185ntic185185ct omillarga olib
kelishi mumkinligini e’tirof etadi. A.Revidning fikricha anoreksiya, uyqusizlik, “JOURNAL OF
SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 7,
2023. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 186 o‘ziga
ishonchsizlik, psixik jarohatlar saraton rivojlanishining 1-1,5 yil muddat ehtimoliga olib kelishi
mumkin. Sut bezi saratoni ko‘pincha davomli depressiya va disforiyadan keyin paydo bo‘ladi.
Bunday bemorlar ko‘pincha farzandsiz va jinsiy munosabatlarda tormozlangan xisoblanadi.
Uning fikricha saraton hayotiy maqsadlarga erishish umidini yo‘qotish natijasida kelib chiqadi.
Bu jinsiy muammolar, oilaviy hayot muammolari, onalik va boshqa ijtimoiy muammolarga
taaluqli.
Sut bezi saratonida emotsional omillar va yashovchanlikni baholagan holda B.Stollning
ko‘rsatishicha, agar bemor agressiv tomonga yo‘nalsa, o‘z emotsiyalarini erkin namoyon qilsa
ko‘proq yashaydi. Aksincha, bemor apatiyaga yo‘nalgan bo‘lsa, tushkun, o‘zini zaif his qilsa,
vaziyatni umidsiz hisoblasa, uning umri qisqaradi. Demak yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan
shuni xulosa qilishimiz mumkinki: 1. Onkologik kasalliklarning kelib chiqishi va uni psixologik
omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi masalalari eramizdan avvalgi davrlarda ham o‘rta asrlarda ham
olim va mutaffakkirlarning diqqat markazida bo‘lgan. 2. Rivojlanish, sanoatlashuv, fan va
texnikaning o‘sishi yordamida jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy yondashuvlar onkologik
kasalliklarni tibbiy jihatdan o‘rganishga asos bo‘lgan. 3. Psixologiya rivojlanishi va onkologiya
natijasida “Psixoonkologiya” yo‘nalishi yuzaga kelgan va ushbu sohadagi izlanishlar natijalari,
tajribalar mahsus jurnallarda chop qilingan
Xulosa
Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash zamonaviy tibbiyotning eng
muhim yo nalishlaridan biridir. Diagnostika texnologiyalarini takomillashtirish va yangi
davolash yondashuvlarini joriy etish orgali bemorlarning hayot sifati va davomiyligini oshirish
mumkin.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.-40 b
2 . O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar
Strategiyasi // Xalq so‘zi. – 2017.-8 fevral - № 28
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
13
3 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2017 y. PQ-2866-son “2017-2021 yillarda
o‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirishva aholiga onkologik
yordam ko‘rsatishni takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori //Xalq so‘zi.- 2017- 5-
aprel - № 36
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2018 y PQ 3494-son “Shoshilinch tez tibbiy
yordam tizimini jadal takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori // Xalq so‘zi – 2018- 26 yanvar - №
17.
5. О.А.Варона, Н,В. Тарабрина Онкопстхология.-М. Институт психологии РАН, 2010.-176
с.
6. J.C. Holland History of psycho-oncology: overcoming attitudinal and conceptual barriers /
J.C.Holland // psychosom. Med. 2002. – Vol. 64.-N 2.-P.206- 221.
7. D. Chopra Idealnoe zdoroviye. –M : Feniks, 1996-320 b
8. D.O‘razbayeva “Onkologiya sohasida psixologik xizmat”uslubiy qo‘llanma. Toshkent 2020.
9. M.Recherches, Deshaies-Gendron sur la nature et la guerison des cancers. Paris: De
impriveriye d’AndreCramoisy-MDCCI, 1701-153.
10. J.A.Burrows new practical essay on cancers. – London:Author, 1783.- P 237.
11. К.Г.Юнг Аналитическая психология. – СПб. Кентавр, 1994.-137с.