Авторы

  • Abdurahmonov Javohir Jamshid o’g’li
    EMU University 1-kurs Davolash ishi yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.128938

Ключевые слова:

Revmatoid artrit yurak-qon tomir tizimi ateroskleroz yallig‘lanish TNF-α endoteldisfunktsiya yurak ishemik kasalligi EKG glukokortikoid revmatoid tugunchalar fibroz immunoglobulin endokard ibuprofen.

Аннотация

Revmatoid artrit (RA) - biriktiruvchi to'qimalarning surunkali tizimli autoimmun yallig'lanish kasalligi bo'lib, asosan, periferik bo'g'imlarning avj olib boruvchi eroziv destrukliv poliartriti ko'rinishida kechadi Kasallik ko'p tarqalgan bo'lib, ko'pincha nogironlikka olib keladi. Aholi o'rtasida uchrashi 0,5-0,9 % ni tashkil qiladi va poliklinikaga murojaat qilgan revmatoidli artritga chalingan bemorlarning 21,5 % nogironlar bo'lib, 28,6 % esa uzoq vaqt davomida mehnatga layoqatsizlik varaqasida bo'ladi. Keltirilgan raqamlar ushbu patologiyaning katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Ko'pgina mamlakatlarda kasallik ayollarda erkaklarga nisbatan ko'proq uchraydi (4:1).  Revmatoid artrit (RA) –  yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, RA bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK), xususan, ateroskleroz, miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi va aritmiyalar xavfi sog‘lom odamlarga nisbatan yuqoridir. Ushbu maqolada RA va yurak-qon tomir tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik, patofiziologik mexanizmlar va klinik oqibatlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

305

REVMATOID ARTRIT VA REVMATOID ARTRITNING YURAK-QON TOMIR

TIZIMIGA TA’SIRI

EMU University 1-kurs Davolash ishi yo’nalishi talabasi

Abdurahmonov Javohir Jamshid o’g’li

Annotatsiya:

Revmatoid artrit (RA) - biriktiruvchi to'qimalarning surunkali tizimli autoimmun

yallig'lanish kasalligi bo'lib, asosan, periferik bo'g'imlarning avj olib boruvchi eroziv destrukliv

poliartriti ko'rinishida kechadi Kasallik ko'p tarqalgan bo'lib, ko'pincha nogironlikka olib keladi.

Aholi o'rtasida uchrashi 0,5-0,9 % ni tashkil qiladi va poliklinikaga murojaat qilgan revmatoidli

artritga chalingan bemorlarning 21,5 % nogironlar bo'lib, 28,6 % esa uzoq vaqt davomida

mehnatga layoqatsizlik varaqasida bo'ladi. Keltirilgan raqamlar ushbu patologiyaning katta

ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Ko'pgina mamlakatlarda kasallik ayollarda

erkaklarga nisbatan ko'proq uchraydi (4:1). Revmatoid artrit (RA) – yurak-qon tomir tizimiga

ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, RA bilan kasallangan bemorlarda

yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK), xususan, ateroskleroz, miokard infarkti, yurak

yetishmovchiligi va aritmiyalar xavfi sog‘lom odamlarga nisbatan yuqoridir. Ushbu maqolada

RA va yurak-qon tomir tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlik, patofiziologik mexanizmlar va klinik

oqibatlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Revmatoid artrit, yurak-qon tomir tizimi, ateroskleroz, yallig‘lanish, TNF-α,

endoteldisfunktsiya, yurak ishemik kasalligi, , EKG, glukokortikoid, revmatoid tugunchalar,

fibroz, immunoglobulin, endokard, ibuprofen.

РЕВМАТОИДНЫЙ АРТРИТ И ВЛИЯНИЕ РЕВМАТОИДНОГО АРТРИТА НА

СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТУЮ СИСТЕМУ

Аннотация:

Ревматоидный артрит (РА) — хроническое системное аутоиммунное

воспалительное заболевание соединительной ткани, протекающее преимущественно в

форме прогрессирующего эрозивно-деструктивного полиартрита периферических

суставов. Заболевание широко распространено и часто приводит к инвалидности. Его

распространенность среди населения составляет 0,5-0,9%, а 21,5% больных ревматоидным

артритом, обращающихся в поликлинику, являются инвалидами, а 28,6% — имеют листки

нетрудоспособности. Приведенные цифры свидетельствуют о большой социальной

значимости этой патологии. Во многих странах заболевание встречается чаще у женщин,

чем у мужчин (4:1). Ревматоидный артрит (РА) также оказывает негативное влияние на

сердечно-сосудистую систему. Исследования показали, что у больных РА повышен риск

сердечно-сосудистых заболеваний (ССЗ), в частности атеросклероза, инфаркта миокарда,

сердечной недостаточности и аритмий, по сравнению со здоровыми людьми. В статье

рассматривается взаимосвязь РА и сердечно-сосудистой системы, патофизиологические

механизмы и клинические последствия на основе научной литературы.

Ключевые слова:

Ревматоидный артрит, сердечно-сосудистая система, атеросклероз,

воспаление, ФНО-α, эндотелиальная дисфункция, ишемическая болезнь сердца, , ЭКГ,

глюкокортикоиды, ревматоидные узелки, фиброз, иммуноглобулин, эндокард, ибупрофен.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

306

RHEUMATOID ARTHRITIS AND THE EFFECTS OF RHEUMATOID ARTHRITIS

ON THE CARDIOVASCULAR SYSTEM

Abstract:

Rheumatoid arthritis (RA) is a chronic systemic autoimmune inflammatory disease of

the connective tissues, which occurs mainly in the form of progressive erosive-destructive

polyarthritis of peripheral joints. The disease is widespread and often leads to disability. Its

prevalence among the population is 0.5-0.9%, and 21.5% of patients with rheumatoid arthritis

who visit a polyclinic are disabled, and 28.6% are on long-term disability certificates. The

figures given indicate the great social significance of this pathology. In many countries, the

disease is more common in women than in men (4:1). Rheumatoid arthritis (RA) also has a

negative effect on the cardiovascular system. Studies have shown that patients with RA are at

increased risk of cardiovascular disease (CVD), particularly atherosclerosis, myocardial

infarction, heart failure, and arrhythmias, compared to healthy individuals. This article reviews

the relationship between RA and the cardiovascular system, pathophysiological mechanisms, and

clinical consequences based on scientific literature.

Keywords:

Rheumatoid arthritis, cardiovascular system, atherosclerosis, inflammation, TNF-α,

endothelial dysfunction, ischemic heart disease, , ECG, glucocorticoid, rheumatoid nodules,

fibrosis, immunoglobulin, endocardium, ibuprofen.

Kirish

Revmatoid artrit (RA) nafaqat bo‘g‘imlarni, balki butun organizm tizimlarini, jumladan, yurak-

qon tomir tizimini ham zararlovchi tizimli kasallikdir. Tadqiqotlarga ko‘ra, RA bilan kasallangan

bemorlar o‘rtasida yurak xuruji va insult holatlari 1,5–2 barobar ko‘proq uchraydi. Bu holat

faqatgina an’anaviy xavf omillariga emas, balki doimiy yallig‘lanishli immun javoblar ta’sirida

yuzaga kelgan patofiziologik jarayonlar bilan bog‘liq. Ushbu maqolada RA sababli yurak-qon

tomir tizimida yuzaga keluvchi o‘zgarishlar va ularning mexanizmlari tahlil qilinadi.

Etiologiyasi va patogenezi.

Hozirga qadar revmatoid artrit rivojlanishiga sabab bo'lgan yagona etiologik omil topilmagan.

Shuning uchun JSST ishchi guruhi yig'ilishida revmatoid artritni noma'lum eti-ologiyali

surunkali tizimli kasallik deb aniqlik kiritilgan. Kasallik nasliy moyillik bo'lgan shaxslarda turli

tashqi yoki ichki omillar - virus yoki bakterial infeksiyalar, jarohatlar, jumladan, jarrohlik

amaliyoti, ruhiy-emotsional zo'riqish, dori vositalari ta'siri, gormonal o'zgarishlar (jinsiy

rivojlanish davri, tug'ruqdan keyingi holat, klimakterik davr) va boshqalardan keyin rivojlanishi

kuzatilgan. Hozirgi vaqtda revmatoidli artritda nasliy moyillik muhim ahamiyatga ega ekanligi

haqida yetarlicha dalillar to'plangan.Zamonaviy tamoyillarga binoan, revmatoid artrit patogenezi

asosida immunpatologik, aniqrog'i, autoimmun jarayonlar yotadi.

Surunkali yallig‘lanish va ateroskleroz

RA qator patologik reaksiyalarni keltirib chigaradigan immun komplekslarni (antigen +

immunoglobulin + revmatoid omil + komplement) vujudga kelishiga olib keladi. Ushbu jarayon

sinovial qobiqni va bo'g'im tog'ayining immun yallig' lanishini keltirib chiqaradi. Sinovial qobiq

va sinovial suyuqlikda ko'proq differensirlanmagan faol T-limfotsitlar miqdori oshib ketadi.

To'qimada makrofaglar ishlab chiqaradigan interleykin-1 ta'siri ostida mayda tomirlar jadal

proliferatsiyasi yuzaga keladi. Natijada ularda quyidagi patofiziologik o'zgarishlar vujudga


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

307

keladi: yallig'lanishga qarshi faol substansiyalarning chiqishi bilan hujayra lizosomalarining

shikastlanishi, fagositoz stimulyatsiyasi, yallig'lanish mediatorlarining (kininlar, serotonin,

gistamin va boshqalar) va qon quyilish tizimining faollashuvi. O'zaro bog'langan ushbu

reaksiyalar, birinchi navbatda, sinovial qobiqda hamda bo'g'imlardan tashqarida, ayniqsa,

tomirlarda ro'y beradi. Revmatoid artritda TNF-α, IL-6, IL-1β kabi yallig‘lanishli sitokinlar

doimiy ravishda ishlab chiqariladi. Bu moddalar qon tomir devorida endotelial disfunktsiyaga

olib keladi. Endoteli hujayralarining normal faoliyati buzilishi aterosklerozning boshlanish

nuqtasi hisoblanadi.

Asosiy qism

Yurakdagi o’zgarishlar, yurak yetishmovchiligi va miokard fibroz

Yurak shikastlanishi patologik jarayonning ko'proq miokard, kamroq endokardda rivojlanishi

bilan kechadi. Bu yurakning birmuncha chapga kengayishi, I ton bo'g'iqlashishi, II ton aksentisiz

sistolik shovqinning bo'lishi, gipotoniyaga moyillik va puls labilligi bilan namoyon bo'ladi.

EKGda ko'p hollarda tishchalar voltaji pasayishi, sistolik ko'rsatkichlarning ko'payishi bilan

birga miokardda birmuncha o'zgarish belgilari kuzatiladi. Ayrim hollardagina diffuz miokardit,

kamdan-kam yurak organik nuqsoni - mitral tavaqa nuqsoni va undan ham kam chap bo'lmacha-

qorincha teshigi stenozi rivojlanadi. Gohida perikardit kuzatilishi mumkin. Yallig‘lanish

sitokinlari yurak mushaklarida fibroz va miotsit apoptozini chaqiradi. Bu esa yurakning siqilish

(sistolik) yoki bo‘shashish (diastolik) funksiyasini pasaytiradi. RA bilan og‘rigan bemorlar

orasida diastolik yurak yetishmovchiligi ko‘p uchraydi.Miokardning surunkali yallig‘lanishi

chap qorinchani qalinlashtiradi (hipertrofiya). RA kasalligida yurakni o‘rab turgan perikard

qavati ham yallig‘lanishi mumkin (seroz yoki eksudativ perikardit). Shuningdek Revmatoid

vaskulit – kichik arteriyalarni yallig‘lantiradi. Bu esa qon tomirlar orqali qon oqimini buzadi va

ishemik shikastlarga olib keladi.

1-jadval

Umumiy aholi va RA bilan og’rigan bemorlar farqi

RA bilan og’rigan bemorlar

Umumiy aholi

1.

An’anaviy yurak-qon tomir xavf omillari

(masalan, chekish) RA bilan kasallangan

bemorlarda ko‘proq uchrashi mumkin va

ular boshqacha ta’sir qilishi mumkin

(masalan,

lipidlar

va

tana

vazni

indeksining paradoksal ta’siri).

An’anaviy yurak-qon tomir xavf omillari

RA

bo‘lmagan

odamlarda

yurak

kasalliklarining katta qismini izohlaydi.

2.

Yallig‘lanish (masalan, C-reaktiv oqsil),

tug‘ma immun javoblar (masalan, xavf

signallovchi molekulalar orqali tug‘ma

immun ta’sirchanlikning faollashuvi),

moslashuvchan immun javoblar (masalan,

T-limfotsitlar va dendritik hujayralarning

faollashuvi,

autoantitanachalar

ishlab

chiqarilishi)

hamda

hujayra

stressi

(masalan,

to‘qima

gipoksiyasi,

Yallig‘lanish va immun javoblar RA

bo‘lmagan odamlarda yurak kasalliklarida

kichikroq rol o‘ynaydi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

308

oksidlovchi stress, apoptoz, endoteliy

shikastlanishi) RA bemorlarida yurak

kasalliklarining rivojlanishida asosiy rol

o‘ynaydi.

3.

RAni davolash usullari yurak kasalliklari

xavfini oshirishi (masalan, yuqori dozali

kortikosteroidlar)

yoki

kamaytirishi

(masalan, metotreksat) mumkin.

RA bo‘lmagan populyatsiyada bu dorilar

asosan yallig‘lanishga qarshi, immun

tizimini modulyatsiya qiluvchi maqsadlarda

ishlatilmaydi, va yurak xavfini oshiruvchi

og’ir holatlar kuzatilmagan.

Manba:

https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC3890244/figure/F2/

Yallig‘lanishga qarshi davolash va YQTK xavfi

Revmatoid artrit (RA) kasalligini davolashda yallig‘lanishga qarshi dorilar markaziy o‘rinni

egallaydi. Ammo ushbu dorilarning yurak-qon tomir tizimiga ko‘rsatadigan ijobiy va nojo‘ya

ta’sirlarini chuqur tahlil qilish zarur. Yallig‘lanishni nazorat qilish orqali YQTK xavfi kamayadi,

biroq ba’zi dori vositalari o‘zlari yurak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ba’zi yallig‘lanishga qarshi dorilar (NSAID, glukokortikoidlar) yurakka nojo‘ya ta’sir

ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli: Biologik preparatlar (masalan, anti-TNF agentlari) RA bilan

birga YQTK xavfini kamaytirishga yordam beradi.Metotreksat qisman kardioprotektiv ta’sir

ko‘rsatadi.

NSAIDlar: (ibuprofen, diklofenak, nimesulid) og‘riqni kamaytirishda samarali, ammo ular yurak

xavfsizligiga muammoli:

Arterial bosimni oshiradi

Suyuqlik ushlanishiga olib keladi bu esa yurak yetishmovchiligi xavfini tug’diradi

Ba’zi COX-2 selektiv preparatlar (masalan, rofekoksib) miokard infarkti xavfini oshirgan.

Glukokortikosteroidlar: (Prednizolon, Metilprednizolon)

Qisqa muddatda yallig‘lanishni tez pasaytiradi, ammo uzoq muddatli qo‘llanilishi

Giperlipidemiya, giperglikemiya va arterial gipertoniyani kuchaytiradi

Aterosklerotik jarayonlarni tezlashtirishi mumkin.

Revmatoid artritni tashxislashning zamonaviy tamoyillari.

RA tashxisi kasallikning klinik belgilar namoyon bo'lmagan ilk (ekssudativ) davrida murakkab

bo'ladi. Faqat kaft-falang, proksimal falangalararo va kaft-falanga bo'g’imlarini qamrab olgan

klinik shakli - simmetrik poliartritdagina unga erta shubha qilinadi va yetarli darajada

tasdiqlanadi. Amerika revmatologlari uyushmasi tomonidan tavsiya qilingan RAning quyida

jadvalda keltirilgan tashxisiy mezonlari amaliy ahamiyatga ega.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

309

2-jadval

Revmatoid artritni Amerika revmatologlari uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan tashxisiy

mezonlari

№ Mezonlar

Mezonlar tahlili

1

Ertalabki karaxtlik

Bo'g'imlarda yoki bo'g'im oldi to' qimalarida (bir

soatdan kam bo'lmagan vaqt davomida qotib qolish).

2

Uchta

va

undan

ko’p

bo’g’imlarda artrit belgilari

Vrach tomonidan aniqlangan kamida uchta bo'g'im va

bo'g'im oldi yumshoq to'qimasi shishi yoki bo'g'im

bo'shlig'ida

suyuqlik

mavjudligi

(osteofitlar

bo'Imasligi). Proksimal falangalararo, kaft-falanga, kaft-

bilak, tirsak, tizza, boldir tovon bo'g'imlarini (o'ng va

chap tomondan 14 ta bo'g'im sohasi hisoblanadi)

simmetrik ikki tomonlama zararlanishi.

3

Panja bo’g’imlari artriti

Proksimal falangalararo,

kaft-falanga, kaft-bilak, tirsak, tizza

bo'g'imlardan birortasining shishi.

4

Simmetrik artrit

Bir vaqtning o'zida o'ng va chap tomondan bir xil

bo'g'imlarning (proksimal falangalararo, kaft-falanga,

kaft-bilak, tirsak) shikastlanishi

5

Revmatoid tugunchalar

Bo'g'imlarning (aksariyat hollarda, tirsak) yoyilish

sohasida joylashgan og'riqsiz, harakatchan teri osti

tugunchasining vrach tomonidan aniqlanishi.

6

Qon zardobida revmatoid omil

aniqlanishi

Qon zardobida revmatoid omil Har qanday tekshirish

usuli (Vaaler-Rouz yoki lateks-test) yordamida

aniqlanganda RO ko'rsatkichining yuqoriligi.

7

Rentgen o’zgarishlari

Shikastlangan bo'g'imlarda RAni rentgen bosqichiga

ko'ra o'zgarishlarning mavjudligi (I bosqich - osteoporoz

va bo'g'im oralig'ining torayishi; II bosqich - bo'g'im

oralig'ining sezilarli torayishi, yakka naqshlarning

paydo bo'lishi; III bosqich - ko'plab naqshlarning paydo

bo'lishi va yarim chiqishlar; IV bosqich - yuqoridagi

o’zgarishlarga ankilozning qo'shilishi).

Manba:

Abdig’affor Gadayev. (2021) – Ichki kasalliklar

Yetti va undan ortiq mezonlar bo'lishi RA mavjudligidan

Besh-oltitasi tashxisning shubhasiz to'g'riligidan

Uch-to'rttasi ehtimolligidan dalolat beradi.

Xulosa


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

310

Yurak-qon tomir asoratlarining oldini olishda RA ni erta aniqlash va samarali davolash,

yallig‘lanish darajasini nazorat qilish, shuningdek, yurak-qon tomir xavf omillarini (gipertoniya,

dislipidemiya, chekish, diabet) aniqlash va bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga,

biologik davo usullari, ayniqsa TNF-ingibitorlari va IL-6 antagonistlari yurak-qon tomir tizimiga

ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida dalillar ortib bormoqda.

RA bemorlarida YQTK xavfini erta aniqlash va monitoring qilish tizimini kuchaytirish kerak.

EULAR (European League Against Rheumatism) tavsiyalariga ko‘ra, har bir RA bemorida

yiliga kamida bir marta yurak-qon tomir xavf omillari baholanishi lozim. RA bemorlariga

individual tarzda dori terapiyasini tanlashda yurak-qon tomir xavfi hisobga olinishi kerak.

Masalan, glukokortikoidlar uzoq muddatda yurak-qon tomir xavfini oshirishi sababli, ularning

dozasini minimallashtirish kerak.

Hayot tarzini sog‘lomlashtirish RA bemorlarida YQTK xavfini kamaytirishda asosiy

vositalardan biri hisoblanadi. To‘g‘ri ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik, chekishni tashlash

RA bemorlari uchun tavsiya etiladi.

RA bilan og‘rigan bemorlar uchun kompleks yondashuv, ya’ni revmatolog, kardiolog va

terapevtlarning hamkorlikda kuzatuvi samaradorlikni oshiradi. Qo‘shma kuzatuv strategiyasi RA

bilan bog‘liq YQTK holatlarining oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.

Xulosa qilib aytganda, revmatoid artrit yakkagina bo‘g‘im kasalligi bo‘lib qolmay, balki yurak-

qon tomir tizimiga jiddiy xavf soluvchi tizimli kasallikdir. Klinik amaliyotda RA bilan og‘rigan

bemorlarning yurak-qon tomir salomatligiga ham alohida e’tibor qaratish, kompleks

yondashuvni talab etadi.

Afsuski, rematoid artrit kelib chiqishining oldini olishni samarali usullari mavjud emas.

Harakatlar kasallik qo'zishlari va uning og'ir oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan bo'lishi kerak.

Revmatoid artritli bemorlarda yurak ultratovush tekshiruvi (ECHO) va elektrokardiogramma

(EKG) muntazam amalga oshirilishi kerak.

Takliflar

1. RAda yashirin perikardit, miyokardit va diastolik disfunktsiya holatlari simptomlarsiz kechishi

mumkin, shuning uchun EXO va EKG tekshiruvlari 1-2 yilda bir marta amalga oshirilishi

tavsiya etiladi.

2. RA bemorlari uchun psixologik salomatlikni yaxshilash yurak xavfini kamaytirishga yordam

beradi. Depressiya va stress RA bemorlarida yurak kasalliklari xavfini 2-3 barobar oshiradi,

shuning uchun psixologik holatni baholash va kerakli aralashuvlarni (psixologik maslahat,

stressni kamaytirish) joriy qilish lozim.

3. RA bemorlarida vitamin D darajasini kuzatib borish va yetishmovchilikni bartaraf etish yurak

salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. Vitamin D yetishmovchiligi RA va ateroskleroz xavfini

oshirish bilan bog‘liq, vitamin D qo‘shimchalari immun va yurak faoliyatini yaxshilashda

yordam beradi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

311

4. Revmatoid artrit bilan kasallangan ayollar uchun menopauza davrida yurak xavfini alohida

nazorat qilish kerak. Menopauza RA ayollarida yurak-qon tomir xavfini yanada oshiradi,

shuning uchun ushbu davrda maxsus kardiologik skrininglar kiritilishi maqsadga muvofiq.

5. Yurak salomatligi uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kerak. Doimiy jismoniy

faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va chekishdan voz kechish yurakni sog‘lom saqlashga yordam beradi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1.

Aviña-Zubieta JA, et al. (2008) – Risk of cardiovascular mortality in patients with RA

2.

Nurmohamed MT, et al. (2012) – Atherogenesis in RA

3.

Libby P. (2012) - Inflammation in atherosclerosis

4.

Abdig’affor Gadayev. (2021) – Ichki kasalliklar

5.

Arxiv.uz

6.

Gabriel SE (2008) – Cardiovascular morbidity and mortality in RA

7.

Nielsen C et al., Annals of the Rheumatic Diseases, 2014.

8.

Wikipedia

9.

Myasoedova et al., 2020

10.

https://pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC3890244/figure/F2/

11.

Shen J et al., Rheumatology International, 2016.

12.

Giles JT et al., Arthritis & Rheumatology, 2010

Библиографические ссылки

Aviña-Zubieta JA, et al. (2008) – Risk of cardiovascular mortality in patients with RA

Nurmohamed MT, et al. (2012) – Atherogenesis in RA

Libby P. (2012) - Inflammation in atherosclerosis

Abdig’affor Gadayev. (2021) – Ichki kasalliklar

Arxiv.uz

Gabriel SE (2008) – Cardiovascular morbidity and mortality in RA

Nielsen C et al., Annals of the Rheumatic Diseases, 2014.

Wikipedia

Myasoedova et al., 2020

Shen J et al., Rheumatology International, 2016.

Giles JT et al., Arthritis & Rheumatology, 2010