Авторы

  • Turakulova Marjona Shokosimova
    Termiz davlat universiteti 1-bosqich magistranti, Termiz,O‘zbekiston Respublikasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.128940

Ключевые слова:

o‘quvchilarda IQ intellekt ta`lim-tarbiya rivojlanish aqliy salohiyat

Аннотация

 Shaxs intellektining rivojlanishi bir tomondan fan, madaniyat va jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchining individual va intеllеktual rivojlanishi hamda ta'lim-tarbiya muhiti bilan bеvosita bog‘liqdir. Bu borada, pеdagoglar va psixologlarning muhim vazifasi o‘quvchilar intellektual salohiyatini oshirsh va ularni barqaror rivojlantirishga yordam berishdan iborat. O‘smir bolalar intellektual va ijodiy rivojlanishi nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan bu mavzudagi ilmiy ishlar dolzarbdir. Biz magistrlik sissertatsiya ishimizda J. Ravenning "Progressiv matritsalar" metodikasi tanladik va tahlilini 1-guruh misolida ko`rib chiqamiz. J. Ravenning "Progressiv matritsalar" metodikasi — bu o‘quvchilarning intellektual salohiyatini o‘rganish va baholashda keng qo‘llaniladigan psixologik test bo‘lib, u IQ (intellekt koeffitsienti) darajasini aniqlashga xizmat qiladi


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

298

O‘QUVCHILAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI O‘RGANISHDA J.RAVENNING

"PROGRESSIV MATRITSALAR" TAHLILI

Turakulova Marjona Shokosimova

Termiz davlat universiteti 1-bosqich magistranti, Termiz,O‘zbekiston Respublikasi

e-mail: marjonturakulova@gmail.com

Annotatsiya:

Shaxs intellektining rivojlanishi bir tomondan fan, madaniyat va jamiyat

taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quvchining individual va

intеllеktual rivojlanishi hamda ta'lim-tarbiya muhiti bilan bеvosita bog‘liqdir. Bu borada,

pеdagoglar va psixologlarning muhim vazifasi o‘quvchilar intellektual salohiyatini oshirsh

va ularni barqaror rivojlantirishga yordam berishdan iborat. O‘smir bolalar intellektual va

ijodiy rivojlanishi nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan bu

mavzudagi ilmiy ishlar dolzarbdir. Biz magistrlik sissertatsiya ishimizda J. Ravenning

"Progressiv matritsalar" metodikasi tanladik va tahlilini 1-guruh misolida ko`rib chiqamiz. J.

Ravenning "Progressiv matritsalar" metodikasi — bu o‘quvchilarning intellektual salohiyatini

o‘rganish va baholashda keng qo‘llaniladigan psixologik test bo‘lib, u IQ (intellekt koeffitsienti)

darajasini aniqlashga xizmat qiladi

Kalit so‘zlar:

o‘quvchilarda IQ, intellekt, ta`lim-tarbiya, rivojlanish, aqliy salohiyat

Mazkur metodika birinchi marotaba 1938-yilda ingliz psixologi John Raven tomonidan ishlab

chiqilgan bo‘lib, hozirda dunyo bo‘yicha ishonchli va universal intellekt testlaridan biri

hisoblanadi. Ushbu metodikaning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati,

muammoli vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish, mantiqiy tafakkur, naqshlarni tanib olish va

murakkab axborotlarni qayta ishlash qobiliyatlarini baholashdir. Testda ishtirokchilar geometrik

shakllar ketma-ketligida bo‘sh qoldirilgan joyni to‘g‘ri variant bilan to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.

Bu esa bolaning vizual-mantiqiy tafakkuri va muammoli vaziyatlarga munosabatini aniqlash

imkonini beradi.

O‘zbekiston ta’lim tizimida ham J. Ravenning bu usuli iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni

alohida dasturlar asosida tayyorlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. IQ

darajasi yuqori bo‘lgan bolalarni erta aniqlash orqali ularning qiziqishlariga mos yo‘nalishlarda

rivojlanishini ta’minlash mumkin. Bu esa yurtimizda intellektual salohiyatli, zamonaviy

muammolarni hal eta oladigan yoshlarni voyaga yetkazish, iste’dodli avlodni shakllantirishda

muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, Raven testlari O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti tomonidan ilgari surilgan "Yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirish"

konsepsiyasiga hamohang holda ishlatilmoqda. Bu metodikani keng tatbiq etish orqali

yurtimizda iste’dodli o‘quvchilar sonini ko‘paytirish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok

etishga undash mumkin.

J. Raven tomonidan ishlab chiqilgan “Progressiv matritsalar” metodikasi bugungi kunda

o‘quvchilarning intellektual darajasini aniqlashda eng samarali usullardan biri sifatida tan

olingan. Bu metodika, ayniqsa, IQ (intellekt koeffitsienti) darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘lib,

tafakkur salohiyati, mantiqiy fikrlash, analiz va sintez qilish qobiliyatlarini baholaydi. Raven

testlari tilga, madaniyatga va ijtimoiy holatga bog‘liq bo‘lmagan universal testlar hisoblanadi. Bu

jihati bilan ular turli ijtimoiy qatlamdagi o‘quvchilar orasida adolatli baholashni ta’minlaydi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

299

Mazkur metodika ayniqsa iqtidorli maktab o‘quvchilari bilan ishlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Iqtidorli bolalarni erta aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash ta’lim tizimining ustuvor

yo‘nalishlaridan biridir. Raven testlari orqali oddiy maktab o‘quvchilari va ixtisoslashtirilgan

maktab (masalan, Prezident maktablari, ijod va sport maktablari) o‘quvchilari orasidagi tafakkur

darajasidagi farqlar aniq namoyon bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari odatda

murakkab mantiqiy masalalarni hal qilishda faolroq, algoritmik fikrlashga moyilroq bo‘lib,

Raven testlarida yuqori natijalar ko‘rsatadi. Bu ularning o‘qish jarayonida yuqori intellektual

muhitda rivojlanayotgani bilan bog‘liq.

Oddiy maktab o‘quvchilari orasida ham alohida salohiyatga ega yoshlar mavjud, ammo ular

ko‘pincha vaqtida aniqlanmaydi. Shu nuqtayi nazardan, Raven metodikasini umumta’lim

maktablarida muntazam qo‘llash orqali yashirin iqtidor egalari aniqlanishi va kerakli

rivojlantiruvchi chora-tadbirlar ko‘rilishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston ta’lim

tizimida iqtidorli o‘quvchilar sonini ko‘paytirish, ularni jamiyatga foydali kadrlar sifatida

shakllantirishga xizmat qiladi.

Hozir esa siz bilan 1-guruh ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilaridan olingan tahlil natijalarini

ko‘rib chiqamiz.

Tadqiqotimizning 1-guruhi dissertatsiya ishimizda belgilangan Ixtisoslashtirilgan maktab

(keying o’rinlarda IM ) o‘quvchilari hisoblanib, bunda

38 nafar sinaluvchi ishtirok etgan,

shundan 19 nafari qizlar ( 50%), 19 (50%) nafari yigitlarni tashkil qiladi. Tadqiqotimizda biz

J.Ravenning "Progressiv matritsalar" testini.oldik. Bundan koʻzlangan maqsad:

- oʻquvchilar IQ darajasini hisoblash

- test orqali ma'lum shakllarning oʻzaro munosabatlar yigʻindisini idrok qilish qobiliyatini

oʻrganishga

qaratilgan

Sinaluvchilarning jins tafovutlari quyidagi jadvalda keltirilgan. (1-jadval)

Sinaluvchilarning jins tafovutlar

1-jadval

Soni

%

Yigitlar

19

50%

Qizlar

19

50%

Jami

38

100,0


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

300

Sinaluvchilarning jins tafovutlari

Sinaluvchilarning jins tafovutlari

J.Ravenning "Progressiv matritsalar" testi Stydent t mezoni boyicha jins tafovutlari

Shkalalar

Jinsi

N

O’rtacha

qiymat

Standar

og’ish

t

p

Neyrotizm

Ayollar

19

13,6667

3,85364

0,924

0,359

Erkaklar

19

12,8667

2,76347

Metodika natijalarining Bir omilli dispersion tahlil mezoni bo’yicha hududiy tafovutlari.

N=38

Mavjud emas, chunki tadqiqotimizning obyektlari bir hudud doirasida va hozir faqat 1-guruh

sinaluvchilarining natijalari olingan.

J.Raven testining birlamchi statistikasi. N=38


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 8, issue2, Iyul 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

301

Yuqori

intellekt

Yaxshi

intellekt

Me’yordagi

intellekt

O‘rta

intellekt

O‘rtacha

kuchsiz

intellekt

7

15

8

6

2

19 %

39%

21%

16%

5%

Metodika ko‘rsatkichlarining umumiy tahliliga keladigan bo‘lsak, o‘quvchilardagi intellektual

salohiyat yuqori intellekt 19%, yaxshi intellekt 15%, me`yordagi intellekt 21%, o‘rta intellekt

16%, o‘rtacha kuchsiz intellekt esa 5% ni tashkil etdi. O‘rtacha kuchsiz intellektni tashkil qilgan

o‘quvchilarning aksariyati IMga yangi qabul qilingan va adaptatsiya jarayonidagi o‘quvchilardir.

Xulosa qilib aytganda, J. Ravenning “Progressiv matritsalar” metodikasi intellektual salohiyatni

baholashda zamonaviy, ilmiy asoslangan va samarali vosita bo‘lib, uni to‘g‘ri qo‘llash orqali

iqtidorli yoshlar bilan maqsadli ishlash imkoniyati yanada kengayadi.

Adabiyotlar

1. Ананьев Б.Г. Проблемы способности. – Москва: 1962. – 18 с.

2. A.И.Расулов Тестология. Укув кулланма Тошкент 2019

3. Голубева Э.А. Способности и индивидуальность. - М.: Прометей, 1993. – 114 с.

4. Ғозиев Э. Тафаккур психологияси. -Тошкент: 1990. - Б. 156-184.

5. S.X.Jalilova, N.A.G‘ayibova Umumiy psixodiagnostika Toshkent 2018

Библиографические ссылки

Ананьев Б.Г. Проблемы способности. – Москва: 1962. – 18 с.

A.И.Расулов Тестология. Укув кулланма Тошкент 2019

Голубева Э.А. Способности и индивидуальность. - М.: Прометей, 1993. – 114 с.

Ғозиев Э. Тафаккур психологияси. -Тошкент: 1990. - Б. 156-184.

S.X.Jalilova, N.A.G‘ayibova Umumiy psixodiagnostika Toshkent 2018