ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
281
“GUL VA NAVROʻZ” DOSTONIDA PEYZAJNING OʻRNI VA AHAMIYATI
U.K.Sanaqulov
filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori
SamDU Urgut filiali oʻqituvchisi
Annotatsiya:
ushbu maqola turkiy-oʻzbek adabiyoti, yozma dostonchiligining sara asari “Gul va
Navroʻz” dostoni toʻgʻrisida boʻlib, unda doston badiiyatining asosiy vositasi peyzajning oʻrni va
vazifasi xususida soʻz yuritiladi. “Gul va Navroʻz” dostonida qahramonlar fe’l-atvori, ruhiyati va
ma’naviy qiyofasi mazkur vosita orqali teranlashadi. Muallif doston mazmuni va gʻoyasini
ochishda ham peyzajdan unumli foydalanadi.
Kalit soʻzlar:
“Gul va Navroʻz”, badiiy tasvir, peyzaj, portret, badiiy mahorat, sevgi, mardlik,
jasorat, xalqlar doʻstligi.
Аннотация:
В статье речь идёт об эпической поэме «Гул и Навруз», шедевре тюрко-
узбекской литературы и письменного эпоса, а также рассматриваются роль и функции
пейзажа как основного средства эпической поэзии. В эпической поэме «Гул и Навруз»
характер, душевность и духовный облик героев углубляются посредством этого средства.
Автор также эффективно использует пейзаж для раскрытия содержания и идеи эпоса.
Ключевые слова:
«Гул и Навруз», художественный образ, пейзаж, портрет,
художественное мастерство, любовь, мужество, отвага, дружба народов.
Abstract:
this article is about the epic “Gul and Navroz”, the masterpiece of Turkish-Uzbek
literature and written epics, and it talks about the role and function of landscape, the main tool of
epic art. “In the epic Gul and Navroz”, the character, spirit and spiritual image of the heroes are
deepened through this tool. The author also makes good use of landscape in revealing the
content and idea of the epic.
Key words:
“Gul and Navroz”, artistic image, landscape, portrait, artistic skills, love, bravery,
courage, friendship of peoples.
KIRISH.
XIV asr oxiri XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Маvlono Haydar
Xorazmiy turkiy-oʻzbek adabiyotida masnaviy dostonlar yaratish an’anasini boshlab bergan
ijodkorlardan sanaladi. Uning “Maxzan ul-asror” (“Gulshan ul-asror”) (Nizomiy Ganjaviy
“Xamsa”si ta’sirida yozgan) hamda ishqiy-romantik mavzudagi “Gul va Navroʻz” dostonlari oʻz
davri masnaviynavisligining eng sara namunalaridan hisoblanadi. Shoir ijodida “Gul va
Navroʻz” dostoni alohida oʻrin tutadi.
MATERIALLAR VA USLUBLAR.
Ma’lumki, Navroʻz va Gul haqidagi qissalar genezisi uzoq
tarixga ega boʻlib, dastlab xalq ogʻzaki ijodida, keyinchalik yozma adabiyotda dostonlar shaklida
namoyon boʻldi. Qadimgi Sharq adabiyotida Navroʻz nomi bilan bogʻlangan talaygina. Xususan,
Haydar Xorazmiyning “Gul va Navroʻz” dostoni fors-tojik adabiyotida Xoju Kirmoniy hamda
Jalol Tabib tomonidan yaratilgan shu nomdagi dostonlardan keyin yaratilgan boʻlib,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
282
mutaxassislarning fikricha, Jalol Tabibning ayni shu mavzudagi dostoniga yaqin. Biroq doston
oʻziga xos gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan originallikka ega.
NATIJALAR VA MUHOKAMALAR.
Haydar Xorazmiyning “Gul va Navroʻz” dostoni usbhu
mavzuda turkiy tilda yozilgan nodir asar boʻlib, doston chuqur gʻoyaviy mazmun va oʻziga xos
badiiy poetik tomoni bilan ajralib turadi. Asosiy xususiyatlarning biri dostonning keng doirada
peyzaj vositasiga qurilganligidir. Muallif asar sarlavhasidan (“Gul va Navroʻz”) kelib chiqib
dostonga ijodiy yondoshadi, asarga mos qahramonlarni tanlaydi. Jumladan, Farrux, Savsan,
Mushkin, Javhar kabi ijobiy; Bahman, shayx Najdiy, Yaldo kabi salbiy qahramonlar shular
jumlasidandir. Dostonda qahramonlarning orzusi, quvonch-shodligi, gʻam-hasrati, ichki dunyosi
va ma’naviy qiyofasi peyzaj vositasida yanada yorqinlashadi. Masalan, asar qahramoni
Navroʻzning tugʻilishiga e’tibor beraylik: Navshod oʻlkasining keksa podshohi Farrux bir
oʻgʻilga orzumand edi (hukmdor Farrux ismining “goʻzal, baxtli, muborak, qutlugʻ yuzli” kabi
ma’nolarni anglatishida ham ramziy ma’no bor). Uning eng katta orzusiga erishishi tabiatda yuz
bergan fasl oʻzgarish bilan hamohanglik kasb etadi. Farzandning tugʻilishini shoir quyidagicha
tasvirlaydi:
Oʻshul choqtaki olam boʻldi xurram,
Sabo urdi dami Isoyi Maryam.
Chamanlar boʻldi jannatdin namudor,
Ochildi, gul, sochildi mushki totor.
Yangi yilning boshinda roʻzi navroʻz,
Sadafdin chiqti bir durri shab afroʻz.
Bola Navroʻz kuni tugʻilganligi uchun unga Navroʻz deb ism qoʻyishadi. Sir emaski, Navroʻz
Sharq xalqlarining qadimiy, an’anaviy milliy bayrami. Shoir har bir holatga mos tabiat
manzarasini tanlaydi va oʻz qahramonining portretini chizadi, kayfiyatini yaratadi, kitobxonni
asarning ruhiga olib kiradi. Xususan, asar qahramoni Gul tasvirida uni goʻzal vatani - Farxor
(“orasta, chiroyli va shinam joy”) oʻlkasi tabiatiga mos ravisha tasvirlaydi:
Boʻlib Farxor jannatdin namudor,
Bihishti adntek sahrou gulzor.
Havo Iso damitek ruhparvar,
Yogʻochlar toʻbiyu oqar suv kavsar.
Chamanlar ichra qushlarning safiri,
Yogʻochlar uchi gullarning sariri.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
283
Shuningdek, dostonda Navshod, Adan va Yaman mamlakatlariga ham e’tibor qaratiladi. Shoir
bir oʻrinda har birining oʻzgacha tabiat manzaralarini tasvirlab beradi. Taniqli olim Izzat Sulton
toʻgʻri ta’kidlaganidek, “tabiat tasvirlari sujetning tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, asarning
gʻoyaviy-estetik quvvatini oshiradi. Badiiy asarning hodisalari va koʻrinishlari sujetning rivojini
tezlatuvchi yoki sekinlatuvchi faktor sifatida ham tasvirlanshi mumkin... Аmmo tabiat
manzaralaridan qahramonlarning ruhiy holatini ochib berish uchun foydalanish badiiy asarda eng
koʻp uchraydigan hodisadir
”. “Gul va Navroʻz” dostonida shoir qahramonlarning ruhiy holatini
yoritishda tabiat hodisalaridan ustalik bilan foydalanadi. Jumladan, Chin elchilarining Gulni
Xoqon huzuriga olib ketishda tong tasvirining berilishi qahramon ruhiyatiga mos tushadi:
Chu bodi subh bunyod etti parvoz,
Qaro quzgʻun hazimat qildi ogʻoz.
Falakdin mehri anvor boʻldi tole’
Qorongʻulikni koʻzdin qildi roje’.
Yoki Navroʻzning ayriliq azobidagi ruhiy holati Chin mamalakati tomon borishida shoir
peyzajdan foydalanadi:
Jahon erdi aningtek tiyrayu tor,
Ki ne yulduz, ne oy erdi padidor.
Bulut koʻkrab, yashin yashnab, esib yel,
Buratib qor, yogʻib yomgʻur etib sel.
Dostonda salbiy obrazlar qiyofasi ham mahorat bilan ochilgan. Bunda shoir ularning
ismlarini tanlashi e’tiborli: Bahman – “qishning eng ayozli kunlari”; Yaldo – “qish mavsumidagi
eng sovuq, uzun va qorongʻu kecha”; Najd – “yerning baland qismi, toʻsiq” va b. Bundan
shoirning tabiat hodisalaridan yaxshi xabardor ekanligi ma’lum boʻladi. Keltirilgan personajlar
dostonda oʻz ismiga monand harakat qiladilar. Asar qahramonlarining taqdirini oʻzgartirishga,
ularning baxtiga qarshi turadilar. Jumladan, salbiy qahramonlarning biri Bahman Navroʻzga
yoʻldosh boʻla turib munofiqlik yoʻlini tutadi. U Xoqon tomonidan shahzodaga tayinlanadi, Chin
safarida shahzodaga yoʻldosh boʻlib, manzilga olib borish vazifasini zimmasiga oladi, ammo
yoʻlning yarmida Navroʻzga xiyonat qilib, uning bor-bisotini oʻgʻirlab qochib ketadi. Bahman
qora niyatini tunda ya’ni kechasi amalga oshiradi. Muallif qahramonning boshiga tushayotgan
qora kunni quyidagicha tasvirlaydi:
Haminkim poʻkradi tun ajdahosi,
Tutun birla yoyildi tun liqosi.
Quyun qoʻpti, oʻchirdi kun chirogʻin,
1
Иззат Султон. Адабиёт назарияси. – Т.: Ўқитувчи, 1986.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
284
Tuman tutdi jahon boshtin ayogʻin.
Chu oʻtti bir zamon tun yormindin,
Yasonib chiqtilar yerlik yerindin.
XULOSA.
“Gul va Navroʻz” dostonida muallif faqat yuqoridagi kabi qahramonlar qiyofasini
yorutishda, shodon yoki tushkun kayfiyatni ifodalashda peyzaj tasvirini keltirmaydi, balki asar
voqealarining tantanavorligini, oʻz yuksak maqsadlarini amalga oshirishda ham ushbu tasvir
vositasidan unumli foydalanadi. Xususan, doston syujetidan urush voqealari oʻrin olgan boʻlib,
koʻpdan buyon ikki mamlakat – Adan va Yaman adovatda edi. Dushmanlarning, qolaversa,
taqdirning achchiq hazili Gul va Navroʻzni bir-birlaridan ajralishiga sabab boʻladi. Ular Chin
mamlakatidan qochib dengizga chiqishgach, dahshatli toʻfon tufayli ikkisi bir-biridan ajralishadi.
Gul Adanga, Navroʻz Yaman sohillariga borib qoladi. Mard-tantiligi hamda iste’dodlari tufayli
qahramonlar ushbu davlatlarning ishongan sarkardalariga aylanishadi. Oʻrtada jang boʻladi,
sevishganlar urush avjiga chiqqan paytda, shiddatli jang maydonida bir-biriga yuzma-yuz
kelishadi, bir-birlarini topishadi. Bu esa asar soʻngida ikki davlatni murosaga kelishga, oʻrtadan
adovatni olib tashlashga va doʻstlik yoʻlini tutishiga olib keladi. Tinchlik, birodarlik va xalqlar
doʻstligi gʻoyasi ham shoirning tabiat manzaralari orqali yanada ochiladi:
Jahon xurram boʻlib xuldi barintek,
Suzilib chashmalar moyi mayintek.
Havo Iso damitek ruhparvar,
Qilib olamni jannatdek muattar.
Chamanda bulbul-u qumri gʻazalxon,
Tuzub durroj, keklik turluk elhon.
Xulosa qilib aytganda, dostonning temuriylar davrida yaratilganligi inobatga olinsa, uning oʻz
davri uchun ijtimoy-siyosiy ahamiyati katta. Doston nafaqat gʻoyaviy-mazmun tomondan, balki
badiiy jihatdan ham yuksak did bilan yaratilgan. Ana shu jihatdan asardagi tabiat tasvirlari shoir
maqsad-muddaosini ilgari surishda muhim vosita boʻlib xizmat qilgan.
ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Valixoʻjayev B. Mumtoz siymolar. II jild. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti, 2002. 175 b.
2.
Erkinov S. Lutfiy (hayoti va ijodi). – Toshkent, 1976.
3.
Haydar Xorazmiy. Tanlangan asarlar. - Toshkent, 2002.
4.
Лутфий. Сенсан севарим. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти,
1987.
5.
Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият луғати. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2008.