ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
400
ANVAR OBIDJON LIRIKASI VA XALQ MARSIYALARI: JANRIY UYG’UNLIK VA
BADIIY STILIZATSIYA
Hojiyeva Sayyora Olimovna
BuxDU magistri
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Anvar Obidjon asarlari tarkibidagi motam marosimiga oid
janrlari o’rganildi. Shoirning ayrim she’rlari xalq marsiyalariga xos tuyg‘ular, obrazlar, ritmik
qurilmalar va motam kayfiyati orqali boyitilgan bo‘lib, bu holat folklor va zamonaviy adabiyot
o‘rtasidagi uzviylikni ko‘rsatadi.
Kalit so’zlar:
folklor, xalq qo’shiqlari, xalqona iboralar, motam marosimi, marsiyalar, yig’i
qo’shiqlari, yo’qlov qo’shiqlari, xalq marsiyalari, “Alp Er To’nga” marsiyasi.
Abstract:
In this article, the genres related to the mourning ceremony in the works of Anvar
Obidjon were studied. Some of the poet's poems are enriched by feelings, images, rhythmic
devices and mood of mourning typical of folk laments, which shows the unity between folklore
and modern literature.
Key words:
folklore, folk songs, folk expressions, mourning ceremony, laments, mourning
songs, funeral songs, folk laments, "Alp Er To'nga" lament,
O‘zbek xalq marosim folklori bir necha janrlarni qamrab oladi. Motam marosimi bilan bog‘liq
bo‘lgan marsiyalar uzoq davrlardan beri yozma adabiyotda ham ijod ahlining ko‘ngil dardlari,
ayriliq alamlarini ifodalash vositasi sifatida bitiladi.
Ma’lumki, marsiyalar, odatda, biror inson vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag‘ishlab
aytiladi. Bunday marosimda aytiladigan so‘zdan tortib kiyiladigan kiyim va ruhiy holatigacha
qayg‘uli tus oladi. Yozma manbalarda ham ushbu janr haqida ma’lumotlar va namunalar
keltirilgan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariyning “ Devonu lug‘otit turk” asarida Alp Er To‘nga
marsiyasi uchraydi. Marsiyada xalq qahramonining o‘limi dahshatli fojia, achchiq qismat, ulkan
yo‘qotish sifatida baholangan. Alp Er To‘nganing vafoti tufayli elning chuqur ruhiy iztirobga
tushganligi, qattiq qayg‘uga botganligi bayon qilingan.
Folklorga oid marsiyalarda vafot etgan kishining sifatlari, fazilatlari, uning tiriklik chog‘ida
qilgan xayrli ishlari aytilib, yo‘qlanadi. Marhumning endi qaytmasligi yoki aksincha u hali ham
ko‘rib, eshitib turganligiga ishonch ifodalanadi.
Anvar Obidjon ijodida “Qodiriyni eslab”, “Eh, Tursunboy Adashboyev”, “Ustoz Erkin
Vohidovni dafn etayotib…” , “Muhammad Yusuf”, “Sahroyi bola (Abdulla Oripovga)”,
“Boborahim Mashrab”, “Asqad Muxtor”, “Botirvoy yozgan marsiya” kabi she’rlari marsiya janri
namunasi sanaladi.
“Qodiriyni eslab” nomli marsiya xarakteridagi she’rida Qodiriyning g‘animlar uchun bu olamda
bo‘lmasa-da, ammo uning kabi do‘stlar qalbida mangu, barhayot ekanini, hali unday insonlar
yana tug‘ilishini va haqiqat baribir qaror topganini ta’kidlab, “Arvohingiz baxtli otadek Yurtga
boqsin Bugun shod bo‘lib” deya ko‘ngil nidolarini hayqiriq ohangida kuylaydi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
401
Anvar Obidjon “Ustoz Erkin Vohidovni dafn etayotib…” marsiyasida xalqning ardoqli shoiri
vafoti munosabati bilan ko‘nglidagi kechinmalarni bayon qiladi.
Tanamiz – tuproqdan,
Samoviydir jon,
Gar o‘lsak, Yer va Ko‘k kelishib olar.
Fanoda saylimiz yakun topgan on
Ikkovi o‘z mulkin bo‘lishib olar
Tiriklar bosh egib soqov go‘r uzra
Turarkan
Nigohin tuproqqa sayib;
Ziyofat sochgan payt Ilohiy sura
Marhum ruhi Ko‘kdan boqar jilmayib
.
Motam folklorida marhumning vafoti o‘zga olamga safar sifatida talqin qilinadi. Boqiy dunyo
haqidagi qarashlar, o‘limdan so‘ng qayta tirilish, narigi dunyoning borligiga ishonish kabi
tasavvurlar yig‘i, yo‘qlovlarning tub mohiyatini tashkil etadi. Ushbu she’rda motam folkloriga
xos “ruh”, “go‘r”, “fano”, “ilohiy sura” kabi tushunchalarni qo‘llash orqali tanamizning
tuproqdan yaratilgani, insonga berilgan jon esa Ollohdan ekaniga ishora qilib, bu dunyoni tark
etgandan so‘ng tananing tuproqqa, ruhning esa samoga qaytib ko‘kdan kuzatib turishi
ifodalanadi. Tursunboy Adashboyevga bag‘ishlab yozgan she’ri yo‘qlov xarakterida yozilgan,
chunki unda bolalar shoirining xotirasi bilan bog‘liq tasvirlar sog‘inch va armon ohanglarida
kuylangan.
Eng zo‘r she’rin yuragiga solib ketdi,
Qahqahasin davramizdan olib ketdi.
So‘nggi so‘zi, so‘nggi o‘yi, so‘nggi dami
Begona bir mashinada qolib ketdi
…
Badiiy adabiyotda inson umrining nihoyasi xazonga o‘xshatiladi. Anvar Obidjon ham shu
qiyosdan kelib chiqib, suvda oqayotgan xazonga qarab Abdulla Oripov bilan bog‘liq xotiralarni
1
Anvar Obidjon.Saylanma.-Toshkent, Akademnashr. 2019. –B. 199.
2
Anvar Obidjon.Saylanma.-Toshkent, Akademnashr. 2019. –B. 199.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
402
yodga oladi. Olam-olam qilgan orzularning oxir-oqibat toshga aylanib qolishini nadomatlar bilan
tilga oladi.
Suvda oqqan xazondek o‘tar
Ayriliqda kechgan umrimiz.
Oxir toshga aylanib ketar
Momiq-momiq orzularimiz
Shoir ijodida hazil-mutoyiba xarakteridagi marsiyalar ham uchraydi. Uning “Botirvoy yozgan
marsiya” nomli she’ri shunday usulda yozilgan bo‘lib, Botirvoy ismli bolaning o‘zi uchun
qadrdon bo‘lgan jun paypog‘ini sichqon yeb qo‘ygani va shundoq do‘stidan ayrilganiga afsus
qilgani tasvirlangan.
Jun paypog‘im bor edi
Issiq va yumshoq.
Tutingandik o‘tgan qish
Ikkimiz o‘rtoq.
Mana, yana qish keldi,
Men-ku sog‘-omon.
“o‘rtog‘im”ni,
He afsus,
Yeb ketdi sichqon
She’rda paypog‘idan ayrilish holati motam sifatida tasvirlangan bo‘lib, uning yo‘qolishi ortidan
ortiqcha motam qilish orqali kulgili vaziyat yaratiladi.
Aytish mumkinki, Anvar Obidjonning marsiya xarakteridagi she’rlari yozma adabiyot namunasi
bo‘lsa-da, folklorga oid marsiyalarga xos obraz - detallar, ifoda usuli hamda badiiy tasvir
vositalarini o‘zida namoyon qiladi. Ular orasida shoirning yaqin kishilariga, tarixiy shaxslarga
bag‘ishlab yozilgan she’rlar uchrashi ham folklordagi kabi marsiyaning keng qamrovliligini
ko‘rsatib bergan.
3
Anvar Obidjon.Saylanma.-Toshkent, Akademnashr. 2019. –B. 199.
4
Anvar Obidjon.Saylanma.-Toshkent, Akademnashr. 2019. –B. 199.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 8, issue2, Iyul 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
403
Anvar Obidjon ijodidagi marsiyaviy obrazlar ko‘pincha ona, yurt, daryo, tog‘, qabr, qush kabi
milliy ramzlar orqali aks ettiriladi. “Onamga” nomli she’rida u ona obrazini xalq motam
folkloridagi ona-arvoh obraziga yaqinlashtiradi:
Onam – suv bo‘lsa, men – qirg‘oqman,
Oqaverar u... men kuzatar jim.
Oqayotgan suvni qamash bo‘lmaydi,
Ona qaytmaydi... ona yo‘q endi
Bu misralar xalq orasida aytiladigan “ona – yo‘qlikda ham borlik” degan ishonchli ifodaning
badiiy shaklidir. Marsiyaviy ohang she’r bo‘ylab davom etadi, bu esa shoir ijodida motam
folklorining obrazli va emotsional boyligini ko‘rsatadi.
Motam folklorining asosiy kuchi – obrazlar va ohanglardir. Anvar Obidjon xalq marsiyalarida
keng qo‘llanilgan ona, qabr, ko‘z yoshi, qush, xazon, tosh kabi obrazlarni zamonaviy ruhda
qayta talqin qiladi. Shoir ijodida motam folklori — xalq ruhiyati, tarixiy xotirasi, milliy
og‘riqlarining poetik ifodasi sifatida stilizatsiyalangan holda namoyon bo‘ladi. Shoir xalq
og‘zaki ijodining marsiyaviy janrini zamonaviy she’riyat ruhida qayta yaratgan, obrazlarni,
ohangni, badiiy vositalarni zamonga moslashtirgan. Bu uslub orqali u o‘zbek adabiyotida motam
folklorining zamonaviy ifoda imkoniyatlarini kengaytirgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Мирзаев Т., Сафаров О., Ўраева Д. Ўзбек халқ оғзаки ижоди хрестоматияси. Ўқув
қўлланма. —Т.: «Алоқачи», 2008
2.
Саримсоқов Б. Ўзбек маросим фолклори. Т.: «ФАН», 1986.
3.
Ўраева Д. Ўзбек мотам маросими фолклори. Т.: «ФАН», 2004.
4.
Anvar Obidjon. Saylanma.-Toshkent, 2019. –B. 199.
5.
Anvar Obidjon. O‘g‘irlangan pahlavon: she’rlar, doston va ertaklar. – T.: Cho‘lpon, 2006.
– B. 136.
6.
Анвар Обиджон. Жуда кизик вокеа. – Тошкент, 1987. – Б. 229.
7.
Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: “Musiqa” nashriyoti, 185-b;
8.
Mirzayev T., Turdimov Sh., Jo‘rayev M., Eshonqulov J., Tilavov A. O’zbek folklori.
Darslik.
–
Toshkent: 2020.
5
Anvar Obidjon.Saylanma.-Toshkent, Akademnashr. 2019. –B. 199.