ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
128
YALLIG‘LANISHLI PARODONTAL KASALLIKLARNI DAVOLASHDA
KOMPLEKS TERAPIYANING SAMARADORLIGI: GLIKODENT VA ANTIBIOTIK
VOSITALAR MISOLIDA
Anvarjonova Mohinur Avazbek qizi
Chalaboyeva Zilolaxon Mirzakarim qizi
Qo’qon universiteti Andijon filiali, Andijon, O’zbekiston.
E-mail:
Chalaboyevazilola559@gmail.com
Tel; + 998903837471
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada yallig‘lanishli parodontal kasalliklarning tarqalish
darajasi, etiopatogenetik omillari, klinik shakllari hamda ularni tashxislash va davolashning
zamonaviy usullari o‘rganilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va O‘zbekiston hududidan
olingan epidemiologik ma’lumotlarga asoslanib, kasalliklarning yoshga bog‘liq xususiyatlari,
CPITN indeksi, Shiller–Pisarev testi va Kulajenko usuli yordamida baholash mexanizmlari
ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot 30 nafar bemor ishtirokida o‘tkazilgan bo‘lib, "Glikodent"
preparatining erta bosqichdagi parodontitda yuqori klinik samaradorligi aniqlangan. Og‘ir
holatlarda antibiotik terapiyaning foydali ta’siri kuzatilgan. Natijalar, parodontal kasalliklarni
erta aniqlash va ularni individual asosda davolashda kompleks yondashuv muhimligini
ko‘rsatmoqda.
Kalit so‘zlar:
Parodontal kasalliklar, gingivit, parodontit, glikodent, antibiotik terapiya,
fitoterapiya, stomatologik profilaktika.
Kirish.
Parodontal kasalliklar bugungi kunda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari ichida eng keng
tarqalgan muammolardan biri hisoblanadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 35–44 yoshdagi
aholining 60–90%ida bu kasalliklar kuzatiladi. Ularning og‘ir shakllari yurak-qon tomir,
endokrin va immun tizimlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda esa, bolalar va
o‘smirlar orasida 40–97% hollarda parodontal to‘qima kasalliklari aniqlanmoqda. So‘nggi
yillarda molekulyar biologik tadqiqotlar parodontal to‘qimalarda glikozaminoglikanlarning
trofik va regenerativ funksiyasini isbotladi. Xlorgeksidin, sulfatlangan glikozaminoglikan va
yalpiz ekstrakti asosida yaratilgan “Glikodent” preparati bu borada istiqbolli vosita sifatida
baholanmoqda.
Tadqiqot metodologiyasi.
30 nafar bemor parodontal kasalliklar bilan klinik va laborator
tekshiruvlarga jalb qilindi. CPITN indeksi asosida kasallik darajalari belgilandi. Diagnostik
vositalar sifatida Shiller–Pisarev testi va Kulajenko vakuum usuli qo‘llanildi.
Davolash quyidagi vositalar bilan olib borildi:
Sistemik antibiotiklar:
Amoksitsillin + Metronidazol, Doksitsiklin
Mahalliy antibiotiklar:
Arestin, PerioChip
Tabiiy vositalar:
0.12% xlorgeksidin eritmasi, tuzli suv, aloe vera
Innovatsion vosita:
“Glikodent” eritmasi
Natijalar.
25–45 yosh oralig‘idagi bemorlar orasida parodontal kasalliklar 95% holatlarda
qayd etildi. Bu yosh guruhida kasallik keng tarqalgan bo‘lib, bu holat hayotiy faollik, gormonal
o‘zgarishlar va past gigiyena darajasi bilan izohlanadi. “Glikodent” preparatining 7–10 kunlik
qo‘llanishi natijasida shish, qonash va og‘riq kabi simptomlar kamaygan, shilliq qavat
regeneratsiyasi va mikrosirkulyatsiya tiklangan. Og‘ir parodontit holatlarida antibiotik terapiya,
ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI
IYUL
ANDIJON,2025
129
xususan Amoksitsillin+Metronidazol kombinatsiyasi, yallig‘lanish va patogen mikrofloraning
kamayishiga olib kelgan. Shiller–Pisarev testi yordamida yallig‘lanish zonalari aniq
belgilangan bo‘lib, bu test kasallikni erta aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa.
Parodontal kasalliklar keng tarqalgan va jiddiy patologiya bo‘lib, ularni erta aniqlash
va davolash zarur. “Glikodent” preparati kam toksiklikka ega, yuqori yallig‘lanishga qarshi va
tiklovchi ta’sir ko‘rsatadi. Antibiotik, antiseptik va tabiiy vositalar asosidagi kompleks
yondashuv kasallikni erta bosqichda bartaraf etishda yuqori samaraga ega. Profilaktik
choralarni keng ommalashtirish, aholi o‘rtasida gigiyenik tarbiyaviy ishlarni olib borish
parodontal kasalliklarning oldini olishda muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Muehleman M. Epidemiology of Periodontal Diseases // Zurich. – 2020. – P. 213.
2.
Muehleman M. Zurich School Children Periodontal Survey // European Journal of Oral
Sciences. – 2015. – V. 123 – P. 287–294.
3.
Saburova L. B. Эпидемиология заболеваний пародонта // Bishkek. – 2016. – С. 152.
4.
Куценко Н. Ф. Клиническая пародонтология // Москва. 2018. – С. 278.
5.
Кулаженко В. Клиническая диагностика в стоматологии // Москва. – 2018. – С.
245.
6.
Kulajenko V. Kulyajenko metodikasi bo‘yicha klinik tadqiqotlar // Toshkent. –2019. –
B. 98.
7.
Шиллер–Писарев. Метод определения гликогена // Медицина. –1979. – С. 76.
