ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
23
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JISMONIY SIFATLARINI
SHAKLLANTIRISHDA HARAKATLI OʻYINLARDAN FOYDALANISH
Reymbaeva Roza Saparbaevna
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Biologiya fanlari nomzodi
Qoshmaǵambetova Sholpan Asqarbaevna
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatli oʻyinlarni oʻtkazish
metodikasi hamda jismoniy tarbiya mashgʻulotida qoʻllaniladigan harakatli oʻyinlar mazmuni
yoritilgan.
Kalt soʻzlar:
Maktabgacha yosh davri, bolaning jismoniy rivojlanishi, harakatlanish tartibi,
koʻnikma va malakalar, harakatli oʻyin.
Maktabgacha tarbiya taʼlim tizimining birlamchi va eng muhim boʻgʻini hisoblanadi. Sogʻlom
genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi.Biroq shu paytgacha bu
tizim rivojlanishdan ortda qolgan edi. Maʼlumki, bolaning rivojlanishi va oʻsishi uzluksiz davom
etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor atrofni hodisa va
buyumlar orqali anglab, undan oʻzicha maʼno topishga intilishi, qiziqish va hissiyotlari
rivojlanishini kuzatamiz. Bolalar jismoniy tarbiyasini toʻgʻri tashkil etish, kichkintoyning ilk
yoshdan sogʻligʻini mustahkamlash va har tomonlama uygʻun rivojlantirish davr talabi
hisoblanadi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi qonuniyatlari va uning ilk harakatlariga imkon yaratish,
taʼlimtarbiyaviy jarayonning mazmuni va metodlarini ishlab chiqishga ilmiy yondashish,
jismoniy harakatlanishning zarur koʻnikmalarini tarbiyalash; turli mashgʻulotlarda va oʻyin
faoliyatida mustaqil fikrlashga, jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan qiziqishlarini tarbiyalashga
oid muhim masalalarni hal etadi. Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va
ehtiyojlariga koʻra oʻziga xos bosqichlarga ega. Bolaning oʻsib, ulgʻayishida jismoniy faollik,
asosiy harakatlar tartibi muhim hisoblanib, aynan shu jarayonlar toʻgʻri, harakatli oʻyinlar orqali
tizimli ravishda tashkillashtirilsa, bola shaxsining uygʻun holda rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tadqiqot
m
aqsadi va vazifalari.
Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi
bolalarda jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli oʻyinlarni qoʻllashdan iborat. Ushbu
maqsadga koʻra quyidagi vazifalar tanlab olindi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh kesimida jismoniy rivojlanganlik koʻrsatkichlarini
aniqlash va jismoniy harakatlarni oshirish boʻyicha tajriba oʻtkazish;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
24
maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy harakatlarni rivojlantirishda qoʻllaniladigan
harakatli oʻyinlar ishlab chiqish;
1. “Quvlashmachoq” oʻyini.
Oʻyinning maqsadi: bolalarni chaqqon harakat qilishga va tezlik
bilan yugurishga oʻrgatish.
Kerakli jihoz va sharoitlar: xavfsiz, tekis maydoncha.
Oʻyinning borishi: oʻyinchilar juft-juft boʻlib qatorga saflanadilar, qator oldida ikki uch metr
narida tutuvchi qilib saylangan bola oldinga qarab turadi. Tarbiyachi ishorasidan keyin bolalar
biri chap tomondan, ikkinchisi oʻng tomondan yuguradilar. Ular qator oldiga yugurib chiqadilar
va qoʻl ushlashib tutuvchining oldiga turib olishga harakat qiladi. Tutuvchi bolalar qoʻl ushlashib
olishdan avval ulardan birini tutib olishga harakat qiladi. Sheriksiz qolgan bola
tutuvchi boʻladi. Agar tutuvchi bola hech kimni tuta olmasa yana bir marta harakat qiladi. Oʻyin
shu tariqa davom etadi. Oʻyin barcha bolalar yugurib chiqqandan soʻng tugaydi. Shundan keyin
yangi tutuvchi saylanadi.
2.“Toʻsiqdan sakra” oʻyini.
Oʻyinning maqsadi: bolalarni tezlik bilan sakrashga va masofani
chamalashga oʻrgatish.
Kerakli jihoz va sharoitlar:sakrash uchun ajratilgan xavfsiz joy.
Oʻyinning borishi: ishtirokchilar oʻyinboshi koʻrsatmasiga asosan musiqa sadolari ostida
sakrashni mashq qiladilar, tarbiyachi bolalarni turgan joyida ikki
oyoqlab sakray olishlarini kuzatadi. Soʻng “vaqt keldi” deb ishora beradi. Ishtirokchilar
belgilangan masofadan toʻsiqlardan sakrab oʻtishlari lozim boʻladi. Oʻyinni yaxshi sakray olgan
bolalar yakunlagan boʻladi, sakray olmagan bolalar bilan yakka tartibda shugʻullantiriladi.
Mayda motorikani rivojlantirishga
yoʻnaltirilgan harakatli oʻyinlar va uni tashkil etish tartibi.
3. “Uchinchisi ortiqcha” oʻyini.
Oʻyinning maqsadi: bolalarni hamjihat boʻlib oʻynashga va tez fikrlashga oʻrgatish. Kerakli jihoz
va sharoitlar: maydoncha va buyumlar, rasmlar solingan quti.
Oʻyinning borishi: bolalar uchun alohida qutilar tayyorlanadi. Tarbiyachi tomonidan qutilarni bir
vaqtda ochishga ishora beriladi. Bolalar juftlikda ushbu qutilarni ochib koʻrib, undagi bir-biriga
muvofiq keladigan buyumlarni ushlab koʻradilar, buyumlar orasidan ortiqchasini ajratish kerak
boʻladi. Soʻng tarbiyachi bolalardan qaysi buyum nima uchun ortiqchaligini soʻraydi. Oʻyin shu
tariqa
davom yakunlanadi.
4.“Rangli doiralar” oʻyini.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
25
Oʻyin maqsadi: bolalarni hamjihat boʻlib oʻynashga, ranglarni ajratishga va tez harakatlanishga
oʻrgatish.
Kerakli jihoz va sharoitlar: oʻyin maydoncha va rangli qogʻozdan kesilgan doiralar va rangli
boʻrlar.
Oʻyinning borishi: oʻyinda bolalar doira boʻlib turadilar. Tarbiyachi bolalarga ularning xohishiga
koʻra turli rangdagi doiralarni tarqatib chiqadi. Barcha ishtirokchilar tayyor boʻlsa tarbiyachi
“Qizil doiralar toʻplansin” deb ishora beradi. Qoʻlida qizil doiralar bor bolalar bir joyga yaʼni
qizil rangda chizilgan keng doira ichida qoʻl ushlashib turib oladilar. Oʻyin boshqaruvchi qaysi
rangdagi doiralarni chaqirsa, shu rangdagi doirachalar keng davra boʻlib belgilangan joylariga
turib oladilar. Oʻyin shu tariqa yakunlanadi.
5. “Kimda?” oʻyini.
Oʻyinning maqsadi: bolalarni xotirasini rivojlantirish.
Kerakli jihoz va sharoitlar: turli hajmdagi oʻyinchoqlar, oʻyinchi koʻzini bogʻlash uchun roʻmol.
Oʻyinning borishi: maydon oʻrtasida yerga bir qancha predmetlar, oʻyinchoqlar qoʻyilgan boʻlib,
doira boʻlib turib olgan bolalar diqqat bilan predmetlarni koʻrib oladilar va 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 ketdi
deb sanaydilar “Ketdi” soʻzi kimga taqalsa shu qatnashuvchi koʻzini yumib turadi. Bolalardan
biri kelib bitta buyumni oʻzi bilan olib ketadi va orqasiga yashiradi. Koʻzi yumilgan bola ana
shu yoʻqolgan predmetning nomini va qaysi bolada ekanligini topishi kerak. Oʻyin yakun
languncha bolalar bir-birlari bilan joy almashadilar. Sensomotorikani rivojlantirishga
yoʻnaltirilgan harakatli oʻyinlar va uni tashkil etish tartibi.
6. Nomini eslab qol” oʻyini.
Oʻyin maqsadi: bolalardagi xotira diqqat va eslab qolish qobiliyatlarini rivojlantirish, hamda
tabiat haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Kerakli jihoz va sharoitlar: oʻyin maydonchasi.
Oʻyinning borishi: bolalar kichik guruhlarga boʻlinib turadilar. Oʻyinboshi har-bir guruhga
ularning xohishiga qarab bitta mavzu tanlaydi, masalan, “Tabiat”, “Mevalar”, “Sabzavotlar” kabi.
Guruh ishtirokchilari yana bittadan oʻziga shu guruhga mos narsalarni tanlaydi va hammaning
oldida eʼlon qiladi. Masalan, “Sabzavotlar” guruhidan lavlagi, kartoshka va boshqalar tanlanadi.
Guruhlar aralashtirib yuboriladi va har bir guruhdan bittadan oʻyinchi chiqib, bir ishtirokchini
tanlab qaysi guruhdanligini aytadi. Oʻyin 12-16 nafar boladan iborat guruh uchun qulay boʻlib,
shu tartibda yakunlanadi.
Xulosa.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyachi (yoʻriqchi) oʻyinga rahbarlik
qilish chogʻida bolalarga oʻyin mazmuni, sharti va qoidalarini yaxshi tushuntirishi va rollarni
toʻgʻri taqsimlay olishi zarur. Bolalarni harakatli oʻyinlarni oʻynashga tayyorlashda ularning
sogʻligini mustahkamlash, harakat malakalarini oshirib, rivojlantirib borish ham nazarda tutiladi.
Oʻyinni tashkil etishda barcha shart-sharoitlarni hisobga olish va oʻyinga mos jihozlarni tanlash,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
26
ishtirokchilar soniga teng taqsimlash hamda oʻyin jarayonini kuzatish va yakunida toʻgʻri
yoʻnaltirishi ham juda muhim.
Jismoniy tarbiya mashgʻulotida qoʻllaniladigan harakatli oʻyinlar asosan, berilgan asosiy harakat
turini mustahkamlashga qaratiladi. Masalan, otish va irgʻitish harakatlarini oʻrgatish natijasida
yirik va mayda motorikaga yoʻnaltirilgan harakatli oʻyin berilsa, natijada bolada mashq bajarish
barobarida yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ilib olish, irgʻitish malakalari sekin-asta
shakllanib, harakatli oʻyin esa ular egallagan koʻnikmalarini mustahkamlashda yordam beradi.
Harakatli oʻyinlardan oʻz oʻrnida guruhlarga ajratib, tarbiyalanuvchining yoshi va jismoniy
imkoniyatini inobatga olib, mashgʻulot shakli va maqsadiga koʻra, tashqi mavsumiy omillarga
hamda hududiy sharoitlardan foydalangan holda tashkillashtirish maktabgacha yoshdagi
bolalarni har tomonlama rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
1. Усмонхўжаев Т.С. ва бош. Миллий ва ҳаракатли ўйинлар. Т.: “Иқтисод-молия” 2015.
2. Усмонхўжаев Т.С. Спорт ва ҳаракатли ўйинлар. Т.: Чўлпон НМИУ. 2018.
3. Usmonxajayev T.S., Islomova S.T. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya T.:
“Ilm Ziyo” nash. 2006.
4. Саламов Р.С. “Жисмоний тарбия назарияси ва услубияти”. 1 том. Дарслик. ИТА-ПРЕСС.
Т. – 2014 й. 269 б.