ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
80
SURXONDARYO HUDUDIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR
KUSHONLAR DAVLATI MISOLIDA
Zoirova Intizor
Termiz arxeologiya muzeyi
ilmiy kotibi
Annotatsiya:
Biz bilamizki yurtimiz hududida Surxon vohasi o’zining qadim o’tmishdan
saqlanib qolgan ko’plab qadimiy obidalari bilan diqqatga sazovordir. Shu xususda shuni
ta’kidlab o’tish joizki bu hududda qadimdan Kushon va yunon-baqtirya nomi ostida antic
davlatlar rivojlangan bo’lib ular bu hudud taraqqiyotida alohida ahamiyatga egadir. Shu o’rinda
bu hudud qadimda buddaviylik dini markazlari hisoblangan yodgorliklarni ham o’z ichiga
qamrab olgandir.
Kalit so’zlar:
Kushon podsholigi, Dalvarzintepa, surxko’tal, oromiy yozuvi,
Hozirgi jadallik bilan rivojlanayotgan fan sohalaridagi yutuqlarda qadimdan bizga qadar yetib
kelgan boy madaniy va ma’naviy merosni chuqur o’rganish bilan bog’liqdir. Biz bilamizki
yurtimizning har bir qismi qadim o’tmishdan buyuk svilizatsiyalarning o’chog’I bo’lgan va
yuksak rivojlangan. Bunga misol qilib oddiygina Buyuk ipak yo’lining bir tarmog’I bizning
yurtimiz hududidan topilganligini keltirib o’tishimiz mumkin. Yurtimiz hududidagi Samarqand,
Farg’ona, Toshkent, va shu bilan birgalikda surxondaryo viloyati qadimdan yuksak qadimiy
yodgorliklar boyligi bilan ajralib turadi. Darhaqiqat Surxondaryo hududi qadim o’tmishdan
rivojlanganligiga mKushon podsholigi, yunon-baqtirya davlati va bu davlatlarda qolgan
qadamjolar misol bo’lishi mumkin. Haqiqatdan ham, shuni ta’kidlab o’tish joizki bugungi
kunda Kushon davlati manzilgohlarining topilishi, oʻrganilish jarayoni va topilmalar ilm-
fan ahliga namoyish etish oʻziga xoslikni yuzag keltiradi. Aytish mumkinki, bugungi kun tarix
kitoblarida keltirilgan maʼlumotlar, voqeliklarning aksariyat qismi, badiiy kitoblar orqali,
qolganlari esa arxiologik izlanishlar natijasida yuzaga kelgan deyish mumkin. Bugungi kunda
yurtimizda va yurtimizga tutash boʻlgan hududlarda Kushon davlati shaharlari qoldiqlarini
topish, oʻrganish natijasida Dalvarzin tepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqa mana shunga
oʻxshash meʼmoriy obidalar topilishi kishini quvontiradi. Kushon davlatiga tegishli bo’lgan
manzilgohlarning topilishi oʻsha davr muhiti, kayfiyati, kishilarning hayot kechirish shakllari,
turli hunarmandchilik, savdo-sotiq sohalaridagi yutuqlar xususid aham maʼlumot beradi.
Mazkur manzilgohlarning topilishi Kushon davri madaniyatini ochib berishda ham oʻziga xos
manba boʻlib xizmat qiladi. Bunda saroy devorlarining tasviri, qabulxona va
mehmonxonlarning tuzilish shakli bilan aham ahamkyatga molik masalaalarfan biridir.
Kushon davlatida Oromiy yozuvidan tashqari Kushon shaklli yozuvi ham mavjud boʻlib,
Termiz yodgorliklari yoki, Surxkoʻtal yodgorliklarida yunon alifbosi asosidagi Kushon shaklli
yozuvlarining topilishi ilmiy jihatdan katta yangilik boʻldi deyish mumkin. Bundan ko’rishimiz
mumkinki yurtimizda qadi dan ilm-fan yuksak taraqqiy etganligi va yuksak taraqqiyot
cho’qqisiga yetganligiga guvoh o’lamiz. Bu holat esa Kushon davlatining geosiyosiy
maydonda manashu yozuv vositasida elchilik aloqalarining olib borilgan ekanligi bilan ham
xarakterlanadi. Yurtimiz va yurtimizga qoʻshni hududlarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot
ishlari natijasida Kushon davlati manzilgohlarinining topilishi va oʻrganilishi qadimda
aholining yashash tarzi, diniy eʼtiqodlaridan ham dalolat beradi. Shuningdek, ibodatxona
qoldiqlarlari, meʼmoriy yodgorliklarning topilishi jihatdan manzilgohlar ekspeditsiyasining
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
81
ahamiyati katta. Kushonlar davlatining Baqtriya, Soʻgʻdiyona kabi dablatlar
hududlarda
keyinchlik amalga oshirgan islohotlari, keyinchalik esa, Eski Termiz, Ayritom,
Dalvarzintepa kabi hududlarda diniy eʼtiqod shakllarining mavjud ekanlihi bilan xarakterli
xususiyat kasb etadi. Bu borada Qora tepa hududidan topilgan buddaviylik
ibodatxonalarining Dalvarzintepa ibodatxonalari bilan aloqadorligi, qolaversa, xolchayon
hududidan topilgan Kushon hukmdorlar saroyi buning tarixiy jihatdan ahamiyatga molik
hududlar
sanaladi.
“Kushon
podsholigida
yozuv
qadimdan
mavjudligini
Surxko‘tal(Afg'onistondagi
Qunduz
shahri
yaqinida)
yodgorligidantopiiganyunonalifbosidagikushonbitiklarihamtasdiqlaydi.
Kushon davrigaoid manzilgohlarning topilishi natijasida kishilarda Kushon davri tarixi
madaniyati va diplomatic aloqalari haqida aniqroq ma’lumotlarga ega bo’ldik Bunda asosan,
naqshlar, devoriy tasvirlar, hunarmandchilik buyumlari, saroy qoldiqlari oʻziga xoslikni tashkil
etadi. Shuning uchun ham, olimlar ilmiy izlanishlari natijasida topilgan manzilgohlarni diqqat
bilan oʻrganish barobarida bosqinchilik yurishlari, tangalar, shahzoda va malikalar tasvirlari
koʻzga tashlanadi. Misol uchun: Dalvarzintepa hududidan topilgan budda boshining tasviri
yoki boshqa manzilgohlardan topilgan Kushon shahzodalari tasviri, ayol kishi bosh qismi
aʼzosining haykali va shunga oʻxshash yodgorliklar bugungi
kunda
Kushon davlatiga
nisbatan boʻlgan koʻzqarashlarning shakllanishiga olib keladi. Yurtimizda 2003-2006 yillarda
amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning tubmohiyati Kushon davlatiga tegishli boʻlgan
manzilgohlarni topish, mavjud manzilgohlarning tadqiq etilishi va uning tarixiy haqiqatlarga
muvofiq kelishi yuzasidan koʻplab ishlar amalga oshirildi. Ushbu davr mobaynida Fayoztepa
ibodatxonasi, Dalvarzintepa, Xolchayon va shunga oʻxshash hududlarda turli davlat
olimlarining ilmiy izlanishlar olib borishi koʻp yillik tadqiqotlar bilan birga nisbatan
oydinlashdi, deyish mumkin. Bunda Yaponiya davlati olimlarining Dalvarzintepa va
Xolchayon meʼmoriy obidalari bialn qiziqishi tufayli arxeologik izlanishlarinini amaglga
oshirishish davomida katta yutuqlarga erishdilar. Ular oʻzlarining ilmiy izlanishlari natijasida
Kushon davlatida buddiylik dinining keng tarqalgan ekanligi, qolaversa, manzilgohlardan
topilgan obidalar, devoriy tasvirlar vositasida izohlab berishgan. Xuddi shunday tasvirlar
saroy va ibodatxona qoldiqlarining Fayoz tepa hududida oʻrganilishiga Fransiya va
Germaniya olimlarining diqqati qaratilib, ushbu hududlarga qoʻshni hududlar -kampirtepa,
Qoratepa,
Fayoztepalar
ham
keng
tarzda
izlanishlar
maydoniga aylanib qoldi.
“Dalvarzintepa yodgorligida olib borilgan tadqiqotlar hamda oʻrganishlar davomida topilgan
ashyolar uning tarixi naqadar boy ekanidan dalolat beradi. Buning isboti sifatida
“Dalvarzintepa xazinasi” ni koʻrishimiz mumkin. 1972-yil olib
borilgan arxeologik
qazilma ishlari mobaynida eramizning I asriga tegishli Dalvarzintepada tarixdagi eng
yirik topilmalardan biri boʻlgan 36 kg ga yaqin oltin buyumlar xazinasi topilgan.
“Dalvarzin xazinasi” oʻzining ilmiy ahamiyatiga koʻra mashhur, hozirda Britaniya muzeyida
saqlanayotgan “Amudaryo xazinasi”dan qolishmaydi”.[2]Olimlarning izlanishlari natijasida
Kushon davlati hamda Baqtriya, Chagʻoniyon kabi davlatlarning ham milliy madaniyatiga oid
namunalar, dehqonchilik, hunarmandchilik kabi sohalar yaxshi rivojlangan ekanligidan dalolat
beradi. Arxeloglar M.Masson, Ye.Pugachenkova kabi olimlarning ilmiy xulosalariga tayanib,
Dalvarzintepa, Xolchayon, Budrach kabi shahar qoldiqlarining topib oʻrganilishi natijasida
Kushon davlatiga oid boʻlgan qilichlar, sopol idishlar,
shuningdek,
ayollar
taqinchoqlarining ham topilishi tarixiy haqiqarlarning aniqlanishida katta manba boʻlib
xizmat qiladi. Shuningdek, Kushon davlatida yasalgan haykallarning diniy va dunyoviy
tarzda yasalishi ham olimlar ilmiy izlanishlarida tub burilishni yuzaga keltirdi. Bu esa
Kushon davlati tarixi, madaniyati, hunarmandchiligi, ilm-fan sohasidagi yangiliklari, savdo-
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
82
sotiq ishlari hamda boshqa davlatlar bilan uzviy aloqalarini chuqur tarzda oʻrganish lozim
ekanligidan dalolat beradi. Bir so’z bilan aytganda kushon davlati va undan qolgan yodgorliklar
barchasi yurtimizda yuksak madaniyat taraqqiy etganligi haqida ma’lumot beradi. Bunday
yodgorliklarni o’rganish ularni kelajak avlodga yetkazish bizning burchimizdir.
References:
1.Sagdullayev A.S, V.A Kastetskiy. Tarix. Qadimgi dunyo. 6 -sinf oʻquvchilari uchun darslik.
Toshkent: “Yangi yoʻl poligraf servis” –2013
2.ToʻrayevaCharosQurbonmurotqizi. “KushondavlatiningilkpoytaxtiDalvarzintepatarixi” maqola.
International Journal of Education, Social Science & Humanities -2023