ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
69
O‘ZBEKISTONDA PARRANDACHILIK SANOATIGA INVESTITSIYALARNI JALB
ETISH: HOLATI VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Rahmataliyev Muzaffar Eshdavlatovich,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Iqtisodiy statistika” kafedrasi PhD, dotsenti
Shavkatov Behruz Rustam o‘g‘li
Bank ishi fakulteti 3-kurs talabasi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
E-mail:
ORCID: 0009-0007-0780-5724
Annotatsiya:
Maqolada parrandachilik sohasiga jalb etilayotgan investitsiyalarning hozirgi
holati, muammolari va yechimlari hamda jalb etilayotgan investitsiyalarning qanday maqsadda
ishlatilishi bo‘yicha takliflar berilgan.
Annotation:
The article provides recommendations on the current state, problems and solutions
of investments in the poultry sector, as well as the purpose for which the investments are used.
Kalit so‘zlar:
Investitsiya, xorijiy investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar,
qishloq xo‘jaligida investitsiyalar, investitsiya dasturllari.
Keywords:
investment, foreign investment, foreign direct investment, investment in agriculture,
investment programs.
Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo‘ljallangan tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini
mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta’minlash
maqsadida parrandachilikda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini
modernizatsiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga to‘sqinlik
qilayotgan qator muammolarni hal etishda investitsiyalarning o‘rni muhim hisoblanadi.
Investitsiyalar parrandachilik sohasi (korxonalar)ning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab,
ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash, ozuqa bazasini mustahkamlash va yangilash,
xarajatlarni kamaytirib, yetishtiriladigan mahsulotlar hajmining ko‘payishi va sifati yaxshilanishi,
olinadigan daromad (foyda) summasi oshishini ta’minlaydi. Parrandachilik tarmog‘iga
investitsiyalarni jalb etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 noyabrdagi
“Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4015-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda [2].
Yuqoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda, amalga
oshirilayotgan loyihalar manzilli dasturilaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi huzurida Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi orqali
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
70
parrandachilik sohasiga ko‘proq investitsion loyihalarni taklif bergan holda chet el investorlarini
va ularning investitsiyalarini parrandachilik sohasiga jalb etilib kelinmoqda.
Investitsion taklif
Loyihaning nomi
Parrandachilikni rivojlantirish
Tashabbuskor
«Joyilma» fermer ho‘jaligi
Loyihaning joylashuvi
Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, Joyilma
mahallasi
Loyiha qiymati
$1 mln.
Loyihaga tashabbuskorning hissasi
$100 ming
Talab etiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalar miqdori
$900 ming
Loyihani
moliyalashtirishning
boshqa manbai
$0
O‘rtacha yillik ishlab chiqarish
hajmi
25 tonna tovuq go‘shti, 20 million dona tuxum
Savdo bo‘yicha o‘rtacha yillik
daromad
$300 ming
Yillik sof foyda
40%
Mavjud infratuzilma
elektr tarmoqlari;
suv ta’minoti tarmoqlari;
tabiiy gaz tarmoqlari
Mavjud bo‘sh yer maydoni
5,8 gektar
Eksport
Umumiy hajmdan 50%
Yaratilgan ish o‘rinlari soni va
turlari
15
Jahon iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan sharoitda ichki va tashqi bozorning parrandachilik
sohasi mahsulotlariga bo‘lgan talabini yuqorida darajada saqlab qolish eng dolzarb muammodir.
Uni hal etish uchun albatta xorijiy investitsiyalarni jalb etishimiz zarur.
Parrandachilik sektoriga investitsiyalar kiritish istiqbollarini o‘rganish uchun tashrif buyurgan
Singapurning Haebara Singapore Pte Ltd kompaniyasi ijrochi direktori Yarn Xa viloyat hokimi
Xayrullo Bozorov tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda kompaniya investitsiyasi ishtirokida
Namanganda yirik tovuqchilik kompleksi tashkil etish hamda parrandachilik korxonalari bilan
hamkorlik o‘rnatish masalasi muhokama qilindi. Jumladan, ayni paytda faoliyat olib borayotgan
128 ta parrandachilik korxonasi negizida klaster tizimini yaratish maqsadga muvofiq ekanligi
ta’kidlandi. “Halol” sertifikati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlariga tovuq mahsulotlari
yetkazib berayotgan, o‘zining maxsus tovuq nasllariga ega Haebara kompaniyasining
tajribasidan foydalangan holda, viloyat tovuqchilik sohasi mahsulotlarini eksportga keng
yo‘naltirish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan [3].
Investitsiyalar xalq xo‘jaligi va nafaqat parrandachilik sohasida ahamiyati katta. Birinchidan,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
71
kapital qo‘yilmalar jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalardagi o‘zgarishlar
jami talabga yetarlicha ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek aholining bandligi va yalpi milliy daromad
(YaMD) hajmining ham o‘zgarishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, investitsiyalar korxonaning
asosiy fondlari jamg‘arilishi, ya’ni ko‘payishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish kuchlarini
kengaytirishga sarf qilingan pul mablag‘lari boshlang‘ich bosqichda korxona faoliyati
natijalariga ta’sir etmasligi mumkin, lekin kelajakda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bazani yaratadi.
Investitsiyalar parrandachilik sohasining har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Chunki ular
evaziga tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi. Ulardan to‘liq va samarali
foydalanish natijasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi
ko‘payib, sifati yaxshilanadi. Bu hol parrandachilik sohasi mahsulotlariga bo‘lgan talab yanada
yaxshiroq qondirilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga sof foyda summasi ko‘payadi. Natijada
qishloq xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati
tug‘iladi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yanada yuksaladi. Bular investitsiyalar, kapital
qo‘yilmaning ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorligi mavjudligidan dalolat beradi [1].
Investitsiya jalb etish orqali ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda
parrandachilik klasterlarini tashkil qilish, bunda innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish,
raqobatbardosh parranda mahsulotlari ishlab chiqarish orqali aholini yetarli miqdorda parranda
mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish,
parranda mahsulotlarini, shu jumladan parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash, yuqori
qo‘shilgan qiymatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish, ilmiy-diagnostika laboratoriyalarni
tashkil qilish orqali parrandalar orasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish choralarini
ko‘rish, ozuqa bazasini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi ozuqa va vitaminlarni ishlab
chiqarish, parrandachilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi
ehtiyojlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishni ta’minlash muhim ustuvor vazifalar belgilangan.
Demak, yuqoridagi muhim vazifalarni amalga oshirish, investitsion siyosatni shakllantirish va
yo‘lga qo‘yish maqsadida quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim:
taklif etilayotgan tender asosida raqobatbardosh loyihalarni tanlash. Bu parrandachilik
sohasida investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta’minlaydi;
parrandachilik sohasi uchun mo‘ljallangan investitsiyalarning iqtisodiy jihatdan
asoslanganligiga va tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlari real hisobga olingan holda,
iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan bo‘lishi zarur. Chunki, aksariyat hollarda loyihada
belgilangan mablag‘lar ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun yetmaydi, oqibatda ko‘zlangan
maqsadga erishilmaydi. Bu hol investitsion loyihalar uzoq muddatga cho‘zilishiga olib keladi;
sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni kiritish bo‘yicha tajriba yetarli emas, bu
borada yetakchi xorijiy hamkorlar bilan yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yish;
investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirib, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar ulushini oshirish kerak [5];
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Xorijiy
investitsiyalarni jalb etish agentligi orqali parrandachilik sohasiga ko‘proq investitsion
loyihalarni taklif bergan holda chet el investorlarini va ularning investitsiyalarini parrandachilik
sohasiga jalb etish lozim.
Jalb qilinayotgan investitsiyalarni qo‘yidagi maqsadlarda sarf etilsa, parrandachilik sohasi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
72
yanada rivojlanadi.
parrandachilikka mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtissoslashgan texnikalarini ishlab
chiqarish uchun zavodlar qurish;
faoliyat yuritayotgan parrandachilik xo‘jaliklarining texnika va texnologiyalarini
zamonaviy innovatsion texnika hamda uskunalar bilan ta’minlash;
parrandachilik sohasida asosan tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolinmoqda, boshqa
parranda turlari (kurka, bedana, g‘oz, o‘rdak, tuyaqush, kaklik va boshqalar) yetishtirish;
parrandalarda kasalliklarni erta aniqlovchi ilmiy–diagnostika laboratoriyalarini tashkil
qilish;
sifat nazorati va xavfsizlik laboratoriyalarini yaratish [7];
parrandalarga ozuqa uchun hasharotlardan oqsil mahsulotlarini ishlab chiqarish;
parranda ozuqa bazasini yaratish, import o‘rnini bosuvchi ozuqa mahsulotlarini ishlab
chiqarish;
parrandachilik xo‘jaligi xodimlarini qayta tayyorlash dasturlarini yaratish.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz iqtisodiyoti
parrandachilik sohasini jadal va samarali rivojlanishida ham ichki, ham tashqi investitsiyalar
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar uchun
yaratilgan investitsiya muhiti amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning xal qiluvchi muhim
omillaridan biriga aylanib qoldi. Investitsiyalarsiz moliyaviy va iqtisodiy qiyinchiliklarni tezda
hal qilishda hamda aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik
mahsulotlari bilan ta’minlash, parrandachilikda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab
chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari eksportini
kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolarini hal etish imkoni juda kam.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
A. Abdug‘aniev, A.A. Abdug‘aniev “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti iqtisodiyoti” – T.:
“Adib nashriyoti” – 2011.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 noyabrdagi PQ-4015-sonli
“Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori.
3.
“Xalq so‘zi” gazetasi. 2019 yil 28 oktabrdagi “Xalq so‘zi” online.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4937-sonli
“O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori.
5.
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr.
6.
S.Umarov “Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘nalishlari” – “Agro ilm”
2010. – №1(13). – B. 63.
7.
M.Raxmataliev “Innovative development at poultry enterprises in conditions of
globalization of agricultural markets in Uzbekistan” V setevom, retsenziruemom, referiruemom i
indeksiruemom jurnale «Byulleten nauki i praktiki» v № 7 (iyul) 2018 g.