ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
152
“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” TUSHUNCHASI MAHMUDXO’JA BEHBUDIY
TALQINIDA
Musayeva Muborakxon Adhamxoʻja qizi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” yoʻnalishi 1-bosqich talabasi
M. Agzamova
Ilmiy rahbar: Oʻzbekston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO”
kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Anotatsiya:
Ushbu maqola jaholatga qarshi ma’rifatning ahamiyati va jamiyat taraqqiyotidagi
o‘rni haqida bayon qilinadi. Jaholat – inson va jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi omil
bo‘lib, uni yo‘qotishning eng samarali yo‘li ilm-ma’rifatni rivojlantirish hisoblanadi. Maqolada
ma’rifatning inson ongi va dunyoqarashini shakllantirishdagi roli, ta’lim va tarbiyaning
ahamiyati hamda jamiyatda ilm-fan va madaniyat taraqqiyotining jaholatni bartaraf etishdagi
ta’siri yoritilgan. Shuningdek, tarixiy misollar va zamonaviy tahlillar orqali jaholatning salbiy
oqibatlari va ma’rifatli jamiyat qurish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar
muhokama qilinadi. Maqola ma’rifatga intilgan har bir inson va jamiyatning ravnaqini istagan
tadqiqotchilar uchun foydali ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
Jaholat, ma’rifat, ilm, bilim, ta’lim, tarbiya, ma’rifatparvarlik, jamiyat taraqqiyoti,
madaniyat, ma’naviyat, ilm-fan, bilimli jamiyat, ma’rifatli avlod, savodxonlik, tafakkur, axloq.
Ma’lumki bashariyat uzoq tarixdan juda ko’plab urush va fitnalarni boshdan kechirib kelgan va
bu holat hamon davom etmoqda. Bu janglar turli xil mamlakatlar, turli shahar yoki ma’lum bir
hududlarda bo’lib o’tgan bo’lishiga qaramay,uning ta’siri butun insoniyat boshiga balo bo’lishi
haqiqatdir. Bu urushlar toj-u taxt uchun, katta o’ljalar olish uchun yoinki go’zal malikalar uchun
bo’lgan bo’lsada, uning asl o’zagi – jaholatdan darakdir.
Afsuski, bu urushlar tarix
zarvaraqlarida qolib ketkanicha yo’q, balki bugungi kunda ham davom etmoqda. Eng ayanchlisi
shundaki ,bu urushlar avvaldagidek katta – katta arteleriya yoki qo’shinlar bilan emas balki,
johillik bilan aniqrog’i g’arazli mafkuralar bilan namoyon bo’lmoqda . Bu holatni naqadar
ayanchli ekanligini esa O’zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning: “Mafkuraviy
palegonlar, yadro palegonlaridan ham zararliroqdir, chunki yadro bir hududni vayron qilsa,
johillik va mafkuraviy yovuzliklar, chegara va hudud bilmaydi” – degan mulohazalari bugungi
kunimizda ham dolzarbdir.
Inson tug’ilibdiki uning hayoti va yashash jarayonlari albatta qiziq, turli xil vaziyat va
voqealarga to’ladir. Go’zal umrguzaronlik qilish albatta ma’rifat va ilm, uning go’zal amali,
reallikdagi holatlarga tatbig’i bilan ahamiyatlidir. Biz havas bilan qaragan va hayotlaridan
mazmun – mohiyat qidiradiganlarimiz ma’naviyat va ma’rifat durdonaridir aslida. Demak fikr
yuritishimiz kerak bo’lgan va har bir insonning botini–yu zoxirida tinmasdan baxs qiladigan
jarayon bu jaholat va ma’rifat urushi bo’lsa ne ajab. Bu janglarni keng tahlil etish va chuqur
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
153
tushunish uchun “Ma’rifat va Jaholat” so’zlarining tub mohiyatini bilib olsak va uni anglagan
holda hayotimizga tatbiq etsak, fikrlarimizni tiniqlashtirishda ko’makchi bo’ladi.
“Jaholat” so'zi arab tilidan olingan bo’lib, “jahl” (لهج) “bilmaslik”, “ahmoqlik”, “ilm va
donolikdan mahrum bo’lish” ma'nolarini bildiradi. O'zbek tilida “jaholat” so'zi, odatda,
insonning ilm va ma'rifatdan yiroq bo'lishi, bilimsizlik va nohush holatni ifodalash uchun
ishlatiladi. Jaholat – bu insonning bilim va tafakkur darajasining pastligi, ma’rifatga nisbatan
befarqligi yoki ongining torligi bo’lib, jaholatning eng katta xavfi shuki, u insonni o‘z
imkoniyatlarini anglash va rivojlanishdan to‘xtatib qo‘yadi. Buning natijasida jamiyatda
notinchlik, tushunmovchilik, xurofot va nog‘ora urushlarni vujudga keltiradi.
Jaholat haqida gap ketganda Mahmudxo’ja Behbudiyning “Padarkush” dramasini, G’ofur
G’ulomning “Shumbola bola” sini, yoki Cho’lponning “Kecha va Kunduz “asarini keltirishimiz
muhimdir. Chunki o’quvchi bu kitob va asarlarni mutoala qilar ekan, insonlarning ong darajasi,
ilmlilik salohiyati va diniy mutaassiblik holatidan larzaga keladi. Inson hayotini, baxt-u saodatini
yemiruvchi illatlarning eng ulkani ilmsizlik ekaniga bot – bot guvoh bo’libgina qolmay balki,
uning bugungi davrga va kelakakka ta’sirini ham ochiqlaydi. So’zimizni yana buyuklar iborasi
bilan “Mansur-ul xikam” asarida Ibn Mu’tazz shunday deydi: “Olim johilni taniydi, chunki u
o‘zi ilgari johil bo‘lgan. Johil esa olimni tanimaydi, chunki u ilgari olim bo‘lmagan”. Johiliyat
davridagi insonlar ilm va ilm ahlidan zohidlar dunyodan qanday yuz o‘girsa, shunday yuz o‘girib,
qaysarlar qochgandek qochadilar. Kim nimani bilmasa, shuni o‘ziga dushman tutadi
deb
aytilgan bo’lsa Qur’oni karim “An’om” surasining 69 – oyatida
“Hargiz johillardan bo’lmang”
deb nido qilinadi.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, ona vatanimiz bo’lgan Turkistonning necha asrlik fig’onlari
sababi aynan shu johillik ekanini ko’rishimiz, qalbimizga og’ir jarohat yetkazadi. Chunki bu
to’g’risida marifatparvar bobomiz Mahmudxo’ja Behbudiyning “agar butun Turkiston xalqi
ittifoq qilsa qon to‘kilmas. Yer va amlok ham taqsim bo`lmay qolur. Din ham rivoj topur. Ming
karra dodu bedotki ixtilof etmoq uchun ittifoq etkanimiz va ixtilofimiz sababi ila badbaxtlikg‘a
duchor bo‘lurmiz. Butun Turkiston ittifoq etsa 15 millionlik bir quvvat imlog‘a kelurki, munga
yer titraydur!”
jumlalari o’sha davrdagi jaholatda nur izlagan, yoinki o’zi ziyo bo’lib olamni
yoritish uchun yelkama – yelka turib Turon ahlini jaholatning achchiq azobidan
ogohlantirayotgan chaqiriqlardirki, bunday masalalar hali batamom yechilmagandek, hamon
yechimini izlayotgandek go’yo.
Dono xalqimiz hamma narsaning “Ikki tarafi bor” yoki “Har dardning bir shifosi bor” deganidek,
jaholat ulkan muammo va haqiqiy fojea bo’lishiga qaramasdan, albatta uning ham yechim va
davolari bordir. Jaholarga qarshi eng kuchli qurol bu – ma’rifatdir. “Marifat” so’zi arab tilidan
olingan so’z bo’lib, “ma’rifat” (ةفرعم) “bilim”, “anglash”, “tushunish” ma’nolarini bildiradi.
O’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bu iboraning ma’nosi ko’proq “ilm”, “donolik” va
“ma’naviyat” kabi tushunchalarni ifodalashda ishlatiladi. Odatda insonning aqlli, tarbiyali,
ma’rifatli va ongli bo’lishini ifodalaydigan ma’rifat, hayotning turli sohalarida o’rganilgan
bilimlar va tajribalar to’plami hamdir. Insonning ongini ochish, ma’naviy va axloqiy o'sishini
ta’minlash, jamiyatda yaxshilikni targ’ib qilish ham ma’rifiy ishlar jumlasidandir.
1
Abulxasan Movardiy Dunyo va din odobi. Toshkent.:”Hilol-Nashr”, 2021. – B.36.
2
Maxmudho’ja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri. ”Akademiya” nashriyoti. Toshkent 1999y. 25-bet
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
154
Mustaqiilkka erishganimizdan so’ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Miromonovich ma’naviyat va ma’rifat soxalariga hamda sifatli taʼlimga davlat siyosati
darajasida e’tibor qaratib, ayni yo‘nalishlarni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan istiqbolli
taklif hamda tashabbuslarni ilgari surdi. Ilm-maʼrifat barcha ezguliklarning, bunyodkorliklarning
zamini sifatida qadrlanadigan va bu borada tinimsiz mehnat qiladigan yoshlar bilan “Ko’ksaroy
qarorgohida yoshlar bilan prezidentning uchrashuvi” nomi ostidagi muhim uchrashuv bo’lib
o’tgani ham bu boradagi say – harakatlar bugungi kunga kelib mevasini berayotganiga ishoradir.
Jadal va tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan infarmatsion texnologiyalar asrida milliy
qadriyatlar va ma’rifiy tushunchalar balki o’zgarib ,balki yo’qolib borayotgandek go’yo. Bu
kabi har qanday rivojlanish albatta ma’rifat va ma’naviyat ildizlarini qo’porish o’rniga, uning
shoxlarini sayqallashi ayni davrda muhimdir. Chunki biz o’tgan necha - necha yillar davomida
o’zligimizdan, ma’naviyatimiz-u qadryatlarimizdan mosuvo bo’lib keldik, bizni o’zligimizdan
ayirish uchun eng mash’um va jirkanch usullardan foydalanishdi, albatta bu insofsiz qilingan
ishlar johil xalqning hayotiga, taqdiriga va kelajagiga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmadi.
Ularning xorlanishlariga, ayovsiz mehnat qildirilishlariga, boshimizga tinimsiz balolarini
yog’dirishlariga sabab bo’ldi. Shunday paytda xalqning ichidan chiqqan millat ziyolilari xalqni
uyg’onishga, qo’lga qurol olib emas, balki kitob olib, ta’lim olib “Hazrati inson” bo’lishga ,
atrofda bo’layotgan kurashlarga ongli javob berishga undaganlar. Bunday misollar tarix
zarvaraqlarida ko’plab topiladi. Masalan, Abdulhamid Cho’lponning “Adabiyot yashasa – millat
yashar” deganlari,
Mahmudxo’ja Behbudiyning
“Har bir millatning saodati uning
farzandlarining tarbiyasiga bogʻliqdir. Tarbiya boʻlmasa millatning halokati muqarrardir”, yoki
Munavvarqorining “Hurriyat berilmas olinur” degan mashhur iboralari, yoinki “Agar bir millatni
yoʻq qilmoqchi boʻlsangiz, avvalo uning tarixini, tilini va madaniyatini yoʻq qiling. Millat
tarixidan ajralsa, oʻzligini yoʻqotadi” deya takidlagan Abdurauf Fitratlar, bugungi kunimiz uchun
ham aynan zarur shiorlardir.
“Mening nazarimda ,insoniyat dunyosining buyuk bir yoritkichi – ma’naviy chirog’i bor. Bu
chiroqning boshqalardan farqi shuki ,u insonning ongi va tafakkurini yoritadi, qalbi, vijdonini
uyg’otadi, odamiylik hissini kuchaytiradi” deya takidlaydi O’zbekiston prezidenti Shavkat
Mirziyoyev.
Darhaqiqat inson hayoti mazmun – mohiyat kasb etishi uchun albatta ma’rifat va
ziyo kabi ulug’ ne’matlar berilganki, ularni o’rganmog’imiz, o’rgatmog’imiz va albatta ilm
bostonida tergan gullarimiz ila hayotimizni bezamog’imiz darkor. Chunki ilm olinar ekan uning
amali ila shu ilmni rivojlantirish,ilm tolibiga farz bo’ladi. Zero, payg’ambarlarning sayyidi, biz
uchun hidoyat va ma’rifatning ilk yo’lboshlovchisi Muhammad (s.a.v.) aytganlar: “ Men faqat
ilm o’rganish va uni yoyish uchun yuborildim”
– deb . Bundan tashqari “Mujodala” surasining
11-oyatida marhamat qilinadi: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland)
daraja (martaba)larga koʻtarur”. Bu oyat ilm naqadar ulug‘ ne’mat ekanini anglatadi. Ilmning
fazilati Qur’on va hadislarda ko‘p bor ta’kidlangan, ilm insonni Allohning qudratini anglashga,
to‘g‘ri yo‘ldan yurishga va yaxshi ishlarni ko’paytirishga yordam beradi. Bu oyatning
mazmunidan anglash mumkinki, ilm Alloh huzurida yuqori darajaga erishish uchun asosiy
omillardan biridir. Anas (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (s.a.v): “Ilm talab qilish
har bir musulmonga farzdir” – dedilar
. Yuqorida sanab o’tilganlar albatta inson ilm bilan
3
Shavkat Mirziyoyev . Yangi O’zbekiston -Taraqqiyot strategiyasi.”O’zbekiston” Toshkent -2023. B-248
4
Ibn Moja, “Sunan ibn Moja” ilm kitobi 229-hadis, Darus-Salam nashriyoti, Riyoz, 2007.
5
Kimiyoi saodat: diniy-ma’rifiy / Abu Xomid G‘azzoliy. – Toshkent.: “Munir” nashriyoti, 2021. – B.127.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
155
go’zalligi va u qaysi fanga oid bo’lishidan, hoh diniy hoh dunyoviy bo’lishidan qat’iy nazar,
odamni faqat va faqat yorug’likka eltishi ma’lum va mashhurdir.
Bugungi kunda o’zining iqtisodiy – ijtimoiy ,dunyo davlatlari bilan o’z o’rniga ega, mustaqil,
erkin va o’z pazitsion – taraqqiyot srtategiyalariga ega Ona Vatanimiz ma’rifiy soxalarda ham
o’z reja va dasturlarini belgilab oldi. Bunga misol qilib, ta’lim bosqichlari, ma’naviyat va
ma’rifat tizimi uchun zarur o’quv va amaliy dasturlar tuzish va ularni joriy etish; aholining
ma’naviyat - ma’rifat savodxonligini yangi bosqichga ko’tarish va ushbu yo’nalishdagi ta’lim –
tarbiya ishlarini aniqlash, bu boradagi samarali faoliyat mexanizmini yaratish; axborot
xavfsizligini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan faoliyatni takomillashtirish; sohaga
zamonaviy axborot – kamunikatsiya texnalogiyalarini keng tatbiq etish, ommaviy axborot
vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish
va shu kabi
yana koplab islohotlarni
sanashimiz mumkin.
Albatta biz bu bilan cheklanib qolmasdan “Yosh kitobxonlar” ko’rik tanlovi, bog’cha,
maktab, litseylarda ma’naviy targ’ibot tashviqot ishlari, oliy ta’lim muassasalarida turli xil
musobaqalar, “Zakovat o’yinlari”, “Yosh bilimdon”, “Yosh tarixchi” va “Tafakkur egalari”,
“To’maris izdoshlari”, “Jadidlar- millatimiz faxri” kabi ko’rik tanlovlar hamda klublar jadal
faoliyat olib bormoqda va yoshlarni har taraflama qo’llab – quvvatlab, ularga esdalik sovg’alari,
pul mukofotlari topshirilmoqda. Bu kabi hayrli ishlar albatta yoshlarimiz ongida va ta’lim
jarayonlarida o’zining yorqin aksini topmoqda.
“Mamlakatimiz o’z taraqqiyotining eng yangi yuksak bosqichiga ko’tariloyotgan hozirgi paytda
bizga ilm – fan yutuqlarini chuqur o’zlashtirish bilan birga milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya
topgan, har tomonlama yetuk kadrlar suv va havodek zarur. Bu borada ma’rifatparvar
ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy – demokratik , davlat va fuqarolik
jamiyati uchun poydevor bo’lib xizmat qilishi tabiiy. Bu kimgadir yoqadimi yoki yo’qmi
xalqimiz jadid bobolarimiz ko’rsatib bergan yo’ldan og’ishmay borishi kerak. Chunki ularning
g’oya va dasturlari yangi O’zbekistonning barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg’un
va hamohangdir”
Shu o’rinda xulosa o’rnida aytish joizki, bizga berilgan ishonch, imkoniyat, go’zal va zamonaviy
shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ma’naviyati yuksak har taraflama intelektual salohiyatga
ega, dunyoqarashi keng, mamlakat rivojiga o’z hissasini qo’sha oladigan kerakli va muhim kadr
bo’lish, nafaqat farz , balki qarz hamdir. Dunyoning har chekka hududlarida bo’layotgan, turli xil
yovuzliklar, buzg’unchiliklar, yetishmovchiliklardan omonda ekanimiz va har otgan tongimiz
musaffoligi uchun, yurtimizning tinchligi uchun, keksalarimiz borligi, farzandlarimiz sog’lomligi
uchun bu barcha ne’matlarni qadrlamog’imiz, ularni ko’z – qorachig’imizdek asramog’imiz, har
birimizning yuksak burchimizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
6
Shavkat Mirziyoyev . Yangi O’zbekiston -Taraqqiyot strategiyasi.”O’zbekiston” Toshkent -2023. B-252
7
Hozirgi zamon va yangi O’zbekiston “ O’zbekiston” Toshkent-2024. B-256.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
156
1.
Shavkat Mirziyoyev . Yangi O’zbekiston -Taraqqiyot strategiyasi.”O’zbekiston”
Toshkent -2023. 414. B.
2.
Ibn Hishom, “As-Siyrat an-Nabaviyya”, 1-jild, Bayrut: Dorul – Ma’rifa, 1990, 460. B.
3.
Ibn Moja, “Sunan ibn Moja” ilm kitobi 229-hadis, Darus-Salam nashriyoti, Riyoz, 2007.
4.
Tanbehul g‘ofilin: diniy-ma’rifiy / Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy. – Toshkent:
“Munir” nashriyoti, 2021. – 592. B
5.
Hozirgi zamon va yangi O’zbekiston “ O’zbekiston” Toshkent-2024. 555. B
6.
Kimyoi saodat: diniy-ma’rifiy / Abu Xomid G‘azzoliy. – Toshkent: “Munir” nashriyoti,
2021. – 233 b.
7.
https://iiau.uz/oz/news/2213