ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
133
“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLARNING VIJDON ERKINLIGINI
TA’MINLASH VA DINIY SOHADAGI DAVLAT SIYOSATI KONSEPSIYASI” DA
DINIY TA’LIM OLISH MASALALARI
Yahyonov Azamxon Nuriddinxon o‘g’li
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabasi
Nosirjonov Faxriddin Muxiddin o‘g’li
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” ta’lim yo’nalishi talabasi,
Respublika yosh olimlar kengashi a’zosi
+998 94 101 24 69
Bekmirzayev Ilhomjon Isroiljonovich
Ilmiy rahbar:O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori (DSc)
Annotatsiya:
Maqolada “Vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati
konsepsiyasi” qonuni tahlil qilinib, asosan diniy ta’lim olishning huquqiy asoslari haqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘z:
qonun, diniy ta’lim, muassasa, huquqiy asos, manba, konfessiya, diniy tashkilot, din,
seminariya.
O’zbekistonda bugungi kunda 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib kelmoqda. Barcha diniy
tashkilotlar faoliyat olib borishi uchun huquqiy asos mavjud bo’lishi va mamlakatimiz fuqarolari
bundan mamnun bo’lishi zarur. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun
xalqimizning e’tiqodiy qarashlarini muhofaza qilinishi, ularning emin-erkin ibodat qilishlari
yuzasidan huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Xususan yoshlarning, diniy ta’lim olishni ixtiyor
qilgan fuqarolarning bu boradagi xohish istaklari ham inobatga olinib, huquqlari kafolatlangan.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning 8-moddasida shunday deyiladi:
8-modda. Ta’lim tizimi va din
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgandir.
Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga (bundan diniy ta’lim muassasalari
mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
134
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan
munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanadi.
Har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega.
Diniy ta’lim muassasalarida o‘qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus ta’lim yoki professional ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy professional ta’lim olgan shaxslar diniy ta’lim muassasalarida diniy fanlarni o‘qitish
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga egadir.
Mamlakatimizda din davlatdan ajratilgandir. Umumiy o’rta ta’lim, oliy ta’lim muassasalari
ta’lim tizimiga diniy fanlar kiritilmasligi belgilangan. Lekin diniy ta’lim muassasalari bundan
musatsno ekanligi belgilangan. Bugungi kunda yurtimizda to’rtta oliy diniy ta’lim muassasasi,
o’nta o’rta maxsus islom bilim yurtlari, ikkita seminariya faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida 4 ta oliy va 10 ta o‘rta maxsus islom ta’lim
muassasasi mavjud.
Oliy ta’lim muassasalari:
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (Toshkent shahri); Mir Arab oliy madrasasi
(Buxoro shahri); Hadis ilmi maktabi (Samarqand viloyati); Imom Termiziy nomidagi islom
instituti (Termiz shahri)
O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari:
“Ko‘kaldosh” (Toshkent shahri); “Mir Arab” (Buxoro shahri); “Sayyid Muhyiddin maxdum”
(Andijon viloyati); “Hidoya” (Namangan shahri); “Xoja Buxoriy” (Qashqadaryo viloyati);
“Faxriddin ar-Roziy” (Xorazm viloyati); “Muhammad al-Beruniy” (Nukus shahri); “Imom
Termiziy” (Termiz shahri) o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi.
Shuningdek, 2 ta ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi bor bo‘lib, ular quyidagilar:
“Xadichai Kubro” (Toshkent shahri) va “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim
muassasalari (Buxoro shahri).
Yuqorida O’zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalarigina misol
tariqasida keltirildi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda har bir
shaxsning diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega ekanligi qayd
etilgan.
Sohaga doir islohotlardan yana biri joriy yilda “O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon
erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” qabul qilindi. Mazkur
konsepsiya ham umuman olganda, barchaning xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi
dinga e’tiqod qilmasligi, diniy qarashlarning majburan singdirishga yo’l qo’yilmasligi, diniy
1
https://lex.uz/docs/-5491534
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
135
ta’lim muassasalarida professonal diniy ta’lim olish huquqiga ega ekanligi va boshqa shu kabi
inson huquqlarini kafolatlovchi huquqiy asoslardan biri bo’ldi.
Konsepsiya 7 ta bob, 41 ta banddan iborat bo’lib, mazkur konsepsiyada diniy sohadagi davlat
siyosatining maqsadi va unga xizmat qiluvchi 10 ta vazifa belgilangan. Jumladan, O‘zbekistonda
diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi fuqarolarning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqlarini
amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar
o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashish, konfessiyalararo totuvlikni
mustahkamlash va jamiyatda diniy bag‘rikenglikni va dunyoviylikni ta’minlashdan iborat.
Diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari esa quyidagilardan iborat:
fuqarolarning erkinligi va qonun oldida tengligini ta’minlash va kamsitilishiga yo‘l
qo‘ymaslik;
ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali xalqning birdamligi va urf-odatlariga hurmatni
mustahkamlash;
fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun teng huquqiy sharoitlar yaratish;
diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda vijdon erkinligi huquqini
amalga oshirish uchun sharoit yaratish;
davlatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda konstitutsiya normalariga muvofiq
dunyoviylikka tayanish;
davlat xizmati va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida hamda ijtimoiy munosabatlarni
dunyoviylik asosida tartibga solish;
diniy bag‘rikenglik va dunyoviylikni qaror toptirishda faol fuqarolik pozitsiyasini
mustahkamlash;
davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatida biror bir dinga yoki e’tiqodga ustunlik
berishga yoxud ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
jahon ilm-fani va madaniyatining ilg‘or yutuqlaridan bahramand bo‘lgan holda mamlakat
ilm-fani va madaniyatini rivojlantirish;
radikallashuvga qarshi kurashish, ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishiga yo‘l
qo‘ymaslik.
Konsepsiyada ta’lim olish borasidagi quyidagi ma’lumotlarni uchratamiz:
3-§. Ta’lim yo‘nalishida
26. Ta’lim yo‘nalishidagi dunyoviylik bu — ta’lim jarayonida, uni tashkil qilishda va ta’lim
xizmatlarini ko‘rsatishda ta’lim oluvchilarda diniy aqida va qarashlardan xoli tarzda ilmiy
bilimlarni, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish,
qarashlar xilma-xilligini hurmat qilish, umumjamiyat manfaatlariga hissa qo‘shish g‘oyalariga
tayanishdir.
27. Ta’lim yo‘nalishida dunyoviylikni ta’minlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat:
a) ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatini ta’minlashga doir izchil va tizimli chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
b) fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda dunyoviy va diniy ta’lim olish huquqini
ta’minlash;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
136
v) qonunlarga asosan belgilangan majburiy ta’lim olishni biror-bir asosga ko‘ra cheklashga yo‘l
qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rib borish;
g) mamlakat aholisida, ayniqsa yoshlarda ilmiy, aqliy salohiyatni yuksaltirish, vatanparvarlik
tuyg‘ularini, milliy qadriyatlar va ijtimoiy axloq normalariga bo‘lgan hurmat ruhini kuchaytirish;
d) xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun keng shart-sharoitlar yaratish hamda ularni ilm-fanga faol
jalb etish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish;
e) ta’lim tizimida diniy betaraflikni saqlash va diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l
qo‘ymaydigan muhitni ta’minlab borish;
j) ta’lim tizimida o‘quv dasturlarining inklyuzivligini ta’minlab borish;
z) ta’lim oluvchilarda ularga keng imkoniyatlarni taqdim etadigan aniq va gumanitar fanlar va
ijtimoiy fanlarni, san’atni o‘z ichiga olgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
i) ta’lim oluvchilar uchun tanqidiy-tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradigan, ma’lumotlarni
tahlil qilish, ilmiy farazlarni tekshirish, dalillarni baholash ko‘nikmasini shakllantiradigan
izlanish va o‘rganish muhitini yaratish;
k) insonparvarlik va adolat, do‘stlik va hamjihatlik, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga hurmat
kabi qadriyatlar singdirilishini, axloqiy masalalarga maqbul yechim topish ko‘nikmalari
shakllantirilishini ta’minlash;
l) turli diniy e’tiqodlar va ta’limotlarning tarixi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy
tendensiyalari to‘g‘risida xolisona bilim berish;
m) turli dinlar, madaniyatlar va dunyoqarashlarga nisbatan hurmat, bag‘rikenglik va tushunish
muhitini ta’minlab borish;
n) pedagog kadrlarni tayyorlash va tanlashda ularning diniy bag‘rikenglikni saqlagan holda bilim
berish, axloq va estetikani singdirish qobiliyatini o‘stirish hamda mustahkamlash.
Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi
davlat siyosati konsepsiyasida ta’lim yoʻnalishidagi dunyoviylik tamoyillari keng yoritilgan.
Ushbu tamoyillar ta’lim jarayonida diniy e’tiqod va qarashlardan xoli ravishda ilmiy bilimlar,
mantiqiy tafakkur, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan.
Dunyoviylikni ta’minlashning asosiy mexanizmlaridan biri sifatida ta’lim tizimining dunyoviy
xarakterini saqlashga oid tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Bunda fuqarolarning qonuniy ravishda dunyoviy va diniy ta’lim olish huquqlari kafolatlanadi.
Shuningdek, majburiy ta’lim olish huquqining cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik ham ta’minlanadi.
Ta’lim tizimida ilmiy va aqliy salohiyatni yuksaltirish, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va
ijtimoiy axloq me’yorlariga hurmatni shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Xotin-
2
https://lex.uz/uz/docs/-7404923
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
137
qizlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularning ilm-fanga jalb
qilinishini ragʻbatlantirish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish
masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’lim tizimida diniy betaraflikni saqlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl
qoʻymaslik hamda inklyuziv ta’limni ta’minlash konsepsiyada ta’kidlab oʻtilgan. Bunda o‘quv
dasturlarining turli ijtimoiy qatlamlar, ehtiyojlar va dunyoqarashlarni inobatga olishi muhim
sanaladi.
Dunyoviy ta’lim tizimi aniq va gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar hamda san’atni o‘z ichiga olgan
bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayonida tanqidiy-tahliliy fikrlash, ilmiy
farazlarni tekshirish, dalillarni baholash va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, insonparvarlik, adolat, do‘stlik va hamjihatlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni
shakllantirish, axloqiy muammolarga maqbul yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
urg‘u berilgan. Diniy e’tiqodlar va ta’limotlarning tarixi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy
tendensiyalari bo‘yicha xolisona bilim berish tamoyillari ham belgilangan.
Turli dinlar, madaniyatlar va dunyoqarashlarga hurmat, bag‘rikenglik va tushunish muhitini
shakllantirish, pedagog kadrlarni tayyorlashda diniy bag‘rikenglikni saqlagan holda bilim berish
va estetik qadriyatlarni singdirish qobiliyatini oshirish masalalari ham konsepsiyada o‘z aksini
topgan.
Umuman olganda, bu konsepsiya Oʻzbekistonda ta’lim jarayonining dunyoviy mohiyatini
mustahkamlash, ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
targ‘ib qilishga qaratilgan.
Diniy sohani rivojlantirishga doir qonun qoidalarni o’rganish muhimdir. Qonun loyihalarini
ishlab chiqishni kuzatish ham mumkin. Bu kabi muhim jarayonlarga yoshlar befarq bo’lmasligi
kerak. Zero, kelajak o’z qo’limizda. Ajdodlarimiz har bir sohada malakali mutaxassis sifatida
tarbiya topgan. Amir Alisher Navoiyni “So’z mulkining sultoni” sifatida e’tirof etib kelamiz.
Shunday bo’lsa-da Alisher Navoiy hazratlari siyosat ilmini ham puxta o’zlashtirgan shaxsiyat
ham edi. Temuriylar renessansi davrining namoyondasi, daho so’z san’atkori bo’lgan amir
Alisher Navoiy vazir, Astrabod hokimi lavozimlarida ham samarali faoliyat olib borgan va
bundan xalq ham mamnun bo’lganligi tarixdan yaxshi ma’lum. Navoiyshunos olima, filolofiya
fanlari nomzodi Burobiya Rajabova Navoiy asarlarida huquqiy tarbiya masalalarini atroflicha
o’rganib tadqiq qilgan. Olima quyidagicha yozadi: “Navoiy asarlariga nafaqat badiiy-estetik
jihatdan, balki huquqiy, axloqiy, ijtimoiy va boshqa dunyoqarash, tasavvurni anglashning
manbai sifatida ham qarash mumkin. O’ttizdan ortiq asarlarida XIV-XV asrlardagi siyosiy va
huquqiy g’oyalar odamlarning huquqiy ongi darajasi, mulkiy, axloqiy, oila-nikoh
munosabatlarini tartibga soluvchi ijtimoiy oyinu to’ra, yasolar, jinoyat va jazo masalalari haqida
keng ma’lumotlar beradi. Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal kabi mashhur axloqiy uchlik Navoiy
siyosiy va huquqiy tushunchalarining asosini tashkil etadi. O’zida “odil shox” (“Salotinlar zikri”)
hukmronligi ostidagi kuchli davlat, hokimiyat g’oyasini ilgari surdi. Navoiy o’zining adolatli
jamiyat qurish bilan bog’liq umidlarini Husayn Boyqaro bilan bog’lar ekan, keyinchalik
“Vaqfiya” asarida shunday yozadi: “ul Hazratning qullug’ida necha nav’ xizmatkim, dunyo sudi
andin paydo va oxirat behbudi andin huvaydo bo’lg’ay, o’zumga lozim tuttum va necha nav’
ishkim, xaloyiq duosig’a bois va Xoliq rizosig’a sabab bo’la olg’ay, qoshimda muqarrar qildim.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
138
Va Tengri inoyatidin bu ishlar borcha muyassar bo’ldi”
Sohibqiron Amir Temur, Shoxruh mirzo,
Ulug’bek mirzo, Xusayn Boyqaro - Shoh G’oziy, No’shiravoni odil, Muhammad Xorazmshoh,
Mas’ud Xorazmshox, Chingizxon, Iskandar, Baxrom, Chinhoqoni, arman malikasi Mexinbonu,
Yaman, Ajam shohlari kabi qahramonlarning obrazlarini yaratdiki, tadqiqotchilarning
“Navoiyning Iskandari”, “Navoiyning Shoh G’oziyi”, “Navoiyning Zoli Zari” kabi iboralarni
qo’llashi bejiz emas
.
Ajdodlarimiz kabi zamonamizning huquqiy manbalari va tarixiy huquqiy manbalarini ham puxta
o’rganishimiz va kelajak avlodga tadqiq qilingan holatda yetkazishimiz zarur. Shu asnoda
huquqshunoslikka oid ilmlarni rivojlantirish, sohaga doir yangi-yangi tadqiqotlarni amalga
oshirish, ajdodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yuzaga keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risi”da O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
2.
“O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy
sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ni tasdiqlash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining
Qonuni
3.
Alisher Navoiy. Vaqfiya. MAT.14-jild. – Toshkent: Fan, 1988. 252-bet.
4.
Rajabova, Burobiya. O’zum sori boqma, so’zum sori boq: / - T: “Turon zamin ziyo”,
2015. B. 38-39.
5.
6.
https://lex.uz/uz/docs/-7404923
3
Alisher Navoiy. Vaqfiya. MAT.14-jild. – Toshkent: Fan, 1988. 252-bet.
4
Rajabova, Burobiya. O’zum sori boqma, so’zum sori boq: / - T: “Turon zamin ziyo”, 2015. B. 38-39.