ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
126
SANOAT MOYLARINING ISHLATILISHI
Amurillayeva Munira
Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi
D.I.Kamalova
Ilmiy rahbar: prof.
Bugungi kunda barcha sohalarda bo’lgani kabi, sanoat sohasida ham kompazit birikmalar,
kompozit materiallardan keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Bunday material va birikmalar
xossalarining juda yuqoriligi, qo’llanilish sohalarining kengligi bilan ahamiyatlidir.
Respublikamizda avtomabillar ishlab chiqarish joriy etilganligi va mamlakatimizda avtomabillarning soni
yildan-yilga oshib borayotganligi munosabati bilan,kelgusida yuqori sifatli yonilg’i va moylar olish ko’zda
tutiladi. Avtomabil transportini uzoq vaqt ishonchli va samarali ishlashi yoqilg’i va moylarning sifatiga,
undan oqilona foydalanishga bog’liq. Shuning uchun yoqilg’i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni
divigatel ishiga ta’siri, ularning fizik- kimyoviy xossalari ulardan texnikada keng foydalanish imkonini
beradi.
Avtomabillarda ishlatiladigan moylash materiallari. Mashina va mexanizmlarda o’zaro
ishqalanadigan qismlarni moylash uchun moylash materiallaridan foydalaniladi.
Moylash materiallarining asosiy vazifasi ishqalanishni kamaytirish, yeyilish tezligini
sekinlashtirish va qizigan dvigatelni qisman sovutish, ishqalanish natijasida hosil bo’ladigan
qirindilarni yuvish va detallarni korroziyadan saqlashdan iborat.
Moylash materiallari tashqi ko’rinishigaz qarab ikki turga bo’linadi:
1. suyuq moylar;
2. plastik moylar.
Bu moylarning har ikkala turi ham mineral va organik bo’lishi mumkin, mineral moylarning
asosiy qismi neftni qayta ishlab olinadi, organik moylar esa o’simlik va hayvonot
mahsulotlaridan olinadigan moylar hisoblanadi. Organik moylar sof holda kam ishlatiladi, ular
yuqori sifatli plastik moylar tayyorlashda ishlatiladi.
Ishlatish sharoitiga qarab moylash materiallari quydagi turlarga bo’linadi:
* Motor moylari – ichki yonuv dvegatellarining moylash tizimlarida foydalaniladigan moylar;
* Transmission moylar – transport vositalarining uzatkichlarida ya’ni uzatmalar qutisi, yetakchi
ko’riklari, bort uzatmalari, tarqatish qutilari, tarqatish qutilari,rul va boshqarish
mexanizmlarining tishli uzatmalarini moylash uchun ishlatiladigan moylar;
* Industrial moylar - stanoklar uchun ishlatiladi;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
127
* Komprissor moylari - asbob va uskunalarni moylash uchun ishlatiladi.
Motor moylarining asosiy vazifasi – ishqalanuvchi qismlar sirtida mustahkam moy pardasi hosil
qilish hisobiga dvigatel detallarining yeyilishini kamaytirish va yana qizigan detallarni sovutish,
detall yuzalarini qirindilarini yuvishdan va ularni korroziyadan saqlashdan iborat.
Mator moylari neft qoldig’i bo’lgan mazutni vakuum ostida qayta ishlab olinadi. Distillat moy
tarkibida 50-75% parafin uglevodorodlar qolganini aromatik va naftin uglevodorodlari tashkil
etadi.
Moylarning sifatini yaxshilash, eksplutatsion xossalarini oshirish uchun ularga 15-18% gacha
miqdorda qo’shilmalar qo’shiladi.Bular moy sifatini yaxshilovchi maxsus moddalardir. Moyning
bitta xususiyatini yaxshilaydigan qo’shilmalar bir funksional, birdaniga bir qancha xususiyatini
yaxshilaydigan qo’shilmalar kompleks qo’shilmalar deb ataladi.
Moylarga quydagi qo’shilmalar qo’shiladi:
1. Qovushqoqlik xossasini oshirish uchun 3% atrofidagi qovushqoq qo’shilmalar. Bu
qo’shilmalar spiralsimon ko’rinishga ega bo’lib, harorat ko’tarilishi bilan yoyila boshlaydi va
moyning suyuqlanib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Harorat pasayganda qovushqoqlikni kamroq
oshirish xususiyatini beradi.
2.
Qishki moylarning qotish haroratini kamaytirish uchun 1% miqdorda depressatorlar
deb ataluvchi modda qo’shiladi. Ularning transmissiya moylari uchun ahamiyati katta. Ular
parafin qotib qolganda kristall to’r hosil bo’lishining oldini oladi va haroratni pasaytiradi. Bunda
past haroratda ham moyning harakatchanligi saqlanib qoladi. AFK kalsiy alkinfenolit
depressatori bunga misol bo’ladi. Ular parafin kristallarining o’sishini to’xtatib turadi, buning
natijasida moyning qotish harorati 15-20 C ga pasayadi.
3. Yuvish qo’shilmalari – dvigatelning qizigan detallarida lok,qurum,cho’kindilar hosil
bo’lishini kamaytirish, porshen halqalari kuyishining oldini olish uchun 3-10% gacha
qo’shiladigan qo’shilmalar. Ular moydagi qattiq moddalarni mayda suspenziya holicha ushlab
turadi va ularning metallarga yopishib qolishini oldini oladi.
4. Antioksidlovchi qo’shilmalar – moylarning oksidlanishining oldini olish uchun qo’shiladigan
qo’shilma. Ular issiq metall yuzalaridagi moy pardasining oksidlanishini oldini oladi.
5. Yeyilishga qarshi qo’shilmalar – metallardan yasalgan juft qismlarning o’zaro ishqalanadigan
yuzalarida moy pardasini hosil qilib yoki quruq ishqalanish koeffitsiyentini pasaytirib,ularning
yeyilishini kamaytiradi.
6. Yulinishga qarshi qo’shilmalar - bir xil metaldan tayyorlangan qismlar,bir jinsli yuzalarning
solishtirma yuk juda katta bo’lganda bir-biriga bevosita tegishining oldini oladi. Oksid pardasi
yoki boshqa pardalar bilan himoyalanmagan metall yuzalar tekkan paytda molekulalararo
kuchlar ta’sirida yuzalarning yulinishi yuz beradi.
7. Zanglashga qarshi qo’shilmalar – AKOF selektiv tozalangan nitrolangan baza moy asosida
tayyorlanadi. Ularga 10% stearin qo’shiladi.Ular detall sirtini korroziyalanishdan saqlaydigan
himoya pardasi hosil qiladi. Motor moyiga qo’shiladigan zangga qarshi suyuqliklar moyni emas,
balki metall yuzalarini zangdan himoyalaydi.
8. Silikonli moylar, ya’ni ko’piklanishga qarshi suyuqliklar moyning ko’piklanishga yo’l
qo’ymaydi. Bu suyuqlik moylarda erimaydi. Silikonli suyuqlik zarralarimoydagi havo
pufakchalarini yorib yuboradi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
128
Motor moyini yaxshilash uchun ularga tarkibida rux, xlor, oltingugurt, kalsiy, bariy, natriy,
fosfor, yod yoki tarkibida siklli uglevodorodlar bo’lgan xilma-xil anorganik va organik moddalar
qo’shiladi. Ba’zi moddalarni bir vaqtning o’zida birga qo’shib ishlatib bo’lmaydi, chunki ular
birga qo’shilganda parchalanishi, chukishi, zanglatadigan moddalar hosil qilishi mumkin.
Shuning uchun sifatni yaxshilaydigan qo’shilmalari bo’lgan xilma-xil moylarni birga aralashtirib
bo’lmaydi. Moyga qo’shiladigan birikmalar yetarli darajada barqaror bo’lishi, ya’ni uzoq muddat
saqlanganda, harorat o’zgarganda yoki suv ta’sir etganda ajralib chiqib cho’kma hosil qilmasligi
kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
A.V.Umarov, G.I.Muxamedov, X.O.Quchqorov. “Polimerli kompozit materiallar
fizikasi”. O’quv qo’llanma. “Namangan” nashriyoti. Namangan. 2017.
2.
H.O.Jo’rayev, Sh.H.Quliyeva, F.S.To’rabekov, M.N.Karimova. “Texnik ijodkorlik
va dizayn”. T. Turon zamin ziyo nashriyoti. 2015.
3.
D.I.Kamalova, Sh.M.Mansurova, M.E.Omonboyeva. “Technique of laboratory
works in physics using information technologies”. “Science and education”. July. 2020. Volume
1. Issue 4. pp. 145-148.
4.
D.I.Kamalova, M.A.Quvvatova, G.V.Mardonova. “Современные методы
преподавания и проведения лабораторных занятий в педагогических вузах”. International
scientific-online conference “Innovation in the modern education system”. Washington, USA.
Part 12. November 25. 2021. pp. 207-211.
5.
D.I.Kamalova, Y.O’.Mardanova. “The role of pedagogical competencies in
improving technical knowledge of students in the higher education system”. International
scientific-online conference “Innovation in the modern education system”. Washington, USA.
Part 12. November 25. 2021. pp. 434-437.
6.
D.I.Kamalova, Y.O’.Mardanova. “Nutzung pädagogischer kompetenzen beim
entwicklung technischen wissens von studierenden im e-learning-umfeld”. “Berlin Studies”
transnational journal of science and humanities. Germany. Volume 1. Issue 1.5. November. 2021.
pp. 405-411.
7.
D.I.Kamalova, S.O.Hamidova, M.N.Kubayev. “Methodology of teaching physics
with innovative methods”. “Innovative society: Problems, analysis and development prospects”
International conference. Germany. February 7. 2022. pp. 168-169.
8.
D.I.Kamalova, S.O.Hamidova, O.D.O’rinova, M.E.Omonboyeva. “Elektron o’quv
adabiyotlarini ishlab chiqish jarayonlari”. “Science and innovation” International scientific
journal. Volume 1. Issue 8. November. 2022. pp. 318-321.
9.
D.I.Kamalova, I.R.Kamolov, M.E.Omonboyeva. “Methodology of application of
innovative educational technologies to the process of physics and astronomy education”.
“International
Journal
of
Early
Childhood
Special
Education”.
(INT-JECSE).
DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.267 ISSN: 1308-5581 Volume. 14. Issue. 06. 2022. pp. 2144-
2146. Web of Science.
10.
D.I.Kamalova, M.E.Omonboyeva. “Taʼlim jarayonida innovatsion pedagogik
texnologiyalarning asosiy prinsip va qoidalari”. “Science and innovation” International scientific
journal. Volume 1. Issue 8. December. 2022. pp. 1989-1992.
11.
H.O.Uzoqov, A.R.Jo’rayev, Sh.H.Quliyeva, M.N.Karimova. “Texnik ijodkorlik va
dizayn”. T. Fan. 2022.
12.
H.O.Uzoqov, H.O.Jo’rayev, D.P.Nazarova, Sh.H.Quliyeva, M.N.Karimova. “Texnik
ijodkorlik va dizayn”. Buxoro. Kamolot nashriyoti. 2022.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
129
13.
D.I.Kamalova, S.N.Abdisalomova. “Zamonaviy innovatsion ta’lim”. “Journal of
universal science research” International scientific journal. Volume 1. Issue 1. 2023. pp. 187-189.
14.
D.I.Kamalova, A.N.Umarova. Texnologiya fanini o’qitishning muhim jihatlari.
Conference of universal science research 2023. Volume 1. Issue 10. 19 october. 2023. Tashkent.
Uzbekistan. pp. 111-113.
15.
D.I.Kamalova,
S.N.Abdisalomova.
“Zamonaviy
axborot
texnologiyalari”.
Conference on universal science research 2023. Volume 1. №1. 2023. pp. 76-79.
16.
D.I.Kamalova, A.N.Umarova. “Zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali
foydalanish”. “Ijodkor o’qituvchi” ilmiy-uslubiy jurnali. №34. 5-dekabr. 2023. Toshkent. 67-68
bet.
17.
D.I.Kamalova, A.N.Umarova. “Professional ta’lim tizimini rivojlantirish zarurati va
fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
imkoniyatlari”. “Новости образования: Исследование в XXI веке”. №17(100). Россия.
Январь. 2024. Часть 1. 10-11 стр.