Авторы

  • Rahmatova Barnogul Karimjonovna
    Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.72783

Ключевые слова:

ijodkorlik talabalar ta’lim jarayoni pedagogik metodlar innovatsion ta’lim shaxsiy rivojlanish ijodiy qobiliyatlar yangi g‘oyalar

Аннотация

Mazkur maqolada talabalar orasida ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va usullari tahlil qilinib, ijodkorlik – har bir talabada o‘z-o‘zini ifodalash, yangiliklar yaratish, muammolarni hal qilishda yuksak imkoniyatlarni rivojlantirishi, ijodkorlikning talabalik davridagi ahamiyati, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar, metodik vositalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqola ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning samarali usullarini va metodologiyasini aniqlashga qaratilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

222

TALABALARDA IJODKORLIK QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING

O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Rahmatova Barnogul Karimjonovna

Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada talabalar orasida ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning

o‘ziga xos xususiyatlari va usullari tahlil qilinib, ijodkorlik – har bir talabada o‘z-o‘zini ifodalash,

yangiliklar yaratish, muammolarni hal qilishda yuksak imkoniyatlarni rivojlantirishi,

ijodkorlikning talabalik davridagi ahamiyati, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan

pedagogik yondashuvlar, metodik vositalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining roli ko‘rib

chiqiladi. Shuningdek, maqola ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning samarali usullarini va

metodologiyasini aniqlashga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

ijodkorlik, talabalar, ta’lim jarayoni, pedagogik metodlar, innovatsion ta’lim,

shaxsiy rivojlanish, ijodiy qobiliyatlar, yangi g‘oyalar

ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ТВОРЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ

Рахматова Барногул Каримжоновна

базовый докторант Бухарского государственного

педагогического института

Аннотация:

В данной статье анализируются особенности и методы формирования

творческих способностей у студентов, творчества - развития высоких возможностей

каждого ученика для самовыражения, создания инноваций, решения задач, значение

творчества в студенческий период, педагогические подходы, направленные на развитие

творческих способностей, методический инструментарий и роль современных

образовательных технологий. Также статья направлена ​ ​ на определение эффективных

методов и методики развития творческих способностей.

Ключевые слова:

творчество, студенты, учебный процесс, педагогические методы,

инновационное образование, развитие личности, творческие способности, новые идеи.

FEATURES OF FORMATION OF CREATIVE SKILLS IN STUDENTS

Rakhmatova Barnogul Karimzhonovna

basic doctoral student of Bukhara State Pedagogical Institute

Abstract:

This article analyzes the features and methods of developing creative abilities in

students, creativity - the development of high potential of each student for self-expression,

creating innovations, solving problems, the importance of creativity during the student period,

pedagogical approaches aimed at developing creative abilities, methodological tools and the role

of modern educational technologies. The article also aims to identify effective methods and

techniques for developing creative abilities.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

223

Keywords:

creativity, students, educational process, pedagogical methods, innovative education,

personal development, creative abilities, new ideas.

Kirish.

Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi –

respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash

va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari

bo‘yicha o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o‘zlaridagi noyob iste’dodni

ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishdir.

Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda shaxsning erkinligi, ta;lim oluvchilarning

mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e'tibor berilgan. Erkinlik ta'minlangan

jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir.

Oliy ta'limda malakali mutaxassislar tayyorlashda talabalarning ijodiy qobiliyati, ong va

ko‘nikmalarini o‘stirish, ularning o‘z kasblariga qiziqish va mas'uliyati, mustaqil izlanuvchanlik

qobiliyati shakllanishi va oshishiga yordam beradi. Zamon talabiga mos kadr bo‘lib yetishi

uchun faqat nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas, balki

mustaqil va ijodiy fikrlash zarurati ham muhimdir.

Bugungi kunda nafaqat shaxs – tushuntiruv va namoyishlar yordamida, balki mustaqil faoliyat va

amaliy ta'sirlar jarayonida shakllantirilishi kerak. Shuningdek, oliy ta’limda o‘qitish jarayoni

talabaning mustaqil bilim olish va o‘rganish ko‘nikmasini to‘liq shakllantirishga yo‘naltirilishi

kerak.

Yuqoridagi fikrlar va ko‘rsatilgan muammolar oliy ta’lim talabalarida ijodkorlik qobiliyatlarini

shakllantirish va rivojlantirish orqali ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, faol ta'lim

usullarini ta'lim jarayonida qo‘llash davr talabi ekanligini belgiladi.

Adabiyotlar tahlili.

Talabalarda ijodkorlikni rivojlantirish pedagogik muammo sifatida

N.N.Alimov, N.N.Narziyeva, Sh.S.Sharipov, U.N.Nishonaliyev, B.E.Qodirov, J.E.Tursunov,

Yu.K.Babanskiy, P.T.Magzumov, D.F.Djalolova va boshqalarning ishlarida hamda o‘quvchilarni

mehnatga tayyorlashda texnik ijodkorlikni rivojlantirish usullari va ijodkorlik nazariyasining

asosiy

qoidalari

E.F.Zeyer,

L.S.Vigotskiy,

D.B.Bogoyavlenskaya,

I.I.Sergeyevna,

A.M.Kudryavsev, A.V.Petrovskiy, C.J.Rubinshteyn, N.V.Kuzmin, Ya.Vasilevskaya kabi

olimlarning ishlarida tadqiq qilingan va ularda texnik ijodiy fikrlash, diagnostika va ijodiy

qobiliyatlarini rivojlantirish, uning psixologik tuzilishi, dinamikasi va ijodiy faoliyatini

rivojlanishining turli jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Talabalarning faolligi, ularning o‘quv materialni egallab olishda, sinfda, laboratoriyada, ustaxona

hamda ishlab chiqarish sharoitlarida nazariy va amaliy topshiriqlarini bajarishda namoyon

bo‘ladi. Faollilik talabalarning o‘quv va mehnat faoliyatidagi mustaqilligini rivojlantirish bilan

mustahkam bog‘langan. Mustaqil fikr yuritish har bir shaxs hayotida muhim ahamiyat kasb

etadi. Shuning uchun, auditoriyada dars berishning barcha shakllari: nazariy, amaliy,

laboratoriya darslari, amaliyotlar, darsdan tashqari ishlar, ilmiy-tadqiqot ishlarida talabalarning

mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalari tarkib topadi va u o‘qituvchi yoki ilmiy rahbar tomonidan

rivojlantirib borilishi muhim ahamiyatga egadir.

Ijodiy izlanuvchanlik – har bir sohada muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillaridan biri

hisoblanadi. Masalan, ilmiy tadqiqotlar, san’at, adabiyot, arxitektura va hatto iqtisodiyot kabi


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

224

sohalarda ijodiy izlanuvchanlik yangiliklarni keltirib chiqaradi. Yangi g‘oyalar va ixtirolar

jamiyatning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.

Ijodiy izlanuvchanlik shunday bir jarayonki, u insonning o‘z tuyg‘ularini, his-tuyg‘ularini va

tajribalarini boshqacha, yangi va notanish shaklda izohlash imkonini beradi. Bu jarayon faqat

o‘zgarish va rivojlanishga olib kelmaydi, balki insonning ijodiy va aqliy salohiyatini to‘liq ishga

solishga ham yordam beradi.

Talaba o‘quv materiali o‘rganishda faol ishtirok etsa va shunday mavqe ta'minlansa, uning

mustaqil fikrlashi o‘z qobiliyatidan kuch oladi.

Ijodiy fikrlash insonning tevarak-atrofda bo‘layotgan jarayonlar, voqea va hodisalarga bo‘lgan

munosabatida turli muammolarni har xil usullar yordamida hal eta olishda namoyon bo‘ladi.

Faqat fanga oid formula, teorema hamda ta'riflarni eslab qolish bilan ijodiy qobiliyatini

shakllantirib bo‘lmaydi. Ijodiy fikrlashni rivojlantirish har bir talabaga alohida yondashish orqali

amalga oshiriluvchi jarayondir.

Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishning yetakchi omillaridan biri, talabalarning

umumkasbiy va maxsus fanlaridagi biror mahsulotni tayyorlashdagi texnologik faoliyatidir.

Bunda ixtisoslik fanlar bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni mustaqil ravishda amalda ongli

qo‘llaniladi va mahsulotlarni tayyorlashda amaliy ifodasini topadi. Shu tariqa, talabalar

faoliyatida jismoniy va aqliy mehnatni birlashtirish orqali ularda ijodiy qobiliyat rivojlantirib

boriladi.

Fan va texnikaning taraqqiyoti yoshlarning texnik ijodiyoti rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar

ochadi. Shu bilan birga bu taraqqiyot texnik ijodkorlik ehtiyojini ham vujudga keltiradi. Fan-

texnika taraqqiyotining istiqboli esa uning ijodkor “inson resruslari” bilan qanchalik

ta'minlanishiga bog‘liqdir.

Tadqiqotlar tahlili va amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talabalarning ixtisoslik fanlardan

mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri muammoli

va ijodiy topshiriqlarni ishlab chiqish va amalda joriy etishdan iboratdir.

Ijodiy topshiriqlar tarkibiga ijodiy mashq, ijodiy mustaqil ish, turli

didaktik o‘yinlar kiradi.

Agar ijodiy mashq vositasida o‘rganilgan bilimlar yangi o‘quv holatlariga tatbiq qilinsa, ijodiy

mustaqil ish dilillardan yangi xulosalar chiqarish hamda yangicha faoliyat usullarini faoliyatda

qo‘llash bilan ajralib turadi.

O‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalarda tashkiliy (o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil

etish mazmunli-jarayonli (o‘quv faoliyatining mazmuni va mohiyatini bilish va bu faoliyatni

samarali amalga oshirishni belgilovchi shaxsiy sifatlarni rivojlantirish) va o‘z-o‘zini baholash

kabi ko‘nikmalarning shakllanishi mustaqil bilim olishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘quv topshirig‘i mustaqil bilim olishning tashkiliy shakli sifatida belgilanadi va unga asoslanib,

o‘quv topshiriqlar tizimiga qo‘yiluvchi talablar ishlab chiqiladi. O‘qituvchi o‘rganilayotgan

hodisa yoki jarayonlarning o‘zaro zid xususiyatlarini aks ettirish uchun muammoli vaziyatdan

foydalanilsa, u holda ob’yektiv muammo o‘quv muammosiga aylanadi. Talabalar uchun

tushunarli bo‘lgan muammo o‘quv topshirig‘i sifatida berilishi lozim.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

225

Mustaqil va ijodiy ishlash uchun o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishda quyidagi qoidalarga rioya

etilishi tavsiya etiladi:

topshiriqlar haqiqiy vaziyatlar bilan bog‘liq muammolarga qaratilishi kerak;

o‘quv topshirig‘idagi muammoni hal etishda talabalar aqliy faoliyatini turli usullar

yordamida rivojlantirishni ko‘zda tutadi;

topshiriqlar mazmunida aks ettirilgan hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi muhim

bog‘liqlik ko‘rsatilishi kerak;

topshiriqlar yechimini aniqlash va talabalar ongida hodisalar yoki jarayonlar o‘rtasida

bog‘liqlikni mustahkamlash imkoniyatlari nazarda tutilishi lozim;

topshiriqlarni bajarish jarayonida talaba oddiy tushunchalardan, u hali

o‘zlashtirilmagan yanada murakkabroq tushunchani keltirib chiqarish imkonini berishi lozim;

topshiriqni bajarish jarayonida oddiy tushunchalar talabaga ma'lum bo‘lmagan

tushunchalar bilan o‘zaro tahlil qilinadi;

topshiriqni bajarishda talaba tushunchalarning shakli va mazmunini o‘zgartirmasdan

va o‘zgartirib, ularni qayta ishlab chiqadi;

ijodiy fikrlash asosida yangi bilimlar shakllanadi.

Natija va munozara.

Talabalarning o‘quv-topshiriqlarini bajarish jarayonida dastlabki amallarni

bajarish o‘qituvchi tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Topshiriq yechimlarini tahlil qilish

natijasida talaba o‘quv topshiriqlarini bajarishning umumiy usullarini o‘zlashtiradi.

O‘quv topshiriqlari murakkablashtirib borilishi kerak. Ijodiy va izlanish xususiyatiga ega bo‘lgan

iqtidorli talabalar murakkab topshiriqlarni bajarishlari, kamroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan

talabalar topshiriqlarni bajarishlariga qaramasdan, ularga topshiriq yechimini topishi guruh bilan

birga ishlashga imkon beradi.

Talabalarning mustaqil va ijodiy fikrlash mahoratlarini quyidagi 3 ta darajaga ajratish mumkin:

1. Talaba muammoni yechish, topshiriqlarni bajarish yo‘llarini o‘zi izlaydi, mustaqil fikrlab,

mulohaza yuritadi.

2. Talaba berilgan topshiriq yoki vazifani mustaqil bajaradi, ammo ijodiy yondosholmaydi.

3. Mustaqil holda topshiriqni bajarishda muammolarni hal etadi, ammo natija qanchalik darajada

to‘g‘riligini kuzatmaydi. Berilgan topshiriq yoki muammoli masalaga o‘xshashlarini tuza oladi.

Chunki, talabalarda mustaqil holda topshiriqlar yoki mashqlarni bajarish orqali ularning ijodiy

qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. Talabalar orasidan o‘zlari mustaqil ravishda yangi

buyumni tayyorlagan talabalar texnika sohasidagi ijodiy faoliyat uchun zarur shaxsiy sifatlar va

qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

Bo‘lajak dizaynerlar, rassom-modelerlar, loyihachilar, texnologlarning texnik ijodkorligi

shakllanishida texnologik bilim va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar kasbiy

sifatlarga ega bo‘lgan ishlarni bajarish jarayonida har xil ijodiy vazifalarni hal qilishga duch

keladilar. Masalan, talabalar biron bir buyumning tayyor mahsulot bo‘lgunga qadar jarayonning

barcha asosiy bosqichlarini bosib o‘tishlari muhimdir.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

226

Oliy ta’lim muassasasida talabalarning texnik ijodkorligini shakllantirish va rivojlantirishga

yo‘naltirilgan qator tajriba-sinov ishlari sanoatning turli sohalari va iqtisodiyotning tarmoqlari

asosidagi yo‘nalishlarda tashkil etildi va o‘tkazildi.

Texnologik va texnik fikrlashni rivojlantirish uchun fikrlashning sezgir va mantiqiylik,

belgilarning aniqligi, kuzatuvlarni tahlil qilish va tushuntirish, texnik ob’yektlar va texnologik

jarayonlarning qonuniyatlari va xususiyatlarini ko‘rish, ularni tushunish va tushuntirish

xarakterlidir.

Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida

talabalarning mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish ularning mustaqil ishlash

ko‘nikmalarini egallashiga katta imkoniyatlar yaratadi.

Oliy ta'limda talabalarning izlanuvchanlik, ijodiy va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, oliy

ta’lim sirlarini puxta egallashlarida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali

foydalanish muhim hisoblanadi.

Uzluksiz ta'lim tizimida axborot texnologiyalari bilan zamonaviy pedagogik texnologiyani

birgalikda ta'lim jarayoniga tatbiq etish o‘qitish jarayonida juda yaxshi samara beradi.

Xulosa.

Zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar hamda o‘qitishning interaktiv

metodlari yordamida mustaqil ta'lim olishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Talabalar bilimini

har xil turdagi mashg‘ulotlar bo‘yicha xolisona baholash mezonlari, tanqidiy fikrlash va ijodni

rivojlantirish, interaktiv ta'lim bo‘yicha metodik ishlanmalarni yaratish zamon talabidir. Ta'lim

sifatini boshqarishni asosan informatsion texnologiyalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish

va samarali pedagogik faoliyat uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirish kerak.

Demak, talabalarning mustaqil bilim olishga tayyorlash jarayonida ularning ijodiy fikrlash

qobiliyatini rivojlantirish zarur. O‘qituvchi mustaqil ish topshiriqlarini tuzish va amalga

oshirishda talabalarning imkoniyatlarini, iqtidorini hisobga olishi, mustaqil bajarish bo‘yicha

kerakli uslubiy tavsiyalarni berishda zaruriy o‘qitish vositalarning e'tiborga olishi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Александров А.А. Методические аспекты подготовки студентов к техническому

творчеству: Метод. реком. / Комп.: Магнитогорск: РИО МГППК, 2006. – 27 с.

2. Алексеев, А.Ю. (2013) Проблема творчества в исследованиякх искусственного

интеллекта. Москва: “Реабилитация”. – С. 374.

3. Алиев А. Ижод ва изланишлар. Тошкент: “Адабиёт ва санъат нашриёти”. 1996. – 187 b.

4. Евгений П. И. Психология творчества, креативности, одаренности. Питер: Cпб., 2009.

– 20 стр.

5. Жалолова

Д.Ф.

Ўқувчиларнинг

мустақил

ва

ижодий

фаолиятларини

ривожлантиришга йўналтирилган машғулотларни ташкил этиш ва ўтказиш бўйича

методик тавсиялар. Касб-ҳунар таълими. – Т. , 2008. – № 4. – 25-27 б.

6. Сарычева М.П. Особенности творческих способностей студентов технических и

гуманитарных специальностей. Курсовая работа. Таганрог, 2011. – Стр. 7.

7. To‘xtaeva Z.Sh., To‘raqulova M.Q. The Role Of Interimedical Integration In The Formation

Of The Creative Activities Of Students. Yeurasian Journal of Science and Technology. Yengland,

2019. № 1 (2). – 7-8 pajes.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

227

8. Tuxtaeva Z.Sh. Content and Improving Higher Yeducation by Solving Problem of Special

Items Integration. Yeastern Yeuropean Scientific Journal. – Germany. Ausgabe 1-2019. – 291-

294 pajes.

Библиографические ссылки

Александров А.А. Методические аспекты подготовки студентов к техническому творчеству: Метод. реком. / Комп.: Магнитогорск: РИО МГППК, 2006. – 27 с.

Алексеев, А.Ю. (2013) Проблема творчества в исследованиякх искусственного интеллекта. Москва: “Реабилитация”. – С. 374.

Алиев А. Ижод ва изланишлар. Тошкент: “Адабиёт ва санъат нашриёти”. 1996. – 187 b.

Евгений П. И. Психология творчества, креативности, одаренности. Питер: Cпб., 2009. – 20 стр.

Жалолова Д.Ф. Ўқувчиларнинг мустақил ва ижодий фаолиятларини ривожлантиришга йўналтирилган машғулотларни ташкил этиш ва ўтказиш бўйича методик тавсиялар. Касб-ҳунар таълими. – Т. , 2008. – № 4. – 25-27 б.

Сарычева М.П. Особенности творческих способностей студентов технических и гуманитарных специальностей. Курсовая работа. Таганрог, 2011. – Стр. 7.

To‘xtaeva Z.Sh., To‘raqulova M.Q. The Role Of Interimedical Integration In The Formation Of The Creative Activities Of Students. Yeurasian Journal of Science and Technology. Yengland, 2019. № 1 (2). – 7-8 pajes.

Tuxtaeva Z.Sh. Content and Improving Higher Yeducation by Solving Problem of Special Items Integration. Yeastern Yeuropean Scientific Journal. – Germany. Ausgabe 1-2019. – 291-294 pajes.