Авторы

  • Ernazarova Laylo Abdusaitovna,Aliyeva Mehribon Olimjonovna
    O‘z-Fin pedadogika instituti assistenti FarDU mustaqil izlanuvchisi,O‘z-Fin pedadogika instituti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.72789

Ключевые слова:

interfaol metodlar zamonaviy pedagogik texnologiya ona tili darslari boshlang‘ich ta’lim o‘quv jarayoni ta’lim samaradorligi didaktik o‘yinlar.

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini interfaol usullarda  tashkil etish, interfaol metodlarning turlari, ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri, dars jarayonida ulardan foydalanish, zamonaviy ta’limda ulardan foydalanishning ahamiyati, interfaol metodlarni o‘quvchilarning yoshi va aqliy salohiyatidan kelib chiqqan holda tanlash kabi mavzularda so‘z yuritiladi


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

195

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARINI INTERFAOL USULLARDA

TASHKIL ETISH

Ernazarova Laylo Abdusaitovna

O‘z-Fin pedadogika instituti assistenti

FarDU mustaqil izlanuvchisi

Aliyeva Mehribon Olimjonovna

O‘z-Fin pedadogika instituti 2-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini interfaol usullarda

tashkil etish, interfaol metodlarning turlari, ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri, dars

jarayonida ulardan foydalanish, zamonaviy ta’limda ulardan foydalanishning ahamiyati, interfaol

metodlarni o‘quvchilarning yoshi va aqliy salohiyatidan kelib chiqqan holda tanlash kabi

mavzularda so‘z yuritiladi

Kalit so‘zlar:

interfaol metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiya, ona tili darslari,

boshlang‘ich ta’lim, o‘quv jarayoni, ta’lim samaradorligi, didaktik o‘yinlar.

Interfaol so‘zi ingiliz tilidagi “interactive” so‘zidan olingan bo‘lsa-da, uning ildizi lotin tiliga

borib taqaladi, u lotincha “inter “(o‘zaro) “act”( harakt qilish) ”o‘zaro ta’sir”, “muloqot”, “faol

hamkorlik” degan ma’nolarni anglatadi.

Metod so‘zi esa yunoncha “methodos” (usul, yo‘l) so‘zidan olingan bo‘lib, “bilish”, “tadqiqot

yo‘li” degan ma’nolarni anglatadi. “Metod” tushunchasi falsafiy va didaktik ma’nolarga ega

hisoblanadi. Mantiqan “metod” – tabiat va jamiyat hodisalarni kuzatish va ilmiy tomondan

yondashish bo‘lsa, didaktik ma’noda o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, va malakalr bilan

qurollantirish demakdir.

Interfaol metodlar – bu o‘quv jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘zaro faol muloqotda

bo‘ladigan, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiradigan o‘qitish usuli. Bu metodlarda

o‘quvchilar bilimni tayyor holda emas, balki mustaqil izlanish, fikrlash va muloqot orqali

o‘zlashtiradilar.

Boshlang‘ich ta’lim tizimi bolalarning keyingi ta’lim bosqichlaridagi muvaffaqiyatlarini

belgilaydigan poydevor hisoblanadi. Ona tili darslari esa o‘quvchilarning muloqot qilish

qobiliyatini shakllantiradi, tafakkurini rivojlantiradi va ularning adabiy-estetik dunyoqarashini

kengaytiradi.

An’anaviy dars usullari, ya’ni o‘qituvchining asosiy axborot manbayi bo‘lishi va o‘quvchilarning

passiv tinglovchi sifatida qatnashishi, bugungi kunda yetarli darajada samarali emasligi qayd

etilgan. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar yordamida

tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashga, ularni amaliyotda

qo‘llashga va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlar ta’lim

jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlaydi, ularni o‘zaro hamkorlik qilishga

undaydi va o‘z fikrlarini aniq ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ushbu maqolada interfaol


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

196

metodlarning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va ta’lim samaradorligiga ta’siri atroflicha

tadqiq qilingan.

Interfaol metodlarning nazariy asosini quyidagicha ifodalash mumkin. Interfaol metodlar ta’lim

jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida faol muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Ushbu

metodlar konstruktivizm nazariyasiga tayanadi. Konstruktivizmga ko‘ra, o‘quvchilar bilimni

tayyor holatda emas, balki o‘zlari faol ishtirok etish orqali shakllantiradilar.

Interfaol metodlarning quyidagi asosiy tamoyillari mavjud:

1.O‘quvchining faolligi – ta’lim jarayonida o‘quvchilar mustaqil ishtirok etishlari shart.

2.Hamkorlik va muhokama – bilimlarni guruhlarda muhokama qilish orqali chuqur

o‘zlashtirishga erishiladi.

3.Mustaqil izlanish va xulosa chiqarish – o‘quvchilar o‘zlari bilimlarni tadqiq etish va o‘z

xulosalarini chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Amaliyotga yo‘naltirish – bilimlar real

hayotiy vaziyatlarda qo‘llanilishi kerak.

Interfaol metodlarning boshlang‘ich sinflardagi samaradorligi.

Interfaol metodlarni ona tili darslarida qo‘llash o‘quvchilarning quyidagi ko‘nikmalarini

rivojlantirishga xizmat qiladi:

1.

M

uloqot va nutq madaniyati – o‘quvchilar o‘z fikrlarini ravon va mantiqiy ifoda qilishga

o‘rganadilar.

2.

M

ustaqil fikrlash va kreativlik – o‘quvchilar turli masalalarni o‘z fikrlari bilan tahlil qilish va

muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

3.

A

xborotni tahlil qilish va tanqidiy yondashuv – o‘quvchilar yangi bilimlarni baholash va ulardan

foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

4.

H

amkorlikda ishlash va jamoaviy fikrlash – guruhlar bilan ishlash orqali o‘quvchilar jamoa bo‘lib

ishlashni o‘rganadilar.

5.

I

nterfaol usullarni kengaytirib yoritish.

Interfaol metodlarining juda ko’p turlari mavjud “Aqliy hujum”, “ Venn diagrammasi”, “4K

metodi”, “STEAM texnologiyasi” , “Blits so’rovnoma” kabi.

4K metodi – zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning keng qamrovli ko‘nikmalarini

shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuv bo‘lib, quyidagi to‘rtta asosiy tamoyilga

asoslanadi:

Kollaboratsiya:

O‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bu

o‘quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash

ko‘nikmalarini o‘rganishga ko‘maklashadi.

Kommunikativlik:

O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga

va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rgatadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

197

Kreativ fikrlash:

O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni

o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish

ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Kritik (tanqidiy) fikrlash:

Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni tanqidiy baholash,

o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.

O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash

asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi. Jumladan, 2-sinf ona tili kitobida berilgan “Gap va

uning turlari”mavzusini “4K metodi” yordamida o‘zlashtiramiz.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga gap va uning turlarini tushuntirish.Interfol metodlar orqali

o‘quvchilarning muloqot va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

4K metodi yordamida o‘tilgan dars o‘quvchilarning:

1.Mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.

2.O‘z fikrlarini erkin ifodalashga o‘rgatadi.

3.Jamoada ishlash va muloqot qilish ko‘nikmalarini oshiradi.

4.Ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Bu metod boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqishini oshiradi va dars jarayonini yanada

samarali qiladi.

STEAM (

Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) – bu ta’lim jarayonida fan (S),

texnologiya (T), muhandislik (E), san’at (A) va matematika (M) fanlarini uyg‘unlashtirgan holda

o‘qitish metodidir.

STEAM ta’lim tiziminingg asosiy maqsadi:

O

‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

N

azariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash.

O‘quvchilarga muammolarni hal qilish ko‘nikmasini o‘rgatish.

F

anlararo bog‘liqlikni ta’minlash.

STEAM ta’lim tizimini boshlang‘ich sinf ona tili darsida qo‘llash (3-sinf misolida)

Mavzu: “Ot so‘z turkumi”

Darsning maqsadi: O‘quvchilarga ot so‘z turkumi haqida tushuncha berish.

Otlarning turlari (shaxs, joy, hayvon nomlari) va ularning gapdagi vazifasini tushuntirish.

S

O‘quvchilar o‘z atrofidagi narsalarni kuzatib, ot sifatida ishlatiladigan so‘zlarni topadilar

(masalan: daraxt, quyosh, daryo). Jonli va jonsiz tabiatda uchraydigan otlarni ajratadilar.

T

(Technology – Texnologiya)


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

198

O‘quvchilar planshet yoki kompyuterda “Otlarni aniqlash” bo‘yicha interaktiv o‘yin o‘ynaydilar.

Prezentatsiya yoki video orqali otlarning turlari tushuntiriladi.

E

(Engineering – Muhandislik)

O‘quvchilar otlar bilan bog‘liq so‘zlardan foydalanib, so‘zlar daraxti yoki so‘zlar zanjirini hosil

qiladilar. Har bir guruh o‘z sxemalarini chizib, tushuntirib beradi.

A

(Art – san’at) o‘quvchilar otlarni ifodalovchi rasmlar chizadilar va ularga tegishli so‘zlarni

yozadilar. Masalan, daraxt, qush, daryo rasmlarini chizib, ularning nomlarini yozish.

M

(Mathematics – Matematika) O‘quvchilar berilgan matndan otlarni ajratib

sanaydilar va

ularning sonini hisoblaydilar.

Masalan: “Dalada 3 ta ot, 5 ta sigir va 2 ta it bor. Jami necha jonivor bor?” kabi misollarni

yechadilar.

Darsning yakuni va natijasi:

O‘quvchilar ot so‘z turkumini faqat nazariy emas, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganadilar.

STEAM yondashuvi yordamida bolalar faol ishtirok etib, mustaqil fikrlash va muammolarni hal

qilish qobiliyatini rivojlantiradilar. Fanlararo bog‘liqlikni tushunib, matematika, san’at va

texnologiya

bilan

bog‘langan

holda

ona

tilinio‘rganadilar.

Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarini

interfaol metodlar yordamida tashkil etish

zamonaviy pedagogikaning asosiy biri hisoblanadi. Interfaol metodlar o‘quvchilarning ta’lim

jarayonida faolligini oshiradi, ularni ijodiy va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Shu sababli, har bir

o‘qituvchi o‘z darsini yanada qiziqarli va samarali tashkil etish uchun interfaol usullardan unumli

foydalanishi lozim.Interfaol metodlar ona tili darslarini jonlantirish, o‘quvchilarning fikrlash

qobiliyatini rivojlantirish va ularni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb

etadi. Ularni to‘g‘ri tanlash va dars jarayoniga moslashtirish o‘qituvchining pedagogik

mahoratiga bog‘liq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.S.Matchonov.,H.Bakiyeva.,X.Gulyamova.,Sh.Yo’losheva.,G.Xolboyeva

“Boshlang’ich

sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”. Toshkent.: “Ishonchli Hamkor” 2021.

2.Sh.K.Shayakubov.,R.X.Ayupov.“Interfaol

ta’lim

usullari”.

Toshkent.:“Tafakkur

bo‘stoni”.2012.

3.O.M.Jaborova.,Z.A.Umarova.,L.G.Babaxodjayeva.

”Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi,

innovatsiya va integratsiyasi”.T.: “Malik print co”.2021.

4. O.Roziqulov., M.Mahmudov., B.Adizov., A.Hamroyev.”Ona tili didaktikasi”. T.: “Yangi asr

avlodi”.2005.

5.Qosimova D. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” .Toshkent.: Ilm-Ziyo. 2020.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

199

6.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili

darsliklari” – Toshkent: Sharq, 2023.

7. Shodiyev F. Ona tili. – Samarqand. SamDU nashri. 2019.

8.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun

metodik qo‘llanma” – Toshkent.: O‘qituvchi. 2022

Библиографические ссылки

S.Matchonov.,H.Bakiyeva.,X.Gulyamova.,Sh.Yo’losheva.,G.Xolboyeva “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”. Toshkent.: “Ishonchli Hamkor” 2021.

Sh.K.Shayakubov.,R.X.Ayupov.“Interfaol ta’lim usullari”. Toshkent.:“Tafakkur bo‘stoni”.2012.

O.M.Jaborova.,Z.A.Umarova.,L.G.Babaxodjayeva. ”Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi”.T.: “Malik print co”.2021.

O.Roziqulov., M.Mahmudov., B.Adizov., A.Hamroyev.”Ona tili didaktikasi”. T.: “Yangi asr avlodi”.2005.

Qosimova D. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi” .Toshkent.: Ilm-Ziyo. 2020.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili darsliklari” – Toshkent: Sharq, 2023.

Shodiyev F. Ona tili. – Samarqand. SamDU nashri. 2019.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma” – Toshkent.: O‘qituvchi. 2022