Авторы

  • Begimqulova Zilola
    Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.72793

Ключевые слова:

inklyuziv ta’lim nogironligi bo‘lgan bolalar me’yoriy-huquqiy asoslar ta’lim tizimi ijtimoiy integratsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim tizimida inklyuziv ta’limning o‘rni, uning dolbzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

175

INKLYUZIV TA’LIM MUAMMOLARI VA ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI

Begimqulova Zilola

Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU talabasi

E-mail:Begimqulovazilola7@gmail.com

Tel:+99899 582 10 96

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim tizimida inklyuziv ta’limning o‘rni, uning

dolbzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston

Respublikasida inklyuziv ta’lim sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil

qilinadi.

Kalit so‘zlar:

inklyuziv ta’lim, nogironligi bo‘lgan bolalar, me’yoriy-huquqiy asoslar, ta’lim

tizimi, ijtimoiy integratsiya.

Kirish

Inklyuziv ta’lim bugungi kunda jahon miqyosida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida

ham eng dolzarb va muhim ijtimoiy-psixologik masalalardan biri hisoblanadi. Har bir bolaning

ta’lim olish huquqini ta’minlash, uning teng imkoniyatlar asosida rivojlanishini qo‘llab-

quvvatlash davlatning asosiy vazifalaridan biridir. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan va maxsus

ehtiyojga ega bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatini yaratish inklyuziv ta’limning bosh maqsadi

hisoblanadi.

Inklyuziv ta’limning mohiyati va ahamiyati

Inklyuziv ta’lim- bu imkoniyati cheklangan bolalarning sog’lom bolalar bilan birgalikda umumiy

ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim orqali barcha bolalarning

ijtimoiylashuvi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, mustaqil hayotga tayyorlanishi uchun zarur

sharoitlar yaratiladi. Bunda individual ehtiyojlari va imkoniyatlari inobatga olinadi.

Inklyuziv ta’lim muammolari

Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’limni joriy etish davlat normativ hujjatlarida qayd

qilinmaganligi;

Nogiron bolalarga nisbatan salbiy munosabat;

Imkoniyati cheklangan bolalarning jamoalarda ko‘rinmaslik muammosi;

Moddiy mablag‘ yetishmasligi muammolari;

Ta’lim muassasalarini inklyuziv ta’limga moslashtirish muammolari;

Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi;


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

176

Kambag‘allik;

Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish;

Imkoniyati cheklangan bolalarning bohqalarga qaramligi;

Favqulodda vaziyatlar, mojarolar, qochoqlar muammolari;

Kadrlar masalasidagi muammolar.

Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni joriy etishda yuqorida

sanalgan muammolar qatorida yana bir qator muammolar mavjud:

Moddiy-texnik muammolar:Ko‘pgina umumta’lim muassasalarida moslashtirilgan dars xonalari,

maxsus o‘quv materiallari va yordamchi texnik vositalar mavjud emas:

Kadrlar tayyorlash muammosi:Inklyuziv ta’lim sohasida ishlash uchun tayyorlangan malakali

pedagog kadrlar, psixologlar, defektolog va logopedlar soni yetarli emas.

Jamiyatdagi stereotiplar:Aksar hollarda ota-onalar va o‘qituvchilarda imkoniyati cheklangan

bolalar bilan ishlashga tayyorgarlik yetarli darajada emas, ularni umumiy muhitga

moslashtirishda psixologik to‘siqlar mavjud.

Huquqiy va tashkiliy muammolar:

Amaldagi qonunlar va normativ hujjatlar to‘liq amaliyotga tatbiq etilmayapti yoki yetarlicha

aniqlashtirilmagan.

Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi muamolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta’lim

tizimining foydali jihatlari juda ko‘p. Ular sirasiga quyidagilar kiradi:

Inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutulishga imkon beradi;

Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi;

Kamsitishlarning oldini oladi;

Inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi;

Inlyuziv ta’lim qoidalari:

Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati yutug‘iga bog‘liq emas.

Har bir inson o‘ylash va his qilish qobiliyatiga ega.

Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega.

Har bir kishi bir-biriga muhtoj.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

177

Shaxsning to‘liq va xaqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi.

Hamma kishilar o‘z tengdoshlarining qo‘llab-quvvatlshiga muhtoj.

Hamma ta’lim oluvchilarning yutuqqa erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas, nimadir

qila olishi sabab bo‘ladi.

Hamkorlik qilish kishi hayotini har tomonlama kuchaytiradi.

Inklyuziv ta’lim tizimi quyidgi ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’lim, o‘rta

ta’lim kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim. Bu ta’lim muassasalarining maqsadi bolalarning ta’lim

olishi va kasb-hunarga tayyorlashda ularning o‘rtasidagi to‘siqni bartaraf etib ochiq ta’lim

muhitini yaratishdan iborat.

Inklyuziv ta’limning me’yoriy-huquqiy asoslari

O‘zbekistonda nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam

ko‘rsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga ta’lim olish va ishga

joylashishda har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib, xalqimizga

xos bo‘lgan mahr-shafqat hamda ezglik tuyg‘ularini hisobga olgan holda nogironlarning muhim

ehtiyoj va talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistin Respublikasi Prezidentining

2017-yil 17-fevraldagi PF-4947-son ,,O‘zbekiston Respblikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‘‘, 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son ,,Nogironligi bo‘lgan

shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida‘‘

, 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son ,,Xalq ta’limi tizimi 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida‘‘ , 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son ,,O‘zbekistonning

yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risidagi farmonlar, 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-SON ,,Alohida ta’lim ehtiyojlari

bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida‘‘gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasisining 2021-yil 12-

oktyabrdagi 638-son ,,Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ

huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida‘‘ gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli ,,2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida‘‘gi farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa

me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga

ega.

Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Mazkur hujjatlarda jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim-tarbiya berish , ularning sog‘lom bolalar qatoridan

o‘rin olib o‘z qobiliyati, imkoniyatlarini ko‘rsata olishiga, ma’naviy kamol topishiga qaratilgan

chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi ,,Xalq ta’lim tizimiga

boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida‘‘ gi PQ-3931-son

qarorida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarni ta’minlovchi chora-

tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

178

ta’lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo‘yicha alohida vazifalar

qayd etib o‘tilgan.

Shunungdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son

Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim

xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha:

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga

qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar,

metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga

qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish,

umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va

boshqalar), shuningdek, tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy pedagogik kuzatish

bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash

jamoatchilik o ‘rasidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi,

inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;

o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining geografik

joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim

muassasalarini optimallashtirish;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning moslashishi va integratsiya uchun maktab-

internatlarini bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash;

alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga

qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, inklyuziv ta’limni rivojlantirish jamiyatda adolat va tenglik tamoyillarini

qaror topshirishda muhim o‘rin tutadi. Har bir bola, u qanday imkoniyatga ega bo‘lishidan qat’iy

nazar, sifatli ta’lim olish huquqiga ega. Shu sababli davlat, jamiyat va ta’lim muassasalari

birgalikda ushbu sohada tizimli va izchil ishlarni davom ettirishlari zarur. Inklyuziv ta’lim esa

ana shu imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi. Inklyuziv ta’lim-faqat ta’lim tizimigina emas,

balki butun jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi muhim yo‘nalishdir.

Shunday ekan, har bir bola uchun sifatli va teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish borasida har

birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagoika: darslik/ N.B.GOIPOVA Namangan-2024.

2.Alohida ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash usullari


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

179

Nomli metodik tavsiya I.R.Gaynutdinova-Toshkent 2022.

3.O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar milliy bazasi.Lex.uz

4.Maxsus inklyuziv ta’lim uslubiy qo‘llanma. R.SH.SHomahmudova chashma print nashriyoti.

5.Https://www.lrx.uz 638-son qaror 12.10.2021. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga

ta’lim-tarbiya berish.

Библиографические ссылки

Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagoika: darslik/ N.B.GOIPOVA Namangan-2024.

Alohida ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash usullari

Nomli metodik tavsiya I.R.Gaynutdinova-Toshkent 2022.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar milliy bazasi.Lex.uz

Maxsus inklyuziv ta’lim uslubiy qo‘llanma. R.SH.SHomahmudova chashma print nashriyoti.

Https://www.lrx.uz 638-son qaror 12.10.2021. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish.