ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
172
TAʼLIM MUASSASALARIDA SOGʻLOM VA IMKONIYATI CHEKLANGAN
YOSHLAR OʻZARO MULOQOTINING IJTIMOIY PERSEPSIYASI
Xayitbayeva Sevinch Anvar qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti ,
Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti
611 23-guruh talabasi
Annotatsiya:
Maqolada taʼlim muassasalarida sogʻlom va imkoniyati cheklangan yoshlar
oʻrtasidagi oʻzaro muloqotining ijtimoiy persepsiyasi tahlil qilinadi. Ijtimoiy persepsiya -
bolalarning bir-birini qanday qabul qilishi va tushunishi; jamiyatda tenglik, imkoniyati
cheklangan bolalar hayotini yaxshilash, ularni sogʻlom hayotga qaytarish va empatiya kabi
ijtimoiy omillarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kalit soʻzlar:
sogʻlom yoshlar, imkoniyati cheklangan yoshlar, inklyuziv taʼlim, oʻzaro
muloqot, persepsiya , shaxslararo munosabatlar , empatiya, psixologik omil , taʼlim
muassasasining muhitiga bogʻliq omil, ijtimoiy stereotiplar.
Hozirgi kunda taʼlim tizimida inklyuziv taʼlim shakli rivojlanib bormoqda. Inklyuziv
taʼlimning maqsadi sogʻlom va imkoniyati cheklangan bolalarning birgalikda taʼlim olishi,
oʻzaro muloqoti va jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishdan iborat. Muloqotning ijtimoiy
persepsiyasi esa inklyuziv taʼlimning samaradorligini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, oʻzaro muloqotning muhim ahamiyatlaridan biri - sogʻlom va imkoniyati
cheklangan bolalarning bir-birlariga boʻlgan munosabatini rivojlantirish , imkoniyati cheklangan
bolalarni jamiyatga moslashtirish yoki ularning hayotini yaxshilash kabi xususiyatlarni
shakllantirishdan iboratdir. Bu esa yoshlarning mehr-oqibatli boʻlishini , jamoa boʻlib ishlashini
oʻrgatadi. Imkoniyati cheklangan yoshlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga imkon yaratadi.
Inson ongli mavjudot boʻlgani uchun ham olamni , voqea-hodisalarni bilishni, tafakkur
qilishni istaydi. Shu narsa imkoniyati cheklangan bolalarda ham bor. Bu aslida ehtiyojdir.
Bunday ehtiyojlarni esa asosan muloqot qondiradi. Tadqiqotlar natijasidan maʼlum boʻlishicha,
nuqsonli bolalarda nutq oʻrgatilmaguncha ularda boshqalar bilan munosabat oʻrnatish ham,
olamni oʻrganishda ham soʻzlardan foydalana olmaydilar. Shuningdek, empatiya tushunchasi
ham mavjud boʻlib, bu sogʻlom va imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasidagi muloqot
jarayonidagi muhim vosita sanaladi . Empatiya, ya'ni boshqalar his-tuyg'ularini tushunish va
ularga hamdardlik qilish qobiliyati, inson ijtimoiy munosabatlarida asosiy o‘rin tutadi. Empatiya,
shaxslararo muloqot va murakkab ijtimoiy vaziyatlarni boshqarishda samarali vosita bo‘lib,
psixologiya, pedagogika, tibbiyot va boshqa ko‘plab sohalarda katta ahamiyatga ega.Imkoniyati
cheklangan bolalar jamiyatda ham boshqalar bilan chiqishib ketishi ancha murakkab boʻladi.
Maqola jamiyatda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish va imkoniyati cheklangan bolalar
ijtimoiylashuvini , tengdoshlari bilan muloqotini shakllantirishni oʻz ichiga oladi. Zamonaviy
taʼlim tizimida inklyuziv taʼlim tamoyillari muhim oʻrin tutadi. Bu tamoyillar imkoniyati
cheklangan yoshlarning teng huquqli taʼlim olishini va sogʻlom tengdoshlari bilan oʻzaro
muloqot qilishini taʼminlaydi. Shuningdek, bolalarning oʻzaro muloqotidagi hissiy va ijtimoiy
tushunchalar - persepsiyalar inklyuziv jarayon samaradorligining muhim jihatlaridan biri
hisoblanadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
173
Persepsiya - bu yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi va baholashi, tushunishi bilan
bogʻliq jarayon. Taʼlim muassasalarida sogʻlom va imkoniyati cheklangan bolalarning bir-birini
qabul qilishi , hurmat qilishi va tengdoshlik tamoyillariga rioya qilishi jamiyatdagi
munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy psixologiya boʻyicha oʻtkaziladigan treninglar va
mashgʻulotlar persepsiyani ijtimoiy tomonga oʻzgartishga yordam beradi. Qisqa qilib aytganda,
persepsiya bu atrofdagi odamlar va voqealarni shaxsiy his-tuygʻular va tajriba orqali qabul qilish
hamda baholash jarayonidir. Taʼlim muassasalarida bu jarayon yoshlarning bir-birini qanday
qabul qilishi, hurmat qilishi va oʻzaro muloqotni tashkil etish usullarini belgilaydi.
Sogʻlom yoshlar nuqtayi nazaridan: imkoniyati cheklangan tengdoshlarini himoya qilish va
ularga yordam berish hissi. Baʼzan esa notoʻgʻri tushunilgan hurmat yaʼni ularni teng huquqli
emas, balki ojiz deb qabul qilish.
Imkoniyati cheklangan bolalar nuqtayi nazaridan: kamsitilish
yoki ajratib qoʻyish hissi. Baʼzan oʻz kamchiliklari tufayli muloqotga kirishishdan qiyinchilikka
duch kelish.
. Persepsiyaga taʼsir qiluvchi omillar:
1. Psixologik omillar: Sogʻlom oʻquvchilarning empatiya darajasi , imkoniyati cheklangan
bolalarning oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchi.
2. Taʼlim muassasasining muhitiga bogʻliq omillar: inklyuziv muhitning mavjudligi ,
oʻqituvchilarning inklyuziv taʼlimga yondashuvi va muloqotni ragʻbatlantirish usullari
3. Ijtimoiy stereotiplar: imkoniyati cheklangan shaxslarni zaif yoki yordamga muhtoj deb qabul
qilish.Tavsiyalar:
Sogʻlom va imkoniyati cheklangan bolalar oʻrtasidagi muloqotni samarali tashkil qilish
uchun inklyuziv muhitni yaratish, yaʼni taʼlim muassasalarida barcha yoshlar uchun teng
sharoitlar yaratilishi lozim. Shuningdek, jamiyatda inklyuziv taʼlimning afzalliklari haqida keng
tushuntirish ishlari olib borish kerak. Xulosa qilib aytganda, inklyuziv taʼlim orqali sogʻlom va
imkoniyati cheklangan bolalarning oʻzaro muloqoti jamiyatda tenglik, ularning hayotini
yaxshilash va shaxsiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Shuning uchun muloqotni toʻgʻri yoʻnaltirish
va qoʻllab-quvvatlash barcha uchun dolzarb masala hisoblanadi. Taʼlim muassasalarida sogʻlom
va imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasidagi muloqotni rivojlantirish inklyuziv taʼlimning
asosiy maqsadlaridan biridir.Muloqot toʻgʻri tashkil etilsa, sogʻlom va nuqsonli bolalar uchun
ham ijtimoiy-psixologik rivojlanish imkonini beradi. Bu jarayon inklyuziv taʼlim samaradorligini
oshiradi, balki imkoniyati cheklangan yoshlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga xizmat
qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13.10.2020 yildagi "Alohida
taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida" gi PQ -4860- son qarori
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
174
2. Karimov, A " Inklyuziv taʼlim tamoyillari" ( Oʻzbekiston Respublikasi pedagogika institutlari
ilmiy maqolalari)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy sayti (www.xtv.uz)
4. Nabiyeva, G.A (2021). "Imkoniyati cheklangan bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari"
5. R. Shomaxmudova ." Maxsus va inklyuziv taʼlim " uslubiy qoʻllanma. Toshkent 2021-yil.
6. Poʻlatova P.M. " Maxsus pedagogika " (oligofreno pedagogika) "Oʻqituvchi" - 2005 y