ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
270
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA
O‘QITISHDA KONSEPTUAL TALABLAR
Abduvaliyeva Shoxida Islom qizi
Abdulla Qodiriy nomidagi JDPU
“O’zbek tili va adabiyoti” fakulteti
2-bosqich talabasi
Gmail:shohida.2005a@gmail.com
Annotatsiya:
Bugungi kunda ta’lim tizimini inklyuziv tamoyillarga asoslangan holda
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumta’lim
maktablarida sifatli va samarali ta’lim berish ularning ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashning
muhim shartlaridan biridir. Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni o’qitishda
qo’llanadigan konseptual talablar, ta’lim jarayonini moslashtirishning asosiy tamoyillari va
pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan bolalar, umumta’lim maktablari, maxsus
pedagogika, moslashtirilgan ta’lim dasturlari, individual yondashuv, psixologik qo‘llab-
quvvatlash, pedagogik innovatsiyalar, inklyuziv muhit, ta’lim sifati.
Jamiyatda har bir shaxs sifatli ta’lim olish huquqiga ega bo‘lib, imkoniyati cheklangan bolalar
ham bundan mustasno emas. O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qator
islohotlar amalga oshirilmoqda, bu esa ta’lim tizimini har bir bola uchun teng imkoniyatlar
yaratishga qaratilgan holda takomillashtirishni talab qiladi.Imkoniyati cheklangan bolalarni
umumta’lim maktablarida o‘qitish nafaqat ularning bilim olishiga, balki jamiyatga to‘liq
integratsiyalashuviga ham xizmat qiladi. Biroq, bunday ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun maxsus pedagogik yondashuvlar, moslashtirilgan ta’lim dasturlari, psixologik-pedagogik
qo‘llab-quvvatlash tizimi va muayyan metodologik talablarga rioya qilish zarur.
«Inklyuziv taʼlim nima?» degan savol boʼlishi tabiiy. Inklyuziv taʼlim-(ingliz tilidan olingan,
inclision-oʼz ichiga olish, kiritish degan maʼnolarni bildiradi) bu davlat siyosati boʼlib,
nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga
tizimidir. U umumiy taʼlim tizimining muhim qismini tashkil qiladi va hamma uchun birdek
taʼlim beruvchi oddiy maktablarda olib boriladi.
Imkoniyati
cheklangan
bolalarni
o‘qitishning
asosiy
konseptual
tamoyillari.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’limni tashkil etishda quyidagi konseptual tamoyillar
asosiy
o‘rin
tutadi:
1. Inklyuzivlik – barcha bolalar, jumladan, imkoniyati cheklangan bolalar ham umumiy ta’lim
jarayonida
to‘laqonli
ishtirok
etishlari
uchun
teng
imkoniyatlar
yaratish.
2. Differensial yondashuv – har bir bolaning individual ehtiyojlari va qobiliyatlarini inobatga
olgan
holda
ta’lim
metodikasini
ishlab
chiqish.
3. Moslashtirilgan dasturlar – imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus moslashtirilgan
o‘quv
rejalarini
yaratish
va
qo‘llash.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
271
4. Pedagogik-psixologik qo‘llab-quvvatlash – o‘qituvchilar va psixologlar tomonidan bolalarga
individual
yondashuv
asosida
yordam
ko‘rsatish.
5. Texnologik yondashuv – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib,
imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim jarayoniga moslashishini ta’minlash.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumtaʼlim sharoitida oʼqitish maktablararo qatnab yuruvchi
oʼqituvchi, yaʼni, resurs oʼqituvchi faoliyatini talab etadi. Inklyuziv taʼlim amaliyotda
maktablararo qatnab yuruvchi oʼqituvchi va oddiy sinf oʼqituvchisining hamjihatlikdagi
harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Baʼzi sinflarda bolani maʼlum bir vaqtga sinfdan
ajratib olish kerak boʼlishi mumkin. Hamma vaqt nima boʼlsada resurs oʼqituvchi sinf
oʼqituvchisi bilan birgalikda faoliyat koʼrsatishi va bu maxsus taʼlim sohasida mutaxassislikka
ega boʼlishi talab qilinadi.Maktablararo qatnab yuruvchi resurs nogiron bolalar uchun kerak
boʼlgan qoʼllanmalar, jihozlar bilan taʼminlash, homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam
berishga jalb qilish va imkoniyati cheklangan bolalar, sogʼlom bolalar hamda sinf oʼqituvchisi
oʼrtasidagi mustahkam aloqani oʼrnatish, maxsus resurs qoʼllanmalarni taʼminlash orqali yordam
berish, ota-onalar, bolalar, oddiy sinf oʼqituvchilari va maktab maʼmuriyatiga maslahatlar berish,
shuningdek, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar uchun faoliyatlar va ularga mos keluvchi taʼlim
dasturlari haqida muhokamalar yuritish, xatto nogiron boʼlmagan bolalarning ota-onalariga ham
maʼlumotlar
yetkazib
turadi.
Inklyuziv
taʼlimda
kadrlar
masalasi:
maxsus ehtiyojli bolalarni umumtaʼlim tizimida oʼqitish oʼqituvchilardan ikki karra masʼuliyat
bilan ishlashni talab etadi. Shuning uchun ham oliy pedagogik maʼlumotli va malaka oshirish
kurslarini oʼtab inklyuziv taʼlim pedagogik kvalifikatsiyasini olgan oʼkituvchilargina inklyuziv
sinf oʼqituvchisi etib tayinlanishi mumkin.Inklyuziv sinf oʼqituvchisi umumiy oʼrta taʼlim
muassasa
nizomida
belgilangan
vazifalar
bilan
bir
qatorda:
-tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishini korreksiyalash va meʼyorga keltirish
ishlarini
olib
boradi;
-bolalarning
faolligini,
taʼlim
samaradorligini
metodlarni
qoʼllaydi:
oshiruvchi
-diqqat-eʼtibor, xotirani, kuzatuvchanlik, sinchkovlik va boshka qobiliyatlarni tarbiyalaydi;
-oʼz-oʼzini nazorat qilish malakalarini, bolalarning bilishga doir qiziqishlarini va qobiliyatini
rivojlantiradi.
Inklyuziv taʼlim jarayonida muassasa tarbiyachisi ham alohida oʼrni egallaydi.
Tarbiyachi -ish faoliyatini tashkil etishda oʼqituvchi-defektologlar, ota-onalar va boshqa
mutaxassislar bilan hamkorlikda sogʼlom va alohida ehtiyojli bolalar bilan olib boriladigan
mashg’ulotlarni rejalashtirishi hamda shu asosida olib borishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi
alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash masalasida ota-onalarga va qonuniy vakillarga
metodik yordam koʼrsatadi, kerakli ish hujjatlarini yuritadi.Inklyuziv taʼlim joriy qilingan
muassasada
albatta
psixolog
faoliyat
yuritishi
lozim.
Psixologning faoliyati- har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy rivojlanishidagi
kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga karatiladi. Muassasa psixologi har bir bolani
psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda psixolog-pedagogik jihatdan oʼrganib boradi,
individual rivojlantirish dasturlarini tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash boʼyicha
ota-onalarga maslahatlar beradi, inklyuziv taʼlim muassasasining pedagogik xodimlariga
psixologik rivojlantirish masalalarida metodik yordam koʼrsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. D. A. Nurkeldiyeva, Z.I. Islambekova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi”
Toshkent – 2014
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
272
2. R. Shomahmudova “Inklyuziv ta’limning nazariy va amaliy asoslari” Toshkent-2007
3.R. Sh. Shomahmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim xalqaro va milliy tajribalar”
Toshkent “CHASHMA PRINT” 2011.
4.O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni 2020(638)
5.Yo’ldoshev Q, Komilov M. (2021). “Maxsux pedagogika va inklyuziv ta’lim asoslari.
Toshkent : “Iqtisod-Moliya” nashriyoti.