ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
267
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA MAKTAB VA SINF XONALARINI
MOSLASHTIRISH VA KORREKSION YORDAM KO‘RSATISHNING HUQUQIY,
PEDAGOGIK ASPEKTLARI
Xolmoʻminova Munisa Abdunosir qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti 610-23-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarga moslashtirilgan ta’lim muhitini
yaratish, inklyuziv ta’lim tamoyillarini amalga oshirish va korreksion pedagogikaning huquqiy
hamda metodik asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega
o‘quvchilarga mos sinf xonalarini jihozlash, ta’lim jarayonini individual yondashuv asosida
tashkil etish hamda bu boradagi xalqaro va milliy tajribalar tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan insonlr, korreksion pedagogika, "Zamin"
fondi, maxsus ta’lim, moslashtirilgan sinf xonalari, pedagogik texnologiyalar, individual
yondashuv.
Kirish
Hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim muhitini yanada qulay va samarali
tashkil etish masalasi dolzarb hisoblanadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948),
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi (2006) hamda O‘zbekiston
Respublikasining 2020-yil 13-oktabrda qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu
borada muhim huquqiy asos yaratib berdi.
Imkoniyati cheklangan (aqli zaif) bolalar maktablarida logopedik ishning asosiy vazifasi aqli zaif
o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish bilan bir qatorda bu toifadagi bolalarni ijtimoiy
tomondan orqada qolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi turli xil nuqsonlami
tuzatish, yengillashtirishga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Imkoniyati cheklangan insonlar jismoniy, aqliy, psixologik va hissiy faoliyatning izdan chiqishi,
shikastlanishi natijasida hayot faoliyatining cheklanishi munosabati bilan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy yordam hamda himoyaga muhtoj bo'lgan
shaxs tushuniladi.
Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021 yillarda uni
amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tuzib chiqiladi. Bu konsepsiya 2 bosqichda amalga
oshirish rejalashtirilgan bo'lib, 1- bosqichda (2020-2022-yillar) inklyuziv ta'limni yo'lga qo'yish
uchun shart-sharoitlar yaratish, bu bo'yicha. mutaxassislarni tayyorlash, ijtimoiy, normativ
bazani yaratish, jihozlash va zarur o'quv qurollari bilan maktablarni ta'minlash nazarda tutilgan.
2-bosqichda (2023-2025-yillar) inklyuziv ta'lim tizimini bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim
muassasalarida joriy etish, bu bo'yicha chora tadbirlarni amalga oshirish kabilarni oʻz ichiga
oladi.
Asosiy qism
1. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’lim tizimi
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
268
Inklyuziv ta’lim – barcha bolalar, jumladan, imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun yagona
ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan tizimdir. BMT tomonidan 1994-yilda qabul qilingan
Salamanca deklaratsiyasida har bir bolaning sifatli ta’lim olish huquqi ta’kidlangan bo‘lib, aynan
inklyuziv ta’lim bu prinsipni hayotga tatbiq etishning eng samarali vositasi hisoblnaadi.
Yaqin yillarda «Zamin» fondi «Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish
dasturi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabida «Zamin
Education» loyihasiga start berilib, loyihaning asosiy maqsadi eshitish qobiliyati zaif bolalarning
kasb mahoratini rivojlantirish va ijtimoiylashuvda qo'llab-quvvatlash, ularni oliy o'quv yurtlariga
o'qishga kirishga tayyorlash, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ixtisoslashtirilgan
maktab-internatlar o'qituvchilarining malakasini oshirish va yangi metodologiyani ishlab
chiqishdan iborat.
«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoeva o'quv jarayoni bilan tanishish uchun
ushbu sinfga tashrif buyurib, 102 va 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning yuqori
sinf o'quvchilari bilan suhbatlashib, bolalar o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi va o'rganilayotgan
mavzular haqida so'zlab berdi.
Birinchi o'quv-resurs markazining muvaffaqiyatli natijalaridan so'ng mamlakatning barcha
hududlarida «Zamin Education» sinflarini tashkil etish rejalashtirildi.
O'zbekiston Respublikasida imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida" gi
qonun qabul qilindi. Bu qonun 2021-yil 16-yanvardan o'z kuchini yo'qotgan bo'lib, bu qonunga
muvofiq 2020-yil 15 oktabrda "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida" gi
O'zbekiston Respublikasi qarorining 641-sonli qaror qabul qilingan bo'lib, bu hujjat ko'zi ojizlar
uchun mo'ljallangan Brayl alifbesida ham nashrdan chiqarildi.
2. Moslashtirilgan sinf xonalari va ularning ahamiyati
Imkoniyati cheklangan, ya'ni koʻrishda, eshitishda, nutqda va tayanch harakatida nuqsoni
boʻlgan bolalar uchun sinf xonalarini moslashtirish quyidagi omillarni o‘z ichiga oladi:
- Jismoniy qulaylik – nogironlar aravachalariga moslashtirilgan yo‘laklar, maxsus partalar va
stullar.
- Didaktik materiallar – Brayl alifbosida darsliklar, taktil plakatlar, interaktiv texnologiyalar.
- Axborot-kommunikatsion texnologiyalar – audiokitoblar, maxsus dasturlar, nutq sintezatorlari.
3. Korreksion pedagogika va uning usullari
Korreksion pedagogika – imkoniyati cheklangan bolalarni rivojlantirish, ularga psixologik-
pedagogik yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi maxsus yo‘nalishdir. Uning asosiy usullari
quyidagilardir:
-
Logopedik
mashg‘ulotlar
–
nutq
nuqsonlarini
bartaraf
etish.
- Psixoterapevtik texnologiyalar – stress va ijtimoiy moslashuv muammolarini hal etish.
- Jismoniy terapiya – fiziologik rivojlanishga yordam berish.
Xulosa
Inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy etish va imkoniyati cheklangan bolalar uchun moslashtirilgan
sinf xonalarini yaratish ijtimoiy barqarorlik va ta’lim sifati oshishiga xizmat qiladi. Shu boisdan
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
269
O‘zbekistonda bu yo‘nalishdagi huquqiy va pedagogik chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020). “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga
ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror.
2. BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi. (2006).
3. Salamanca deklaratsiyasi. (1994).
4. Djuraeva, S. (2020). Maxsus ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning samaradorligi.
5. Nabiyeva, G. A. (2021). Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari.
6. Zoxiriy, P. H. Z. (2021). Inklyuziv ta’limda nogiron bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
muammolari.
7. Vygotskiy, L. S. (1996). Defekt va sverxkompensatsiya.
8. Krыjanovskaya, L. M. (2013). Psixologicheskaya korrektsiya v usloviyax inklyuzivnogo
obrazovaniya.
9. Yusupova, D. Y. (2023). Ixtisoslashtirilgan maktablarda aqli zaif o‘quvchilarning ijtimoiy
mehnat malakalarini shakllantirish.