ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
348
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI O‘QITISHDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARINI
SHAKLLANTIRISH MUAMMOSI
O‘roqova Sharofat Bahodir qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish
va raqamli kompetensiyalarga ega kadrlar tayyorlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Raqamli ta’lim
ilg‘or texnologiyalar yordamida individuallashtirilgan o‘qitish jarayonini shakllantiradi. Raqamli
didaktika esa o‘qitish metodlari va texnologiyalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga
qaratilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish ta’lim
tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, axborot-kommunikatsion texnologiyalar va
interfaol o‘qitish usullarini o‘z ichiga oladi. Raqamli ta’lim muhiti ta’lim oluvchilarning
mustaqil fikrlash va axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu jarayon mehnat
bozorining talablariga moslashish va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga
xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
raqamli iqtisodiyot, raqamli ta’lim, raqamli didaktika, raqamli kompetensiya,
ta’lim tizimi, innovatsion texnologiyalar, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, interfaol
o‘qitish, mustaqil ta’lim, mehnat bozori, kasbiy kompetensiyalar, zamonaviy pedagogika.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning kasbiy mobillikka ega bo‘lgan, o‘zgaruvchan iqtisodiy
sharoitlarda ishlay oladigan kompetensiyali mutaxassislarga talab ortib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmonida mehnat bozori, ish beruvchilar,
umuman butun raqamli iqtisodiyotning talablari bilan belgilanadigan zamonaviy mutaxassislarni
o‘qitish sifatini oshirish vazifasi muhim bo‘lib turibdi.
Ta’limda raqamlashtirish, o‘qitish jarayonining uzluksizligi (life long learning)ni, shuningdek,
o‘z ichiga o‘qitishda katta hajmli ma’lumotlar (big data)dan, virtuallashtirishdan, virtual va
to‘ldirilgan realliklardan (VR, AR), mobil texnologiyalarning bulutli hisoblashlari va
boshqalardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar (advanced learning technologies)
asosida uning individuallashtirilishini ta’minlashga yo‘naltirilganligini ko‘rish mumkin.
Ta’limda raqamli texnologiyalardan sifatli foydalanish, ta’lim oluvchilarning mustaqil
izlanishlarga jalb qilinishi, axborotlarni tanlab olish, loyihalashtirish faoliyatida ishtirok etish
bo‘lajak mutaxassislarda XXI asr kompetensiyalarini, shu jumladan, raqamli kompetensiyalarini
shakllantiradi.
Ta’lim muassasalaridagi raqamli ta’lim jarayonini yaratish pedagogika fanining yangi tarmog‘i –
raqamli ta’lim muhitida o‘qitish jarayonini tashkil etish haqidagi ilmiy fan bo‘lib hisoblanadigan
raqamli didaktikaga asoslanishi zarur. Raqamli didaktikaning predmeti bo‘lib raqamli ta’lim
vositalarining amal qilishi emas, balki kishining faoliyati sanaladi. Raqamli didaktika ma’lum bir
ilmiy g‘oyalar va yondashuvlarning bir sohadan ikkinchi sohaga o‘zaro olib o‘tilishi va ularning
integratsiyalashuvi bilan tavsiflanadigan ilmiy bilishning trans-integrativ sohasi sifatida olib
qaralishi mumkin. Kasbiy ta’lim va o‘qitishda raqamli didaktikaning predmeti bo‘lib “raqamli
ta’lim muhitida tahsil olish jarayonini tashkil etish tizimi sifatida butun o‘qitish jarayonining
olinishi” hisoblanadi, bunda u o‘z ichiga o‘qitish maqsadlarini (raqamli iqtisodiyot va raqamli
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
349
jamiyat talablari bilan mos holda), o‘qitish mazmunini va uning shakllantirilishiga talablarni,
o‘qitish jarayonini tashkil etish usullarini (raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan
foydalanish asosida), tashkiliy shakllarni, o‘qitish texnologiyasini va metodlarini (raqamli
texnologiyalarning didaktik imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish), o‘qitish
vositalarini (shu jumladan, raqamli – yagona intellektual majmuaga birlashtirilgan tarmoqli va
dasturiy-apparatli), kasbiy ta’lim va o‘qitishdagi raqamli ta’lim jarayonining jamiyat va
iqtisodiyot rivojlanishiga ta’sirini oladi.
Shuningdek, olimlar ta’kidlab o‘tganlaridek, raqamli avlod vakillari bilan ishlash strategiyasi
shundan kelib chiqishi lozimki, bunga ko‘ra “ularni an’anaviy ta’lim jarayoniga integratsiyalash
amalda mumkin emas. Shuning uchun ta’lim jarayonini raqamli avlod imkoniyatlariga qarab
sezilarli ravishda transformatsiyalash zarur bo‘lib, buning natijasida yangi raqamli ta’lim
jarayoni tuziladi”.
Raqamli ta’lim jarayonini tuzishning o‘ziga xosligi bo‘lib raqamli texnologiyalarni joriy qilish
va ulardan foydalanish hisoblanib, ularning ko‘pchiligi quyidagi didaktik xossalarga ega bo‘ladi:
global tarmoqda har xil axborotlarni izlab topish erkinligi; personallilik (ta’lim oluvchilarning
ehtiyojlariga va o‘ziga xosliklariga mos ravishda personal sozlash uchun cheklanmagan
imkoniyatlar); interfaollik (o‘zaro o‘quv harakatlari jarayonida ko‘p sub’ektlilikning
ta’minlanishi); multimediaviylik (axborotlarni qabul qilish-anglashning turli xildagi kanallarini
majmuaviy ravishda harakatga keltirish); gipermatnlilik (matn bo‘yicha erkin ko‘chish, kesishma
havolalardan foydalanish, axborotlarning ma’lumotnomalilik xususiyati va shu kabilar);
submadaniyatlilik (raqamli avlod uchun odatiy bo‘lgan dunyo qiyofasiga moslik).
Bundan tashqari, bugungi kunlarda raqamli ta’lim jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalari
(aralash o‘qitish, mobil o‘qitish, masofaviy ta’lim texnologiyalari, elektron (onlayn) o‘qitish va
boshqalar) ham sezilarli ahamiyatga ega bo‘lib, ular texnik vositalardan hamda ixtisoslashtirilgan
interfaol qurilmalardan (ShK, noutbuk, planshet, robototexnika to‘plamlari, interfaol yozuv
taxtalari, elektron flipchartlar, interfaol panel, interfaol qumdon, interfaol pol, interfaol kublar va
boshqa shu kabilar)dan foydalanishga tayanadi.
Raqamli ta’lim jarayonini tashkil etish uchun ta’lim muassasalarining yuqori malakali,
tayyorgarlikdan o‘tgan kadrlar salohiyati zarur bo‘ladi. Iqtisodiyotning barcha sohalarida doimiy
ravishda o‘sib borayotgan raqamlashtirish sharoitlarida zaruriy kompetensiyalarga ega bo‘lgan
kadrlar salohiyatigina O‘zbekiston Respublikasi sub’ektlari va umuman butun mamlakat
iqtisodiyotining raqobat bardoshliligini va mehnat unumdorligini oshirishning bosh manbaiga
aylanishi mumkin. Uni tayyorlash uchun esa professional ta’lim tizimini lozim darajada
modernizatsiyalash, ta’lim dasturlarini raqamli iqtisodiyot ehtiyojlari bilan mos holga keltirish,
ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish,
fuqarolarning butun umr bo‘yi ta’lim ola bilishlari imkoniyatlarini ta’minlash zarur bo‘ladi.
Talim tizimida bo‘lajak pedagoglarni o‘qitish raqamli kompetensiyalarini shakllantirish
muammosi jihatidan ko‘p tomondan ta’lim jarayonini tashkil etishning psixologik-pedagogik,
didaktik, metodik va mazmuniy imkoniyatlariga, ta’lim muassasalarida zamonaviy axborotli-
ta’limiy muhitni yaratishga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim tashkilotlaridagi axborotli-ta’limiy muhitni
dolzarbligi va ahamiyatliligi qonunchilik, Shunga ko‘ra, “elektron axborot resurslarini, elektron
ta’lim resurslarini, axborotli, telekommunikatsion texnologiyalar jamlanmasini mos holdagi
texnologik vositalarni oluvchi va ta’lim oluvchilar tomonidan ularning qaerda
joylashganliklaridan qat’iy nazar, ta’lim dasturlarini to‘liq hajmda o‘zlashtirishlarini
ta’minlovchi” tizim bo‘lib hisoblanadi. Shunday qilib, ta’lim muassasalarining axborotli-ta’limiy
muhitni bo‘lajak pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish uchun asos bo‘lib
hisoblanadi.
Raqamli ta’lim muhitini tashkil etish tobora ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Bugungi
kunda zamonaviy raqamli ta’lim muhiti ta’lim muhitii raqamli formatga to‘liq o‘tkazilsa
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
350
O‘zbekiston raqamli ta’lim makonini rivojlantirish hisobiga barcha kategoriyalardagi
fuqarolarning uzluksiz ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlarni yaratiladi.
Ta’limning raqamlashtirilish sohasidagi me’yoriy hujjatlar, tavsiyalar, tadqiqotlarning tahlili
ta’limni raqamlashtirish shart-sharoitlarini ajratib ko‘rsatish imkonini berib, ularga quyidagilarni
kiritish mumkin:
-
ta’lim oluvchilaring raqamli avlodi;
-
ta’limni raqamlashtirish uchun qonunchilik asoslarini yaratish;
-
o‘z ichiga ta’lim muassasalarining raqamli ta’lim muhitini oluvchi ta’limni
raqamlashtirishning resursli ta’minoti;
-
o‘z ichiga raqamli savodxonlikni oluvchi raqamli kompetensiyalariga ega bo‘lgan
raqamli ta’limning kadrlar salohiyatini tayyorlash;
-
raqamli pedagogik texnologiyalar va ta’limiy ahamiyatli bo‘lgan raqamli texnologiyalar.
Ta’limni raqamlashtirish va raqamli kompetensiyasini shakllantirishning ko‘rsatib o‘tilgan shart-
sharoitlarini yuzaga chiqarish nuqtai-nazaridan kasbiy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarning
tayyorgarligini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar tahlilini amalga oshiramiz.
So‘nggi vaqtlarda davlat tomonidan bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish
yo‘nalishida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashga va umuman butun ta’lim tizimini modernizatsiyalash
jarayonlariga boshqa tendensiyalar bilan bir qatorda faol ishlab chiqilayotgan va qo‘llanilayotgan
kasbiy stanlartlar ham tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislarning tayyorgarlik sifatini, ularning kasbiy kompetensiyalari rivojlanganligi
darajasini tekshirishga imkon beradigan usullardan biri mutaxassis raqamli komponentlari
(Microsoft Office; SMART Notebook; SMART Table va boshqa shu kabi dasturlar) ning
imkoniyatlarini bilishi va tushunishi lozim; mutaxassis ta’lim jarayonida raqamli
texnologiyalarnini qo‘llay olishi, Microsoft Office dasturi yordamida hujjatlarni tayyorlay olishi,
Microsoft Office; SMART Notebook va SMART Table dasturlarida ishlay olishi, ta’limda
foydalaniladigan ta’limiy ahamiyatli raqamli texnologiyalarni (masalan, virtual va to‘ldirilgan
reallik, robototexnika komponentlari, ixtisoslashtirilgan ta’limiy maqsadlardagi raqamli
texnologiyalarni) qo‘llay bilishi lozimdir.
Bo‘lajak pedagogning tayyorgarligi majburiy talab uning kasbiy faoliyatda raqamli vositalaridan
va ta’limiy ahamiyatli raqamli texnologiyalardan foydalangan holda kasbiy vazifalarni hal qilish
mahorati, qobiliyati va tayyorgarligini namoyon qiluvchi raqamli kompetensiyalari hisoblanadi.
Talabalar tomonidan fan dasturlari bilan tartibga solinadigan informatkia kursi mazmunining
o‘rganilishi “Informatika” umumta’lim o‘quv fani doirasida chuqurlashtirilgan darajada taklif
etiladi. Mazkur standart bilan “Informatika” kursini chuqurlashtirilgan holda o‘zlashtirishning
predmetli natijalariga talablar belgilangan bo‘lib, ular o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-
zamonaviy dunyoning ilmiy tasvirini shakllantirishda informatikaning hissasini aks
ettiradigan tayanch bilimlar tizimini egallash;
-
algoritm murakkabligi tushunchasini o‘zlashtirish, raqamli va matnli axborotlarni qayta
ishlashning asosiy algoritmlarini bilish;
-
zamonaviy kompyuterlarning tuzilishi, kompyuter texnologiyalarining rivojlanish
tendensiyalari haqidagi tasavvurlarning shakllanganligi;
-
internet-ilovalarning ishlab chiqilish va amal qilishidagi umumiy tamoyillar haqidagi
tasavvurlar shakllanganligi;
-
kompyuter tarmoqlari va ularning hozirgi zamondagi roli haqida tasavvurlarning
shakllanganligi;
-
kompyuter tarmoqlarini tashkil etish va ularning amal qilishidagi tayanch tamoyillar,
axborot etikasi me’yorlari va huquqlari, axborot xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, raqamli
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
351
vositalarining ishonchli amal qilishini ta’minlash usullari va vositalari haqidagi tasavvurlar
shakllanganligi va boshqalar.
Hozirgi kunlarda ko‘plab tadqiqotchilar bo‘lajak pedagoglarni tayyorlash davomida ularning
raqamli kompetensiyalarini tizimli shakllantirish uchun axborot-kommunikatsion texnologiyalar
asosida fanlararo integratsiyalashuvni hisobga olish zarur deb hisoblaydilar.
Yuqorida aytib o‘tilganlar asosida quyidagicha bir qator xulosalarga kelish mumkin bo‘ladi:
-
iqtisodiyotning
raqamlashtirilishi
sohasidagi
me’yoriy
hujjatlar,
tavsiyalar,
tadqiqotlarning tahlili umuman olganda ta’limni raqamlashtirish shart-sharoitlarini ajratib
ko‘rsatishga imkon berib, ularga quyidagilarni kiritish mumkindir: ta’lim oluvchilarning raqamli
avlodi; ta’limni raqamlashtirish uchun qonunchilik asoslarini yaratish; ta’lim muassasalarining
raqamli ta’lim muhitini o‘z ichiga oluvchi ta’limni raqamlashtirishning resursli ta’minoti; o‘z
ichiga raqamli savodxonlikni oluvchi raqamli kompetensiyaga ega bo‘lgan raqamli
iqtisodiyotning kadrlar salohiyatini tayyorlash;
-
raqamli pedagogik texnologiyalar va ta’limiy ahamiyatli raqamli texnologiyalar (katta
hajmli ma’lumotlar, taqsimlangan reestr tizimlari, sun’iy intellekt, robototexnika komponentlari,
simsiz aloqa texnologiyalari, virtual va to‘ldirilgan realliklar texnologiyasi, raqamli qiyofadosh
texnologiyasi, elektron identifikatsiyalashtirish va autentifikatsiyalashtirish texnologyailari,
ixtisoslashtirilgan ta’lim maqsadlaridagi raqamli texnologiyalar, buyumlar interneti);
-
o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash dasturining variativ qismi bugungi kunlarda
dolzarb bo‘lib turgan raqamli kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarning
ta’minlanishiga imkon beradi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Abduraxmanova, S. A. (2022). Individualization of professional education process on the
basis of digital technologies.
World Bulletin of Social Sciences
,
8
, 65-67.
2.
Abduxakimovna, A. S. (2021). Use of multimedia technologies in the development of
intellectual skills of students of pedagogical higher education institutions.
European Journal of
Molecular and Clinical Medicine
,
8
(1), 1483-1488.
3.
Mamarajabov O.E. Benefits of Using Information Technology in the Education System
//Vocational Education. Tashkent, 2019. No.1. P. 55-59
4.
Elmurzaevich, M. A. (2022, February). Use of cloud technologies in education. In
Conference Zone (pp. 191-192).
5.
Ilich, M. E. (2022, February). Problems of professional development of future teachers in
the field of informatics. In Conference Zone (pp. 193-194).
6.
Ilyich, M. E. (2023, November). Aspects of improving the education system in
technological
universities.
In
E
Conference
World
(No.
2,
pp.
128-137).
Kadirbergenovna, B. L. (2023, November). Methodology for organizing the process of distance
education and its teaching. In E Conference World (No. 2, pp. 160-164).
7.
Kadirbergenovna, B. L. (2022, April). The role and importance of massive open online
courses in increasing educational efficiency. In Conference Zone (pp. 79-83).
8.
Urokova Sharofat. (2023). Digitalization of education at the present stage of development.
World
Bulletin
of
Management
and
Law,
23,
60-63.
Retrieved
from
https://scholarexpress.net/index.php/wbml/article/view/2873
9.
Sharofat, O. R. (2023, May). Electronic learning resources and requirements for their
creation. In International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current
Problems of Programming.
10. Qizi, U. S. B. (2021). Digitization Of Education At The Present Stage Of Modern
Development Of Information Society. The American Journal of Social Science and Education
Innovations, 3(05), 95-103.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
352
11. Bakiyeva, Z. R. (2023, May). Theoretical principles of teaching computer animation to
students in an electronic learning environment. In Proceedings of International Conference on
Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 5, pp. 5-8).
12. Bakiyeva, ZR (2023 yil, may). Elektron ta’lim muhitida talabalarga kompyuter
animatsiyasini o‘qitishning nazariy prinsiplari. Zamonaviy fan va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha
xalqaro konferensiya materiallarida ( 2-jild, 5-son, 5-8-betlar).