Авторы

  • Bosimbekova Nafosat
    Jizzax davlat pedagogika universiteti O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.72824

Ключевые слова:

Inklyuziv ta’lim sog‘lom yoshlar imkoniyati cheklangan yoshlar o‘zaro muloqot pertsepsiya ijtimoiy integratsiya empatiya bag’rikenglik ijtimoiy moslashuv psixologik qo‘llab-quvvatlash inklyuziv muhit o’qituvchi ro‘li ijtimoiy hamkorlik.

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotining ijtimoiy-psixologik pertsepsiyasi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning ahamiyati va bu jarayonda shakllanadigan o‘zaro munosabatlar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida ko‘riladi. Pertsepsiya-yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi  va baholashi – jamiyatdagi tenglik, bag‘rikenglik va empatiya kabi ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

313

TA’LIM MUASSASALARIDA SOG‘LOM VA IMKONIYATI CHEKLANGAN

YOSHLAR O‘ZARO MULOQOTINING IJTIMOIY PERTSEPTSIYASI

Bosimbekova Nafosat

Jizzax davlat pedagogika universiteti

O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar

o‘rtasidagi o‘zaro muloqotining ijtimoiy-psixologik pertsepsiyasi tahlil qilinadi. Inklyuziv

ta’limning ahamiyati va bu jarayonda shakllanadigan o‘zaro munosabatlar ta’lim samaradorligini

oshirishda muhim omil sifatida ko‘riladi. Pertsepsiya-yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi

va baholashi – jamiyatdagi tenglik, bag‘rikenglik va empatiya kabi ijtimoiy qadriyatlarni

rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar:

Inklyuziv ta’lim, sog‘lom yoshlar, imkoniyati cheklangan, yoshlar, o‘zaro,

muloqot, pertsepsiya, ijtimoiy integratsiya, empatiya, bag’rikenglik, ijtimoiy moslashuv,

psixologik qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv muhit, o’qituvchi ro‘li, ijtimoiy hamkorlik.

Zamonaviy ta’lim tizimi har bir bolaning teng huquqli ta’lim olishini ta’minlashga

qaratilgan bo‘lib, inklyuziv ta’lim sohasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Bugungi kunda

ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar birgalikda ta’lim olishlari

uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ammo ularning o‘zaro muloqoti faqat fiziki muhit emas,

balki ijtimoiy muhit bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

Ijtimoiy pertseptsiya – bu insonlarning bir-biri haqidagi tasavvurlari, ular bilan bog‘liq

stereotiplar va munosabatlar tizimi bo‘lib, ta’lim jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Sog‘lom

yoshlarning imkoniyati cheklangan tengdoshlari haqida qanday fikrda ekanligi, ular bilan qanday

muloqot qilishlari va bu jarayonda qanday qiyinchiliklarga duch kelishlari muhim masala

hisoblanadi.

Pertsepsiya — bu odamlarning boshqa shaxslar bilan muloqoti davomida ularni qanday qabul

qilishi va tushunishi bilan bog‘liq jarayon. Taʼlim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati

cheklangan yoshlarning bir-birini qabul qilishi, hurmat qilishi va tengdoshlik tamoyillariga rioya

qilishi jamiyatdagi kelgusidagi munosabatlarni shakllantiradi. Pertseptsiyaning psixologik tahlili

deganda biz muloqotda paydo boʼladigan hissiyotlar va ularning talqin qilinishi, yaʼni

pertseptsiyasi muhimdir. Masalan: Sog‘lom yoshlar tomonidan- ular ko‘pincha imkoniyati

cheklangan tengdoshlarini himoya qilish istagini his qiladilar, ammo noto‘g‘ri tushunilgan

hollarda rahmdillik noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin. Imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan

esa, ular o‘zlarini kamsitilgan his qilishi yoki jamiyatda teng mavqega ega ekanliklarini his

qilishi mumkin.

Inklyuziv ta’lim tizimi imkoniyati cheklangan yoshlarni jamiyatga qo‘shish va ularning ijtimoiy

hayotda faol ishtirok etishlariga yordam berishga qaratilgan. Shu bois, ta’lim muassasalarida

sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘zaro munosabatlarini shakllantirish jarayoni

o‘ta muhim hisoblanadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

314

Ijtimoiy pertseptsiya nuqtayi nazaridan olib qaralganda, sog‘lom yoshlarning imkoniyati

cheklangan tengdoshlari haqidagi tasavvurlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ba’zilar ularni oddiy

tengdosh sifatida qabul qilsa, boshqalar ularga yordam berish lozim deb hisoblaydi, ayrim

hollarda esa ularni o‘zgalardan ajratilgan guruh sifatida qabul qilish kuzatiladi. Ushbu

tasavvurlar esa ko‘p jihatdan oila, jamiyat, ta’lim muassasasidagi pedagogik yondashuv va

ommaviy axborot vositalari orqali shakllanadi.

Muloqot jarayonida quyidagi muammolar mavjud bo‘lishi mumkin:

Stereotiplar va noto‘g‘ri tushunchalar

– Imkoniyati cheklangan yoshlarni kamroq qobiliyatli

deb hisoblash yoki ularga nisbatan haddan tashqari himoyaviy yondashish ularning jamiyatga

moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Muloqotda qiyinchiliklar

– Ba’zi hollarda imkoniyati cheklangan yoshlar bilan muloqot

qilishda sog‘lom yoshlar ikkilanib qolishadi yoki qanday yondashish kerakligini bilmaydilar.

Ta’lim muassasalarida inklyuziv muhitning yetarlicha rivojlanmagani

– Pedagoglarning

yetarlicha tayyorgarlikka ega emasligi yoki ta’lim muassasalarida inklyuziv muloqotni

rag‘batlantirishga yetarlicha e’tibor berilmasligi bu jarayonga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu

bilan birga, to‘g‘ri tashkil etilgan inklyuziv ta’lim sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar

o‘rtasidagi muloqotni yanada yaxshilashga yordam beradi. Bu jarayonda:

Inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish

– Ta’lim muassasalarida barcha o‘quvchilar teng

huquqli ekanligi va hamkorlik muhimligi targ‘ib qilinishi lozim.

Pedagoglarning roli

– O‘qituvchilar sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi

muloqotni qo‘llab-quvvatlashi, ularga o‘zaro hurmat asosida muloqot qilish ko‘nikmalarini

o‘rgatishi kerak.

Ijtimoiy loyihalar va qo‘shma tadbirlar

– Madaniy va sport tadbirlarini birgalikda tashkil etish,

jamoaviy ishlarni rivojlantirish muloqot jarayonini yengillashtiradi. Muloqotning ijtimoiy

jihatlarini yaxshilash orqali sog‘lom yoshlar imkoniyati cheklangan do‘stlari bilan samarali

muloqot qilishni o‘rganadilar, bu esa jamiyatda bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini

mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muloqotning ijtimoiy-psixologik ahamiyati.

1.

Ijtimoiy integratsiya: Sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlarning birgalikdagi taʼlimi

jamiyatda tenglik, bag‘rikenglik va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

2.

Empatiya va bagʼrikenglik: Birgalikda taʼlim yoshlar o‘rtasida empatiya yaʼni, boshqa

odamning his-tuyg‘ularini tushunish va qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

3.

Jamoaviy hamkorlikni shakllantirish: O‘quvchilar birgalikda ishlash orqali bir-biridan

oʼrganadilar, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlarning yaxshilanishiga olib keladi.

Pertsepsiyaga taʼsir qiluvchi omillar

1.

Psixologik omillar:

Sogʼlom o‘quvchilarning empatiya darajasi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

315

Imkoniyati cheklangan yoshlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchi

2.

Taʼlim muassasasining muhitiga bog‘liq omillar: Inklyuziv muhitning mavjudligi.

O‘qituvchilarning inklyuziv taʼlimga yondashuvi va muloqotni

Rag‘batlantirish usullari.

3.

Ijtimoiy stereotiplar: Imkoniyati cheklangan shaxslarni zaif yoki

Yordamga muhtoj deb qabul qilish.

Ularni jamiyatda teng huquqli shaxs sifatida tan olishdagi to‘siq.

Sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqotni samarali tashkil qilish uchun

quyidagilar tavsiya etiladi: inklyuziv muhitni yaratish ya’ni ta’lim muassasalarida barcha yoshlar

uchun teng sharoitlar yaratilishi lozim. Trening va seminarlar tashkil etishda biz muloqotni

rivojlantitishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazishni tushunishimiz kerak. Shuningdek, jamiyatda

inklyuziv ta’limning afzalliklari haqida keng tushuntirish ishlari olib borish. Bundan maqsad esa

ota-onalar va jamoatchilikni jalb qilishdir.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Inklyuziv taʼlim orqali sog‘lom va imkoniyati cheklangan

yoshlarning o‘zaro muloqoti nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki jamiyatdagi ijtimoiy integratsiyani

ham kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu sababli, bunday muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirish va qo‘llab-

quvvatlash hamma uchun dolzarb vazifa hisoblanadi. Taʼlim muassasalarida sog‘lom va

imkoniyati cheklangan yoshlar oʼrtasidagi muloqotni rivojlantirish inklyuziv taʼlimning asosiy

maqsadlaridan biridir. Bu jarayon, nafaqat taʼlim sifatini yaxshilash, balki jamiyatdagi tenglik,

bag‘rikenglik va birgalikda yashash tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qiladi. To‘g‘ri tashkil

etilgan muloqot har ikki guruh uchun ijtimoiy va psixologik rivojlanish imkonini beradi. Ta’lim

muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish

ijtimoiy bag‘rikenglikni oshirish, inklyuziv jamiyatni shakllantirish hamda imkoniyati

cheklangan yoshlarning jamiyatda faol ishtirok etishini ta’minlash uchun muhim hisoblanadi.

Ijtimoiy pertseptsiya jarayonida shakllanadigan stereotiplar va noto‘g‘ri tushunchalarni yo‘qotish,

inklyuziv ta’lim muhitini mustahkamlash va pedagoglarning bu boradagi faoliyatini kengaytirish

orqali bu jarayonni yanada rivojlantirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1.

Karimov, A. «Inklyuziv taʼlim tamoyillari» (O‘zbekiston Respublikasi pedagogika

institutlari ilmiy maqolalari).

2.

Xusanov, N. «Taʼlim tizimida psixologik moslashuv»

3.

R.Shomaxmudova. ” Maxsus va inklyuziv ta’lim “ uslubiy qo’lllanma.Toshkent-2021-yil.

4.

UNESCO: «Inclusive Education: The Way of the Future».Booth, T., Ainscow, M. «Index

for Inclusion: Developing Learning and Participation in schools».Mittler, P. «Working Towards

Inclusive Education: Social Contexts».

5.

www.cyberleninka.uz.

/article/n/imkoniyati-cheklangan-bolalarmaktablarida-ta-lim-

jarayonini-tashkil-etish.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

316

6.

Ollomberganova, M. (2024). Ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan

yoshlar o‘zaro muloqotining ijtimoiy pertseptsiyasi. Maktabgacha ta'lim jurnali, 1(Maktabgacha

ta’lim).

7.

Toshturdiyeva, Z. D. (2024). Ta'lim muassasalarida sog'lom va imkoniyati cheklangan

yoshlar o'zaro muloqatining ijtimoiy pertseptsiyasi. Seminar materiallari, Pedagogika va

psixologiya fakulteti, Logopediya ta'lim yo'nalishi, 2-bosqich, 514-22-guruh. Jizzax davlat

pedagogika universiteti.

8.

Ibroximova, D. A. (2023). Imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari.

Pedagogik mahorat, 3(2024), 1-10.

Библиографические ссылки

Karimov, A. «Inklyuziv taʼlim tamoyillari» (O‘zbekiston Respublikasi pedagogika institutlari ilmiy maqolalari).

Xusanov, N. «Taʼlim tizimida psixologik moslashuv»

R.Shomaxmudova. ” Maxsus va inklyuziv ta’lim “ uslubiy qo’lllanma.Toshkent-2021-yil.

UNESCO: «Inclusive Education: The Way of the Future».Booth, T., Ainscow, M. «Index for Inclusion: Developing Learning and Participation in schools».Mittler, P. «Working Towards Inclusive Education: Social Contexts».

www.cyberleninka.uz. /article/n/imkoniyati-cheklangan-bolalarmaktablarida-ta-lim-jarayonini-tashkil-etish.

Ollomberganova, M. (2024). Ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘zaro muloqotining ijtimoiy pertseptsiyasi. Maktabgacha ta'lim jurnali, 1(Maktabgacha ta’lim).

Toshturdiyeva, Z. D. (2024). Ta'lim muassasalarida sog'lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o'zaro muloqatining ijtimoiy pertseptsiyasi. Seminar materiallari, Pedagogika va psixologiya fakulteti, Logopediya ta'lim yo'nalishi, 2-bosqich, 514-22-guruh. Jizzax davlat pedagogika universiteti.

Ibroximova, D. A. (2023). Imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari. Pedagogik mahorat, 3(2024), 1-10.