Авторы

  • G‘.ABDUQODIROV,N.Muxitdinova,F.N.Vositova
    Nizomiy nomidagi Toshkent Davblat pedagogika universitetining “Texnologiya va professional ta’limi metodikasi” kafedrasi dotsenti.,Nizomiy nomidagi Toshkent Davblat pedagogika universiteti talabasi,Nizomiy nomidagi Toshkent Davblat pedagogika universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.72827

Ключевые слова:

x

Аннотация

Respublikada ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish tamonlariyoritib berilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

370

TALABALARNING MUSTAQIL ISHINI KREDIT-MODUL TIZIMIDA

REJALASHTIRISH TAMOYILI.

G‘.ABDUQODIROV

Nizomiy nomidagi Toshkent Davblat pedagogika

universitetining “Texnologiya va professional ta’limi metodikasi” kafedrasi dotsenti.

N.Muxitdinova

Nizomiy nomidagi Toshkent Davblat pedagogika universiteti talabasi

F.N.Vositova

Nizomiy nomidagi Toshkent Davblat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA:

Respublikada ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan

uyg‘unlashtirish tamonlariyoritib berilgan.

Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda,kredit-modul tizimida

talabalarning mustaqil ishi,mustaqil ta’limi,xamda natijalarni baholash usullari bayon qilingan.

АННОТАЦИЯ:

Раскрыты вопросы взаимосвязи, укрепление системы образования в

стране, ее приведение в соответствие с современными требованиями. Выводы

проводимойстудентами самостоятельное работы в условий кредитной основе.

SAMMARY:

The issues of interconnection, strengthening the education system in the country,

bringing it into line with modern requirements are disclosed. Conclusions of independent work

carried out by students in terms of a credit basis.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan

tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi”da oliy ta’lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni

joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish,

muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kredit-

modul tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan

mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar

belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko‘ra

mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich kredit-

modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilganbo‘lib,

mamlakatdagi deyarli barcha oliy ta’lim

muassasalarining kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashadilar.

Mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini

o‘zgartirish, еtuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning

o‘zi taqozo etmoqda. Respublikada ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan

uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis

kadrlarni tayyorlash,oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.

Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ishi– bu talabaning o‘ziga xos o‘quv faoliyati

bo‘lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o‘qishga qiziqtirishga va muayyan

fan sohasida bilimlarni oshirishga yo‘naltirilgan. Talabalarning mustaqil ishi mazmuni mantiqiy


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

371

fikrlashni, ijodiy faollikni, o‘quv materialini o‘zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini

shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Talabalarning mustaqil ishi mazmuni fanning xususiyatidan, oliy o‘quv yurtining texnik

imkoniyatlaridan va kutubxonaning o‘quv-uslubiy ta’minlanganidan kelib chiqib aniqlanadi.

Odatda talabalarning mustaqil ishi talabaning mustaqil ta’limi bilan birgalikda auditoriyadan

tashqarida bajariladigan o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini ham o‘z ichiga

oladi.

Talabaning mustaqil ta’limi.Talabaning bevosita o‘zi tomonidan mobil qurilmasi orqali amalga

oshiriladigan mustaqil ish turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

• darsgatayyorlanish – ma’ruzamatnlari, vodkastlar, video materiallar, amaliymashg‘ulotlarva

laboratoriya ishlaribayonlarinio‘rganish;

• axborotizlash – o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib taqdim qilinganday jest orqali internet

materiallarini o‘rganish;

• FAQ (ko‘pso‘raladigansavollar) – o‘zini qiziqtirgan muammolarga o‘rgatuvchi dasturlar

vositasida javob izlash;

• forum – fan mavzulari bo‘yicha telegram kanallari yoki masofaviy ta’lim platformalarida

fikralmashish;

• test еchish – o‘rgatuvchi test dasturlarida mashq qilish orqali fan moduliga oid materiallarni

mustahkamlash;

• nazorat ishiga tayyorlanish – fan bo‘yicha kutilayotgan oraliq va yakuniy nazoratlarga

tayyorgarlik ko‘rish.

talabaning mustaqil ishini ham o‘z ichiga oladi.

ning hajmi, mazmuni va hisobot turini tasdiqlaydi, ish hajmini, ketma-ketligini va topshirish

muddatlarini aniqlaydi, talabaning mustaqil ishini ham o‘z ichiga oladi.

An’anaviy shakldagi o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishlari:

• masala еchish – amaliy mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha berilgan masalalarni еchish va uni yozma

tarzda taqdim qilish;

• referat – muammoning yozma bayoni, bunda adabiy manbalar sharhlanadi yoki ilmiy ish,

kitoblar tahliliy bayon qilinadi;

• kollokvium – o‘quv modulining nazariy qismining o‘zlashtirilishini tekshirish maqsadida

suhbat uyushtirish;

• esse – dolzarb mavzu bo‘yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda yozma

bayon qilish;

• taqdimot – berilgan mavzu bo‘yicha slayd va video materiallar vositasida chiqish qilish;

• keys-stadi – ishlab chiqarishdagi muammoli vaziyatlar bo‘yicha belgilangan shakldagi

topshiriqlar bo‘yicha echim izlash;

• isho‘yinlari – kasbiy faoliyat jarayonlarini imitatsiya qilish, sahnalashtirish, rollarni ijro qilish

orqali kasbiy ko‘nikmalar orttirish;

• glossariy – berilgan mavzu bo‘yicha atamalarni qisqa izohlash.

• guruh loyihasi – 3- 4 talabaning hamkorlikda loyihaishini bajarishi;

• hisob-chizmaishlari – odatda texnik fanlar (muhandislikgrafikasi, elektrotexnik axborot

texnologiyalari va h.k.) bo‘yicha amalga oshiriladigan belgilangan uslubiy qo‘llanmalar asosida

yoziladigan grafik va hisob ishlari;

• kurs ishi – fan yoki fanlar majmuasi bo‘yicha belgilangan uslubiy qo‘llanmalar asosida yozma

va hisob ishlari;

• diplom loyihasi – mutaxassislik faniga oid berilgan mavzu bo‘yicha ishlab chiqarish

korxonasini yoki uning bo‘linmasini loyihalashga qaratilgan, grafik chizmalar va hisob ishlari

bilan bayon qilinadigan belgilangan uslubiy qo‘llanmalar asosida yoziladigan loyihaviyish;


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

372

• amaliyot hisoboti – o‘tkazilgan malakaviy amaliyot (tanishuv, ishlabchiqarish, bitiruv oldi

amaliyotlari) bo‘yicha belgilangan uslubiy qo‘llanmalar asosida yoziladigan hisobot;

• fanto‘garaklarida ishtirok etish – talabaning fan to‘garaklarida maket, slayd, namunalar kabi

ko‘rgazmali materiallarni tayyorlashi;

• tanlovlarda ishtirok etish – talabaning o‘qituvchining ilmiy rahbarligi ostida turli tanlovlarda

ishtirok etishi (Yosh ixtirochi talabalar startap loyihalari va h.k.);

• fan olimpiadalarida qatnashish – fanlar bo‘yicha oliy ta’lim muassalari o‘rtasida o‘tkaziladigan

olimpiadalarda ishtirok etish (kimyo, umumiy kimyoviy texnologiya, fizika, axborot

texnologiyalari va h.k.);

• ilmiy anjumanlarda ma’ruza qilish – fanga oid ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha oliy ta’lim

muassalar, Respublika va xalqaro miqyoslarida o‘tkaziladigan ilmiy-texnikaviy anjumanlarda

ma’ruza qilish;

ilmiy tezis va maqolalar chop etish – ilmiy anjumanlarning to‘plamlarida tezislar va ilmiy

jurnallarda ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘yicha maqolalar chop qilish;

• o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish – darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy

qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma va boshqa o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

• link – internet havolasini ochib unda keltirilgan video yoki matn shaklidagi materialni

belgilangan hajmda izohlash;

• chart – jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan hajmda tahlil qilish.

Masofaviy ta’lim platformasida o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga belgilangan hajmda

yozma javob berishi ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, talabaning mustaqil ishini masofaviy usulda tashkil qilishtalabalar uchun eng

maqbul variant hisoblanadi. Mustaqil ishlarni masofaviy tizimda tashkil qilish uchun eng

avvaloquyidagilarni : Masalan, hujjatga belgi qo‘yish, undan nusha olish, sanab berish, ta’riflash,

mosligini aniqlash, ma’qullash, izohlash, qayd qilish, eslash, tanish, xabar berish, so‘rash, qayta

so‘rash, izlash, identifikatsiyalash, nomlash, takrorlash, ajratib olish, izlash, belgi qo‘yish, havola

berish, esga tushirish, tasavvur qilish, aytib berish, tasvirlash, belgilash, joylashtirish, o‘rnini

belgilash, o‘xshashini topish kabi bilish kategoriyasiga tegishli faoliyatlarni android тизимидаги

Notepad+, Mental Note, Word, Google, Excel, PowerPoint, Polaris Office, ShowMe, Quick

Scetch, Blogpress, SmartOffice2, Show of Hands, Zoho Docs, Prezi, Flash cards+ таълим

ilovalari orqali tashkil qilish mumkin.

Talabaning mustaqil ishini masofaviy tarzda tashkil qilishda iloji boricha uning qurilmasiga

moslashish maqsadga muvofiq. Hozirgi kunda ko‘pchilik talabalar android tizimida ishlovchi

mobil qurilmalarga ega bo‘lganliklari sababli m-learning tizimiga mos dasturlardan foydalanish

talaba uchun har tomonlama qulay hisoblanadi.

Ta’lim natijalarini baholash usullari. Talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash amalda

joriy qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-

avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar

bilimini nazorat qilish baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga muvofiq oraliq nazoratda fan bo‘yicha A-S darajasiga erishgan talabalar yakuniy nazoratga

qo‘yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Texnologik ta`lim praktikumi o`quv qo`llanma G’. Abduqodirov.T. 2012yil. “Sharq” nashryoti

2.Texnologik ta`lim praktikumi darslik G. M .Anarkulova. G’. Abduqodirov. va boshqalar T

2018 yil


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

373

3.G. Abduqodirov, S.A.Baltabayev, A.N.Abdullayev TECHNOLOGY OF ORGANIZATION

OF EDUCATIONAL WORKSHOPS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION. Eur. Chem. Bull.

2023, 12 (Special Issue8),255-261.Scops ISSN2063-5346 doi: 10.48047/ecb/2023.12.si8.018

4.ABDUQODIROV, G. (2019). PRINCIPLES OF IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF

TECHNOLOGY EDUCATION IN CONTINUING EDUCATION. European Journal of

Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(3).

Библиографические ссылки

Texnologik ta`lim praktikumi o`quv qo`llanma G’. Abduqodirov.T. 2012yil. “Sharq” nashryoti

Texnologik ta`lim praktikumi darslik G. M .Anarkulova. G’. Abduqodirov. va boshqalar T 2018 yil

G. Abduqodirov, S.A.Baltabayev, A.N.Abdullayev TECHNOLOGY OF ORGANIZATION OF EDUCATIONAL WORKSHOPS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION. Eur. Chem. Bull. 2023, 12 (Special Issue8),255-261.Scops ISSN2063-5346 doi: 10.48047/ecb/2023.12.si8.018

ABDUQODIROV, G. (2019). PRINCIPLES OF IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF TECHNOLOGY EDUCATION IN CONTINUING EDUCATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(3).