ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
360
OʻZBEKISTONDA AVTOMOBILSOZLIK SANOATINING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
Valijonova Nodira Bozorboy qizi
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani,
Toʻraqoʻrgʻon 1-son Poletexnikumi oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanish tarixi
yoritilgan. Unda avtomobil ishlab chiqarishning mustaqillikdan oldingi holati, "UzDaewoo
Auto" zavodining tashkil etilishi, GM bilan hamkorlik, "UzAuto Motors"ning shakllanishi va
hozirgi rivojlanish jarayonlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, avtomobil eksporti va
kelajakdagi istiqbollar ham muhokama qilingan.
Kalit soʻzlar:
Oʻzbekiston, avtomobilsozlik, UzAuto Motors, UzDaewoo Auto, GM Uzbekistan,
Chevrolet, avtomobil sanoati, eksport, avtomobil ishlab chiqarish, sanoat rivojlanishi.
KIRISH
Avtomobil sanoati 19-asr oxirida Fransiya, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniyada vujudga keldi.
20-asr davomida bu sanoat yuqoridagi mamlakatlardan tashqari. Yaponiya, Italiya, Rossiya,
Kanada, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda ham rivoj topgan. Dunyoda har yili oʻrta hisobda
70–100 mln avtomobil ishlab chiqariladi, shulardan yuk avtomobillari 9–10 mln, avtobuslar 1,4–
1,7 mln, qolganlari yengil avtomobillar. Yengil avtomobillar ishlab chiqarishda AQShning
"Jeneral motors" (3,4), "Ford" (4,0), "Kraysler" (1,4) avtomobil monopoliyalari jahonda ishlab
chiqarilgan jami yengil avtomobillarning 23,6%ni ishlab chiqaradi, Yaponiyaning "Toyota" (3,6),
"Xonda" (1,9), "Nissan" (2,1) monopoliyalari, Germaniyaning "Folksvagen" (2,0), "Opel" (1,7),
Fransiyaning "Reno" (1,6), Italiyaning "Fiat" (1,9) kompaniyalari yengil avtomobillar ishlab
chiqarishda yetakchilik qiladi. 20-asrning 80-yillaridan boshlab avtomobil konsernlari avtomobil
sotish bozorlarida kattaroq joy egallash, mahsulot tannarxini kamaytirish va sifatini yuqori
darajaga koʻtarish maqsadida xalqaro konsernlarga birlasha boshlashdi. Masalan, "Ford"
konserni oʻziga Yaponiyaning "Mazda", Angliyaning "Yaguar", Shvesiyaning "Volvo"
konsernlarining yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan boʻlimlarini kiritdi. "Folksvagen"
Ispaniyaning "Seat", Germaniyaning "Audi", Chexiyaning "Shkoda" konsernlari bilan birlashdi.
Bu jarayon hozirgi kungacha davom etib kelmoqda.[3; 55-67-b]
Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat
ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996-yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto
mashinalarini hozirda dunyoga mashhur Chevrolet brendi oʻrin olgan.
1996-h.v
Daewoo Damas
1996—2004
Daewoo Labo
1996—2003
Daewoo Tico
2001—2017
Daewoo Matiz
1996-yildan
Daewoo Nexia
2003-yildan
Daewoo Lacetti
2007—h.v
Chevrolet Captiva
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
361
2007—2012
Chevrolet Epica
2008—2009
Chevrolet Tacuma
2010—h.v
Chevrolet Spark
2012—h.v
Chevrolet Malibu
2013—h.v
Chevrolet Cobalt
2013—h.v
Chevrolet Orlando
2015—h.v
Daewoo Gentra
2016-yildan
Chevrolet Nexia
2018-yildan
Chevrolet Tracker
2019-yildan
Chevrolet TrailBlazer
2019-yildan
Chevrolet Equinox
2019-yildan
Chevrolet Traverse
ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida
Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni
ta’minlash, ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini
joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh ishlab chiqarishni yaratish
maqsadida:
2019 — 2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy
ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;
yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 60 foizgacha yetkazish;
yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;
avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “ERP” avtomatlashtirilgan hisobga
olish tizimini joriy etish;
aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop bo‘lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy
modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
hamda “O‘zavtosanoat” AJ yetakchi xorijiy kompaniyalar va xalqaro ekspertlarni jalb etgan
holda bir oy muddatda quyidagilar bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan
“O‘zavtosanoat” AJ huzurida doimiy faoliyat yurituvchi loyiha ofisini tashkil etish choralarini
ko‘rsin:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
362
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2023-yilgacha yanada jadal rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqish;
ilg‘or xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlari va boshqaruv usullarini joriy etish;
avtomobil sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini, shu jumladan motor transport vositalari va
ularning butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalar uchun
soliq va bojxona rejimlarini unifikatsiyalash yo‘li bilan oshirish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish va import hajmlarini
pasaytirish imkonini beradigan qo‘shimcha ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning ustuvor segmentlarida ilmiy-tadqiqot
va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish, milliy muhandislik markazlarini tashkil etish;
avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini
takomillashtirish.[1]
TAHLIL VA NATIJALAR
Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992-yilda Janubiy Koreyaning
DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfaatli shartnomadan boshlangan, oʻshanda
Oʻzbekistonning Avtoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulushli shartnoma
imzolangan va manashu shartnoma avtomobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993-yilda
UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida
korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 million dollarni tashkil etgan.
Avtomobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreyaning eng zamonaviy texnalogiyalari
bilan jihozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000 ga yaqin oʻzbekistonlik
yoshlar Koreyaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi
1996-yildan boshlandi va birinchi boʻlib Damas rusumli avtomobil mart oyidan boshlab Tico,
iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996-yil 19-iyulda zavodning
ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
ishtirok etdi. Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qismlar xorijdan keltirilgan, keyinchlik esa
mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu
yerning oʻzida tayyorlangan. 2000-yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi
va 2001-yil zavodning yangi yanada zamonaviy linyasi ishga tushirildi. Buning natijasida yangi
Matiz rusumli yangi avtomobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi
Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007-yilda UzDaewooAvto
kompaniyasi negizida General -Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikda GM-Oʻzbekiston
kompaniyasi tashkil etildi va buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi
mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010-yilda Chevroletning eng zamonaviy
avtomibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa
avtomobilsozlikning mustahkam poydevori yaratildi.
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk
mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari oʻrtasidagi
kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN
bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan.
Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishchi-xizmatchilar nemis tilini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
363
oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009–2012-yillar davomida yuk
avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi. 2012-yilda Jomboy tumanida
MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500 dan 1500 donagacha yuk
mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport
qilinadi
1995-yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi
bilan hamkorligda Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi. Samkochauto
davlat royhatiga olindi va 1999-yilda Otayoʻl rusumli autobuslarni tayyorlash boshlandi, shu
yilning oʻzida 163 ta autobus, 302 ta yuk avtomobili ishlab chqarildi. 2000-yilda esa bu
koʻrsatkichlar 483 va 102 tani tashkil etdi.2001-yilda Oʻzbekistonda automobil sanoatida band
boʻlgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.[7; 139,143-b]
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston avtomobilsozligi qisqa muddat ichida yirik sanoat
tarmogʻiga aylandi. UzAuto Motors Chevrolet va boshqa brendlar bilan hamkorlikni davom
ettirayotgani, shuningdek, yangi loyihalar ustida ish olib borayotgani mamlakat avtomobil
bozorining jadal rivojlanayotganini koʻrsatadi. Oʻzbekiston avtomobillari qoʻshni davlatlar –
Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarga eksport
qilinmoqda.
Hozirda avtomobilsozlikni diversifikatsiya qilish, ekologik toza va zamonaviy transport
vositalari ishlab chiqarish ustida ish olib borilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. PQ-4397-сон 18.07.2019. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga
oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
2. Jo‘raev N. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. –
To‘ldirilgan, qayta nashr. –T.: G‘afur G‘ulom, 2009.
3. Brown, M. (2022). "Digital Transformation in the Automotive Industry." International Journal
of Industrial Engineering, 30(1), 55-67.
4. Abdullayev, A. (2021). "Elektr transport vositalari va batareyalar texnologiyasining
rivojlanishi." O‘zbekiston Avtomobilsozlik Jurnali, 3(1), 45-56.
5. Tursunov, S. (2020). "Avtonom haydash tizimlarining rivojlanishi va avtomobilsozlik
sanoatiga ta’siri." Innovatsiyalar va texnologiyalar jurnalida, 17(4), 112-120.
6. Nurmatov, B. (2022). "Avtomobilsozlik sanoatida sun'iy intellektning o‘rni va rivojlanishi."
O‘zbekiston Sanoat Ilmiy Jurnali, 8(2), 98-104.
7. Ueno, Hiroya and Muto, Hiromichi, the Automotive Industry of Japan, In Kazuo Sato, (ed),
Industry and Business in Japan, M.E. Sharpe, Inc., New York, 1980, pp.139-143.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
364
8. Saberi, Behzad. The role of the automobile industry in the economy of developed countries.
International Robotics & Automation Journal. 4. 10.15406/iratj.2018.04.00119.