Авторы

  • Suyunova Laziza Muzaffar qizi
    Jizzax davlat pedagogika universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82350

Ключевые слова:

taʼlim integratsiya inklyuziv taʼlim maktab ehtiyoj bola alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo’lgan bola sog’lom bola eshitish qobiliyati zaif tibbiyot zamonaviy fanlar muhit jismoniy tomondan imkoniyati cheklangan bola ruhiy tomondan imkoniyati cheklangan bola ota-ona oʻqituvchilar maxsus metodlar.

Аннотация

Ushbu maqolada integratsiya va inklyuziv ta’lim tushunchalarining mohiyati, ularning o‘zaro farqlari va pedagogik jarayondagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada integratsiya va inklyuziv ta’limning farqlari hayotiy misollar bilan aniq yoritilgan. Har bir bola taʼlim olish huquqiga ega, shuning uchun ham inklyuziv taʼlimning taʼlimda oʻrni muhimdir.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

419

INTEGRATSIYA VA INKLYUZIV TAʼLIMNINGMOHIYATI

Suyunova Laziza Muzaffar qizi

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi

Annonatsiya:

Ushbu maqolada integratsiya va inklyuziv ta’lim tushunchalarining mohiyati,

ularning o‘zaro farqlari va pedagogik jarayondagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada

integratsiya va inklyuziv ta’limning farqlari hayotiy misollar bilan aniq yoritilgan. Har bir bola

taʼlim olish huquqiga ega, shuning uchun ham inklyuziv taʼlimning taʼlimda oʻrni muhimdir.

Abstract:

This article analyzes the essence of the concepts of integration and inclusive education,

their differences and importance in the pedagogical process. The article clearly shows the

differences between integration and inclusive education with real-life examples. Every child has

the right to education, therefore the role of inclusive education in education is important.

Аннотация:

В данной статье анализируется сущность понятий интеграции и

инклюзивного образования, их различия и значение в педагогическом процессе. В статье

наглядно показаны различия между интеграцией и инклюзивным образованием на

примерах из реальной жизни. Каждый ребенок имеет право на образование, поэтому роль

инклюзивного образования в образовании важна.

Kalit soʻzlar:

taʼlim, integratsiya, inklyuziv taʼlim, maktab, ehtiyoj, bola, alohida ta’lim

ehtiyojiga ega bo’lgan bola, sog’lom bola, eshitish qobiliyati zaif, tibbiyot, zamonaviy fanlar,

muhit, jismoniy tomondan imkoniyati cheklangan bola, ruhiy tomondan imkoniyati cheklangan

bola, ota-ona, oʻqituvchilar, maxsus metodlar.

Keywords:

education, integration, inclusive education, school, need, child, child with special

educational needs, healthy child, hearing impaired, medicine, modern sciences, environment,

physically disabled child, mentally disabled child, parents, teachers, special methods.

Ключевые слова:

образование, интеграция, инклюзивное образование, школа,

потребность, ребенок, ребенок с особыми образовательными потребностями, здоровый

ребенок, нарушение слуха, медицина, современные науки, окружающая среда, ребенок-

инвалид, умственно отсталый ребенок, родители, педагоги, специальные методы.

Rivоjlаnishidа kаmchiligi bo’lgаn bоlаlаrgа inklyuziv tа’lim tizimidа tа’lim bеrish хususiyatlаri

kursining mаqsаdi аlоhidа yordаmgа muhtоj bo’lgаn vа sоg’lоm bоlаlаr o’rtаsidаgi to’siqni

bаrtаrаf etish, mахsus tа’limgа muhtоj bоlаlаr vа o’smirlаr ehtiyojini qоndirish vа ijtimоiy

hаyotgа mоslаshishgа yo’nаltirilgаn hаmdа umumtа’lim jаrаyonigа to’lаqоnli jаlb qilish

qo’shishni ifоdаlоvchi tа’lim tizimi bilаn tаnishtirishdаn ibоrаt.

Ushbu maqola 2020 yi l 23-sentabrdagi “Ta’lim to’g’risidagi qonun”I, O’zbekiston respublikasi

Prezidentining 2017 fevraldagi PF-4947-son ”O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish

bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”, 2019 yil 8-oktabrdagiPF-5847-son “O’zbekiston

respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishkonsepsiyasini tasdiqlash

to’g’risida”gi farmonlari, 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim

sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirayotgan keng qamrovli islohotlarda faol


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

420

ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qarorlari hamda mazkur

faoliyatga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda

muayyan darajada xizmat qiladi.

Integratsiya nima? Inklyuziv talʼlim-chi? Avvalo, ushbu savollarga javob topib olsak.

“Integratsiya” tushunchasi lotincha “integratio”

“yaxlit”, “toʻldirish” soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, taʼlim jarayonida turli fanlar, metodlar va

texnologiyalarni birlashtirish orqali yaxlit va samarali oʻqitish tizimini yaratish hisoblanadi.

Tairov Sherzod oʻz maqolalarining birida “ integratsiya fan va ularning tarmoqlanishini

tabaqalanishini, bilim hajmining ortib borishi va zamonaviy fanlar va ularga qoʻyiladigan

talablar bilan dielektik qarama-qarshilik fonida vujudga kelgan”. Bundan maʼlumki, ingetratsiya

nafaqat bir soha, balki umumiy barcha fanlarga ularni bir-biriga bogʻlab oʻrgatilishini ham

anglatadi. Integratsiya tushunchasini chuqur oʻrganadigan boʻlsak, Dalnning tushuntirib

berishicha, integratsiya tushunchasi tizimlar nazariyasi tushunchasi sifatida koʻrib chiqilib,

alohida differensial qismlarning butun boʻlgan holati va bu holatga keladigan jarayon deb

hisoblaydi. Yana Kondakov ham “ bir butunlikka birlashish, har qanday elementlarning birligi,

har qanday birlikni tiklash” deb taʼrif beradi. Bundan koʻrinib turibdiki, integratsiya alohida

qismlarni bir butunga qaytarish qobiliyatiga ega.

Endi esa integratsiyaga taʼlimning boshqa bir tomonidan qaraymiz, bu turli tizimlar, shaxslar va

guruhlarning yagona muhitda uygʻunlashuvi yoki birgalikda faoliyat yuritish jarayonidir. Taʼlim

sohasidagi integratsiya degada, turli ehtiyoj va qobiliyatga ega boʻlgan oʻquvchilarni bitta

tizimda birlashtirish tushuniladi. Mana masalan, tugʻma eshitish qobiliyati zaif boʻlgan bolaning

umumiy maktabga chiqishi integratsiya jarayoni hisoblanadi.Integratsiya jarayonida

oʻqituvchilar maxsus ehtiyojga muhtoj boʻlgan bola uchun hech qanday alohida taʼlimni yoʻlga

qoʻymaydi, yaʼni darslar bola kelmasdan oldin qanday oʻtilgan boʻlsa, keyin ham shunday

davom etaveradi. Bu jarayon maxsus ehtiyojga muhtoj bola bilan sogʻlom boʻlgan oʻquvchilarni

birlashtiradi shu orqali bu sinf inklyuziv taʼlim muhitiga aylantiriladi.

Keyingi savolimiz boʻlgan inklyuziv taʼlimga navbat keldi. Inklyuziv fransuzcha “inklyuziv” –

“ shu jumladan”, lotincha “include” – “men xulosa qilsam”, “shu jumladan” maʼnolarini beradi.

Inklyuziv yoki inklyuziv taʼlim – bu maxsus ehtiyojga ega boʻlgan bolalarni umumiy taʼlim

maktablarida oʻqitish jarayonini tavsiflashda ishlatiladigan atama hisoblanadi. “Inklyuziv taʼlim

– bu barcha bolalarning turli xil ehtiyojlariga moslashish nuqtai nazaridan hamma uchun taʼlim

mavjudligini nazarda tutadigan umumiy taʼlimning rivojlanish jarayoni, bu alohida ehtiyoji bor

bolalar uchun taʼlim olish imkoniyatidir” deb Nilufar Isakulovna taʼrif beradi. Bu bilan inklyuziv

taʼlim orqali har qanday bola, yaʼni jismoniy, ruhiy tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar

ham taʼlim ololadi demoqchi. Albatta, bunday bolalar maktabga qabul qilinishidan oldin tibbiy

koʻrikdan oʻtadi va agar tibbiyot xulosasi bolaning dars jarayoniga qatnasha olishi mumkinligin

aytsa, ota-ona, maktab, oʻqituvchilar birlashib taʼlim jarayoni boshlanadi. Inklyuziv taʼlimga

nafaqat maktab, balki oʻrta maxsus va hatto, oliy taʼlim muassasalari ham kiradi. Uning maqsadi

alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligi inobatga olingan holda

bolalarni oʻqitish va oʻqitishga toʻsiqsiz muhit yaratishdir.

Misol uchun, bir sinfda 20 nafar oʻquvchi bor, lekin ulardan birining koʻzi ojiz. Shuning uchun

bu sinfdagi dars jarayonlari inklyuziv taʼlim hisoblanadi. Yaʼni maxsus ehtiyoji boʻlmagan

bolalar orasida bir dona boʻlsa ham ehtiyojmand oʻquvchi boʻlgani uchun. Bu jarayonda oʻsha

oʻquvchi uchun brayl alifbosidagi kitoblar tayyorlanadi, alohida audiokitoblar taqdim etiladi,

bola sinfdoshlarining yordamiga muhtoj boʻladi, shuning uchun ularning qoʻllab quvvatlashi

ham muhim oʻrin tutadi, matematik misol yechayotgan maxsus taktil grafikalar va ovozli


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

421

kalkulyatorlardan foydalaniladi, oʻqituvchilar asosan ogʻzaki tushuntirish usullaridan

foydalanadilar, oʻquvchi javoblarni ogʻzaki topshirish imkoniyatiga ham ega boʻladi.

Yuqorida integratsiya va inklyuziv taʼlim tushunchalaricha yetarlicha tushuntirishlar kiritildi.

Inklyuziv taʼlimda ham integratsiyada ham maxsus ehtiyojga muhtoj shaxs muhim rol oʻynaydi.

Shunday boʻlsa ikkalasining farqi nimada degan savol paydo boʻladi.

Inklyuziv taʼlim va integratsiyaning asosiy farqi shundaki, integratsiyalashuvda alohida ehtiyojli

bola umumiy taʼlimga qabul qilinadi, lekin shu bilan birga, amalga oshmaydi, yaʼni taʼlimni

bolaga emas, bolani taʼlimga moslashtirish jarayonidir. Inklyuziv taʼlim esa taʼlimning bolaga

singdirilishidir. Soddaroq qilib tushuntirilsa, ehtiyojmand bolaning maktabga qabul qilinishi,

lekin bolaga mos sharoitlar yaratilmasligi integratsiya hisoblansa, bolaning kelganidan keyin

uning bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaʼni ehtiyoji boʻlgan narsalarning yaratib berilishi

inklyuziv taʼlim jarayonidir.

Misol tariqasida, Mehribon ismli 9 yoshli eshitish qobiliyati zaif boʻlgan qiz umumiy maktabga

qabul qilindi. Lekin oʻqituvchilar dars oʻtishda Mehribonning ehtiyojlarini inobatga olmagan,

sinfdoshlari esa unga yordam berishi uchun maxsus tayyorgarlik koʻrmagan. Bu esa

Mehribonning toʻliq tushunishiga va faol ishtirok etishiga toʻsqinlik qiladi. Bu jarayon

integratsiya hisoblanadi.

Inklyuziv taʼlim esa Mehribonga moslashtirilgan sharoit yaratib, uning taʼlim olish

imkoniyatlarini yaxshilaydi. Bunda oʻqituvchilar maxsus metodlardan foydalanadi va Mehribon

sinfdoshlari bilan teng taʼlim olish uchun zarur muhit yaratiladi.

Har bir bolaning sifatli taʼlim olish huquqi bor. Biroq faqatgina ularni oddiy sinfga qoʻshishning

oʻzi yetarli emas – biz ularning ehtiyojlarini tushinishimiz va shunga mos muhit yaratishimiz

kerak. Chinakam inklyuziv taʼlim sharoitida har bir bola oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyon eta

oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Isakulova Nilufar (Inklyuziv taʼlimning mazmun va mohiyati);

2.

Tairov Sherzod va Askarova Barchinoy (Pedagogik integratsiya taʼlimni integrallash

toifasi sifatida);

3.

www.komp.info.

4.

R.Sh.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim” uslubiy qo’llanma. T.Ye.O’ngboev

“Shikastlanishlarda va baxtsiz hodisalarda shoshilinch yordam ko’rsatish”. Toshkent “Ibn Sino”

2020-yil.

5.

X.N.Muzaffaarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshons servis” 2021.

M.U.Xamidova.

Библиографические ссылки

Isakulova Nilufar (Inklyuziv taʼlimning mazmun va mohiyati);

Tairov Sherzod va Askarova Barchinoy (Pedagogik integratsiya taʼlimni integrallash toifasi sifatida);

www.komp.info.

R.Sh.Shomaxmudova “Maxsus va inklyuziv ta’lim” uslubiy qo’llanma. T.Ye.O’ngboev “Shikastlanishlarda va baxtsiz hodisalarda shoshilinch yordam ko’rsatish”. Toshkent “Ibn Sino” 2020-yil.

X.N.Muzaffaarova Maktabgacha logopediya. Jizzax. “Ruhshons servis” 2021. M.U.Xamidova.