Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning tibbiy, pedagogik va ijtimoiy modeliga asoslangan yondashuvlar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy ta’lim tizimiga integratsiya qilish jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi. Tibbiy model bolalarning sog‘lig‘i va nogironligi bilan bog‘liq jihatlarni tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa, pedagogik-ijtimoiy model ularning jamiyatga moslashuvi va ta’lim olish huquqini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Maqolada inklyuziv ta’limning samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar va muammolar ham ko‘rib chiqiladi.