ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
378
ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO’LGAN HAR BIR BOLANING INKLYUZIV
TA’LIM OLISH HUQUQINI TA’MINLASHGA QARATILGAN CHORA-
TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH
Butunboyeva Fazilat Muqim qizi
Abdulla Qodiriy nomidagi J.D.P.U o’zbek tili va adabiyoti fakulteti
Abstract:
This article ptovides information about the normative legal documents on ensuring the
educational rights of children with special educational needs in the Respublic of Uzbekistan.Also,
the introduction of inclusive education into practice,attention to the education of children with
disabilities,and the system of education of children with special needs in the system of general
education institutions in accordance with the law are presented.
Keywords:
Disabled person, human rights, right to education, inclusive education, medical and
social expertise, special education, principle, integrated education.
Абстрактный:
В данной статье представлена информация о нормативных правовых
документах по обеспечению образовательных прав детей с особыми образовательными
потребностями в Республике Узбекистан. Также представлены внедрение инклюзивного
образования в практику, внимание к образованию детей с ограниченными возможностями,
а также система обучения детей с особыми потребностями в системе
общеобразовательных учреждений в соответствии с законодательством.
Ключевые слова:
Инвалид, права человека, право на образование, инклюзивное
образование, медико-социальная экспертиза, специальное образование, принцип,
интегрированное образование.
Annotatsiya:
Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan
bolalarning ta’lim huquqlarini ta’minlash borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar haqida
ma’lumot beradi.Hamda inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilinishi,imkoniyati cheklangan
bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan e’tibor,maxsus yordamga muhtoj bollarni umumta’lim
muassasalari tizimida qonunga muvofiq o’qitish tizimi keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Imkoniyati cheklangan shaxs,inson huquqlari,ta’lim huquqi,inklyuziv
ta’lim,tibbiy-ijtimoiy ekspertiza,maxsus ta’lim, tamoyil,integratsiyalashgan ta’lim.
Prezidentimizning 13.10.2020-yildagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bollarga ta’lim-tarbiya
berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4860-son qarori qabul
qilindi.Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi;
2020-2025-yillarga xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi va
2020-2021-yillarda uni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi “ tuzildi.Qolaversa,alohida ta’lim
ehtiyojlari bo’lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tashkil etilsin.
Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy
huquqlarining ro’yobga chiqarilishini ta’minlash,alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning
ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularning ta’lim olishlarini tashkil
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
379
etishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish,shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish
hamda uning samarali nazorat tizimini yo’lga qo’yish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar
to’g’risida “2023-yilning 1-iyundagi PF-82-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar
mahkamasi qaror qildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni ijtimoiy muhofaza
qilishni yanada kuchaytirish,ularga hayotda teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasi
dolzarb ahamiyatga ega bo’lib qoldi.Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT
Inson huquqlari bo’yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ham alohida ehtiyojga
ega
bo’lgan
shaxslarning
huquqlarini
ta’minlashga
jiddiy
e’tibor
qaratishini
ta’kidladi.Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini
himoya qilish kata va
ko’pgina omillarga bog’liq masala hisoblanadi.Shu bois jamiyatimizning bir bo’lagi bo’lgan
maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash,ularga ta’lim-tarbiya
berish,ularning sog’lom bolalar qatoridan o’rin olib o’z qobiliyati,imkoniyatlarini ko’rsata
olishiga,ma’naviy kamolot topishiga sharoit yaratishga kata e’tibor qaratilmoqda.Avvalo,
O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lom ehtiyojlari bor
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko’rsatiladigan ta’lim
xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida ko’lab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xususan, 2020-yil 15-oktyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Nogironligi
bo’lgan shaxslarning huquqlari to’g’risida”gi qonunida nogironligi bo’lgan shaxslarning
huquqlarini ta’minlashning huquqiy asoslari mustahkamlangan.Mazkur qonunga ko’ra
nogironligi bo’lgan bolalar (bola)-barqaror jismoniy,aqliy,sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari
tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy
yordam ko’rsatilishiga hamda o’z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga o’n
sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxslar hisoblanadi.Qonunga ko’ra nogironligi bo’lgan shaxslar
barcha darajalardagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish va o’z qobiliyatini yanada to’liqroq
rivojlantirish uchun butun umri davomida ta’lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok
etish huquqiga ega.Davlat nogironligi bo’lgan shaxslarning inklyuziv ta’limini
rivojlantiorishni,ularning ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka
oshirishdan o’tishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafollatlashi,ta’lim tasgkilotlari
davlat organlari bilan birgalokda nogironligi bo’lgan bolalarning maktabgacha,maktabdan
tashqari va umumiy o’rta ta’lim olishini, shuningdek o’rta maxsus,professional,oliy va oliy
o’quv yurtidan keying ta’limni olishini ta’minlashi qonunda mustahkamlab qo’yilgan. Inklyuziv
ta’limni oiladan maktabgacha ta’lim muassasalarida,umumta’lim maktablarida,kasb-hunar
kollejlari va oliy o’quv muassasalarida joriy etish natijasida alohida ehtiyoji bor insonlarga
nisbatan umumiy munosabat o’zgarayotgani ma’lum bo’ldi.Bu esa ularning hayotda
muvaffaqiyat qozonishi uchun omil bo’lib xizmat qilishi mumkin.Inklyuziv ta’lim imkoniyati
cheklangan bolalarga umumta’lim jarayonidagi barcha tadbirlarda faol va muntazam ishtirok
etish imkonini beradi.Buning natijasida stereotiplar shakllanishining oldi olinib,ko’rsatiladigan
individual yordam imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratib qo’ymaydi.Ular olgan
ko’nikmalarini umumlashtirish imkoniga ega bo’lishadi.Agar nogironligi bo’lgan bolalarni
ta’lim muassasalarida o’qitishning vaqtincha imkoni bo’lmasa,ta’lim sohasidagi davlat
boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari nogironligi bo’lgan bolalarning sohasidagi
shifokorlar tavsiyalari asosida va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan
uyda o’qitilishini ta’minlaydi.Nogironligi bo’lgan bolalarni uyda o’qitish O’zbekiston
Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
380
Imkoniyati cheklangan shaxslarni to’lovdan ozod qilgan holda yoki imtoyozli shartlar asosida
maxsus o’quv qo’llanmalari va adabiyotlar,shuningdek surdotarjimonlar xizmatlaridan
foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti
mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.Bu borada O’zbekistonning birinchi xonimi Ziroat
Mirziyoyeva boshchiligida ”Zamin” xalqaro jamoat fondi tuzilgan bo’lib bu jamg’arma
imkoniyati cheklangan shaxslarning ehtiyojlari va operatsiyalari muolajaalari uchun mablag’
ajratadi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi PF-5712-son farmoniga muvofiq qabul qilingan konsepsiyada alohida sharoitlarda
tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalarning ta’limi borasidagi muammolar va ularni
bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.Imkoniyati cheklangan bolalarga ko’rsatiladigan
ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib,quyidagi vazifalar belgilab berildi:
Imkoniyati cheklangan bolalar ta;lim ta’lim oladigan muassasalari binolariga
qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Imkoniyati cheklangan bolalarni o’qitish uchun inklyuziv ta;lim tizimini tashkil
etish,umumta;lim muassasalarini maxsus moslamalar(ko’tarish qurilmasi,pandus,eshitish
apparatlari,yorituvchi moslamalar), shuningdek kadrlar(pedagog-defektolog,logoped,bolalarni
ruhiy-pedagogik kuzatish bo’yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash.
Jamoatchilik o’rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv
o’qitishning mazmun-mohiyati haqida tushintirish ishlarini olib borish.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini
keng joriy etish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati(References)
1.O’zbwkiston Respublikasi Prezidentining farmoni 28.01.2022-yildagi PF-60-son
2.F.U.Qodirova,D.A.Pulatova”Inklyuziv ta’lim”Qo’qon-2023
3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi”Alohida ta’lim ehtiyojlari
bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-4860-son qarori.
4.X.N.Muzaffarovna,D.Tangirova “Inklyuziv ta’lim”.Library
5.https//lex.uz