ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
482
QARSHI SHAHRIDAGI KO‘KALAMZORLASHTIRILGAN MAYDONLARNING
ATROF MUHIT VA INSON SALOMATLIKDAGI AHAMIYATI
b.f.n, dotsenti
T.O‘ Raximov
magitirant
Sh.I.Qurbonova
Qarshi Davlat texnika unversiteti
Annotasiya:
Qarshi shahrini ko‘kalamzorlashtirish ekologik barqarorlikni ta’minlash havo
sifatini yaxshilash va aholi faravonligini oshirish yo‘lida muhim qadamdir. Yashil hududlarni
ko‘paytirish, daraxt ekish va bog’ hamda hiyobonlar barpo etish orqali shahar havosidagi chang
va ifloslanish kamayadi, shuningdek yanada yoqimli va yashashga qulay muhit yaratiladi.
Bundan tashqari, yashil maydonlar shaharning mikroiqlimini tartibga solib, haroratni pasaytirish,
kislorod miqdorini oshirish va ayniqsa yoz faslida shaharning bo’lishiga yordam beradi.
Ko‘kalamzorlashtirish nafaqat ekologik foyda keltiradi, balki insonlar salomatligi va turmush
sifatiga ha ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yashil maydonlar aholiga hordiq chiqarish jismoniy mashqlar
bilan shug’ullanish va ochiq havoda dam olish imkoniyatlarini yaratadi, bu esa ularning
jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilashga xizmat qiladi. Daraxtlar va o‘simliklar shovqin
darajasini kamaytirishga yordam berib, shaharning estetik qiyofasini yanada chiroyli va
jozibador qiladi. Ko‘kalamzorlashtirish jarayonida aholining faol ishtiroki katta ahamiyat kasb
etadi. Ko’chat ekish aksiyalari tashkil etish, ekologik ongni oshirish
bo‘yicha tadbirlar
o‘tkazish va mahalliy aholini shaharni barqaror rivojlantirish tashabbuslariga jalb etish tabiiy
muhitga bo’lgan ma’suliyat hissini shakllantiradi. Ekologik ta’limni rivojlantirish va fuqarolarni
yashil hududlarni asrab-avaylashga hamda kengaytirishga undash muhim vazifalardan biridir.
Kalit so’zlar:
Qarshi ko‘kalamzorlashtirish, ekologiya, atrof-muhit, yashil hududlar, daraxt
ekish, bog‘ va hiyobonlar, havo sifati, iqlim sharoiti, aholi salomatligi, ekologik barqarorlik,
ekologik ong, shahar obodonchiligi.
Annotation:
The greening of qarshi is a crucial step toward ensuring environmental
sustainability, improving air quality, and enhancing the overall well-being of its residents. By
increasing green spaces, planting trees, and developing parks and boulevards, the city can
mitigate air pollution, reduce dust levels, and create a morepleasant and livable urban
environment. Additionally, greenery plays a key role in regulating the microclimate, lowering
temperatures, and improving oxygen levels, making the city more comfort specially during hot
seasons. Beyond its environmental benefits, greening has a significant impact on public health
and the quality of life. Green spaces provide recreational areas where people can relax, exercise,
and engage in outdoor activities, which contributes to both physical and mental well-being. The
presence of trees and plants also helps reduce noise pollution andcreats amore aesthetically
appealing cityscape.
Public participation is an essential aspect of the greening process. Organizing tree-planting
campaigns, condusting environmental awareness programs, and involing local communities in
urban sustainability initiatives can foster a greater sense of responsibility toward nature. It is
important to promote ecological education and encourage citizens to contribute to the
preservation and expansion of green areas.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
483
Keywords:
Greening of Karshi, ecology, environment, green areas, tree planting, parks and
gardens, air quality, climate conditions, public health, ecological sustainability, ecological
awareness, urban improvement
Qarshi shahri O‘zbekistonning janubida joylashgan bo‘lib 1926-yilda tashkil topgan. Shahar
maydoni 75,51 km
2
ni tashkil qiladi. Aholisi hozirda 3,594,000 kishi Respublika bo’yicha 3-
o‘rinda turibdi. Shahar aholisi 15242 ming kishi, qishloq aholisi 2036,4 ming kishini tashkil
etadi. Shahar dengiz sathidan taxminan 374 metr balandlikda Qashqadaryo daryosining
qirg‘og‘ida joylashgan bo’lib, bu uning geografik o‘rnini belgilaydi. Iqlimi: kontinental iqlimga
ega bo’lib, yozlari quruq va issiq, qishlari esa sovuq va kam yog‘ingarchilik bilan tavsiflanadi.
Yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori 120-200mm atrofida bo‘lib, asosan qish va bahor
oylariga to’g’ri keladi. Tuproq va yer resurslari:shahar atrofidagi hududlar asosan cho‘l va
dashtlardan iborat bo’lib, tuproqlari qumloq va sho’rlangan.
Qashqadaryo daryosi shaharning asosiy suv manbai bo‘lib, u amudaryoning chap irmog‘i
hisoblanadi. Qarshi shahri va uning atrofidagi hududlarda cho‘l va dasht o‘simliklari keng
tarqalgan. Bu hududlarda yovvoyi hayvonlardan jayron, qulon kabi turlar uchrashi mumkin.
Shuningdek sudralib yuruvchilar va kemiruvchilar ham mavjud.
Qashqadaryoda
o‘simliklarning iqlimlashtirilishi yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi hududlarni
ko‘kalamzorlashtirishda yangi yuqori manzarabop xususiyatga ega bo’lgan daraxtlar turlarini
va butalarini ko’paytirishga imkon beradi. Shu bilan bir vaqtda, qishki va yozgi haroratlarning
keskin bo’lishi, havo nisbiy namligining past bo‘lishi bug’lanishining yuqori darajadaligi,
tuproq va gidrologik sharoitlar ko’kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladigan daraxt va buta
turlarining soni va hajmini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Haroratning mutloq
maksimumi esa (+44 +49 S) mo’tadil iqlimga moslashgan bir qancha manzarali o’simliklar
ekishni chegaralaydi. Shuningdek, yozgi havoning past nisbiy namligi (10-25%) subtropik,
namsevar o‘simlik turlarini ekishga to’sqinlik qiladi. Tuproqlarning sho’rlanganligi va sizot
suvlarining yuza joylashganligi ham o‘zining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Qarshi shahrining
iqlimiming asosiy xususiyatlari-yozda binolarning haddan ziyod isib ketishi, qishda esa sovuq
shamollar ta’sirida keskin sovib ketishidir.
Shularni inobatga olgan
holda,
ko’kalamzorlashtirishni tashkil etishda yozgi mavsumda
maydonlar bino va inshootlarni
soyalatish bilan jazirama issiqlardan muhofazalash, shuningdek kuchli shamollarni zararli
ta’sirdan himoya qilishga e’tibor qaratishimiz kerak. Qarshi shahrida soyalanish 1ga erga 350-
400 ta
daraxtlar joylashtirish bilan amalga oshiriladi. Bunga joyning relefi, gidrogeografik
tarmog’ini e’tiborga olib havoning turib qolishiga yo’l qo‘ymaslik lozim. Shaharda keng yashil
hiyobonlar ventilyatsiya yo‘laklari vazifasini bajaradi.
Inson salomatligi uchun eng mo‘tadil bo’lgan ob-havo muhiti-harorat +20 +22
O
C va
havoning nisbiy namligi 40-60% bo’lgan holda, havo toiza va azon bilan boyigan bo’lishidir.
Shaharlardagi havo avtotransport va sanoat chiqindilarining atmosferaga tarqalishi, oqibatida
ifloslanadi.
Shaharlardagi sanoat va transportning kislorodni emirishi havoning me’yoriy
tarkibini o’zgartirishi haroratning oshishiga olib keladi.
Yashil daraxtzorlar havoning sovitishning yagona vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Fotosintez
jarayonida bir gektar erdagi yashil ekinzorlar 200nafar odamning nafas olishiga etrali bo‘lgan
kislorodni ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shu bilan bir vaqtda bir soat davomida 8 kg acha
karbon kislotasi emiriladi. Shaharlarda bir nafar aholi soniga 50 m yashil ekinzorlar havoning
oqilona tarkibini ta’minlab beradi. Yoz mavsumida mikroiqlimning shakllanishiu muhim
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
484
ahamiyatga ega. Bu holat quyosh radiatsiyasining yuiqori darajaga etishi bilan bog’liq.
Ma’lumki yozning jazirama kunlari soat 12
00
dalarda havo harorati +45
o
C +50
o
C gadarajaga
etganida tuproqning ochiq quruq yuzasidagi(qum asphalt beton) shuningdek uylar tomi va janub
tomonida radiasion harorat +70 +80
o
C darajaga etishi mumkin. Quyosh insolyasiyasi vaqtida
isib ketgan bino va inshootlar quyosh botishidan keyin ham issiqlik tarqatishni davom ettiradi,
natijada havo haroratining
yuqoriligi nafas olishni qiyinlashtiradi. Shaharlarda yashil
ekinzorlarning radiasion haroratni pasaytirishda ahamiyati juda katta. Masalan; alohida turgan
soyasidagi radiasion harorat ochiq maydondagiga nisbatan 35
o
C yashil massivlarda esa 40
o
Cga
farqlanadi. Daraxtlar barglari o’ziga xos issiqlik xususiyatlariga ega. T urli daraxtlarning
barglari o’zidan xar xil darajada issiqlik nurini va quyosh spektrini yutib, qaytarib o’zidan
o’tkazishi mumkin. Masalan; yosh emanzor quyosh radiasiyasining 96,8%ni qarag’ayzor 96%
archa terak va emanlar aralash o’rmon esa 97-98% nurlarni ushlab qoladi. Daraxtlarning
termohimoyalash funksiyasi shu bilan belgilanadi. Asfalt va binolardevorlarini to’sadigan,
baland bo’yli qalin gorizontal birikib o’sgan, pastki qismidan shamol yuradigan yashil
ekinlar(daraxtlar) issiqdan yaxshi himoyalaydi. Quyosh nuri ta’sirida o’simlik barglari isib
ketadi. Soyadagi burglar harorati atrof-muhit haroratidan past bo’ladi., chunki ularda(barg
plastinkalarida,yaproqlarda) bug’lanish darajasi yuqori. Misol uchun katta yoshdagi daraxt
barglari sathi bir kunda 300litrgacha suvni bug’lantirishi mumkin.jadal bug’lanish jarayoni
natijasida daraxt yuzasida va atrofida sovutish effekti yuzaga keladi. Yaproq bargli daraxt turlari
(Eman, jo’ka, catalpa) ning suvni bug’lantirish xususiyatlari yuqori, och tusli jimjimador bargli
daraxtlar esa (gledichiya,jiydava.b )suvni kamroq bug’lantiradi.
Daraxt va butalar havoning namlik darajasini oshirib, inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Havo namligining 15%ga oshishi haroratning 3,5
o
C gacha pasayishini ta’minlaydi. Daraxtlarning
bug’lantirish hajmining satxining hajmi, ular egallagan maydon yuzasidan 20 barobar ortiq
bo’ladi. 1-gektar maydondagi o’rmondan o’suv davri davomida 3mln kgcha namlik bug’lanadi.
Yilning quruq mavsumida yashil ekinzorlar orasida havoning namligi ochiq maydondagiga
nisbatan 4-7% yuqori bo’ladi; namgarchilik mavsumida esa – namlik darajasi pasayadi, chunki
havo quruqlashganida barglarda bug’latish kuchayadi, va aksincha nam havoda burglar suvni
o’ziga tortib oladi.
Daraxtzorlarni
havoning tarkibi va tozaligiga ta’siri. Ma’lumki, daraxt va butalar
havodagi karbonot angidridni oladi va havoni kislorod bilan boyitadi. 1gektar yashil ekinzor
maydoni bir soat mobaynida havodan 8-kg karbonot angidridini o’zlashtiradi. Xuddi shu
hajmdagi karbonot angidrid gazini 200ta odam o’pkasi nafas olish jarayonida ajratib chiqaradi.
Boshqacha aytganda, shaharda 1ta inson nafas olishi uchun zarur bo’lgan mo’tadil havo
tarkibini 50m
O
maydondagi yashil ekinzorlar taminlab beradi. Lekin atmosferada karbonot
angidridning aksariyat qismi tarqalib ketadi va ko’p bo’lmagan qismigina yashil ekinzorlar
tomonidan o’zlashtiriladi. Daraxt va buta turlarining gaz havo almashinuvidagi roli bir xil
emas. Agar oddiy archa daraxtining havoni tozalash samarasini 100% deb olsak, unda
qarag’ay 164% , emanda 450% ni tashkil qiladi.
Sanoatning rivojlanib borishi va jamlanishi avtomobillar sonining ko’payishihavoda zararli
tutunlar va gazlarning meyordan ortib ketishiga sabab bo’ladi. Yong’in yonishidan hosil
bo’ladigan tutunning tarkibiy qismi- kul va oltingugurt gazi bo’lib, keyinchalik bu gaz-H
2
SO
4
ga
aylanadi. Oltingugurt gazi va H
2
SO
4
va aerozoli yoki havodagi mayda zarrachalari ko’zning
shilliq pardasi va nafas yo’lini zaxarlaydi. Oltingugurt gazi o’simliklarga salbiy ta’sir
ko’rsatadi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
485
Atmosfera havosi yoqilg’ining to’liq yonmagan chiqitlari-kukun uglevodorod birikmalari
bilan ham ifloslanadi. Insonning nafas olish yo’llarida havo tarkibida aralashmaning 13 dan
48% gacha bo’lgan qismi ushlanib qoladi. Zaharli moddalarning qolgan qismi insonning ichki
organlariga o’tib, organizmlarning zaharlanishiga olib keladi. Shamol esganida havo oqimi
ta’sirida shahar atmosferasi tozalanadi. Lekin, shaharlarning atrof muhitga bo’lgan zararli
ta’sirini kamaytirish vazifasini ko’kalamzorlashtirilgan hududlar va o‘rmon hiyobonlari bajaradi.
Qarshi shaharning
aholi yashash joylarida yoz mavsumida
havoning yuqori darajada
changlanishi kuzatiladi. Bunga sabab -sariq, qumoq tuproqlarning o’ziga xos fizik xossalari
hamda vohalarni qamrab turuvchi qumliklarda esadigan garmsel shamollarining ta’siridir.
Yashil ekinzorlar shahar ko’chalarining havo almashinuvini yaxshilaydi va uni tozalashga
imkon yaratadi.
1-jadval
Daraxtlarning changni ushlab qolish ko’rsatkichlari
Daraxtlar
kg
1
Qayrag’och
23
2
Oq tol
38
3
Kashtan
16
4
O’tkir bargli zarang
28
5
Shumtol bargli zarang
33
6
Turkiston teragi
13
7
Oq tut
31
8
Yashil shumtol
30
9
Oddiy shumtol
27
10 Oqterak
25
To’liq ko’kalamzorlashtirish natijasida havo changdan deyarli batamom tozalanadi.. Bunda
o’simliklardan ajralib chiqadigan
fitonsidlar havodagi
zararli mikroblarni 40-505 ga
kamaytiradi.
Ekinzorlarning tuzilishi, kengligi balandligi va daraxt turlari tarkibi ushbu ko’rsatkichlarga
chambarchas bog’liq. Yiorik shoh shabbali, tuklangan ajinsimon, g’adir-budir notekis bargli
daraxt turlari(eman, qayrag’och, tut qora yong’oq, oq terak, chinor, mayda bargli jiyda, zirk,
katalpa, sovun daraxti, karkas va boshq)
Havodagi changni yaxshi ushlaydi. Xuddi shular zaharli kimyoviy birikmalarni, ayniqsa
karbonot angidridni tortib olib o’zlashtiradi.
Qarshi iqlimi quruq, issiq yoz va sovuq qish fasllariga ega bo’lib, yarim cho’l iqlim zonasiga
kiradi. Ushbu hududga mos keladigan chang ushlovchi shamolga bardoshli va changni yutuvchi
daraxtlar quyidagialar:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
486
2-jadval
Qarshi shahridagi ekiladigan daraxtlarning xususiyatlari
Daraxt nomi
Bo’yi (m)
Eni
(sm)
Havoni tozalash xususiyati
To’liq o’sish
yili
Chinor
(platanus
orient alis)
20-30
40-50
Chang va zararli gazlarni
yaxshi yutadi
30-50 yil
Qarag‘ay(pinus)
10-30
5-10
Co 2 va zararli gazlarni
filtrlaydi
20-40yil
Akatsiya(robinia
pseu doacacia)
10-20
5-10
Changni
ushlaydi
havoni
kislorod bilan boyitadi
15-25yil
Archa (juni perus)
5-15
3-8
Chang va zararli moddalarni
yutadi
20-50yil
Terak (populus)
15-30
5-10
Havoni
yaxshi
filtrlash
xususiyatiga ega.
10-20yil
Ziravorlar
daraxti(Elaeagnus
angustifolia)
5-10
3-5
Chang va og’ir metallarni
yutadi
10-20yil
Yong‘oq (juglanes
regia)
10-25
10-15
Chang va toksik moddalarni
tozalaydi
30-50 yil
Sofora (sophora)
10-20
5-8
Havoni tozalash va shahar
muhitiga tez moslashgan
20-40yil
Tut (morus alba)
20-30
10-20
Chang va og’ir metallarni
ionlarini yutadi
30-50yil
Tez o‘suvchi va havoni tozalovchi daraxtlar : Terak, akatsiya, chinor
Shamol va changdan himoya qiluvchi daraxtlar: Qarag’ay, archa, yong‘oq
Suv tanqis joylarga mos daraxtlar : Akatsiya, archa ,ziravorlar daraxti
3-jadval
Daraxtlarning o’sish, gullash, va shoh tuzilishi
Daraxt nomi
Gullash vaqti
Gular soni va uzunligi
Shoh tuzilishi
Chinor
(platanus
orientalis)
Aprel-may
Mayda ko’p miqdorda,
uzunligi 1-2 sm
Yirik keng shohli,
soyali daraxt
Qarag’ay (pinuss)
Aprel-iyun
Changchi gulchanglar, 5-
6sm
To’g’ri konussimon
va keng shihlanadi
Akatsiya(robinia
pseudo acacia)
May-iyun
Xush bo’y oq gular,
uzunligi 10-20sm
Gumbazsimon, keng
tarqalgan shohlar
Archa (Juniperus)
Mart-aprel
Gullari mayda, 2-3m,m Gorizontal
yoki
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
487
meva konuslari bor
konussimon
shohlanish
Terak(populus)
Aprel-may
Sarg’ish- yashil, 5-10sm
uzunlikda
Tez
o’sadigan,
bo’ylab
tarvaqaylagan shihlar
Ziravorlar
daraxti(Elaeagnus
angusti folia)
May-iyun
Mayda -sarg’ish gular,
uzunligi 1-sm
Yoyilgan
zich
shohlangan
Yong’oq(juglans
regia)
Aprel-may
Erkak gulchanglari 10-
15sm,
urg’ochi
gular
mayda
Kuchli
keng
tarvaqaylagan shohlar
Tut (morus alba)
Aprel-may
Oq Pushti gular, uzunligi
1-2sm
Keng shohli soyali
daraxt
Sofora(sophora)
Iyul-avgust
Oq-sarg’ish
gular,
uzunligi 10-30sm
Gumbazsimon keng
shohlangan
Gullari ko’p va xushbo’y daraxtlar: Akatsiya, safora, ziravorlar daraxti;
Changni yaxshi ushlaydigan keng shohli daraxtlar: Chinor, yong’oq, tut,tez o’suvchi va
shamolga chidamli daraxtlar: terak, akatsiya ,qarag’ay,nina barglilar yaproq bargi daraxtlarga
nisbatan changni ko’proq ushlab qoladi. Kuz qorsiz qish va erta bahorda, aholi turar joylarida
chang ko’p
to’planganida
ninabarglilarning ahamiyati katta, chunki bu vaqtda bargli
daraxtlarning yaproqlari bo’lmaydi.
Baland o’suvchi eman, sofora, aylant, qayrag’och, shumtol daraxtlari katta barg sathiga ega
bo’lganligi uchun, ulardan tuzilgan yashil massivlar atmosferani transport sanoat chiqitlari va
changlaridan yaxshi himoya qiladi.
O’simliklar barglari yuzasida to’plangan chang tarkibida
quyidagi og’ir metallar
va
mikroelementlarning zarrachalari bo’ladi; qo’rg’oshin, temir, titan, mis, rux, nikel, kobalt,
marganes va boshq. Yirik korxonalar atrofida tarqalgan changlar tarkibida(kul hajmidan)
37,9% temir, 15,3% alyuminiy, 2,7% mis, 0,9% titan, 0,8% marganes va 0,2% qo’rg’oshin
moddalari mavjud.
Atmosfera va tuproqning og’ir metallar qoldiqlari bilan zararlanishi
oqibatida, ularning o’simliklarda to’planishi kuzatiladi, chunki o’simlik barglari poyalari va
ildizlari ushbu moddalarni o’zida jamlash xususiyatiga ega.Og’ir metallar va mikroelementlarni
yaxshi o’zlashtiruvchi daraxtlar ninabarglilar hisoblanadi. (archa qarag’ay mojjevelnik). Bular
havo tarkibining zaharlanishini belgilab beruvchi indikatoralr vazifasini bajaradi, chunki ular
tanasida nekrozlar paydo bo’lishi hamda ninalari to’kilishi havoda haddan ziyod zaharli
aralashmalar borligidan dalolat beradi.
Shaharlarda sanoat korxonalari va transport vositalari faoliyati natijasida vujudag
keladigan shovqin aholi salomatligiga katta zarar etkazadi Shahrlar shovqini komunnal-
kundalik ishlab chiqarish vositalaridan, shuningdek transportlar harakatlanishdan kelib chiqadi.
Yil sayin shovqinlar ta’siri kuchayib bormoqda. Baland va uzoq davomli shovqinlar inson asab
tizimiga ta’sir ko’rsatib, uni asabiy va injiq qilib qo’yadi. Shovqinlar ta’sirida odamning nafas
olishi va yurak urishi jadallashadi, qon bosimi oshadi. Sanitariya talablariga ko’ra, yo’l
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
488
qo’yiladigan shovqin yig’indisi 40 desiballga teng. Oxirgi 30-40 yil Ichida shahar shovqini
sanitariya meyoridan 4-5 barobarga oshib ketgan. Shahar shovqini bilan samarali kurashishda
qalin vertical holatda birlashgan daraxt qatorlari yordam beradi. Bargli daraxt turlari
shovqinning 25% ini yutib, 75% ini qaytaradi, chunki ular ekran singari tovush to’lqinlarini
to’sadi. Shovqinlar ta’sirini kamaytiradigan
daraxtzorlarning kengligi 10-metrdan kam
bo’lmasligi va unda bir nechta qalin daraxt qatorlari
joylashishi kerak. Mayda bargli
daraxtlardan foydalanish yaxshi samara beradi( masalan mayda bargli jo’ka, mayda bargli
qayrag’och )
Daraxt va butalarning fitonsidlik xususiyatlarini hisobga olmasdan ularning
sog’lomlashtirish funksiyasini to’la tasavvur etib bo’lmaydi. O’simliklar o’zidan organik
birikmalar chiqaradi, ular zararli mikroorganizmlarni yo’qotib atrof-muhitga va inson
organozmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shahar havosi tarkibida ochiq daladagiga nisbatan ko’p
miqdorda kasallik tarqatuvchi mikroblar mavjud.Hiyobon va istirohat
bog’larida
ko’chalardagiga nisbatan bakteriyalar miqdori kam bo’ladi.
Uchib yuruvchi fitonsidlar
fraksiyalarining mikroorganizmlarga ta’siri o’simliklar tur tarkibiga chambarchas bog’liqdir.
Masalan qarag’ay o’rmonlarida
1m
3
havo tarkibida bakteriyalar soni 170 ta, qayinzorda 1806 ta,
aralash o’rmonda (ninabargli va yaproqbargli) 1400 tani tashkil etadi.O’simliklardan ajralib
chiqayotgan fitonsid moddalar hajmi nihoyatda ko’p bo’lishi mumkin. Ninabargli o’rmonning
1ga yer maydonida 1sutka davomida 4 kg fionsidlik xususiyatiga ega organik moddalar
atmosferaga chiqariladi, 1ga yaproq bargli o’rmondan esa 2 kg modda ajraladi. O’simliklar
ta’sirida sutka davomida havodagi mikroblar soni ikki martadan ko’proq hajmga qisqaradi.
Masalan
tuya
va
biota
daraxtlari
mikroblar
miqdorini
67%
ga
kamaytiradi.Ko’kalamzorlashtirish ishlari rejalashtirilganda daraxt va o’simliklarning fitonsidlik
xususiyatlariga ham alohida e’tibor qaratish lozim.
Fitonsidalr o’simlik immunitetining
omillaridan biri sifatida biogeotsenozlarni tashkil etuvchi organizmlar o’ratsidagi o’zaro aloqada
muhim rol o’ynaydi. 1gektar (ga) qarag’ay o’rmoni uchun bir kunda atmosferaga taxminan 5kg
uchuvchi fitonsidlar , 1ga archa o’rmoni uchun bir kunda atmosferaga taxminan 30kg ajralib
chiqadi, bu esa havodagi mikrofloraning sonini kamaytiradi. Shuning uchun ignabargli
o’rmonlarda, xususan yosh qarag’ay o’rmonlarida (kenglikdan va aholi punktlarining
yaqinligidan qa’ti nazar) havo amalda toza bo’lib, har kub metr atigi 200-300 bakteriya
hujayralarini o’z ichiga oladi. Bir turdagi o’simliklar boshqa turdagi o’simliklarning unib
chiqishi, o’sishi va rivojlanishiga to’sqinlik qilishi yoki rag’batlantirishi mumkinligi aniqlangan.
Masalan, bug’doy o’ti va jo’xori fitonsidlari bedaning unib chiqishini rag’batlantiradi.
Ekologik barqarorlikni ta’minlash: Fitonsidlar o’rmon ekosistemasida biologiK xilma-xillikni
saqlashga yordam beradi.
Ular o’rmonlarning tabiatda
o’zgaruvchan sharoitlarga
moslashuvchanligini oshiradi va bu o’zgarishlarga qarshi kurashishda muhim rol o’ynaydi.
O’rmon o’simliklari tomonidan chiqarilgan fitonsidlar o’rmonning salomatligini ta’minlaydi va
uning ekologik barqarorligini oshiradi, chunki ular patogenlarning tarqalishini cheklaydi va
o’simliklarning o’zini ximoya qilish imkoniyatlarini oshiradi. Fitonsidlar o’simliklarning ishlab
chiqaradigan tabiiy kimyoviy moddalar bo’lib, ular antibacterial, antifungal , antivirals va
immunitetni kuchaytiruvchi xususiyatlarga ega. Fitonsidlar atrof muhitni himoya qilishda, inson
salomatligini yaxshilashda va tabiiy antiseptic sifatida ishlatilishi muhim ahamiyatga ega.Ular
oziq-ovqat, farmasevtika va ekologik sanoatlarda ham katta rol o’ynaydi.
Xulosa.
Qarshi shaharni ko‘kalamzorlashtirish faqatgina shahrni obodonlashtirish emas, balki
sog‘lom, toza barqaror hayot tarzini ta’minlashga qaratilgan muhim chora-tadbirdir. Yashil infra
tuzilmaga sarmoya kiritish va ekologik ma’suliyat madaniyatini shakllantirish orqali Qarshini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
489
yanada yashil, ekologik toza va insonlar uchun qulay shaharga aylantirish mumkin. Bu nafaqat
hozirgi avlod, balki kelajak avlodlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
A.Q. Qayimov Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish
2.
Xo’janazarov O’. E, Mirsovurov M, Norboyeva .T Ekologiya va barqaror taraqqiyot
ta’limi- Toshkent Navro’z
3.
Yoziyev L.H, Samatova sh .A. Manzarali o‘simliklar /Darslik/- Qarshi fan va ta’lim
nashri 2023-354-bet
4.
L.X. Yoziyev, V.P Pechenishin, S.X Abdinazarov, M.D. Turg’unov O’zbekiston
shaharlarini ko’kalamzorlashtirish Toshkent 2020-161-bet
5.
Kolesnikov A.I. Dekorativnaya dendrologiya kiyev 1974-120 c