ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
466
NEMIS TILIDA OTLARNING GRAMMATIKASI VA SEMANTIKASI: MORFOLOGIK
TAHLIL
Ibodullayev Bekzod Olimjon o‘g‘li
Turon universiteti magistranti
ibodullayevbekzod010@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada nemis tilidagi otlarning grammatik va semantik xususiyatlari
morfologik tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda otlarning rod, son, kelishik kategoriyalari
hamda semantik tasnifi tahlil qilinadi. Nemis tilining grammatik tizimidagi otlarning roli,
ularning morfologik o‘zgarishlari va semantik funksiyasi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari nemis
tilini o‘rganayotgan talabalar va tarjimonlar uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar:
nemis tili, otlar grammatikasi, morfologiya, semantika, otlarning rodi, kelishiklar
tizimi.
Kirish
Nemis tili grammatikasi o‘zining murakkab va tartibli tuzilishi bilan boshqa Yevropa tillari
orasida ajralib turadi. Ayniqsa, otlarning grammatik va semantik xususiyatlari nemis tilining
asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, til tizimining aniqligi va izchilligini ta’minlashda muhim
rol o‘ynaydi. Nemis tilida otlar mustaqil so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos grammatik
xususiyatlarga ega bo‘lib, ular rod (jins), son (birlik va ko‘plik) va kelishik (Nominativ, Genitiv,
Dativ, Akkuzativ) kabi kategoriyalar orqali tavsiflanadi. Ushbu grammatik kategoriyalar
otlarning gapdagi vazifasini, sintaktik bog‘lanishlarini va ma’no aloqalarini ifodalashda asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
Nemis tilidagi otlar faqat grammatik jihatdan emas, balki semantik (ma’no) nuqtayi nazardan
ham tahlil qilinishi muhim. Otlarning semantik tasnifi ularning qanday ma’nolarni ifodalashini,
mavhum yoki aniq tushunchalarni anglata olishini aniqlashga yordam beradi. Masalan, “der
Tisch” (stol) konkret predmetni bildirsa, “die Freiheit” (erkinlik) mavhum tushuncha hisoblanadi.
Bunday semantik tahlil tarjima jarayonida va til o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi, chunki
har bir tilning o‘z semantik jihatlari bor.
Maqolaning asosiy maqsadi nemis tilidagi otlarning grammatik va semantik xususiyatlarini
morfologik tahlil asosida o‘rganishdan iborat. Tadqiqot davomida otlarning morfologik
o‘zgarishlari, ularning gap ichidagi roli hamda semantik funksiyalari chuqur tahlil qilinadi. Shu
bilan birga, nemis tilining grammatik tizimidagi otlarning o‘rni, ularning morfologik shakllanishi
va bu shakllarning ma’no ifodalashdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi.
Nemis tilidagi otlarning grammatik kategoriyalarini to‘g‘ri tushunish va ularning semantik
xususiyatlarini anglash tilni mukammal egallash va tarjima jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi va
ko‘zlangan maqsadlarga erishish imkonini beradi.
Adabiyotlar tahlili va metodlar
Adabiyotlar tahlili
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
467
Nemis tilshunosligida otlarning morfologik tahlili masalasi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan
o‘rganilgan. Xususan, V. Fleksner (2008), H. Buske (2015) va K. Eisenberg (2018) kabi olimlar
nemis tilidagi otlarning rod kategoriyasi, son va kelishik tizimi haqida ilmiy tadqiqotlar olib
borgan.
Metodlar
Ushbu maqolada morfologik tahlil usuli qo‘llanilib, nemis tilidagi otlarning:
Rod (der, die, das)
Son (birlik va ko‘plik)
Kelishiklar (Nominativ, Genitiv, Dativ, Akkuzativ)
Semantik tasnifi (konkret va abstrakt otlar) tahlil qilinadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1. Otlarning rod kategoriyasi
Nemis tilida otlarning rodini (jinsini) aniqlash grammatik jihatdan muhim bo‘lib, u otlarning
sintaktik va morfologik shakllanishiga ta’sir qiladi. Nemis tilida otlar uchta jins kategoriyasiga
bo‘linadi: erkak jins (mujskoy rod.) der, ayol jins (jenskiy rod) die va o‘rta jins (sredniy rod) das.
Otlarning rodi ularning ma’nosi, kelib chiqishi va morfologik tuzilishiga bog‘liq bo‘lsa-da, har
doim ham qat’iy qoidalar asosida aniqlanmaydi. Shu sababli, nemis tilini o‘rganayotgan talabalar
uchun otlarning rodini yodlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Otlarning rodi quyidagi omillar asosida belgilanadi:
Ma’no jihatdan:
Erkak jinsiga oid shaxslarni bildiruvchi otlar odatda mujskoy rodga mansub bo‘ladi. Masalan:
der Mann (erkak)
der Vater (ota)
der Lehrer (o‘qituvchi)
Ayol jinsiga oid shaxslarni bildiruvchi otlar jenskiy rodga mansub:
die Frau (ayol)
die Mutter (ona)
die Lehrerin (o‘qituvchi – ayol)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
468
Inson bolasi va hayvon bolalarini ifodalovchi otlar asosan sredniy rodga kiradi:
das Kind (bola)
das Lamm (qo‘zichoq)
das Kätzchen (mushukcha)
Morfologik jihatdan:
Muayyan qo‘shimchalar bilan tugaydigan otlar odatda ma’lum bir jinsga ega bo‘ladi. Masalan:
-heit, -keit, -ung
qo‘shimchalari bilan tugaydigan otlar jenskiy rodga mansub:
die Frei
heit
(erkinlik)
die Freundlich
keit
(samimiylik, do‘stonalik)
die Zeit
ung
(gazeta)
-chen, -lein
qo‘shimchalari bilan tugaydigan otlar sredniy rodga mansub:
das Mäd
chen
(qiz bola)
das Fräu
lein
(yosh xonim)
-er, -el, -en
qo‘shimchalari bilan tugaydigan ko‘plab otlar mujskoy rodga tegishli:
der Lehr
er
(o‘qituvchi)
der Apf
el
(olma)
der Wag
en
(mashina)
Otlarning jinsini aniqlash grammatik muammolardan biri bo‘lib, barcha otlarni qat’iy qoidalarga
asoslanib aniqlash qiyin. Shuning uchun nemis tilini o‘rganishda otlarning jinsini o‘zlashtirishga
alohida e’tibor berish lozim.
2. Son va kelishik tizimi
Nemis tilidagi otlar ikki son kategoriyasiga ega: birlik (Singular) va ko‘plik (Plural). Otlarning
ko‘plik shakli turli affikslar yordamida hosil qilinadi va bunda qat’iy umumiy qoida yo‘q.
Quyidagi asosiy ko‘plik shakllanish usullari mavjud:
-e
qo‘shimchasi:
der Hund – die Hund
e
(it – itlar)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
469
der Tisch – die Tisch
e
(stol – stollar)
-er
qo‘shimchasi (sredniy rod otlari uchun):
das Kind – die Kind
er
(bola – bolalar)
das Bild – die Bild
er
(rasm – rasmlar)
-n
yoki
-en
qo‘shimchasi (ko‘pincha ženšino rod otlari uchun):
die Blume – die Blume
n
(gul – gullar)
die Frau – die Frau
en
(ayol – ayollar)
-s
qo‘shimchasi (inglizcha kelib chiqishga ega yoki qisqa otlar uchun):
das Auto – die Auto
s
(mashina – mashinalar)
das Hotel – die Hotel
s
(mehmonxona–mehmonxonalar)
O‘zgarishsiz qoluvchi otlar:
der Lehrer – die Lehrer (o‘qituvchi – o‘qituvchilar)
das Fenster – die Fenster (deraza – derazalar)
Kelishik tizimi
Nemis tilida to‘rtta kelishik mavjud:
1. Nominativ (
Kim? Nima?)
M:
Der Mann
liest ein Buch. (
Erkak
kitob o‘qiyapti.)
2. Genitiv (
Kimning? Nimaning?)
M: Das Buch
des Mannes
ist interessant. (
Erkakning
kitobi qiziqarli.)
3. Dativ (
Kimga? Nimaga?)
M: Ich gebe
dem Mann
ein Buch. (Men
erkakka
kitob beraman.)
4. Akkuzativ (
Kimni? Nimani?)
M: Ich sehe
den Mann
. (Men
erkakni
ko‘ryapman.)
Har bir kelishikda artikl va otlarning o‘zgarishi kuzatiladi, bu esa nemis tilining sintaktik
tuzilishida muhim rol o‘ynaydi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
470
3. Semantik tahlil
Nemis tilidagi otlarning semantik xususiyatlarini tahlil qilish ularning turli grammatik
kontekstlardagi rolini tushunishga yordam beradi. Otlar semantik jihatdan ikki asosiy guruhga
bo‘linadi:
1. Konkret otlar – moddiy jismlarni ifodalaydi va sezgilar orqali idrok etiladi. Masalan:
der Tisch (stol)
die Blume (gul)
das Auto (mashina)
2. Abstrakt otlar – moddiy bo‘lmagan tushunchalarni ifodalaydi, ko‘pincha hissiyotlar, holatlar
yoki fikrlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan:
die Liebe (sevgi)
die Freiheit (erkinlik)
das Glück (baxt)
Bundan tashqari, ba’zi otlar turli ma’nolarni ifodalashi mumkin. Masalan:
das Band – lenta, lekin die Band – mo‘siqiy guruh.
der Leiter – rahbar, lekin die Leiter – narvon.
Bunday semantik xususiyatlar tarjima jarayonida qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shu sababli,
tarjimonlar va til o‘rganayotgan talabalar bu farqlarni chuqur o‘rganishlari zarur.
Nemis tilidagi otlarning grammatik va semantik tahlili ularning gap ichidagi rolini to‘g‘ri
tushunish uchun muhimdir. Rod, son va kelishik kategoriyalarini chuqur o‘rganish til
o‘rganuvchilarga aniq va ravon nutq shakllantirishga yordam beradi. Semantik tahlil esa tarjima
jarayonlarida noaniqliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Shu sababli, nemis tilini mukammal
o‘rganish uchun otlarning grammatik va semantik xususiyatlarini tizimli ravishda o‘zlashtirish
zarur.
Xulosa
Tadqiqot davomida nemis tilidagi otlarning rod kategoriyasi murakkabligi qayd etildi. Otlarning
rodi qat’iy qoidalarga asoslanmagan bo‘lib, ko‘pincha morfologik va semantik omillarga bog‘liq.
Bu holat til o‘rganuvchilar uchun qiyinchilik tug‘dirsa-da, ma’lum qoida va xususiyatlarni
o‘rganish orqali bu masalani osonlashtirish mumkin. Otlarning son kategoriyasi ham turli
morfologik o‘zgarishlarga ega bo‘lib, ularning ko‘plik shakli yagona qoida asosida emas, balki
turli affikslar yordamida hosil bo‘ladi. Tadqiqot davomida aniqlanganidek, otlarning kelishik
tizimi esa nemis tilidagi gap qurilishining muhim qismi hisoblanadi. Nominativ, genitiv, dativ va
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
471
akkuzativ kelishiklarining to‘g‘ri qo‘llanilishi gap tuzishda juda katta ahamiyat kasb etadi, shu
sababli ularni o‘zlashtirish til o‘rganuvchilar uchun muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Otlarning semantik tahlili, ya’ni ularning konkret va abstrakt otlarga bo‘linishi, tarjima
jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Konkret otlar moddiy ob’ektlarni bildirsa, abstrakt otlar esa
hissiyot, tushuncha va jarayonlarni ifodalaydi. Bu tasnif ayniqsa tarjimonlar uchun ahamiyatli
hisoblanadi.
Bundan tashqari, nemis tilidagi otlarning omonimiya va sinonimiya hodisalari ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Ayrim so‘zlar turli ma’nolarga ega bo‘lib, til o‘rganayotgan shaxslar uchun
otlarning semantik xususiyatlarini chuqur o‘rganishni talab etadi.
Nemis tilidagi otlarning grammatik va semantik jihatlarini morfologik tahlil asosida o‘rganish
ushbu tilni o‘zlashtirish jarayonida katta ahamiyatga ega. Rod, son va kelishik tizimlarini
mukammal o‘rganish talabalar va tarjimonlarga nemis tilidagi matnlarni aniq tushunish va to‘g‘ri
tarjima qilish imkonini beradi. Shuningdek, otlarning semantik tasnifi mavhum va moddiy
tushunchalarni farqlashga yordam beradi, bu esa nutqning to‘g‘ri shakllanishi va tarjima
jarayonining aniqligini ta’minlaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Saidov S. Nemis tili grammatikasi mashqlarda. Toshkent: O‘zbekiston, 2003, 400 b.
2. Kuvanova Sh.O. Nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma. Toshkent: Navro‘z, 2012, 512 b.
3. Ismoilov Y., Karimov Sh. Nemischa-o‘zbekcha, o‘zbekcha-nemischa lug‘at. Toshkent:
Akademnashr, 2022, 768 b.
4. Abdullayev A.B. Nemis tili. Deutsch. Toshkent: Aloqachi, 2009, 320 b.