ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
455
HASANXOJA NISORIY LIRIK MEROSIDA TA’RIX ILMINING O‘RNI
Muxammadova Maxbuba Mo‘minovna
Buxoro davlat universiteti doktoranti,
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti
mahbuba93muhammadova@mail.com)
Anotatsiya:
Ushbu maqolada Hasanxoja Nisoriy lirik merosi va unda tarix ilmining o‘rni chuqur
g’oyaviy-badiiy tahlil qilingan. Muallifning tarixnavislikdagi mahorati va “Muzakkir”da
keltirilgan boshqa ijodkorlar qalamiga mansub lirik namunalar qiyoslangan.
Kalit so‘zlar:
Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, tarix ilmi, abjad, jumal,ta’miya, sarih
Kirish.
Tafakkuriy estetikaning tadriji, badiiy adabiyotning rivojlanishi bilan ta’rix ilmiga
ham qiziqish ortib bordi. Bu ilmning rivojlanishida Atoulloh Husayniy, Ahmad Taroziy, Alisher
Navoiy, Binoiy, Mutribiy, Davlatshoh Samarqandiy, Shayboniyxon, Aziziy, Husomiy Qalandar,
Muiniddin Javonmardali, Faxriddin Ali, Fardiy, Ayniy,Mirak Husayn Buxoriy, Abdiy, Mavlono
Abdusamad, Karimbek Kamiy, zamonaviy adabiyotda Anisiy, Habibiy, Ulfat, Chustiy,
G’.G’ulomlar o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” tazkirasida Muhammad Shayboniyxon,
Mavlono
Faxriddin Ali, Fardiy, shayx Zaynuddin, Muhammad Mazid, Mir Ali kotib, Ayniy, Mirak
Husayn Buxoriy, Mavlono Shaydo, Mavlono Abdusamad, Jamoliddin Qosim, Muhammad
Munshiy, Mavlono Kamoliddin, Qozi A’ziddin Kasbiy, shayx Sharifiy, Mir Mufti, Qosim Kohiy
singari ijod ahlini ta’rix yozishda benazir shaxslar sifatida e’tirof etadi.
Muhokama.
“Muzakkiri ahbob” tazkirasining turli o‘rinlarida ta’rix san’ati bilan
ziynatlangan 40 ta she’riy va nasriy namuna keltirilgan.Shulardan 6 tasi
Hasanxoja Nisoriy
qalamiga mansub.
Jumladan, muallif tazkira davomida
“Muzakkiri ahbob” asarining yozilish
ta’rixini,
bir qarindoshining o‘limi ta’rixini, Shayboniyxon va Humoyun Mirzolarning vafoti,
Shayx Azizon hazratlarining hamda Abdulazizxon tomonidan qurdirilgan Bahouddin Naqshband
xojai buzrukvorning xonaqosi ta’rixini mahorat bilan bitgan. Shundan kelib chiqib biz Nisoriy
qalamiga mansub ta’rixlarni mavzu jihatdan 3 ga bo‘lamiz: 1) kishi vafoti bilan bog’liq ta’rixlar;
2) bino, inshoot qurilishi bilan bog’liq ta’rixlar; 3) ma’lum bir asarning yozilish sanasi bilan
bog’liq ta’rixlar; Ushbu ta’rixlarning 2 tasi ta’miya (berkitilgan, yashirin), 2 tasi ham ta’miya
ham sarih (ochiq, ravshan) usulida berilgan.
Shoir
“Muzakkiri ahbob”
tazkirasining muqaddimasida o‘z asarining yozilish ta’rixini
quyidagicha ko‘rsatadi:
Chun dar in tazkira zaboni qalam
Zikri ahbob kard az har bob.
Nomu torixi soli itmomash
Gasht az on ro‘
“Muzakkiri ahbob”.
[2;14]
(Mazmuni: Bu tazkiraning har bobida ahbob zikri bo‘lgani uchun uning nomi va yozilish ta’rixi
“Muzakkiri ahbob” deb topilgan.)
Baytdagi ta’rix moddasi “muzakkiri ahbob” so‘zi bo‘lib, abjad hisobi bo‘yicha :
ﻢ - 40
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
456
ﺯ - 700
ﻜ - 20
ﺭ - 200
ﺍ - 1
ﺡ - 8
ﺏ - 2
ﺍ - 1
ﺏ - 2 qiymatini beradi.Qiymatlar yig’indisi (40+700+20+200+1+8+2+1+2
꞊
974) ya’ni jumal
974 (hijriy) soniga teng. 974 sonini milodiy yilga aylatirganimizda asarning 1566-yilda yozilgani
ma’lum bo‘ladi.Ushbu ta’rix ta’miya usulida bitilgan bo‘lib, unda asarning yozilgan sanasi
“muzakkiri ahbob” so‘zi ostida yashiringan. Mazkur bayt ta’miya ta’rixning
komil ul-a’dod
(to‘la adadli) shaklida ifodalangan. Unga ko‘ra, ta’rix jumali shoir istaganidek sana bo‘lib,
moddadan biror narsa chiqarib tashlanmaydi (isqot) va qo‘shilmaydi (idxol). Shunisi diqqatga
sazovorki, asar nomining (“muzakkiri ahbob”) uning ta’rixi sifatida ifodalanishi mumtoz
adabiyotimizda kamdan-kam uchraydigan hodisa bo‘lib,bu ijodkordan o‘tkir zehn va yuksak
badiiy saviya talab etishi bilan bir qatorda shoir poetik mahoratining naqadar teranligini ham
ko‘rsatadi.
Hasanxoja Nisoriyning Boburiy podshohlardan bo‘lmish Humoyun Mirzo vafotiga atab
yozilgan ta’rixi;
Humoyun podshoh o‘ftod az bom,
Bataqribi azoni shom o‘ftod.
Chu pursidand ta’rixash biguftam,
“Humoyun podshoh az bom o‘ftod”.
[2;58]
(Mazmuni:Humoyun podshoh tomdan yiqildi, shom azonini eshitaman deb yiqildi.Ta’rixini
so‘rashganda dedim:Humoyun podshoh tomdan yiqildi.)
Mirzo Humoyun vafoti darj etilgan ta’rix tazkirada nomi tilga olingan Qosim Kohiy ijodida
ham uchraydi.E’tiborli jihati shundaki har ikkala ijodkorning ta’rixidagi moddalar bir xil.Ya’ni
oxirgi “
Humoyun podshoh az bom o‘ftod”
misrasi to‘laligicha ta’rix moddasi sanaladi.
Humoyun, podshohi on mulki ma’ni,
Nadorad kas chu u shahanshohe yod.
Zi bomi qasri xud o‘ftod nogah,
Va z-on umri azizash raft bar bod.
Pai tarixi u gohe raqam zad,
“Humoyun podshoh az bom o‘ftod ”
(962)
Bundan anglashiladiki, ba’zan shoirlar ijodida xuddi shunday adabiy o‘xshashliklar ham
uchrab turadi. “Muzakkiri ahbob” tazkirasida boshqa ijodkorlar qalamiga mansub 34 ta ta’rix
keltirilgan. Hasanxoja Nisoriy o‘tkir zehn egasi sifatida hatto bu usuldagi bahsli munozaralarni
ham nazardan chetda qoldirmagan. Jumladan tazkira II bobining I faslida Mavlono Abulqosim
Hakim haqida so‘z yuritganda, Mullo Voiz hamda Darvish Ali orasida bo‘lib o‘tgan bahsni
eslab o‘tadi. Bahs mavzusi Alisher Navoiy tomonidan qurdirilgan jome’ masjidi qurilishiga
bag’ishlangan ta’rix “moddasi” xususida bo‘lib, Darvish Ali jome’ masjidi ta’rixini quyidagicha
aytgan:
Ta’rixi imoratash agar mexohi,
Arqomi, anosir astu sifri aflok.
(Mazmuni: Qurilish ta’rixini bilmoq istasang,
Unsurlari sifru falaklar sonidir.)
Xulosa.
Talmeh qoidasiga ko‘ra anosir ( suv, shamol, olov , tuproq) – 4, sifr – 0 va aflok
(falaklar, klassik sharq astronomiyasiga ko‘ra) – 9 ga barobar. [1;6] Darvish Ali ushbu
so‘zlardan ma’no chiqarib tarkib va tabdil yo‘li bilan 904 (milodiy 1498) raqami hosil bo‘lishini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
457
nazarda tutadi.Ammo Mullo Voiz e’tiroziga ko‘ra, handasa ilmida boshda aytilgan narsa
yozilganda xat oxiriga tushadi.Agar shu qoida asosida ish ko‘rilsa, baytdagi so‘zlar hosil
qiluvchi raqamlar 409 ga teng bo‘lib qoladi.Shu jihatdan baytni boshqacha bahrda
“arqomi
afloku sifru anosir”
tarzida aytish ma’qul bo‘ladi.Bu ikki xil qarash majlis ahli tomonidan
ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan.Ammo mazkur bayt o‘z holicha qoldirilgani bizgacha yetib
kelgan ko‘plab asarlardan ma’lum.Hasanxoja bu masalaga o‘z munosabatini bildirmaydi,
bahsning yechimini kitobxonning o‘ziga havola qiladi. Tazkirada Nisoriy tomonidan bu
munozaraga e’tibor qaratilishi “ta’rix” ilmining murakkabligiga, bu borada shoirning badiiy
tafakkuri va poetik mahorati birlamchi omil ekanligiga ishora qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. А. Ж у в о н м а р д и е в, “Харфлар ракамга айланганда”,УзССР “Фан” нашриёти,
Тошкент, 1966, 6- бет.
2.Нисoрий Ҳ. Музаккири аҳбoб. Фoрс тилидан Исмoил Бeкжoн таржимаси. -Тoшкeнт:
Халқ мeрoси, 1993. - 444 б.- 58 бeт.