ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
449
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASA
O‘QUVChILARIDA TEXNOLOGIYА
DARSIGA KOMPETENSIYАNI SHAKILLANTIRISH.
Qodirov Doniyorbek Abdulmannopovich
Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchisi.
O‘qituvchi va murrabiylar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va
suyanchimizdir.
Shavkat Mirziyoev
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
o‘quvchilarda texnologiya
darsiga kompetensiyani o‘yg‘otish va xozirgi kunda xalq ta’limi tizimiga ta’lim muassasalarda
texnalogiya darsiga katta e’tibor berilishining dolzarb muammolari yoritilgan. Shuningdek,
xozirgi professional la’limda texnalogiya fanini xozirgi davrida rivojlanishi va texnalogiyani
o‘qitishning zamonaviy tizimidagi ahamiyati, o‘ziga xosligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Kompetensiya, pozitsiya, tamoyil, texnologiya.
Annotatsiya:
В данной государстве освещены актуальные проблемы обучения
компетентности обучающихся на уроках технологий в общеобразовательных средних
учебных заведениях и уделено большое внимание урокам технологий в образовательных
учреждениях в системе народного образования года. Также описывается важность и
уникальность современной системы технологического образования и развитие науки
технологии в современном профессиональном образовании.
Ключевые слова:
Компетенция, позиция, принцип, технология
Annotation:
This article highlights the current problems of teaching students' competence in
technology lessons in secondary schools and pays much attention to technology lessons in
educational institutions in the public education system today. It also describes the importance
and uniqueness of the modern system of technological education and the development of science
and technology in modern vocational education.
Keywords:
Competence, position, principle, technology
Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda
o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi, o‘z
sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga
ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida
o‘quvchilarda, shu fanning o‘ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli
xususiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning
uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy
o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar talimida o‘qitiladigan umuta’lim fanlari mazmunining izchilligini
ta’minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib
chiqqan holda xususiy kompetensiyalar belgilandi.
(1)
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
450
Kompetensiya nima degani?
Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim –
o‘quvchilarning egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan
ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik,
mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana
olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarini
shakllantiradi
.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga
yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar talimida
o‘qitiladigan umuta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch
kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy
kompetensiyalar belgilandi. “Mamlakatimizda ko‘plab yangi bog‘chalar, maktab va oliygohlar
barpo etilmoqda. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar
salohiyati mustahkamlanmoqda. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodi yaratilmoqda.
Soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va rag‘batlantirish doimiy
e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda.
Lekin
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
texnologiya darsiga etibor biz yuqorida takidlagandek
emas deb o‘ylayman. Xozirgi vaqitda voyaga yetmaganlar o‘rtasida bo‘sh vaqtini mazmunli
tashkil etmaganligi, biror qiziqarli bepul to‘garaklarga jalb qilmaganligi sababli xar–hil
ko‘ngilsiz voqiyalar sodir bo‘lishi extimoldan nari emas. Bunga asosiy sabab o‘quvchi yoshlarni
o‘zibo‘larmonligiga tashlab qo‘yganligimizdandir. Xozirgi kunda biror kor hol bo‘lib o‘spirin
yoshlar o‘rtasida janjal bo‘lsa ularni bu xolga tushushiga bandligi ta’minlamaganligini va bir
nechta to‘garaklarga jalb qilinmaganligi ro‘kach qilinadi. U
mumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
tehnalogiya honalarini rivojlantirmas ekanmiz texnalogiya darsiga o‘quvchilarda
kompetensiyani
uyg‘ota olmaymiz. Agarda doimiy ravishda yaxshi bohoga o‘qimagan o‘quvchilarni ota-onasi
bilan tushuntirish ishlarini olib borilsa, a’lochi o‘quvchilarga biriktirilib qo‘yilsa, yaxshi
o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar bilan individual shug‘ilanishsa, kerakli bo‘lgan kasblarga
yo‘naltirish to‘garaklari bepul tashkil etilsa ko‘ngilsiz bo‘ladigan xodisalarni oldini olgan
bo‘lardik.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini 7-sinfdan boshlab kasbga yo‘naltirish ishlarini
amalga oshirish, yuqori sinflarda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-
sharoitlar yaratish hamda yoshlar orasida o‘zini-o‘zi band qilish kabi mehnat shakllarini
rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlarni kasb-
hunarga
tayyorlash
tizimini
rivojlantirish
bo‘yicha
qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”
ishlab chiqildi, lekin amalda bu loyxa ishlayotgani yo‘q. Kimni
aldaymiz o‘zimizi o‘zimiz aldaymizmi yoki bir kun bo‘lsada yashab qolay tarzida ish olib
boryapmizmi.
Sobiq sovet tuzumida o‘qimagan bollarni biror kasbga yo‘naltirish, o‘zlashtirgan
kasbi orqali kasbga, hunarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni usta-shogird ananasi bilan soha
mutahassisga biriktirilardi. Kelguvsida o‘rgangan kasb-hunar orqali oilasini boqish imkoniyati
bo‘lgan. Men bu gapim bilan eski tizimni maqtayotganim yo‘q. O‘sha davirda bilimi past
bollarga sen doktor bo‘lmasang ham o‘zingni kasbing, hunaring bilan oila boqishing mumkun
degan fikrni o‘quvchilarga uqtirgan va ularga shu narsani singdirgan. Xozirgi kunda maktablarda
bilim olayotgan bolalarni hammasi ham bilimli diya olmayman. Yuqorida aytib o‘tilgan o‘rta
bo‘g‘in oilasini farzandlari hammasi ham oliy ta’limda o‘qish imkonyatiga ega emasdirlar. O‘rta
bo‘g‘inda ta’lim olgan o‘quvchilarni kasbga, hunarga yo‘naltirishimiz lozim. Shunday qobilyatli
o‘quvchilarimiz borki fizika matematikani bilmas, kimyo biologiyani bilmas, ingiliz tilini bilmas
lekin ularni qobilyati zo‘r avtochilangar, zo‘r elektirik, zo‘r tikuvchi, konditer, oshpaz va shunga
o‘hshagan kasb-hunar egalari bo‘lishi mumkun. Bizni og‘riq nuqtamiz bazi maktablarda mana
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
451
shunday kasbni beradigan o‘quv ustaxonalari, texnalogiya xonasi talabga javob bermaydi.
Kasblarga o‘quvchilarni qiziqtirish uchun texnalogiya o‘qituvchisida yetarli materillar, jixozlar
bilan ta’minlanmagan. Bazi bir maktablarda texnologiya xonasini ikkinchi darajali qilib
qo‘yishgan. Biz qanday qilib bu holda o‘rta bo‘g‘indagi Yangi O‘zbekistondi farzandlarini
tarbiyalay olamiz. Bizga eng kerakli bo‘lgan bo‘g‘inimiz oqsoq holda bo‘lsa. Bunday hollarga
ko‘z yumib bo‘lmaydi ahir. Yangi o‘quv ustahonalarga qo‘yilgan jihozlar juda ham nozik xolda,
bunday jixozlardan o‘quvchilar mazza qilib o‘zi qiziqqan kasb bilan shug‘illanisha olmasa,
boriniyam komissiyaga saqlab qo‘ysak. Bizchi nima qilyapmiz yana o‘sha eski toz eski tog‘ara
deganidek, bir kun bo‘lsayam tinch yashay degan naqildamiz. Yurtimizni asosiy axolisini o‘rta
bo‘g‘in axolisi tashkil etadi. O‘rta bo‘g‘inda istiqomat qiladigan halq o‘zlarnini sevgan kasblari,
hunarlari bilan asosiy ish o‘rinlarini tashkil qilganlar. Xunar, kasb asosiy bunday tuyg‘uni
dastlabki ta’lim maktabdan olishlari kerak deb o‘ylayman.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
o‘quvchilarda texnologiya darsiga kompetensiyani
o‘yg‘otish uchun nimalar qilishimiz lozim?
Oliy ta’lim bilan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida doimiy ravishda texnalogiya
yo‘nalishi bo‘yicha ishlaydigan xamkorlik shartnomasini tuzishimiz lozim.
Bunga ko‘ra
-
Oliy ta’lim muassasidan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga texnologiya sohasida
professor o‘qituvchilarni darslarga jalb qilish;
-
maktablarda tashkil etilgan to‘garaklarni xarakatga keltirish;
-
kerakli bo‘lgan maxsulotlar bilan ta’minlash;
-
kafedrani ilg‘or texnologiyalar bilan boyitish;
-
yangi yo‘nalishlar bo‘yicha (robota texnika) bazalarini yaratish;
-
talabalarni robotatexnika yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini mustaxkamlash;
-
bo‘lajak texnalogiya o‘qituvchilarini xar tomonlama yetuk kadr bo‘lib yetishida
zamonaviy texnologiyalar asosida taxsil olishiga zamin yaratish;
-
8-9-sinf o‘quvchilariga dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun
poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar berish;
-
o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar asosida 9-sinfdan so‘ng
kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan
o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish;
-
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinf o‘quvchilarini tanlov fanlari
yo‘nalishidagi (variativ) o‘quv reja asosida kasb-hunarga yo‘naltirish
-
kasb-hunar o‘rgatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarda vaucher tizimi asosida yuqori
malaka talab qilinmaydigan kasblarga o‘rgatishni tashkil etish;
-
kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini tamomlagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
o‘quvchilarining kasb-hunar ko‘nikmalarini amaldagi kvalifikatsiya ramkalari asosida baholash;
-
tegishli (xalqaro) sertifikat va rezidentlik maqomini berish bo‘yicha mas’uliyati
cheklangan jamiyat shaklidagi sertifikatsiyalash markazini tashkil etish;
Markazning asosiy vazifalaridan biri bitiruvchilarning malaka va ko‘nikmalarni baholash hamda
sertifikatlash maqsadida rivojlangan mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro va xorijiy
sertifikatlash tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
452
Qayd etilishicha, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimini joriy etish
orqali o‘quvchi yoshlarni maktab davridan kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish,
hech bo‘lmaganda bitta kasb egallab chiqishlari uchun zamin yaratadi.
Adabiyotlar:
1.
“
Innovatsion hamkorlik asosida talabalarning kasbiy pedagogik tayyorgarligini
rivojlantirish”
Jamiyat jurnali 16-Sentyabr 2020 yil.
2.
X.A.Umarov UDK:378:371.035.3 Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi avtoreferati 3-bet.
3.
Adolat gazetasi №38/2019 Jamiyat Abdug‘affor ORTIQOV, partiya eksperti
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.12.2021 yildagi 792-sonli qarori