ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
431
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI VOSITASIDA O’QUVCHILARNING
INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH
Tog’ayeva Sevinch Komiljon qizi
SHahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada PISA, PIRLS, EGMA, EGRA, TIMSS, TALIS kabi xalqaro
baholash dasturlarining mazmun va mohiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, xalqaro
baholash dasturlari vositasida o’quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish haqida so’z
boradi. Shuningdek, xalqaro baholash dasturlari doirasida hukumat qarorlari va ularning
mazmuni asosida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
xalqaro baholash dasturlari, PISA, PIRLS, EGMA, EGRA, TIMSS, ta’lim,
intellektual salohiyat, xorij tajribalari.
DEVELOPING PUPILS' INTELLECTUAL COMPETENCES THROUGH
INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS
Abstract:
The article provides information on the content and essence of international
assessment programs such as PISA, PIRLS, EGMA, EGRA, TIMSS and TALIS, discusses the
issues of developing students' intellectual potential through international assessment programs.
Also, government decisions within the framework of international assessment programs and their
content are taken into account.
Keywords:
international assessment programs, PISA, PIRLS, EGMA, EGRA, TIMSS,
education, intellectual potential, foreign experience.
РАЗВИТИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ УЧАЩИХСЯ
ПОСРЕДСТВОМ МЕЖДУНАРОДНЫХ ПРОГРАММ ОЦЕНКИ
Абстрактный:
В статье представлена информация о содержании и сути
международных программ оценки, таких как PISA, PIRLS, EGMA, EGRA, TIMSS, а также
рассматриваются вопросы развития интеллектуального потенциала учащихся посредством
международных программ оценки. Правительственные решения и их содержание также
учитываются в рамках международных программ оценки.
Ключевые слова:
международные программы оценки, PISA, PIRLS, EGMA, EGRA,
TIMSS, TALIS, образование, интеллектуальный потенциал, зарубежный опыт.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
432
Kirish
Ta’lim – har birimizning hayotimizdagi muhim jarayon. U nafaqat shaxsiy rivojlanishda, balki
ijtimoiy jihatdan rivojlanishda, hayotda inson o’z o’rnini topishda muhim rol o’ynaydi. Ta’lim
bilim berish, o’quvchilarni hayotga tayyorlash, fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, mustaqil
fikrlashga o’rgatish jarayonidir.
Bugungi kunda ta’lim olish jarayoni hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan desam
mubolag’a bo’lmaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda svilizatsiya cho’qqiga chiqqan bo’lib, bu
davrda zamon va dunyo talablariga mos bo’lish, rivojlanish, o’z kasbining yetuk mutaxassisi
bo’lish uchun ta’lim uzluksiz va sifatli bo’lishi lozim. Ta’lim sifatini oshirishda xorij tajribalarini
o’rganish, ularning kerakli va mentalitetimizga mos qismidan foydalanish, O’zbekiston va xorij
ta’lim tizimini qiyosiy tahlil qilish va xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik o’rnatish
muhim sanaladi. Ta’lim jarayonini xalqaro hamkorlik asosida tashkil etish raqobatbardosh kadrla
yetishib chiqishida, mamlakatning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning sharhi:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamisining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish chora-tadbirlari ” to’g’risidagi 997-sonli qaroridan, shuningdek maqolani ochib
berishda U. Ismatovning “Xalqaro baholash tajribasi va uning ta’limdagi o’rni” nomli asaridan
va mavzuga oid maqolalardan foydalanilgan.
Tadqiqot metodoligiyasi
Ta’lim sifatini oshirish, dunyo mamlakatlari ta’lim tizimini qiyosiy baholash, ta’lim tizimidagi
kamchiliklarni bartaraf etish, o’quvchilarning bilish darajasini aniqlash hamda yangi asr
avlodlarini kreativ fikrlaydigan etib voyaga yetkazish, intellektual salohiyatini oshirish
maqsadida bir nechta xalqaro baholovchi dasturlar joriy etilgan. Bu dasturlarning har biri o’z
o’rniga ega va ular yosh yoki sinf toifasiga doir o’tkazilib, ma’lum fandan o’quvchilarni
baholaydi. quyida bir nechta xalqaro baholash dasturlari bilan tanishamiz:
PISA
(Programme for International Student Assesment) – 15yoshli o’quvchilarning o’qish,
matematika va tabiiy fanlardan egallagan bilimlarini baholovchi dastur. Ushbu dastur 1997-yilda
joriy etilgan va ilk bora 2000-yilda o’tkazilgan. Uning davriyligi 3yilni tashkil etadi. PISA
tadqiqoti OECD(Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) bilan hakorlikda tashkil etiladi.
Tadqiqotda o’qish, matematika va tabiiy fanga doir savollar berilib, mavjud bilimlarni
amaliyotda qo’llash, ulardan foydalana olish ko’nikmalari ham tekshiriladi. PISA savollari 4xil
javob shaklida iborat:
1.
Bir xil javobli testlar;
2.
Bir nechta javobli testlar;
3.
Qisqa yoki to’liq javob talab etadigan savollar;
4.
Biror bir muammo bo’yich o’quvchining fikri ya’ni bilganlarini hayotda qo’llay olish
qobiliyati.
PISA tadqiqoti o’quvchilarning nafaqat bilimlarini sinovdan o’tkazadi, balki ularni kreativ
fikrlashga undaydi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
433
PIRLS
(Progress in International Reading Literacy Study’) – 4-sinf o’quvchilarining o’qish
savodxonligi hamda o’qib, tushunish darajasini baholovchi dastur hisoblanib, uning davriyligi
5yil. PIRLS tadqiqoti ilk marotaba 2001-yilda o’tkazilgan. PIRLS xalqaro baholash dasturi
IEA(Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi) tomonidan o’tkaziladi. PIRLS tadqiqoti
boshlang’ich sinf o’quvchilarining matnni o’qib, tushunishko’nikmalarini xalqaro miqyosda
taqqoslash imkonini beradi. Tadqiqotda o’quvchilarga matn beriladi. Matn o’rtacha 500dan
800tagacha, o’qish savodxonligi ko’rsatkichi past bo’lgan mamlakatlar uchun 400-500tagacha
so’zdan iborat bo’ladi. Ilk bora o’tkazilgan PIRLS 2001 tadqiqotida 35ta davlat ishtirok etgan.
2021-yilda o’tkazilgan PIRLS tadqiqotida qamrov doirasi kengayib, unda 57ta davlat ishtirok
etdi. Shuningdek, 2021-yil PIRLS tadqiqotida O’zbekiston ham ilk bora ishtirok etdi.
EGMA
(The Early Grade Mathematical Assessment) boshlang’ich sinf o’quvchilarining
matematika fanidan egallagan bilim va ko’nikmalarini baholovchi dastur. EGMAning asosiy
maqsadi 2-4-sinf o’quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, og’zaki hisoblashni
rivojlantirish hamda matematik savodxonligini oshirishdan iborat. Tadqiqot USAID(AQSH
xalqaro taraqqiyot agentligi) tomonidan o’tkaziladi. EGMAning savollari quyidagi turlarga
bo’linadi:
Raqamni identifikatsiya qilish (raqamni aniqlash);
Kattalik haqida mulohaza yuritish;
Qo’shish va ayirish va boshqalar.
EGRA
(The Early Grade Reading Assessment) boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish
savodxonligini aniqlovchi tadqiqot bo’lib, ilk bora 2006-yilda ishlab chiqilgan. Tadqiqot hozirgi
kunga qadar 70dan ortiq mamlakatlarda o’tkazilgan. Tadqiqot o’qish ko’nikmalarini qay tarzda
rivojlanayotganligini aniqlash, o’qish savodxonligini aniqlash va qiyosiy taxlil qilish. EGRA
tadqiqoti o’qmaxsus tuzilgan komissiyadan biriktirilgan ituvchi va o’quvchi bilan yakka tartibda
o’tkaziladi. EGRA xalqaro baholash dasturini PIRLS tadqiqotiga tayyorlov bosqichi desak ham
mubolag’a bo’lmaydi. Ammo, EGMA PIRLSdan farqli ravishda og’zaki tartibda o’tkaziladi.
Tadqiqot o’quvchilarning quyidagi qobiliyatlarini aniqlaydi:
O’quvchining o’qiyotgan matnni tushunish qobiliyatini;
O’quvchining matnni o’qish va matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish
qobiliyatini;
Tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, ravon va ifodali o’qish qobiliyatini.
TIMSS
(Trends in International mathematics and science study) – 4 va 8-sinf o’quvchilarining
matematika va tabiiy fanlardan o’zlashtirishini baholaydi. TIMSS IEA(Ta’lim yutuqlarini
baholash xalqaro assotsiatsiyasi) tomonidan tashkil etiladi. TIMSS tadqiqoti har 4yilda bir
marotaba o’tkaziladi. Uning ilk davriyligi 1995-yilda tashkil etilgan. TIMSS 4-8-sinf
o’quvchilarining matematika va tabiiy fandan bilim va ko’nikmalari, ta’lim yutuqlari,
qiziqshlarini baholaydi. TIMSS xalqaro baholash tadqiqoti usullariga quyidagilar kiradi:
Ijobiy test natijalari;
So’rovnomalar;
Uslubiy ta’minot;
Dasturiy ta’minot.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
434
TIMSSda nafaqat o’quvchilar baholanadi, balki o’quv jarayoni, ta’lim mazmuni, o’qituvchilar
salohiyati va o’quvchilarning oilalari bilan bog’liq omillar o’rganiladi.
Yuqorida keltirilgan xalqaro baholash dasturlari o’quvchilarning intellektual salohiyatini
oshirishda muhim rol o’ynaydi. Ushbu dasturlar global standartlar bo’yicha bilim va
ko’nikmalarni baholash orqali ta’lim tizimining samaradorligini o’rganadi. Shuningdek, xalqaro
tajribalarni o’rganish, eng yaxshi tizimni joriy qilish orqali o’quvchilar nafaqat bilim olish, balki
tahlil qilish, muammoni hal qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Xalqaro
baholash dasturlari ta’lim jarayoning sifatini oshirish va o’quvchilarning salohiyatini maksimal
darajada rivojlantirishda zarur vosita hisoblanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Xalqaro baholash dasturlari mamlakatlar ta’lim tizimini, o’quvchilarning bilimini qiyosiy
baholab, natijalarni qayd etadi. O’zbekiston ham o’z ta’lim tizimini baholash maqsadida xalqaro
baholash dasturlariga ishtirok etmoqda. Jumladan, O’zbekiston TIMSS 2023 tadqiqotida ilk
marotaba ishtirok etdi. Natijada 8-sinf o’quvchilari 44ta davlat orasidan 39-o’rinni, 4-sinf
o’quvchilari 58ta davlat orasidan 50-o’rinni egalladi.
2022-yilda bo’lib o’tgan PISA tadqiqotida ham ishtirok etib, matematika fanidan 81 ta
mamlakat orasidan 72-o’rinni, tabiiy fandan esa 80-o’rinni egalladi. Natijalar yurtimiz ta’lim
tizmida kamchiliklar borligini yaqqol ochib berdi desam mubolag’a bo’lmaydi.
Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil
etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini,
eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
hamda rag‘batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 997-
sonli qarorni qabul qildi. Yuqoridagi xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarda
ishtirok etish uchun Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini
baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazining asosiy vazifalari va
faoliyatining yo’nalishlari etib quyidagilar
belgilandi.
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston
Respublikasining milliy vakili sifatida ishtirok etish;
ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan
savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va
joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
435
simpoziumlarni tashkil etish va o’tkazishda ishtirok etish;
ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o’tkazish;
ta’lim sifatini baholash bo’yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan
qo’llab-quvvatlash;
umumiy o’rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda
muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;
O’zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan
natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo’yicha tizimli
monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg’or tajribani ommalashtirish va uning
asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo’llanmalar ishlab chiqishda
ishtirok etish;
o’qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o’qish,
matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlar bo’yicha pedagog kadrlarning
malakasini oshirish bo’yicha o’quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.
Buning uchun, 2019-yil 1-fevraliga qadar, Milliy markaz bilan birgalikda o’quvchilarning
qobiliyat va iqtidorlarini umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 1-
sinfidan boshlab aniqlash va rivojlantirish, o’quvchilarning savodxonligini
baholash bo’yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni
ta’minlash dasturini ishlab chiqish yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi.
xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o„qish, matematika va
tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’quv dasturlari hamda o’quv adabiyotlari
mazmuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo’nalishlaridagi savollar
milliy bazasini yaratish va o’quv dasturlariga integratsiya qilish;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
436
o’quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish
va 2019-2021-yillarda amaliy ko’nikmalarini shakllantirilishini baholashga
qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o’tkazib borish;
xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo’nalishlaridagi savollarni
o’zida mujassam etgan o’quv dasturlari asosida qo’shimcha metodik qo’llanma va
adabiyotlar yaratish;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahar
hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga
yo’naltirilgan tayanch maktablarni belgilash;
umumiy o’rta ta‟lim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro
baholash dasturlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish;
umumiy o’rta ta‟lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya
vositalari bilan jihozlanganlik va Internet jahon axborot tarmog’iga ulanganlik
holatini inventarizatsiya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish
choralarini ko’rish;
Qabul qilingan qarorlar yurtimizda ta’lim sifatini baholash hamda xalqaro maydonda ta’limni
o’rnini yuqoriga ko’tarish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, qarorlar asosida maktablarda ta’lim
tizimi bosqichma-bosqich rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi kabi rivojlanadi. Natija
O’zbekiston ham xalqaro baholash dasturlarida ham yaxshi natijalarni qayd etadi.
Tadqiqotlarda ishtirok etishdan ko’zlangan asosiy maqsad faqatgina yuqori natijalarni qayd etish
emas, balki ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda o’quvchilarning intellektual
salohiyatini rivojlantirishdir. Xalqaro baholash dasturlarining asosiy mazmun-mohiyati
o’quvchilarni kreativ fikrlashga undash, intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy bilimlarni
egallashga undash hamda raqobatbardosh kadrlar tayyolashdan iborat.
Xalqaro baholash dasturlarining savollariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, PISA tadqiqotida tabiiy
fan yo’nalishda keltirilgan savol: Kelajak velosipedini qanday tasavvur qilasiz? O’z
tasavvuringizdagi kelajak velosipedini tasvirlab bering.
Aynan keltirilgan birgina savol orqali o’quvchilarni fikrlashga, nazariy bilimlardan foydalangan
holda tasavvur qilishga, ichki dunyosini tashqariga namoyon qilishga undaydi. Tadqiqotlar
fikrlashdan tashqari javobi keltirilgan savollar orqali esa o’quvchilarning intellektual salohiyatini
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
437
oshirish, bir nechta javoblardan to’g’risini tanlash hamda maqbul qarorlar qabul qilishni ko’zda
tutadi.
Xulosa
Yuqorida ko’rsatilgan tadqiqotlar ta’lim tizimi uchun juda muhim bo’lib, xorij mamlakatlari
kabi ta’lim sohasidagi rivojlanishni baholash va uni monitoring qilish orqali ta’lim sifatini
oshirishga va raqamlashgan texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy va eng maqbul
ta’lim tizimini joriy qilishga imkon yaratadi. O’zbekiston ta’lim tizimiga xalqaro tajribalardan
foydalangan holda olg’a qadam tashlash orqali ta’lim tizimiga yangi tartibdagi baholash
mezonlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida nafaqat xalqaro tadqiqotlarda yuqori o’rinlarni
egallashda, balki o’quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishda o’z samarasini ko’rsatadi.
Zero, bugungi kunda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar kelajak avlod uchun, yangi davr
yoshlari uchun tamal toshi vazifasini o’taydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018-yil 8-
dekabr, 997-son qarori, www.lex.uz.
2.
F.M. Jalolova (2021). PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA
O’QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH. Экономика
и социум, (4-1 (83)), 132-136.
3.
I. K. Abdirimova, Z. B. Boymurodova (2021). XALQARO BAHOLASH TIZIMINING
ASOSIY XUSUSIYATLARI VA TA’LIM SOHASIDAGI AHAMIYATI.Academic research in
educational sciences, 2 (CSPI conference 1), 1425-1429.
4.
L. M. Qurbanova (2021). PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AMALIY
AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 1), 1497-1500.
5.
U. Ismatov “Xalqaro baholash tajribasi va uning ta’limdagi o’rni” T.: “Fan va
texnologiya” 2020-yil, 58-78-bet.
6.
Y. T. Axmadjonova, U. T. Axmadjonova, Z. Z. Yaxshiyeva (2021). TA’LIM SIFATINI
BAHOLASH SOHASIDAGI XALQARO TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISH CHORA-
TADBIRLARI. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 1), 1563-1567.
7.
8.
9.
10.