ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
513
YORDAMGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALARNI TA’LIM TIZIMIGA JALB ETISHDA
OTA-ONALAR, OILA VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH
QUVONDIQOVA ZOHIDA
O`zbek tili va adabiyoti fakulteti
Annotatsiya:
Bu maqolada yordamga muhtoj bolalarni ta’lim tizimiga jalb
etishning muhim keng jihatlari yoritilgan. Asosan , ota-onalar, oila a’zolari va
jamoatchilik bilan o‘zaro aloqa qilishning o‘rni, samarali yondashuvlar va bu
boradagi amaliy tajribalar keng tahlil qilingan. Bu maqolada inklyuziv ta’lim
konsepsiyasi
asosida ijtimoiy tenglikni ta’minlash, bolalarning psixologik va ijtimoiy
moslashuviga yordam berish mexanizmlari aytib o`tilgan . Shuningdek, mavjud
qonunchilik asoslari, xalqaro tajriba va milliy yondashuvlar muvofiqligida takliflar
keng targ`ib qilingan .
Kalit so‘zlar:
yordamga muhtoj bolalar, inklyuziv ta’lim, oila, ota-ona,
jamoatchilik, hamkorlik, ta’lim tizimi, ijtimoiy himoya, maxsus ehtiyoj, psixologik
qo‘llab-quvvatlash.
Kirish
Har bir bola jamiyatda to‘laqonli kamchiliklarsiz yashash, o‘zini anglash va rivojlantirish
huquqiga hisoblanadi. Lekin turli sabablarga ko‘ra ayrim bolalar bu imkoniyatlardan foydalana
olmayapti. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun bolalarga
bepul va majburiy ta’lim huquqini kafolatlaydi. Shunga qaramay, hayotiy holatlar – nogironlik,
ijtimoiy himoyaning yo‘qligi, migratsiya, oilaviy inqiroz, iqtisodiy tanglik kabi omillar ayrim
bolalarning ta’lim tizimidan chetda qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Bunday holatda ota-onalar, ayniqsa oila va jamoatchilikning roli nihoyatda muhim ahamyatga
ega hisoblanadi. Mana shu subyektlarning uzviy hamkorligi yordamga muhtoj bolalarni aniqlash,
qo‘llab-quvvatlash va ularni ta’lim jarayoniga jalb qilishda hal qiluvchi omil bo‘ladi.
Asosiy qism
1. Yordamga muhtoj bolalar toifasi va ularning muammolari
Yordamga muhtoj bolalar quyidagi toifalarga bo‘linadi:
- Jismoniy va aqliy hamda tayanchharakatida nogironligi bo‘lgan bolalar;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj – yetim, yarim yetim yoki boquvchisini yo‘qotgan bolalar;
- Migratsiya jarayonida bo‘lgan yoki hujjatsiz bolalar;
- Og`ir tarbiyalanuvchilar bolalar;
- Ijtimoiy xavfli chegaralarda yashayotgan bolalar.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
514
Ularning asosiy muammolari:
- Ta’limga olishiga yetarli sharoitlarning yo‘qligi;
- Jamiyatdagi salbiy stereotiplar;
- Ota-onalarning befarqligi yoki ma’lumot yetishmasligi;
- Psixologik moslashuv muammolari.
2. Ota-onalar va oilaning roli
Oila bu bolaning birinchi tarbiya maktabi hisoblanadi . Aynan oilada bola o‘zini anglaydi,
bilimga, mehnatga, jamiyatga bo‘lgan munosabatni yuksaltirib borishadi. Ota-onaning ta’limga
bo‘lgan yondashuvi bola kelajagining poydevoridir hisoblanadai .
Samarali yondashuvlar:
- Ota-onalarni pedagogik va psixologik savodxonligini oshirish;
- Farzandlarining ehtiyojlarini tushunishga harakatqilish va o‘rgatish;
- Uyda qo‘llab-quvvatlash muhitini takomillashtirish ;
- Ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorlikda bo‘lish.
3. Jamoatchilikning ishtiroki
Jamiyatimizda yordamga muhtoj bolalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini
himoya qilishda faol ishtirok etishimiz kerak .
Muqobil mexanizmlar:
- Mahalla, NNT, xayriya tashkilotlari orqali yordam;
- Aholi o‘rtasida axborot-kampaniyalar;
- Ko‘ngillilar harakati orqali ta’limga kuchli rtibor qaratish;
- OAV orqali ijtimoiy tashabbuslarni yanada oshirib borish.
4. Ta’lim tizimining mas’uliyati
Ta’lim muassasalari yordamga muhtoj bolalarga inklyuziv, moslashuvchan, mehrga asoslangan
o‘quv muhitini taqdim etishi zarur.
Muammolarning yechimlari:
- Maxsus ehtiyojlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
- Psixolog, defektolog, logoped mutaxassislarini jalb qilish;
- Bolalarning individual rivojlanish xaritasini ishlab chiqish;
- "Ochiq eshiklar kuni", ota-onalar ishtirokidagi trening va seminarlar otkazish.
5. Hamkorlikning samarali shakllari
- Maktab–oila–jamoatchilik uchburchagi doirasidagi tizimli hamkorlikni tashkil qilish ;
- "Murabbiylar maktabi" loyihasi orqali ota-onalarnihamkorlika tayyorlash;
- O‘zaro axborot almashinuvi, tezkor muvofiqlashtirish;
- Ta’lim monitoringi va muvofiqlikni oshirish.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
515
Xulosa
Yordamga muhtoj bolalarni ta’lim tizimiga jalb etish — bu faqat davlatning emas, balki har bir
fuqaroning jamiyat oldidagi vazifasidir . Har bir bola – teng huquqli jamiyat a’zosi sifatida
ko‘makka, e’tiborga va ta’lim olish imkoniyatiga ega hisoblanadi . Ta’limdagi tenglik,
inklyuzivlik va ijtimoiy adolatni ta’minlash yo‘lida ota-onalar, ta’lim muassasalari va keng
jamoatchilikning hamkorlikdagi faoliyati hal qiluvchi ahamiyatga ega samarali yechim
hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ–5040-son qarori “Inklyuziv
ta’limni rivojlantirish to‘g‘risida”.
4. Yo‘ldoshev, Q. “Ta’lim tizimida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash.” – T.:
O‘qituvchi, 2019.
5. UNESCO. “Inclusive education: the way of the future.” – Geneva, 2008.
6. Vygotsky, L. S. “Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes.” –
Harvard University Press, 1978.
7. Xolboyeva, N. “Psixologik-pedagogik yondashuv asosida ota-onalar bilan ishlash.” – T.: Fan
va texnologiya, 2022.