ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
573
TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHILARNING INKLYUZIV TAYYORGARLIGINI
KOMPETENSIYAVIY YONDOSHUV ASOSIDA BOSHQARISHNING
IMKONIYATLAR BIRLIGI
MUXABBAT NAZARALIEVNA TOSHMURODOVA
Katta o‘qituvchi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning inklyuziv tayyorgarligini
kompetensiyaviy yondoshuv asosida boshqarish masalalari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim
muhitida pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi, ularning maxsus kompetensiyalarni
shakllantirishdagi roli va zamonaviy boshqaruv yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Kompetensiyaviy
yondoshuvning inklyuziv ta’limda qo‘llanilishi o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish,
ta’lim sifatini yaxshilash va har bir o‘quvchining individual ehtiyojlariga mos keluvchi ta’lim
berish tizimini shakllantirish imkoniyatlarini ochib beradi. Maqolada shuningdek, inklyuziv
ta’lim jarayonini samarali boshqarishning innovatsion usullari va modelga asoslangan
yondashuvlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Inklyuziv ta’lim, o‘qituvchi tayyorgarligi, kompetensiyaviy yondoshuv, ta’lim
jarayoni, ta’lim sifati, maxsus kompetensiyalar, individual yondashuv.
Kirish qismi:
Zamonaviy ta’lim tizimida inklyuziv yondashuv dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Har bir shaxsning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida o‘qituvchilarning inklyuziv
tayyorgarligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada o‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim
sohasida kompetensiyaviy yondashuv asosida tayyorgarligini oshirish va boshqarish masalalari
tahlil qilinadi. Hozirgi kunda inklyuziv ta’lim jahon ta’lim tizimining ajralmas qismiga aylanib
bormoqda. Har bir bolaning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda, sifatli ta’lim olish
imkoniyatlarini kengaytirish global pedagogik tamoyillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Inklyuziv ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchilarning tayyorgarligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning inklyuziv
ta’lim kompetensiyalarini shakllantirish, ularni rivojlantirish va pedagogik jarayonda samarali
qo‘llash dolzarb masala hisoblanadi.
Mazkur maqolada o‘qituvchilarning inklyuziv tayyorgarligini kompetensiyaviy yondoshuv
asosida boshqarish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kompetensiyaviy yondoshuv o‘qituvchilarning
nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitishga, ularga inklyuziv ta’lim tamoyillarini
samarali qo‘llash imkoniyatini yaratishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, maqolada inklyuziv
ta’lim jarayonida pedagoglarning malakasini oshirish strategiyalari, innovatsion usullar va
zamonaviy boshqaruv texnologiyalarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
O‘qituvchilarning inklyuziv tayyorgarligini kompetensiyaviy yondashuv asosida boshqarish –
ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biri bo‘lib, har bir
o‘quvchining individual ehtiyojlariga mos ta’lim olishini ta’minlaydi. Shu jihatdan, mazkur
mavzu nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega bo‘lib, ta’lim sohasi mutaxassislarini
ushbu jarayonni rivojlantirishga undaydi.
Asosiy qism:
Inklyuziv ta’lim barcha o‘quvchilarga, jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarga
sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan yondashuvdir. Bu tizim ta’lim jarayonida
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
574
har bir o‘quvchining individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda moslashtirilgan usullar va
vositalarni qo‘llashni talab qiladi.
Quyida O‘zbekistonlik olimlarning inklyuziv ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv va pedagogik
boshqaruv bo‘yicha fikrlaridan iqtiboslar keltirilgan:
A. Abduqodirov ta’kidlashicha: “Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish o‘qituvchilarning kasbiy
mahoratini oshirish va pedagogik kompetensiyalarni mustahkamlash orqali amalga oshirilishi
lozim. Bu jarayonda o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki har bir o‘quvchining ehtiyojiga mos
ta’lim strategiyasini ishlab chiqadigan mutaxassis bo‘lishi kerak.”
Sh.Bo‘ronov fikricha: “Pedagogik jarayonda kompetensiyaviy yondoshuvni joriy etish – bu
faqatgina nazariy bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan tizimni yaratish demakdir.”
D.Rasulova shunday deydi:“Inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun
o‘qituvchilarning faqatgina maxsus bilimlarga ega bo‘lishi yetarli emas. Ular zamonaviy
pedagogik texnologiyalar, individual yondashuv va differensial ta’lim metodlarini o‘zlashtirgan
bo‘lishi lozim.”
M.Qosimova o‘z tadqiqotlarida qayd etadi:“Har qanday ta’lim tizimida asosiy e’tibor
o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga qaratilishi zarur. Ayniqsa, inklyuziv ta’limda bu tamoyil
ustuvor bo‘lib, o‘qituvchilarning inklyuziv kompetensiyalarini shakllantirish orqali mazkur
maqsadlarga erishish mumkin.”
I.Abdurahmonov quyidagicha ta’kidlaydi:“Inklyuziv ta’lim jarayonini boshqarishdagi asosiy
muammo – o‘qituvchilarning maxsus tayyorgarligi va malaka oshirish tizimining yetarlicha
rivojlanmaganligidir. Kompetensiyaviy yondashuv esa bu muammolarni hal qilishning eng
samarali yo‘llaridan biridir.”
Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Har bir o‘quvchining ta’lim olish
huquqini ta’minlash; Ta’lim muhitida teng imkoniyatlar yaratish; Jamiyatda ijtimoiy
integratsiyani mustahkamlash; Differensial va individual yondashuv orqali ta’lim sifatini oshirish.
Kompetensiyaviy yondashuv o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan
uyg‘unlashtirishga asoslangan. Bu yondashuv o‘qituvchilarning faqat nazariy bilim bilan
cheklanmasdan, amaliyotda muammolarni hal qilish kompetensiyalarini rivojlantirishni taqozo
etadi.
O‘qituvchilarning inklyuziv tayyorgarligida quyidagi kompetensiyalar muhim hisoblanadi:
-Pedagogik kompetensiya – inklyuziv darslarni rejalashtirish va o‘quvchilarning individual
ehtiyojlarini hisobga olish.
-Psixologik kompetensiya – maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda to‘g‘ri
psixologik yondashuvni qo‘llash.
-Kommunikativ kompetensiya – ota-onalar, jamiyat va ta’lim muassasalari bilan samarali
hamkorlik qilish.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
575
-Innovatsion kompetensiya – zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va inklyuziv
ta’limni rivojlantirish.
O‘qituvchilarning inklyuziv tayyorgarligini boshqarishda kasbiy rivojlanish dasturlari – maxsus
treninglar, kurslar va seminarlarda ishtirok etish, amaliy mashg‘ulotlar – inklyuziv ta’lim
sharoitida amaliy tajriba orttirish, mentorlik va murabbiylik – tajribali o‘qituvchilardan o‘rganish,
ilmiy-tadqiqot faoliyati – inklyuziv ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni o‘rganish va
tatbiq etish usullari qo‘llanilishi mumkin.
Inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qituvchilarning tayyorgarligi juda
muhimdir. Kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘qituvchilarni tayyorlash ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. O‘qituvchilarning inklyuziv ta’lim sohasida kasbiy
malakasini oshirish bo‘yicha tizimli dasturlar ishlab chiqish va inklyuziv ta’lim metodikasini
amaliyotga keng tatbiq etish orqali zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni
inklyuziv ta’limda faol qo‘llash.
Ushbu yondashuvlar o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga va ta’lim jarayonida
inklyuzivlik tamoyillarini samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda ta’lim tizimining inklyuziv modelga o‘tishi o‘qituvchilarning yangi pedagogik
kompetensiyalarni egallashini taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, o‘qituvchilarning inklyuziv
tayyorgarligini kompetensiyaviy yondashuv asosida boshqarish jarayoni turli jihatlari bo‘yicha
tahlil etilishi lozim. Quyida bu masala asosiy omillar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qituvchining asosiy vazifasi – barcha
o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun teng imkoniyat yaratishdir. An’anaviy ta’limdan farqli
ravishda, inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchi differensial yondashuv asosida dars o‘tishi,
o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olishi, innovatsion pedagogik texnologiyalarni
qo‘llashi, inklyuziv pedagogikaning nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi
lozim.
Biroq tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda o‘qituvchilarning aksariyati inklyuziv ta’lim
bo‘yicha yetarli malakaga ega emas. Shu sababli ularning kompetensiyalarini oshirish muhim
masala bo‘lib qolmoqda.
Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy tamoyillari
nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar
bilan mustahkamlash, o‘qituvchilarning mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish,
o‘quv jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish, har bir o‘quvchining ehtiyojlarini
chuqur tushunishdan iboratdir
Tahlillar natijasida inklyuziv ta’limni joriy etishda quyidagi o‘qituvchilar uchun maxsus
inklyuziv ta’lim kurslarining yetishmovchiligi, inklyuziv ta’lim metodologiyasining to‘liq ishlab
chiqilmaganligi, o‘quvchilar va ota-onalarning inklyuziv ta’lim bo‘yicha bilim va
tushunchalarining pastligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish imkoniyatlarining
cheklanganligi muammolar aniqlangan
O‘qituvchilarning malakasini oshirish dasturlarini kengaytirish, ta’lim tizimida zamonaviy
inklyuziv metodlarni joriy etish, pedagoglarni psixologik va pedagogik tayyorgarlikdan o‘tkazish,
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
576
maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish orqali ushbu
muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning tayyorgarligini
oshirishda kompetensiyaviy yondashuv muhim rol o‘ynaydi. Biroq bu jarayonni samarali
boshqarish uchun
o‘qituvchilar uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha maxsus kurslar joriy etish,
amaliy mashg‘ulotlar va interfaol metodlarga asoslangan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish,
pedagoglarning inklyuziv ta’limga oid tajribasini oshirish maqsadida xorijiy tajribalarni
o‘rganish, ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limga oid ilmiy-tadqiqot ishlari olib boorish kabi
tavsiyalar beriladi.
Xulosa qismi:
Bugungi kunda inklyuziv ta’limning jadal rivojlanishi pedagogik jarayonda yangi
yondashuvlarni talab etmoqda. O‘qituvchilarning inklyuziv tayyorgarligini oshirishda
kompetensiyaviy yondoshuvdan foydalanish samarali usullardan biri bo‘lib, u pedagoglarning
kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim jarayoniga moslashish hamda har
bir o‘quvchining individual ehtiyojlarini inobatga olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Maqolada o‘qituvchilarning inklyuziv ta’limga tayyorgarligini boshqarish jarayonida
kompetensiyaviy yondashuvning roli va ahamiyati tahlil qilindi. Ta’kidlandiki, inklyuziv ta’lim
muhitida o‘qituvchidan nafaqat an’anaviy pedagogik bilimlar, balki moslashuvchanlik,
innovatsion texnologiyalardan foydalanish va differensial yondashuv kabi ko‘nikmalar ham talab
etiladi. Shu sababli, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini
ishlab chiqish va ularga zarur metodik ko‘rsatmalarni taqdim etish muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchilarning tayyorgarligini
kompetensiyaviy yondoshuv asosida boshqarish ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi. Bu esa inklyuziv ta’limni yanada takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va har bir o‘quvchiga sifatli ta’lim olish imkoniyatini
yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida inklyuziv ta’lim bo‘yicha tadqiqotlarni yanada
kengaytirish, innovatsion metodlardan foydalanish va pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini
shakllantirishga qaratilgan amaliy tadbirlarni rivojlantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2020.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni. – Toshkent, 2022.
3.
Muxabbat Nazaralievna Toshmurodova. (2024). XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA
BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (INKLYUZIV TA’LIM
SHAROITIDA).
PEDAGOGS
,
53
(1),
144–149.
Retrieved
from
https://pedagogs.uz/ped/article/view/914
4.
Vygotsky, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes.
Cambridge: Harvard University Press, 1978.
5.
Savolainen, H., Engelbrecht, P., Nel, M., & Malinen, O. Understanding Teachers’
Attitudes and Self-Efficacy in Inclusive Education: Implications for Teacher Training. Teaching
and Teacher Education, 2012.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
577
6.
Ainscow, M. Developing Inclusive Education Systems: What are the Levers for Change?
Journal of Educational Change, 2005.
7.
Bo‘ronov Sh., Abdurahmonov I. Pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar. – Toshkent:
Fan va texnologiya, 2018.
8.
Qosimova M., Yo‘ldoshev S. Inklyuziv ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Yangi
asr avlodi, 2021.
9.
Shavkatov R., Rasulova D. Kompetensiyaviy yondashuv asosida pedagoglarni tayyorlash
muammolari. – Toshkent: Ilm-fan, 2019.
10.
Тошмуродова, Мухаббат Назаралиевна (2022). МИЛЛИЙ МАЪНАВИЙ
ТАРАҚҚИЁТНИ
ТАЪМИНЛАШДА
ИМИТАЦИЯ
ВА
МОДЕЛ
АСОСИДА
МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРНИНГ АҚЛИЙ ҚОБИЛИЯТИ ШАКЛЛАНТИРИШ.
Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue 23),
810-819. doi: 10.24412/2181-1784-2022-23-810-819
11.
Shirin Baxtiyarovna Sodiqova Xayrulla Khudoyorovich Khamidov, Ikrom Yusupovich
Bultakov, Karima Saydanovna Raxmanberdiyeva, Sarvinoz Sayfullayevna Kasimova. Linguistic
Expertise of Educational Literature: Analysis and Results // Journal Power System Technology.
Volume 48, 2024/4.. pp. 4017-4027
12.
Abdullayeva, M., & Maxmudova, M. (2022). Importance of legal education
characteristics.
Science and Innovation
,
1
(7), 1311-1314.
13.
Abdullayeva, M., & Bekmahammadova, F. (2025). INGLIZ TILINI O'RGANISHDA
SUNIY INTELLEKTDAN FOYDALANISH.
PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING
YECHIMLARI
,
12
(01), 136-137.