Авторы

  • Ibragimova Komila Uchqunjon qizi
    Maxsus pedagogika Defektologiya (Logopediya) 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82405

Ключевые слова:

Genetik nuqsonlar maxsus ta’lim individual yondashuv pedagogik qo‘llab-quvvatlash rivojlanish buzilishlari.

Аннотация

Genetik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish maxsus pedagogik yondashuvlarni talab qiladi. Bu bolalar individual rivojlanish xususiyatlariga ega bo‘lib, ularning intellektual, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Maxsus ta’lim metodlari, jumladan, moslashtirilgan dasturlar, multisensor yondashuvlar va psixologik-pedagogik yordam ushbu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

564

GENETIK NUQSONLARI BOʻLGAN BOLALARNI OʻQITISHNING OʻZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Ibragimova Komila Uchqunjon qizi

Maxsus pedagogika Defektologiya

(Logopediya) 2-bosqich talabasi

Anotatsiya:

Genetik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish maxsus pedagogik yondashuvlarni

talab qiladi. Bu bolalar individual rivojlanish xususiyatlariga ega bo‘lib, ularning intellektual,

jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Maxsus ta’lim metodlari,

jumladan, moslashtirilgan dasturlar, multisensor yondashuvlar va psixologik-pedagogik yordam

ushbu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

Genetik nuqsonlar, maxsus ta’lim, individual yondashuv, pedagogik qo‘llab-

quvvatlash, rivojlanish buzilishlari.

Аннотация:

Обучение детей с генетическими нарушениями требует специальных

педагогических подходов. Эти дети обладают индивидуальными особенностями развития,

и важно поддерживать их интеллектуальное, физическое и социальное развитие.

Специальные методы обучения, включая адаптированные программы, мультисенсорные

подходы и психолого-педагогическую поддержку, играют важную роль в этом процессе.

Ключевые слова:

Генетические нарушения, специальное образование, индивидуальный

подход, педагогическая поддержка, нарушения развития.

Annotation:

Teaching children with genetic disorders requires specialized pedagogical

approaches. These children have unique developmental characteristics, and it is crucial to

support their intellectual, physical, and social development. Special education methods,

including adapted programs, multisensory approaches, and psychological-pedagogical support,

play a significant role in this process.

Keywords:

Genetic disorders, special education, individualized approach, pedagogical support,

developmental disabilities.

Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga samarali ta’lim, tarbiya berish, ijtimoiy moslashuvini

yaratish uchun uning rivojlanish imkoniyat va xususiyatlarini to'g'ri baholay olishga bog'liqdir.

Bu vazifani rivojlanish nuqsonlarini kompleks psixologo-pedagogik diagnostika qilish orqali

amalga oshirish mumkin. Psixologopedagogik diagnostika rivojlanishida nuqsoni bo'lgan

bolalaming kamchiliklarini aniqlash, bolaning psixik-jismoniy xususiyatlarini e’tiborga olgan

holda unga individual psixologo-pedagogik yondashuvni ta’minlaydi. Rivojlanishida nuqsoni

bo'lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari faoliyat ko'rsatadi.

Ushbu bolalami psixik va jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim sharoitlar yaratilgan.

Bunday sharoitlardan awalo har bir bolaning xususiyatlari e’tiborga olgan xolda yakka

yondashuvni talab etadi. Ushbu yondashuv maxsus dastur, metod, keraqli maxsus texnik

vositalami, maxsus tayyorgarlikga ega pedagog, psixolog, defektolog va boshqalar bilan

birgalikda kerakli tibbiy -profilaktik hamda davolov tadbirlarini, maxsus ijtimoiy yordamni,

maxsus ta’lim muassasalarini texnik va ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashni o'z ichiga oladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

565

Hozirgi kunda turli xil maxsus ta’lim muassasalari mavjud. Bolalar puxta saralash natijasida

qabul qilinishi mo'ljalangan va O'zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi tomonidan

tasdiqlangan maxsus ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalar bilan bir

qatorda turli reabilitatsiya markazlari, rivojlantirish markazlari, aralash guruhlar ochilgan.

Shuningdek, umumta’lim maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarda psixik

va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni uchratish mumkin. Ushbu nuqsonlarning

ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Son jihatdan yirik bo'lgan guruhni harakatlanish, sensor yoki

intellektual sohalarda nuqsonlari aniq ifodalanmagan: eshitishda, ko'rishida, fazoviy-idrok

tassavurlarida, harakat-tayanch apparatida, fonematik idrokida nuqsoni bo'lgan, hissiy-irodaviy

buzilishli, nutqiy rivojlanishida kamchiliklarga ega, xulq buzilishlariga ega, psixik rivojlanishi

orqada qolgan, somatik sust bolalar tashkil etadi. Yaqqol ifodalangan psixik yoki jismoniy

rivojlanishdagi nuqsonlar maktabgacha yoshda aniqlansa, yengil nuqsonlar uzoq vaqt mobaynida

e’tiborsiz qoladi.

Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxis qilish uch bosqichni o'z ichiga oladi: Birinchi bosqich -

skrining nomini olgan. Ushbu bosqichda bola rivojlanishidagi orqada qolish, psixik-jismoniy

kamchiliklari aniqlanadi, lekin ularning xarakteri va chuqurligi belgilash murakkab bo'ladi.

Ikkinchi bosqich - rivojlanishdagi nuqsonlarni differensial tashxis qilish. Ushbu bosqichning

maqsadi rivojlanish nuqsonini turini (xil, toifasini) aniqlash. Uning natijalariga ko'ra bolaning

imkoniyat va xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ularning ta’lim olishlari uchun ta’lim

muassasasini turi va dasturi, optimal pedagogik yo'llanmasi aniqlanadi. Psixologo-tibbiy-

pedagogik komissiyaning faoliyati differensial diagnostikada yetakchi rolni egallaydi.

Uchinchi bosqich - fenomenologik. Uning maqsadi - bolaning individual xususiyatlari, ya’ni

tafakkur faoliyatining xarakteristikasi, hissiy-iroda doirasi, ishchanlik qobiliyati, shaxsi o'rganilib

u bilan ishlash bo'yicha korreksion rivojlantiruvchi individual shart-sharoitni tashkillashtirishdir.

Ma'lumki, nutq-odamlarning til vositasi bilan aloqa bog‘lashlaridir. Odam nutq orqali

munosabatga kirishib, o‘zining bilimlarini faqat yakka tajriba hisobiga emas, balki juda ko‘p

avlod-ajdodlar tomonidan to‘plangan ijtimoiy tarixiy tajriba hisobidan ham boyitadi. Nutq

barcha aks ettirish jarayonlari kabi har bir odamning yakka hayoti davomida o‘zlashtiriladi. Bola

dastlabki nutqni egallayotgan davrda uning nutqi tovushlarga bo‘lgan reaktsiyasi juda

umumlashgan xarakterga ega bo‘ladi. Bolani nutqi rivojlanayotganda, u atrofdagi odamlar

muloqoti ta'siri ostida rivojlanib boradi. Kar va zaif eshituvchi bolalar nutqi, lug‘at boyligi

oshishida va rivojlanishida bir qator qiyinchiliklar yuzaga keladi.

ENB bolalar eshitish analizatori turqun pasayganligi tufayli ularning nutqida ko‘pgina

kamchiliklar kuzatiladi, lug‘atining kambag‘al bo‘lishi, gramatik komponent rivojlanmagan, gap

ichida so‘zlarni tashlab ketishi, so‘zlardagi tovushlarni tushirib talaffuz etish, so‘zlarni o‘zaro

boqlay olmaslik, kelishik, so‘z yasovchilarni, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni ishlata

olmaslik, o‘xshash jarangli va jarangsiz undoshlarni bir-biri bilan adashtirish shular

jumlasidandir. ENB bolalar maktabida ta'lim tizimining bosh maqsadlaridan birini yuqoridagi

kamchiliklarni bartaraf etgan xolda nutqini muloqot quroli sifatida shakllantirishdir. Nutqini

shakllantirish va nutqini logik idrok eta olishni faqatgina nutq o‘stirish darslarida emas, balki har

bir darslarda, to‘garaklarda lug‘at boyligi oshirib boriladi. Birinchi sinfda o‘quvchilarga

qoyiladigan talab, nutqiy materialni og‘zaki daktilda talaffuz qilish orqali lug‘at boyligi

oshiriladi. Muloqot malakasini xosil qilish asta-sekin nutq materialini atrofdagi odamlar bilan

o‘zaro bir-birlarini tushunish uchun zarur. Har bir chorak uchun mavzudan kelib chiqqan tholda

nutqiy material beriladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

566

S.A.Zikovning ta'kidlashicha, kar bolalarni tilga o‘rgatish ishining maqsadga muvofiq

sistemasini kommunikativ funktsiyasini amalga oshirish kerakdir. Bunda har bir yil uchun

tuzilgan reja, dastur o‘quvchilarning nutq egallashlari amal qilgan holda o‘zlashtiriladi. Har bir

so‘z va so‘z birikmasi o‘zida kommunikativlik ma'suliyatini olgan bo‘ladi. Surdopedagog o‘quv

jarayoniga asosiy ta'sir etuvchi shaxsdir, u o‘qitishning har bir bosqichida dastur talabiga

asoslangan holda o‘quv jarayonlarini tashkil etadi. Ularga rahbarlik qiladi. Sog‘lom bolalar kabi

kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini egallashni, o‘z atrofdagi odamlarga taqlid qilishdan

boshlaydilar. Kar bolalarni taqlidi nutq organlarini xarakatini ko‘rish orqali egallashlariga

asoslanadi. Zaif eshituvchi bolalarni nutqga o‘rgatishda ularning atrofdagilardan eshitgan

so‘zlaridan foydalanadilar. Shuning uchun surdopedagog o‘zining nutqiga talabchan bo‘lishi

kerak. Lekin o‘quvchilarning imkoniyatiga qarab so‘zlarni qisqartirish, birlashtirish mumkin

emas. Bu talablar nutqiy malakani oshirishning hamma turlari uchun qo‘llaniladi. Tasviriy

faoliyat darslarida kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar qanday faoliyatga kirishsalar, qanday

predmetni chizishlari va qaysi o‘quv qurollaridan foydalanish bosqichlari albatta surdopedagog

tomonidan nutqiy boshqarilib boriladi. Har qanday faoliyat ENB bolalarni nutqini aktivlashtirish,

shakllantirishga, lug‘atini boyitishga qaratilgan. O‘qituvchi har bir dars uchun lug‘at tanlashi

kerak. Lug‘at tuzishdan oldin o‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarni eshitish darajasini xisobga olishi

kerak. Lug‘at boyligini oshirish quyidagicha amalga oshiriladi. Nutqni rivojlantirish

surdopedagog tomonidan bolalarda predmetning katta-kichikligi, shakli tushunchalari

shakllanadi.

Tasviriy faoliyatda esa bolalar vazifani amaliy bajarib olingan tushunchalar kengaytiriladi,

aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Har qanday faoliyat bolalar nutqini aktivlashtirishga,

shakllantirishga, lug‘atni boyitishga va nutqini mustahkamlashga qaratilgan. O‘qituvchi har bir

dars uchun to‘g‘ri lug‘at tanlashi kerak.

Lug‘atga 4 qismdan iborat so‘z va iboralarni kiritish mumkin:

1) So‘z va ibora, bajarilayotgan ish faoliyatiga boqliq ishlatiladigan materialning nomi (loy,

qog‘oz, boyoq, yelim, ....) bajarilayotgan faoliyat (lepka, rasm chizish, byoyash, yopishtirish,

shtrixlash, …) ish qurollarining nomi (qalam, boyoq qalam, qaychi, bolg‘a).

2) So‘z-predmetning nomi va iborasi, bolalar tasvirlayotgan predmet (shar, archa, qo‘qirchoq, ....)

3) So‘z va ibora, bolalarning idrok qilishlari uchun yo‘naltirilgan harakat (kuzatib chiq,

barmoqing bilan aylantirib kuzatib chiq, paypaslab ko‘rib chiq)

4) So‘z va ibora, idrok qilish orqali mustahkamlash (rangning nomi, geometrik shakli, hajmini

belgilab olish).

Birinchi gruppadagi so‘zlarni tasviriy faoliyatda sekinasta o‘zlashtirib boriladi. Ikkinchi gruppa

so‘z (so‘z-predmetning nomi) – tartib boyicha bolalar topish. Tasviriy san'at faoliyatida so‘zlar

predmet bilan yangicha boqlanishi. Uchinchi va to‘rtinchi guruhdagi so‘zlarga alohida ahamiyat

beriladi. Bolalarning diqqatini predmetga va uning xususiyatiga qaratiladi. So‘ngra esa bolalar

idrok qilgan obrazi mustahkamlanadi. Masalan: Tasviriy faoliyatda olma rasmini tasavvur orqali

chizish jarayonida o‘qituvchi “Olma shar shakliga o‘xshaydi. Yuqorisida chuqurchasi bor,

chuqurchasida dumchasi bor”. Aytilayotgan so‘zlar qoyiladigan cho‘ntakchaga quyiladi.

Mashg‘ulot uchun olingan lug‘at aniq ko‘rsatilishi lozim. Tasviriy faoliyatda foydalanilayotgan

nutq materialining ko‘p qismi bolalarga tanish bo‘lishi lozim. O‘qitishning 1-2 yilida tartibli har


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

567

bir Mashg‘ulotga ikkitadan ortiq yangi so‘z berish mumkin emas. O‘qitishning keyingi yillarida

3-4 tadan ortiq yangi so‘z berish mumkin emas. Rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar tasviriy

faoliyatida o‘quvchilarning lug‘ati ortadi, nutqi aktivlashtiriladi. Rivojlanishda orqada

qolayotgan bolalar shaxs sifatida shakllanishlarida nutqning rivojlanish ahamiyati katta. Shunday

ekan yuqorida aytib o‘tganimizdek, har bir faoliyatda bolalar nutqini rivojlantiriladi. Har bir

tasviriy faoliyat darsida, chizishdan oldin mavzudan kelib chiqqan holda suxbat, savol javob

o‘tkaziladi. O‘qituvchi sinfda bolalar soni kamligi tufayli, har bita bola bilan og‘zaki muloqotga

kirishish, imkoniyatiga ega. O‘quvchilar rasm chizishda analiz-sintez qilishga, rasmlarni

ajratishga o‘rgatiladi.

O‘quvchilar yuqorida, pastda, oldinda, orqada, uzun qisqa kabi tushunchalarga ega bo‘ladilar.

Mavzudan kelib chiqqan holda har bir darsda yangi lug‘at va tushunchalarga ega bo‘ladilar.

Chizish jarayonida ham, o‘qituvchi bolalarni savolga tutadi, sen nimani rasmini chizyapsan?

Rangi qanaqa? Nimaga o‘xshaydi?... shu kabi savolar bilan murojat etib, bolalarni og‘zaki

nutqini tekshiradi va rivojlantiradi. Ayrim Rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar so‘zlari va

gaplari bir biriga bog‘lanmagan holda, so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi, kelishik

qo‘shimchalarini tashlab gapirishadi, shunda o‘qituvchi bolalar nutqini to‘g‘rilab gapirishga,

to‘liq gapirishga o‘rgatadi.

Rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning nutqini rivojlantirishda tasviriy faoliyatning o‘rni katta.

Bolalar tasvirlashga qiziqishlari yuqori bo‟lganligi sababli biror buyum yoki narsani tasvirlash

jarayonida nomini qayta qayta takrorlash, tasvirlanish va nomlanishi murakkab buyum va

narsalardan boshlamaslik kerak. Ba’zi bir xolatlarda nutqida muammosi bor bolalar bilan

shug‘ullanishning o‘zi katta samara bermaydi. Bolani erta tashxis qilib o‘rganishning muhimligi

shundaki, u orqali bolani korreksion ta’limga vaqtida yo'naltirib, ikkilamchi nuqsonlami paydo

bo'lishini oldini olish mumkin. Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlariga korreksion va diagnostik

yordam. Bola imkoniyatlariga baho berish hamda psixik rivojlanishini aniqlash orqali korreksion

pedagogik ishning vazifalarini xal etish mumkin.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalar diagnostikasi”.

Toshkent 2016 –yil.

2. “Rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalar bilan korreksion logopedik ish” o‘quv – uslubiy

majmua.

3. M.Y.Ayupova. “ Logopediya” 10.08.2007-yil

4. Raxmanova V.S. “ Korreksion pedagogika va logopediya “ 2007-yil

5. M.Y.Ayupova. “Logopediya” O‟zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. 2007-yil.

6. Belova-david Narushenie rechi u doshkolnikov. M. Vlados 2001

7. Туманова, Т.В. Системный подход к планированию логопедической реабилитации

«безречевых» детей трехлетнего возраста / Т.В. Туманова, Т.Б. Филичева // Логопедия. -

2013. -№1. - С. 85-86.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

568

8. Sobirov S.T. “Some factors that impede the development of students' creative abilities in fine

art classes”. Asian Journal of Research № 1-3, 2020, ISSN 2433- 202x. 2020 yil. 214-218 b

Библиографические ссылки

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalar diagnostikasi”. Toshkent 2016 –yil.

“Rivojlanishida nuqsoni bo‟lgan bolalar bilan korreksion logopedik ish” o‘quv – uslubiy majmua.

M.Y.Ayupova. “ Logopediya” 10.08.2007-yil

Raxmanova V.S. “ Korreksion pedagogika va logopediya “ 2007-yil

M.Y.Ayupova. “Logopediya” O‟zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. 2007-yil.

Belova-david Narushenie rechi u doshkolnikov. M. Vlados 2001

Туманова, Т.В. Системный подход к планированию логопедической реабилитации «безречевых» детей трехлетнего возраста / Т.В. Туманова, Т.Б. Филичева // Логопедия. - 2013. -№1. - С. 85-86.