Авторы

  • O‘rinboyeva Yulduz Pirnazarovna,Suyunova Sevinch Lutfullayevna
    SamISI, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi dotsenti,Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82406

Ключевые слова:

bozor mexanizmi bozor iqtisodiyotining samaradorligi iqtisodiy faoliyat tanlov erkinligi raqobat mexanizmi iqtisodiy tizim.

Аннотация

Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotining mohiyati, uning asosiy tamoyillari va subyektlari tahlil qilinadi. Bozor xo‘jaligi subyektlarining erkin iqtisodiy faoliyati va ularning tovar-pul munosabatlari orqali o‘zaro bog‘liqligi tushuntiriladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyotining samaradorligi, iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi hamda raqobat mexanizmi yoritib berilgan. Bozor iqtisodiyotining turli mamlakatlardagi modellari, xususan, AQSh, Yaponiya, Germaniya va Skandinaviya davlatlarining iqtisodiy tizimlari o‘ziga xos jihatlari bilan taqqoslanadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

560

BOZOR MEXANIZMI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI

O‘rinboyeva Yulduz Pirnazarovna,

SamISI, “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi dotsenti

ulduzurunbaeva75@gmail.com

Suyunova Sevinch Lutfullayevna,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

suyunovasevinch22@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bozor iqtisodiyotining mohiyati, uning asosiy tamoyillari va

subyektlari tahlil qilinadi. Bozor xo‘jaligi subyektlarining erkin iqtisodiy faoliyati va ularning

tovar-pul munosabatlari orqali o‘zaro bog‘liqligi tushuntiriladi. Shuningdek, bozor

iqtisodiyotining samaradorligi, iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi hamda raqobat mexanizmi

yoritib berilgan. Bozor iqtisodiyotining turli mamlakatlardagi modellari, xususan, AQSh,

Yaponiya, Germaniya va Skandinaviya davlatlarining iqtisodiy tizimlari o‘ziga xos jihatlari bilan

taqqoslanadi.

Kalit so‘zlar:

bozor mexanizmi, bozor iqtisodiyotining samaradorligi, iqtisodiy faoliyat, tanlov

erkinligi, raqobat mexanizmi, iqtisodiy tizim.

Abstract:

This article analyzes the essence of the market economy, its basic principles and

subjects. The free economic activity of market economy subjects and their interconnection

through commodity-money relations is explained. The efficiency of the market economy,

economic activity and freedom of choice, and the mechanism of competition are also highlighted.

Models of the market economy in different countries, in particular, the economic systems of the

USA, Japan, Germany and the Scandinavian countries, are compared with their specific aspects.

Keywords:

market mechanism, efficiency of the market economy, economic activity, freedom

of choice, mechanism of competition, economic system.

Абстрактный:

В статье анализируется сущность рыночной экономики, ее основные

принципы и субъекты. Раскрывается свободная экономическая деятельность субъектов

рыночного хозяйства и их взаимозависимость через товарно-денежные отношения. В нем

также подчеркивается эффективность рыночной экономики, экономической деятельности

и свободы выбора, а также механизм конкуренции. Сравниваются модели рыночной

экономики разных стран, в частности, экономические системы США, Японии, Германии,

скандинавских стран, с их специфическими аспектами.

Ключевые слова:

рыночный механизм, эффективность рыночной экономики,

экономическая деятельность, свобода выбора, механизм конкуренции, экономическая

система.

Kirish


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

561

Hozirgi davr iqtisodiyotida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo'jaligi subyektlari iqtisodiy

xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi

orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi sifatida qaraladi.

Bozor iqtisodiyotida bozor

aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash,

taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlaming barcha subyektlarini

qamrab oladi.

Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari

asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir

[1]

. Bunday iqtisodiyot erkin tovar

pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi,

u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning

barcha bosqichlari – ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va isteʼmol jarayonlarini hamda

iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Shuni ham eʼtiborda tutish

kerakki, hozirgi sharoitda oʻrtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 milliondan ortiq turdagi tovarlar

mavjud boʻlib har yili ularning 1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning

ishtirokisiz tovar turlari va hajmi boʻyicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib

boʻlmaydi

[2][3]

. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish

idoralari muvaffaqqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng

samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.

Odatda, bozor xoʻjaligining barcha asosiy subyektlari 3 ta guruhga boʻlinadi:

uy xoʻjaliklari;

korxonalar (tadbirkorlik sektori);

davlat.

Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning isteʼmol sohasida faoliyat koʻrsatuvchi asosiy tarkibiy birlik.

Uy xoʻjaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida yaratilgan tovar

va xizmatlar isteʼmol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xoʻjaliklari mulk egasi hamda ishlab

chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul

daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.

Davlat – oʻz oldiga foyda olishni maqsad qilib qoʻymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish

vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalarining majmui.

Shuningdek, baʼzi darslik va oʻquv qoʻllanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida,

mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib koʻrsatiladi.

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:

turli

shakllardagi

mulkchilikning

mavjud

boʻlishi

va

unda

xususiy mulkchilikning ustuvorligi;

tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

raqobat kurashining mavjudligi;

davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;

korxona va

firmalarning ichki va

tashqi shart-sharoitlar

oʻzgarishlariga

moslashuvchanligi;


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

562

Tadbirkorlik sektori - Bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi

birlamchi boʻgʻinidir. U ish yuritish uchun oʻz kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga

solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish

uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xoʻjaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.

Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti oʻzining afzalliklari bilan ajralib turadi.

Bozor iqtisodiyotining 3 ta ustun jihati:

1.

Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga

yordam beradi. Buning mazmuni shuki raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur

boʻlgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yoʻnaltiradi.

2.

Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan

biri shuki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil

qilishning asosiy muammolaridan biri boʻlib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini

uygʻunlashtirish hisoblanadi.

3.

Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining taʼminlanishi. Bozor

iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar

tinimsiz harakatda va izlanishda boʻlishadi.

Bozor iqtisodiyoti mexanizmining asosiy prinsiplari:

1.Talab va taklif: Bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi talab va taklifdir.

Talabning

ko'payishi

narxlarning

oshishiga,

taklifning

ortishi

esa

narxlarning

pasayishiga olib keladi. Bu jarayonlar bozorning tabiiytartibini saqlaydi.

2.Narx mexanizmi: Narxlar bozor iqtisodiyotida resurslarning taqsimlanishida muhim vosita

hisoblanadi. Narxlar ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasida resurslar qanday

taqsimlanishini belgilaydi. Narxlar, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni boshqaruvchi mexanizm

sifatida resurslarning qaysi mahsulotga sarflanishini ko'rsatadi.

3.Raqobat: Raqobat bozor mexanizmining eng muhim xususiyatlaridan biridir. U ishlab

chiqaruvchilarni samaradorlikka undaydi va iste'molchilar uchun eng yaxshi narxlar va sifatni

ta'minlashga yordam beradi. Raqobat shuningdek, texnologik yangiliklarning rivojlanishini

ham rag'batlantiradi.

4.Iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi munosabatlar: Bozor iqtisodiyotida

iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar asosiy rol o'ynaydi.

Iste'molchilar o'z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulotlarni sotib oladi, ishlab

chiqaruvchilar esa talabni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqaradi.

Hozirgi davrda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining qator modellari mavjud bo‘lib,

ular bir-birlaridan farqlanadi. Albatta, bu farqlar biznes yuritish faoliyati bilan bog‘liq.

1.Amerikacha yoki liberal model

(AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya). uning asosini davlat

mulki salmog‘ining kichikligi va bozor sub’yektlarining to‘la erkinligi sharoitida

iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi amal etishi tashkil qiladi. Bu modelda yalpi

milliy maxsulot hajmida davlat harajatlarining ulushi nisbatan katta emas. Masalan,

AQSHda bu taxminan 30,0 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatining

yuqoriligi va keskin raqobat qo‘shimcha qiymat miqdorini sezilarli darajada oshiradi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

563

2.Yapon modeli.

Ushbu model Yaponiya tarixiy an’analri -millat manfaatlarining shaxsiy

manfaatlaridan ustunligi, xodimlarning intizomligi va mas’uliyati, yangilikka intilishiga

asoslangan. Bu xislatlar mahsulotlar tanarxini arzonlashtirish, yuqori sifatliligini

ta’minlash hisobiga ularning jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini ta’minlaydi.

Shuningdek, yapon modeli uchun milliy iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlariga davlat ta’sirining

yuqori darajasi, 5 yillik istiqbol rejalarini belgilash ham xos davlat ijtimoiy tengsizlikka qarshi

kurash olib boradi, fuqarolar kasal bo‘lganlarida, ishsiz qolganlarida

va

pensiyaga

chiqqanlarida ularning ijtimoiy huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilad.

Xodimlarning ijtimoiy muammolarini hal etish ish beruvchilar zimmasida bo‘ladi.

3.Nemis yoki qit’a modeli

(Germaniya, Avstriya, Shveysariya, qisman Fransiya). Bu model

quyidagi xususiyatlarga ega: * davlat mulki salmog‘ining yuqoriligi; * davlatning iqtisodiyotga

kuchli ta’sir ko‘rsatishi, bu ayniqsa,ijtimoiy muammolarni hal etishda yaqqol namoyon bo‘ladi;

* xodimlar ish haqi o‘rtasidagi tafovutning katta emasligi; * banklarning iqtisodiyotdagi hal

qiluvchi roli, Markaziy bankka to‘la muxtoriyat berilganligi.

4. Shved yoki Skandinavi modeli

(Shvesiya, Daniya, Norvegiya va Finlyandiya).

iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, mulkiy tengsizlikni kamaytirishga intilish,

aholining kam ta’minlangan toifalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish ushbu modelning asosiy

xususiyatlari hisoblanadi. Soliqqa tortish me’yorining yuqoriligi davlatga salmoqli moliyaviy

resurslarga ega bo‘lish va ularni ijtimoiy muammolarni hal etishga yo‘naltirish imkonini beradi.

Shu tufayli bu davlatlarda ishsizlik darajasi juda past, aholi daromadlari bir-biridan jiddiy farq

qilmaydi.

Xulosa

Bozor iqtisodiyoti – bu iqtisodiy subyektlarning erkin faoliyat yuritishi, talab va taklif asosida

shakllanadigan iqtisodiy tizimdir. U resurslarni samarali taqsimlash, iqtisodiy erkinlik va raqobat

orqali rivojlanish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlari uy xoʻjaliklari,

tadbirkorlik sektori va davlatdan iborat boʻlib, ular oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga

soladi.

Zamonaviy dunyoda bozor iqtisodiyotining turli modellari mavjud boʻlib, ular davlatning

iqtisodiyotga aralashuvi, tadbirkorlik muhitining erkinligi va ijtimoiy himoya darajasi bilan

farqlanadi. Amerika modeli erkin bozor tamoyillariga asoslangan boʻlsa, Yapon modeli intizom

va innovatsiyaga, Germaniya modeli davlatning faol ishtirokiga, Skandinaviya modeli esa

ijtimoiy tenglik va barqarorlikka urgʻu beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Abdullayev A, Muftaydinov Q., Aybetov X. kichik biznesni boshqarish. -T.: “Moliya”

nashriyoti, 2003.-6 b.

2.

BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING TAMOYILLARI. (2025). Modern Education and

Development, 19(1), 195-198.

https://scientific-jl.com/mod/article/view/847

3.

http://nauchniyimpuls.com/index.php/fokus/article/view/1120/933

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Bozor_iqtisodiyoti

5.

https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/906

Библиографические ссылки

Abdullayev A, Muftaydinov Q., Aybetov X. kichik biznesni boshqarish. -T.: “Moliya” nashriyoti, 2003.-6 b.

BOZOR IQTISODIYOTI VA UNING TAMOYILLARI. (2025). Modern Education and Development, 19(1), 195-198. https://scientific-jl.com/mod/article/view/847