ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
648
YORDAMIGA MUHTOJ BOʻLGAN BOLALARNI TAʼLIM TIZIMIGA JALB
ETISHDA OTA-ONALAR, VA JAMOATCHILIK BILAN ISHLASH
Joʻraqulova Sarvinoz Faxriddin qizi
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi
Anotatsiya:
Ushbu maqola asosida inklyuziv taʼlim haqida tushuncha, imkoniyati cheklangan
bolalarni oila muhitiga qaytarish, va ularni, imkoniyati cheklao ngan bolalarni mustaqil hayotga
tayyorlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish masalalari yuzasidan fikrlar yuritiladi.
Kalit soʻzlar:
yordamga muhtoj boʻlgan bolalar, jamoatchilikka kirish, ota-ona va oila muhiti.
Avvalo ushbu inklyuziv taʼlim nima? u qanday faoliyat olib boradi.Uning yordamga muhtoj
bolalar uchun qanday afzalliklari bor?. Dastlab ushbu savollar yuzasidan fikr yuritamiz.
Inklyuziv taʼlim - hamma bolalarning bir xil sharoitda bir xil maktab va bir xil sinflarda taʼlim
olish jarayoni hisoblanadi. Yaʼni yengil darajadagi imkoniyati cheklangan bola bilan sogʻlom
bolalarning bir xil shart-sharoitlarda bir muhitda taʼlim olishi koʻzda tutilgan. Va ushbu taʼlim
demokratlashgan davlatlar tomonidan kafolatlanadi.
Jismoniy yoki aqliy jihatdan imkoniyati cheklangan bolalar koʻpincha jamiyatda eʼtibordan
chetda qoladilar, ota-ona eʼtiborsizligi, noqulay muhit, tashqi ruhiy zarbalar bunday bolalarni
jamiyatdan uzilishiga olib keladi.
Inklyuziv taʼlim mana shu muammolarni bartaraf etadi, yaʼni imkoniyati cheklangan bola va
jamiyat oʻrtasidagi uzilib borayotgan aloqalarni qaytadan tiklash unga ham jamiyatda oʻz oʻrni
borligini, boshqalar kabi oʻz haq-huquqlaridsn foydalana olish imkonini beradi. Ushbu taʼlim
bolani jamiyatga emas balki jamiyatni bolaga moslashtiradi.
Inklyuziv taʼlim bu tez fursatda amalga oshadigan jarayonlardan emas. Ushbu tizimni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun turli tizimlashtirilgan chora tadbirlar, puxta oʻylab
chiqilgan har tomonlama samarali boʻladigan konsepsiyalar ishlab chiqilishi, maxsus pedagogik
guruh tashkil qilinishi, oʻquv binolarning davlat standartlariga javob bera olishi bundan tashqari
maxsus jihoz va oʻquv anjomlariga ega boʻlishi, ota-onalar va pedagoglar oʻrtasidagi uzviy
aloqani tashkil qilish kabi bir qancha masala va chora tadbirlarni ishlab chiqish lozimdir.
Ushbu taʼlim tizimining imkoniyati cheklangan bolalarga qay darajada ahamiyatli ekanligini
koʻrib chiqamiz.
1) Inklyuziv taʼlim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo oʻz oilasi, mahallasi va qarindoshlari
davrasida boʻlish imkonini beradi.
2) Inklyuziv taʼlim barcha uchun taʼlim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator boʻlib
xizmat qiladi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Mart 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
649
3) Uyidan, oilasidan, ota onalar mehridan uzoqda boʻlgan bolalar diydasi qattiq tarbiyasi ogʻir
boʻlib boradi. Inklyuziv taʼlim mana shu masalalarning oldini oladi.
Yordamiga muhtoj boʻlgan bolalarning taʼlimga jalb etilishida uchraydigan muammolar.
1). Ijtimoiy va iqtisodiy muammolar kam taʼminlangan oilalarda yashovchi bolalar taʼlim olish
uchun yetarli moddiy resurslarga ega boʻlmaydi.
2). Psixologik muammolar oʻzini jamiyatdan ajratilgan bolalar taʼlimga boʻlgan motivatsiyasini
yoʻqotadi.
3). Nogironlik bilan bogʻliq muammolar- infratuzilma va maxsus pedagogik yondashuvlarning
yetishmasligi nogiron bolalar uchun taʼlim jarayonini qiyinlashtiradi.
4). Ota-onalarning xabardorligi yetarli emasligi. Baʼzan ota-onalar bolalarning taʼlim huquqlari
haqida yetarli maʼlumotga ega ema.
Ota-onalar bolalarning taʼlimga boʻlgan munosabatini shakllantirishda asosiy rol oʻynaydi. Shu
sababli quyidagi choralar muhim hisoblanadi.
1). Ota-onalar uchun seminar va treninglar tashkil etish.
2). Ota-onalarni taʼlim jarayoniga jalb etish.
3). ijtimoiy himoya dasturlaridan xabardor qilish.
xulosa
Har bir yordamga muhtoj bolalarni taʼlim tizimiga jalb etish murakkab jarayon boʻlib, unda ota-
onalar, oila, jamoatchilik va davlat organlari oʻzaro hamkorlikda ishlashi lozim. Har bir bola
taʼlim olish huquqiga ega va bu huquqni taminlash davlatning, jamiyatning burchidir.
Manbalar
1).Akmalov, U .(2020)" Imkoniyati cheklangan bolalarni taʼlimda qoʻllaniladigan innovatsion
yondashuvlar".
2). Mirzaeva, S.(2021). "Taʼlimda inklyuziv yondashuv: teoriya va amaliyot". Qoraqalpogʻiston
davlat universiteti.
3). Rasulova, D.(2022)."Korreksion pedagogika: nazariya, amaliyot va muammolar". Samarqand
davlat universiteti.
4). Usmonova, M.(2023)."Imkoniyati cheklangan bolalar uchun moslashtirilgan taʼlim dasturlari
". Buxoro davlat universiteti