Авторы

  • Marupova Nigora
    Qashqadaryo viloyat, Muborak tumani 3-maktab o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82428

Ключевые слова:

ma’naviyat qomus alloma komil inson faylasuf

Аннотация

Maqola qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati,fan va sohaga olib kirgan yangiliklari, izlanishlariga bag’ishlanadi. Maqolada  qomusiy olimlarning yoshlar tarbiyasidagi qarashlari,ibrat nuqtalari  tahlil qilinadi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, April 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

715

QOMUSIY OLIMLAR QARASHLARIDA KOMIL INSON TASVIRI

Marupova Nigora,

Qashqadaryo viloyat,

Muborak tumani 3-maktab o’qituvchisi

Annotatsiya:

Maqola qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati,fan va sohaga olib

kirgan yangiliklari, izlanishlariga bag’ishlanadi. Maqolada

qomusiy olimlarning yoshlar

tarbiyasidagi qarashlari,ibrat nuqtalari tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

ma’naviyat, qomus,alloma, komil inson,faylasuf

Аннотация:

Статья посвящена научной деятельности ученого-энциклопедиста Абу

Райхана Беруни, инновациям, которые он привнес в науку. В статье анализируются

взгляды ученого на воспитание молодежи и поучительные моменты.

Ключевые слова:

духовность, энциклопедизм, ученый, совершенный человек, философ

Abu Rayhon Beruniy - Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya,

matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarda oid

qomusiy asarlar muallifi.

Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi

haqida muhim fikrlarni bayon etgan. Uhar bir hunar egasini mehnatiga qarab turlarga bo’ladi.

Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi.

Ayniqsa, ilm ahli, olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, xayrixox bo’lishga chaqiradi. Ularni

ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb biladi. Shu bilan birga og’ir

mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning

mehnatini rag’batlantirib turish kerak,- deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga

g’amxo’r bo’lishi kerakligini alohida eslatadi. Chunki ana shu mehnat ahli ular hukmronligining

tayanchi -deb ta’kidlaydi.

Beruniy o’z qarashlarida bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr

yuritadi. Masalan, Beruniy bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o’rgatish kerak deydi.

Mehnat tarbiyasi o’sha davr an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi.

Hunarmandchilikning bunday yakka holda o’rgatilishi malakali kasb egalarining yetishib

chiqishiga yordam bergan. Halol va vijdonan mehnat qilishga yo’llaganki, bu insonning kamolga

yetishida muhim pog’ona bo’lgan. Zero qadimdan har bir yetuk inson shohmi yoki oddiy

fuqaromi hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. Shuning uchun buyuk

shaxslar ham, beklar ham, mol-mulk egalari bo’lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o’z

farzandini bilimli bo’lishi bilan birga hunarli bo’lishiga ham e’tibor bergan va yozilmagan

qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki, kishilik jamiyati paydo bo’lgandan boshlab, kishilar

o’z mehnati va hunari bilan kun kechirishga majbur bo’lgan va bu hayot taqozosi sifatida qabul

qilingan.

Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo’lishi bilan

birga mehnatsevar va hunar egasi ham bo’lishi kerak deydi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, April 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

716

Abu Ali Ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir.

Uning fikricha har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart. Yosh yigit biror hunarni o’rgansa,

uni hayotga tadbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani ta’minlaydigan bo’lsagina ota uni

uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi. O’spirin hunar egallashi bilan birga unda nafaqat

axloqiy hislar, balki xarakterining irodaviy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Hunar egallash

orqali o’spirinlarda sabr-bardoshlik, chidamlilik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik,

zukkolik kabi insoniy sifatlar shakllanadi.

Ibn Sino har bir insonning mijozidan kelib chiqqan holda unga alohida e’tibor berish kerakligini

ta’kidlashi tufayli juda katta amaliy ish qilganligiga guvoh bo’lish mumkin. Uning fikricha, har

bir inson faqat unga tegishli bo’lgan xususiyatlargagina egadir. Unga o’xshash insonlar kamdan-

kam bo’ladi.

Ibn Sino kasb asoslarini o’rganishning ahamiyati xususida dasturiy yo’l-yo’riqlar yaratgan buyuk

matafakkirlar jumlasidandir. Uning fikricha, kasbga ehtiyoj ham obyektiv zaruratni ongli

tushunish bilan bog’liq ma’naviyat, ya’ni anglangan maqsadlar tizimidir. Inson o’zining

ehtiyojini qondirish, biror muammoni hal etishda aql-idroki, zakovati, irodasi, bilim

boyliklaridan foydalanadi.

Inson amaliy faoliyatini ilm asosida amalga oshiradi. Demak, bilim, iste’dod, tajriba malaka

asosida shakllangan kasb inson faoliyatiga o’ziga xos yo’nalish, imkoniyat beradi.

Beruniyning ilmiy merosi 150 ta asarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular matematika, astronomiya,

geografiya, minerologiya, tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir. Tabiat hodisalarini

tekshiruvchi olim o‘rnida u raqamlar tushunchasi kengayishi, kubik tenglamalar nazariyasi,

sferik trigonometriyaga o‘z hissasini qo‘shgan, trigonometrik jadvalini tuzgan. Arab, fors, yunon,

suriy va sanskrit tillarini bilgan va bir tildan boshqasiga tarjima qilishning tabiiy-ilmiy

terminologiyalari qoidalarini ishlab chiqqan.

Beruniy o’z asarlarida rostgo’ylik, to’g’riso’zlikni ulug’laydi, yolg’onchilikni odamlar

o’rtasiga nizo soluvchi illat sifatida qoralaydi. Beruniy rostgo’ylikni adolat bilan barobar qo’yadi.

Uning fikricha, xalq adolatni sevgani kabi, rostgo’ylikni ham sevadi. Ammo uning mohiyatini,

yoqimliligini bilishni istamaydigan kishi uni sevmaydi. Beruniyning maʼrifat va bilimdonlik

darajasi, kishilarning mulohaza yuritish holati to’g’risida bildirgan fikriga ko’ra, har bir narsani

aniq, sinchiklab o’rganish, bilish, shundan so’nggina bir xulosaga kelish kerak. Beruniy bu ishda

tajribaga asoslanishni alohida uqtiradi, nodonlik, erinchoqlikni yomon illat hisoblaydi.

Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va

muxlisi sifatida olg’a surgan insonparvarlik g’oyalari, taʼlim-tarbiya xususidagi fikr-o’gitlari

ilm-fan, maʼrifat, har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr-ezgulikka intilish, sun’iy

obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va shafqat ko’rsatmasligi kerakligi haqidagi fikrlari

mustaqillik davrida ham yoshlarni barkamol qilib yetishtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning poydevoridir. Sh.Mirziyoyev.

Toshkent. «Tasvir», 2021.

2.Pedagogika

nazariyasi va tarixi. N. Rahmonqulova, K.Matnazarova.

Toshkent. «O’zbekiston

faylasuflari milliy jamiyati», 2010.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, April 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

717

3.

Saidova, Nodira. "Abdulla Avloniy asarlarida ta’lim va tarbiyaga oid qarashlar."

Science and

Education

3.2 (2022): 562-567.

4 Nodira, Saidova. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TAFAKKURIDA

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING O’RNI." BARQARORLIK VA YETAKCHI

TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI 2.1 (2022): 298-299.

Библиографические ссылки

Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning poydevoridir. Sh.Mirziyoyev. Toshkent. «Tasvir», 2021. 2.Pedagogika nazariyasi va tarixi. N. Rahmonqulova, K.Matnazarova. Toshkent. «O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati», 2010.

Saidova, Nodira. "Abdulla Avloniy asarlarida ta’lim va tarbiyaga oid qarashlar." Science and Education 3.2 (2022): 562-567.

Nodira, Saidova. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TAFAKKURIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYANING O’RNI." BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI 2.1 (2022): 298-299.