Авторы

  • Karimova Go‘zal Ibragimovna
    Toshkent shahar Shayxontohur tumani 102-sonli umumta’lim maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi, Perfect universtieti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82431

Ключевые слова:

boshlang‘ich ta’lim kompetensiyaviy yondashuv pedagogik aspekt.

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kompetensiyaviy yondashuvlarni rivojlantirishning pedagogik aspektlari yoritilgan.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, April 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

705

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARIDA KOMPETENSIYAVIY

YONDASHUVLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASPEKTLARI

Karimova Go‘zal Ibragimovna

Toshkent shahar Shayxontohur tumani

102-sonli umumta’lim maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi,

Perfect universtieti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida kompetensiyaviy

yondashuvlarni rivojlantirishning pedagogik aspektlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik aspekt.

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda, qulayliklar

yaratilmoqda. Ushbu soha davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganinig guvohimiz. Xususan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ta’lim muassasalarida faoliyat

olib borayotgan pedagoglarga berilayotgan e’tibor, pedagoglarni o‘z ustida doimiy ravishda

ishlashi, ta’lim sohasiga innovatsion g‘oyalarni tadbiq etishi, kelajagimiz egalarini munosib

tarbiyalash, ta’lim va tarbiya berish samaradorligini yanada oshirish, ma’nan yetuk va komil

insonni tarbiyalash bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Shuning uchun ham “Pedagogika” fani

dunyoviy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Pedagogika tushunchasini A. Avloniy “bola

tarbiyasining fani” deb atagan. Pedagogik kompetentlik atamaning quyidagi ma’nolari mavjud.

“Kompetentlik” ingliz tilida “competence” so‘zidan olingan bo‘lib, “qobiliyat” ma’nosini

anglatadi. Kompetentlik bo‘lajak kasb egasi tomonidan egallanadigan va o‘z faoliyatida

qo‘llaniladigan nazariy bilimlardan unumli foydalanish demakdir. Ya’ni yuqori darajadagi

kasbiy malaka, mahoratni iqtidorli namoyon eta olish tushunchasi bilan izohlanadi.

Kompetentlik tizimida kasbiy kompetentlik asosiy metodologik hodisa bo‘lib, mutaxassis

tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va

malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinish demakdir.

Kompetensiyalar

faoliyatning

samarali

bajarilishini

ta’minlaydigan

harakatlarning

umumlashtirilgan usullari. Bu insonning o‘z malakasini amalda qo‘llash qobiliyatidir.

Zamonaviy pedagogikada mutaxassislarni tayyorlash uchun turli xil yondashuvlar ma’lum. Ular

orasida taniqlilari fanlararo yondashuv, ma’lumotli yondashuv, tizimli yondashuv, faoliyatli

yondashuv sanalib, yaqin orada paydo bo‘lgan yangi vaziyatli yondashuvi, axborot, konseptual,

ergonomik yondashuvlar ham mavjud.

Pedagogikada kompetensiyaga asoslangan yondashuv tushunchasi XX-asrning 80-yillarida

“Perspektivlar” deb nomlangan jurnalda ilk bor tilga olingan. V.D. Landsherning mazkur

mavzuda “Minimal vakolat” konsepsiyasi nomli maqolasi yozib, yondashuvlar haqida ma’lumot

beradi. Dastlab yondashuv haqida emas, balki faqat “kompetensiya”, “kasbiy kompetensiya”

tushunchalari, shuningdek, ta’limning maqsadi va natijasi sifatida shaxsning kasbiy

kompetensiyasi haqidagi fikrlar maydonga keldi. U yerda kompetensiya atamasi “mavzuni

chuqur bilish” deb tushunilgan. Keyinchalik kompetensiya atamasiga keng ma’no izoh berilib,

uning qo‘lami va mazmunini yoritishga harakat qilindi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, April 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

706

Kompetensiya nuqtai nazaridan pedagogik yondashuvlar ma’lum toifalarga ajratiladi. Ularning

shakllanishi va rivojlanishi haqida olimlarning fikrlari mavjud.

Rus pedagogi A.M. Mityayeva ko‘p darajali ta’limni loyihalashtirishning uslubiy prinsipi

sifatida kompetensiyali yondashuvni amalga oshirishda ta’lim tizimi keyingi bosqichga o‘tishi

haqida ma’lumot beradi. Kompetensiyaga asoslangan yondashuvni ta’limning maqsadi va

natijalarining sifat normalari, modellashtirish usuli sifatida belgilaydi, ta’lim natijasini ajralmas

shaklda bitiruvchining ma’lum bir faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi belgilarining tizimi

sifatida aks ettiradi.

Bo‘lajak mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ma’lumotli yondashuvga asoslanib, bo‘lajak

o‘qituvchilari tomonidan kompetensiyaga asoslangan yondashuv konsepsiyasini o‘zlashtirish

masalasi ularning ma’lumotli yondashuvga asoslangan oliy ta’limning uslubiy strategiyasini

bilishlari dolzarbdir. Pedagogikada shaxsning o‘qish-o‘rganish natijasida o‘zlashtirgan bilim

ko‘nikmalari hajmi, yo‘nalishi va darajasiga ma’lumot deyiladi. Ta’lim-tarbiya hamda mustaqil

o‘rganish jarayonida ma’lumot olinadi, ongli faoliyati jarayonida rivojlanantirib boriladi. Ongli

faoliyat jarayoni ta’limning ham obyekti, ham subyekti bo‘lmish insonning fikrlash qobiliyati

shakllanishidan boshlab, oilada, so‘ngra uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida amalga oshiriladi.

Uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida ma’lum bir ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlarida

belgilangan hajm va yo‘nalishdagi ma’lumot o‘zlashtirib boriladi.

Ma’lumotni o‘zlashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli ta’lim va tarbiya

mashg‘ulotlaridan iborat. Ma’lumot olish manbalari darslik, qo‘llanma, qo‘shimcha adabiyotlar,

atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, ma’lumot olish vositasi o‘quv qurollari hamda

mantiqiy tafakkur jarayonidan iborat. Ma’lumot oila, bog‘cha, maktab, akademik lisey yoki

kasb-hunar maktabi, oliy o‘quv yurti, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, oliy o‘quv

yurtidan keyingi ta’lim shakllari hamda qayta kasbga tayyorlashda o‘zlashtiriladi. Zamonaviy

axborot jamiyatida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish ta’limning yetarli natijasidir.

Inson tez o‘zgaruvchan axborot oqimlarida harakat qilishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi,

o‘z-o‘zini o‘rganishi, yetishmayotgan bilimlarni qidirishi va ulardan foydalanishi kerak.

O‘tkazilgan xalqaro qiyosiy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, talabalar reproduktiv

xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda chet ellik tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq, predmet

bilimlari va ko‘nikmalarini o‘zlashtirganligini aks ettiradi, ammo bilimlarni amaliyotga tatbiq

etish bo‘yicha vazifalarni bajarishda ularning natijalari pastroq, hayotiy vaziyatlar, ularning

mazmuni g‘ayrioddiy, nostandart shaklda taqdim etilgan bo‘lib, unda ularni tahlil qilish yoki

sharhlash, xulosani shakllantirish yoki ba’zi o‘zgarishlarning natijalarini nomlash zarur [2].

Shunday qilib, ma’lumotli yondashuvga asoslangan ta’lim sohasida o‘zgarishlarga ehtiyoji bor

bo‘lib, bugungi kunda ta’lim sohasida nafaqat bilimdon, balki o‘z bilimlarini amalda qo‘llay

oladigan kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim sohasi modernizasiya qilinmoqda. O‘zbekistonda

ta’limni davom etayotgan modernizasiya talabalar uchun yangi imkoniyatlardan iborat bo‘lgan

yangi ta’lim sifatiga erishishni nazarda tutadi, talabalarning oldingi avlodlari hal qilmagan

muammolarni hal qilishlari, ya’ni bugungi o‘qituvchilariga katta mas’uliyat yuklaydi.

O‘qituvchilar muammolarni hal qilish qobiliyatini o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, bir

nechta tarkibiy qismlardan iborat: faoliyat motivatsiyalari, axborot manbalarini topish va tahlil

qilish qobiliyati, faoliyatning ayrim turlari uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalar,

muammoning mohiyatini tushunish va uni hal qilish usullarini tanlash uchun zarur bo‘lgan

nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish zarurligini talab qiladi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, April 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

707

Kompetentlilik va kompetensiya so‘zlari bir-biri bilan bog‘liq va biri ikkinchisini to‘ldiradigan

tushunchalardir. Shunga ekan, kompetensiya tizimi amaliy va nazariy tayyorgarlik jihatidan

o‘zida bir qator kompetentlik va kompetensiyalarni jamlagan. Kompetentli deb, muayyan bir

sohaga oid ma’lumotga ega bo‘lgan va shu sohaga xos kompetensiyalarni egallagan kasb egasiga

aytiladi. Kompetensiya - davlat standartlarida bo‘lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo‘lib,

har bir kasb egasining muayyan sohada samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun muhim bo‘lgan

ta’limiy (professional) tayyorgarligidir; kasb egasi tomonidan egallangan mutaxasisligiga doir

bilim, ko‘nikma, malakalar, shaxsiy va kasbiy sifatlari bo‘lib, muayyan sohada orttirilgan

tajribasidir.

Ta’limiy kompetensiyalar shunisi bilan farqlanadiki, ular talabani faoliyatini kelajakda to‘laqonli

hayot kechirishi uchun rivojlantiradi. Ma’lum yoshgacha, davrgacha inson biror bir

kompetensiyani namoyon eta olmaydi, ammo bu insonda kompetensiyani rivojlantirmaslik kerak

degani emas. Bunday holatda ta’limiy kompetensiyalar haqida, ya’ni o‘zaro bog‘liq tushunchalar,

bilim, ko‘nikma, malakalar, borliqda mavjud voqeliklarga munosabat nuqtai nazaridan axloq,

xulq-atvor, tajribada ifodalangan, ham shaxsiy, ham ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan fazilatlarni

amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ilmiy-nazariy tayyorgarlik to‘g‘risida gap boradi.

Kompetentlilik har bir insonning xulq-atvorida, axloq-odobida nazariy va amaliy jihatdan

namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlik o‘z

faoliyatlarida belgilangan topshiriqlarni bajarish jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunda

kompetentlik namoyon bo‘ladigan muhitni ko‘rish talab etiladi.

Boʻlajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni, jumladan, uning muhim komponenti sifatida

didaktik qadriyatli kompetentlikni rivojlantirishga bir necha omillar, jumladan, zamonaviy

axborot-komunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish, ma’lumot va axborotlar ustida

ishlash, tahlil qilish, izohlash hamda foydalanish kabilar ta’sir koʻrsatadi. Masalan, xorijiy tillar

boʻyicha oʻqitishning yangi axborot texnologiyalarini qoʻllash orqali pedagog shaxsini

rivojlantirish, ijodiy izlanish va birgalikda ishlash, oʻquv dasturlarining eng maqbullarini tanlash

yoki yangilarini yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Chunki kasbiy-ijodiy faoliyat yuritish uchun

kasbiy potensial (bilim, koʻnikma, tajriba, kasbiy-shaxsiy fazilat kabilar)ni yetarlicha toʻliq

amalga oshirish, oʻz-oʻzini shaxsiy-kasbiy takomillashtirish zarur [6,34-42b].

L.M.Mitina kasbiy kompetentlikning psixologik modeliga kasbiy bilimlar, pedagogik

yoʻnalganlik, pedagogik qobiliyatlar, umumiy madaniyat va rivojlanish, pedagogik bilimlar

(gnostik loyihalash, konstruktivlik, kommunikativlik, tashkilotchilik) ni kiritadi.

Ye.F. Zeer talaba kasbiy rivojlanishining quyidagi bosqichlarini aniqlaydi:

- talabada kasbiy niyatlarning shakllanishi – kasbni ongli ravishda tanlash;

- kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarning vujudga kelishi, ijtimoiy kasbiy-shaxsiy sifatlarning

tarkib topishi;

- oʻquv faoliyati davomida kasbga moslasha borish, kasbiy tajriba kurtaklarining shakllana

boshlashi, kasbiy fazilatlarning vujudga kela boshlashi;

- kasbiy faoliyatga ijodiy yondashish kabilar.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, April 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

708

Yuqoridagilarga asoslanib, biz didaktik qadriyatlardan foydalanishga oid didaktik qadriyatli

kompetentlikka ega boʻlishda talabada oʻquv faoliyatiga nisbatan quyidagi yondashuvlar mavjud

boʻlishini taklif qilamiz:

- shaxsiy-faoliyatli yondashuv, bunda talabaning kasbiy faoliyati va insoniy fazilatlariga milliy-

ma’naviy qadriyatlarning ta’siri nazarda tutiladi. Talaba oʻqituvchilik kasbini egallayotgan

mutaxassis sifatida didaktik qadriyatlarni bilishi bilan birga, shaxs sifatida ma’naviy

qadriyatlarni ham oʻziga singdirib olishi zarur;

- funksional-faoliyatli yondashuv, talabaning istiqbolagi oʻqituvchilik faoliyatida tarixiy,

innovatsion va zamonaviy didaktik qadriyatlarni qoʻllash orqali sifatli ta’lim berishga erishishida

namoyon boʻladi. Bu talabaga oʻquv faolligi, ijodkorlik, oʻz pedagogik mahorati va oʻqituvchilik

qobiliyati kurtaklarini koʻrsata bilishi, “hayot davomida oʻqib-oʻrganish” mezoni asosida oʻz-

oʻzini tarbiyalash va pedagogik mahoratini shakllantirishiga imkon beradi.

Demak, didaktik qadriyatlarga asoslangan didaktik kompetentlikning zarur elementlari: milliy-

ma’naviy qadriyatlarga asoslangan shaxsiy fazilatlarga ega boʻlish - didaktik qadriyatlarning

turlarini bilish - didaktik qadriyatlarni zamonaviy kontekstda qoʻllay bilishdan iborat. Har biriga

misol bilan izohlash kerak. Qaysi qadriyatlarni qaysi modulda organish haqida qaysi oquv

materiali taklif qilamiz. Uning innovatsion-didaktik qadriyatlarga asoslangan kasbiy qadriyatli

kompetensiyasi ta’limni modernizatsiyalash maqsadida egallayotgan amaliy qobiliyatlarida oʻz

ifodasini topadi. Talabada kasbiy rivojlanish imkoniyatlarning doimiy vujudga kelishi va

namoyon boʻlishiga sharoit yaratish uning jamiyat, oʻquv muhiti, kursdoshlari bilan

munosabatlarining kengayib, chuqurlashib borishini taqozo etadi.

Mamlakatimiz ta’lim tizimini jahon standartlari darajasida ko‘tarishda munosib o‘rniga ega

bilimli, qobiliyatli va iste’dodli bo‘lajak o‘qituvchilarmizda kompetentlikni rivojlantirish,

raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim olish shakli, metod, vositalarini tanlay olish, ta’limning

insonparvarlik, demokratik, shaffoflik, tenglik prinsiplarga amal qilish, ta’lim va tarbiya

jaroyoniga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, jamiyat kelajagi bo‘lgan yosh

avlod tarbiyasida xato va kamchiliklarga boshqalar tomonidan kamsitishlarga yo‘l qoymaslik,

ijtimoiy jihatdan himoya qilish bugungi kun jamiyat oldida turgan sharafli vazifa ekanligini

unitmagan holda, o‘qituvchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish,

yetuk intellektual salohiyatli kadr bo‘lish kabi tavsiyalarga amal qilish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim samaradorligining muhim omili. – T.:

Yoshlar tashkiloti, 2020. – 52 b.

2. Safarova R.G, Joʻrayev R.H Pedagogika ensiklopediya II jild. Ж-М. T: “Ozbekiston milliy

ensiklopediaysi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2015.-376b-184b

3. Xoliqov А. Pedagogik mahorat. – T.: Iqtisod-moliyа, 2010.

4. Зеер Э.Ф. Психология профессий: учебное пособие. 3-е изд., перераб., доп. М.:

Академический Проект; Фонд «Мир», 2005. 336 с.

Библиографические ссылки

Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim samaradorligining muhim omili. – T.: Yoshlar tashkiloti, 2020. – 52 b.

Safarova R.G, Joʻrayev R.H Pedagogika ensiklopediya II jild. Ж-М. T: “Ozbekiston milliy ensiklopediaysi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2015.-376b-184b

Xoliqov А. Pedagogik mahorat. – T.: Iqtisod-moliyа, 2010.

Зеер Э.Ф. Психология профессий: учебное пособие. 3-е изд., перераб., доп. М.: Академический Проект; Фонд «Мир», 2005. 336 с.