Авторы

  • Gʻaniyeva Sabrina Gʻayrat qizi
    Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 615-23-guruh talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82435

Ключевые слова:

Alohida ehtiyojga ega bolalar inklyuziv ta'lim ijtimoiy moslashuv 2019-yil 29-aprel PF-5712-son ota-ona koʻmagi.

Аннотация

Hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida va jamiyatning barcha ijtimoiy guruhlarida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar bor. Ushbu maqolada har bir bolaga nuqsoni sababli bajara olmaydigan qobiliyatlarini emas, balki mavjud nuqsonga qaramay, u bajara olishi mumkin bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarini koʻrsatib oʻtmoqchiman. Qolaversa, bunda inklyuziv ta'lim ahamiyati xususida so'z boradi.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

682

ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BOʻLGAN HAR BIR BOLANING INKLYUZIV TA'LIM OLISH

HUQUQINI TA'MINLASHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH

.

Gʻaniyeva Sabrina Gʻayrat qizi

Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 615-23-guruh talabasi.

Annotatsiya:

Hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida va jamiyatning barcha ijtimoiy

guruhlarida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar bor. Ushbu maqolada har bir bolaga nuqsoni

sababli bajara olmaydigan qobiliyatlarini emas, balki mavjud nuqsonga qaramay, u bajara olishi

mumkin bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarini koʻrsatib oʻtmoqchiman. Qolaversa, bunda

inklyuziv ta'lim ahamiyati xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar:

Alohida ehtiyojga ega bolalar, inklyuziv ta'lim, ijtimoiy moslashuv, 2019-yil 29-

aprel, PF-5712-son, ota-ona koʻmagi.

Abstract:

Currently, in all countries of the world and in all social groups of society, there are

children with special needs. In this article, I would like to show each child not the tasks that he

cannot perform due to his disability, but the mental and physical tasks that he can perform

despite the existing disability. In addition, this article discusses the importance of inclusive

education.

Keywords:

Children with special needs, inclusive education, social adaptation, April 29, 2019,

No. PF-5712, parental support.

KIRISH.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq

ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son

Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari

bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan

ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida olib borgan chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori

qabul qilingan.

●2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi;

●2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-

2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ;

●Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli

ko‘rsatkichlarini tasdiqlash —toʻgʻrisidagi farmoni berilgan.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni ijtimoiy

muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ularga hayotda teng imkoniyat va sharoitlar yaratib

berish masalasi dolzarb ahamiyatga ega bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ham


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

683

alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilishini

ta'kidladi.

Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va ko'pgina

omillarga bog'liq masala hisoblanadi. Shu bois, jamiyatimizning bir bo'lagi bo'lgan maxsus

yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim-tarbiya berish, ularning

sog'lom bolalar qatoridan o'rin olib o'z qobiliyati, imkoniyatlarini ko'rsata olishiga, ma'naviy

kamol topishiga sharoit yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Avvalo, O'zbekiston

Respublikasida inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-

tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini

yaxshilash maqsadida ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Xususan, 2020 yil 15- oktyabrda qabul qilingan O'zbkiston Respublikasining "Nogironligi bo'lgan

shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi qonunida nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini

ta'minlashning huquqiy asoslari mustahkamlangan. Mazkur qonunga ko'ra nogironligi bo'lgan

bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy

faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam

ko'rsatilishiga hamda o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj o'n sakkiz

yoshgacha bo'lgan shaxslar hisoblanadi . Qonunga ko'ra Nogironligi bo'lgan shaxslar barcha

darajalardagi ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish va o'z qobiliyatini yanada to'liqroq rivojlantirish

uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish

huquqiga ega.

Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirishni, ularning ta'lim olishi va

kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o'tishi uchun zarur shart-

sharoitlar yaratilishini kafolatlashi, ta'lim tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda

nogironligi bo'lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari va umumiy o'rta ta'lim

olishini, shuningdek, o'rta maxsus, professional, oliy va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limi olishini

ta'minlashi qonunda mustahkamlab qo'yilgan.

ASOSIY QISM.

Oʻzbekistonda alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning inklyuziv ta'lim olish huquqini

ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

●Huquqiy-me'yoriy asoslar: Ushbu qonunning 20-moddasida inklyuziv ta'lim olish huquqi

belgilangan boʻlsa-da, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun

maxsus ta'lim muassasalari yoki maxsus sinflar tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bu esa inklyuziv

ta'limni umumiy ta'lim muassasalarida toʻliq joriy etishda cheklovlar keltirib chiqarishi mumkin.

"Ta'lim to'g'risida"gi qonun: 638-sonli qaror (12.10.2021)

Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va tashabbuslar:

●"Inklyuziv ta'lim" ilmiy-amaliy laboratoriyasi:

Oʻzbekiston Milliy universitetida "Inklyuziv

ta'lim" ilmiy-amaliy laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriya inklyuziv ta'lim uchun


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

684

mahsulotlar yaratish orqali alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar va talabalar uchun

oʻquv-ilmiy adabiyotlar hamda zamonaviy axborot vositalaridan mustaqil foydalanish

imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Mavjud muammolar va istiqbollar:

●Huquqiy tafovutlar: Amaldagi qonunchilikda inklyuziv ta'limga oid ba'zi cheklovlar mavjud

boʻlib, bu umumiy ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'limni toʻliq joriy etishda muammolar

keltirib chiqarishi mumkin.

●Oʻqituvchilarni tayyorlash: Ushbu soha samarali amalga oshirilishi uchun oʻqituvchilarni

maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarur.

●Jamoatchilik ongini oshirish: Alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga nisbatan bagʻrikenglik

va hurmatni shakllantirish lozim.

Oʻzbekistonda alohida ta'lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning inklyuziv ta'lim olish huquqini

ta'minlash yoʻlida huquqiy-me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib

borilmoqda. Biroq, bu sohada hali ham yechimini kutayotgan muammolar mavjud boʻlib, ularni

bartaraf etish uchun kompleks yondashuv va jamoatchilikning faol ishtiroki talab etiladi.

Agar nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o'qitishning vaqtincha imkoni bo'lmasa,

ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta'lim muassasalari nogironligi bo'lgan

bolalarning sohaga oid shifokorlar tavsiyalari asosida hamda ota-onasining yoki boshqa qonuniy

vakillarining roziligi bilan uyda o'qitilishini ta'minlaydi.

Nogironligi bo'lgan bolalarni uyda o'qitish O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti

mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat nogironligi bo'lgan bolalarning bepul umumiy o'rta, maktabdan tashqari, o'rta maxsus va

professional ta'lim olishini kafolatlaydi.

Nogironligi bo'lgan shaxslarni to'lovdan ozod qilgan holda yoki imtiyozli shartlar asosida maxsus

o'quv qo'llanmalari va adabiyotlar, shuningdek surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish

imkoniyati bilan ta'minlash O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan

amalga oshiriladi.

O‘quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar o‘rnini bosuvchi shaxslar, pedagogik, tibbiy va boshqa

xodimlar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari bepul umumiy o‘rta ta’lim olish, tibbiy

xizmatdan foydalanish hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun belgilangan norma

va qoidalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar,

olimpiadalar, ko‘rgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega. Ixtisoslashtirilgan ta’lim

muassasalariga yo‘llangan chin yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

maqomi bo‘yicha “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilariga tenglashtiriladi. Ixtisoslashtirilgan

ta’lim muassasalarida chin yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar,


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

685

shuningdek, turli sabablarga ko‘ra yakshanba, bayram va ta’til kunlari uylariga keta olmaydigan

o‘quvchilar uchun sutka davomida ishlaydigan guruhlar tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim

muassasasining o‘quvchilari muassasaning ustavi va ichki tartibiga, shuningdek, sanitariya

normalari va qoidalariga amal qilishlari shart. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida

o‘quvchilarning boshqa huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan

ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi. Tegishli soha bo‘yicha oliy ma’lumotli,

kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar ixtisoslashtirilgan ta’lim

muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadir.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining pedagog-o‘qituvchilari o‘zlariga yuklangan

majburiyatlardan tashqari shaxsni shakllantirish va nuqsonlarini korreksiyalash, jismoniy va

psixik nuqsonlarini bartaraf etish, nuqsonlar bilan bog‘liq bo‘lgan bilish faoliyatidagi o‘ziga

xosliklarni me’yorga keltirish, bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish

olib boradilar. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tarbiyachisi rivojlanishdagi nuqsonlarni

korreksiyalash ishlarida o‘qituvchi ishlarini davom ettiradi, jismoniy yoki psixik nuqsonlar

sababli yuzaga keladigan psixik yoki jismoniy rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olgan holda

o‘quvchilarga individual yondashuvni amalga oshiradi, o‘z guruhidagi o‘quvchilarning hayoti va

salomatligi saqlanishi uchun javob beradi.

XULOSA.

Oʻzbekistonda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning inklyuziv ta’lim olish huquqini

ta’minlashga qaratilgan islohotlar soʻnggi yillarda faol olib borilmoqda. Davlat tomonidan qabul

qilingan qarorlar va qonunlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi loyihalar, shuningdek,

ilmiy tadqiqotlar natijalari inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Xulosa

qilib aytganda, Oʻzbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘lida katta qadamlar

tashlanmoqda, ammo tizimni yanada takomillashtirish va barcha bolalar uchun teng

imkoniyatlarni yaratish uchun kompleks yondashuv zarur. Bu yo‘nalishda davlat, jamoatchilik,

xalqaro tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorlikda ishlashi lozim. Kelgusida ta’lim

infratuzilmasini yaxshilash, pedagoglar malakasini oshirish va jamiyatda inklyuziv ta’lim

madaniyatini rivojlantirish orqali bu sohada yanada katta yutuqlarga erishish mumkin. Inklyuziv

ta'limga muhtoj bolalarni ta'limga jalb etish zarur. Ularning zaif tomonlarini shu tariqa unuttirish

yoki boʻlmasa, tuzatish mumkin. Alloh barchaga oʻziga xos qobiliyat ato etgan. Oʻsha

qobiliyatlarni oshkora etish, rivojlantirish oʻqituvchi hamda insonning oʻziga bogʻliq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.Абдуллаева, Ш. А. (2018). СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ СРЕДНЕЙ

ШКОЛЫ. Редакционная коллегия, 459.

2. Erkaboyeva, N. S. (2016). FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES. Ученый XXI века, (4-1),

36-39.

3. "Ta'lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy

konferensiya materiallari. Toshkent-2005 yil.


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

686

4. Ture Yonson "Inklyuziv ta'lim" Opereyshen Mersiy Toshkent-2003 yil. O'qituvchilar uchun

qo'llanma.

5.Fayziyeva U.Yu., Abdurazakova D. Do'stona munosabat muhitidagi maktab. O'XTV Avloniy

nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisyef. XBJ. T., 2005.

6.Нишанбаева, Э. З., & Абдухалилов, А. А. (2020). ИНКЛЮЗИВ ТАЪЛИМНИ

РИВОЖЛАНИШИДА ИЖТИМОИЙ ШЕРИКЛИКНИНГ ТУТГАН УРНИ. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ

ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).

7. Shomurotova, N. (2020). PSYCHOLOGICAL PECULIARITIES OF FAMILY RELATIONS TO

ADVERTISING. Архив научных исследований, (21).

8. Hamrokulova, S. (2022). PEDAGOGICAL-PROGRAMM IMPLEMENTATION OF THE

DEVELOPMENT OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN HIGHER CLASS PUPILS OF SECONDARY

SCHOOLS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 1(4),

52-56.

Библиографические ссылки

Абдуллаева, Ш. А. (2018). СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ СРЕДНЕЙ ШКОЛЫ. Редакционная коллегия, 459.

Erkaboyeva, N. S. (2016). FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES. Ученый XXI века, (4-1), 36-39.

"Ta'lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent-2005 yil.

Ture Yonson "Inklyuziv ta'lim" Opereyshen Mersiy Toshkent-2003 yil. O'qituvchilar uchun qo'llanma.

Fayziyeva U.Yu., Abdurazakova D. Do'stona munosabat muhitidagi maktab. O'XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisyef. XBJ. T., 2005.

Нишанбаева, Э. З., & Абдухалилов, А. А. (2020). ИНКЛЮЗИВ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНИШИДА ИЖТИМОИЙ ШЕРИКЛИКНИНГ ТУТГАН УРНИ. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).

Shomurotova, N. (2020). PSYCHOLOGICAL PECULIARITIES OF FAMILY RELATIONS TO ADVERTISING. Архив научных исследований, (21).

Hamrokulova, S. (2022). PEDAGOGICAL-PROGRAMM IMPLEMENTATION OF THE DEVELOPMENT OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN HIGHER CLASS PUPILS OF SECONDARY SCHOOLS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 1(4), 52-56.