Авторы

  • Raimjonova Muslima
    Jizzax davlat pedagogika universiteti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ifx.82437

Ключевые слова:

Inklyuziv ta’lim ona tili o‘qitish differensial yondashuv multisensor metodlar pedagogik texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida ona tilini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning lingvistik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun samarali pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va differensial o‘qitish metodlari muhokama qilinadi.

background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

677

INKLYUZIV TA’LIMDA ONA TILI O‘QITISH METODIKASI

Raimjonova Muslima

Jizzax davlat pedagogika universiteti O’zbek tili va adabiyoti

fakulteti 2-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida ona tilini o‘qitish metodikasi tahlil

qilinadi. Maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning lingvistik rivojlanishini qo‘llab-

quvvatlash uchun samarali pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va differensial

o‘qitish metodlari muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv ta’lim, ona tili o‘qitish, differensial yondashuv, multisensor metodlar,

pedagogik texnologiyalar.

Kirish

Bugungi kunda inklyuziv ta’lim dunyo miqyosida dolzarb masalalardan biri bo‘lib, har bir

bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan. Inklyuziv ta’lim sharoitida

o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga

olgan holda samarali metodikalarni ishlab chiqish va qo‘llashdir. Ayniqsa, ona tili ta’limida

bunday yondashuv o‘quvchilarning lingvistik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Asosiy qism

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida, eng avvalo, kelajak

avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, hech kimdan kam boʻlmay dunyo arenalarini zabt etishga

qodir farzandlar boʻlib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish turadi.Ayniqsa, yetim va ota-

ona qaramogʻisiz qolgan nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi

hamisha davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Mamlakatimizda imkoniyati

cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi va ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar

yaratib berilmoqda. Ularni jamiyatga integratsiya qilish, avvalo, imkon qadar salomatligini

tiklash maqsadida «Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumiy ta’lim loyihasi» asosida ish

yuritib kelinmoqda. Bunda, asosan, inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish koʻzda

tutilmoqda .Natijada inklyuziv ta’limni tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini,

oʻziga xos imkoniyatlarini chuqurroq oʻrganish, u bilan bogʻliq muammolarni aniqlash,

samaradorlik jihatlarini asoslab berish dolzarb ilmiy muammoga aylanmoqda. Chunki inklyuziv

ta’lim usuli barcha bolalarning ruhiy-jismoniy holatidan qat’iy nazar ta’lim jarayonida toʻlaqonli

ishtirok etishini Ta’minlashga qulay imkoniyat yaratadi.Inklyuziv ta’limni oiladan maktabgacha

ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv

muassasalarida joriy etish natijasida imkoniyati cheklangan insonlarga nisbatan umumiy

munosabat oʻzgarayotgani ma’lum boʻldi. Bu esa ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi

uchun omil boʻlib xizmat qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida oʻqitishning

zamonaviy metodlari keng qoʻllanilmoqda. Oʻqitishning zamonaviy metodlarini qoʻllash oʻqitish

jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik

vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda

uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli tuman metodlar bilan boyitish ta’lim

oluvchilarning oʻzlashtirish darajasi oʻsishiga olib keladi.Oʻqitishning interfaol usullarini


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

678

tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, oʻquv muassasasining

oʻquv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, oʻqituvchining pedagogik mahorati va boshqalar

e’tiborga olinadi.Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil

fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi boʻlgan metodlar tushuniladi.

Bu metodlar qoʻllanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.

Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.Ona tili o‘qitishda qo‘llaniladigan

metodlar har bir bolaning qobiliyatiga moslashtirilishi lozim. Quyida inklyuziv ta’limda samarali

hisoblangan asosiy metodik yondashuvlar keltirilgan:

1. Differensial yondashuv

Bu metodikada o‘quvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari va o‘zlashtirish qobiliyatlari inobatga

olinadi. Masalan, matn ustida ishlashda ba’zi bolalar uchun sodda tushuntirishlar va vizual

materiallar (rasmlar, jadvallar, sxemalar) kerak bo‘lsa, boshqalar uchun chuqurlashtirilgan tahlil

metodlari qo‘llaniladi.

2. Multisensor yondashuv

Bu uslub o‘quvchilar axborotni turli hissiy vositalar orqali qabul qilishiga asoslanadi. Masalan:

-

Eshitish

orqali

o‘rganish

(audio

kitoblar,

hikoyalarni

ovozli

o‘qish);

-

Ko‘rish

orqali

o‘rganish

(rasmlar,

videodarslar,

slaydlar);

- Harakat orqali o‘rganish (rolli o‘yinlar, dramatizatsiya, pantomima).

Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, multisensor metodlar orqali o‘rgatilgan bolalar axborotni

uzoq vaqt eslab qoladilar.

3. Texnologik yondashuv

Zamonaviy texnologiyalar nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ham ta’lim jarayonini

qulaylashtiradi. Masalan, nutqida nuqsoni bor bolalar uchun ovozli lug‘atlar va sun’iy intellekt

dasturlari, disleksiya bilan bog‘liq muammolar uchun maxsus matnlarni o‘qish dasturlari

samarali hisoblanadi.

4. Hamkorlikda o‘qitish

Bu uslubda sog‘lom va nogironligi bo‘lgan bolalar birgalikda ishlaydi. Guruhli topshiriqlar

orqali bolalar o‘zaro yordam beradi, bu esa ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan

birga, tilni o‘rganishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

5. O‘yin metodlari

O‘yinlar bolalarning qiziqishini oshirish va o‘qish jarayonini osonlashtirishga yordam beradi.

Masalan, “so‘z topish” o‘yini, interaktiv testlar, ta’limiy kompyuter o‘yinlari nogironligi bo‘lgan

bolalar uchun ham moslashtirilishi mumkin

Shunday qilib, inklyuziv ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni oʻqitishning zamonaviy shakl

va metodlariga muvofiq tashkil etila digan koʻpqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi.

Bunda har bir shakl oʻz oldiga qoʻygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar toʻplami

yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, oʻquv


background image

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241

Volume 6, issue 2, Mart 2025

https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi

worldly knowledge

OAK Index bazalari :

research gate, research bib.

Qo’shimcha index bazalari:

zenodo, open aire. google scholar.

Original article

679

jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.Zamonaviy ta’limni tashkil

etishga qoʻyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa

vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni

o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan koʻnikma va malakalarni hosil

qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim,

koʻnikma va malakalar darajasini baholash oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda

ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.Pedagogik texnologiya oʻz

mohiyatiga koʻra subyektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil

etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:

pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;

oʻqituvchi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni qaror toptirishi;

o‘quvchilar tomonidan oʻquv predmetlari boʻyicha puxta Bilimlarning egallashini ta’minlash

o‘quvchlarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish

o‘quvchilarning oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqara olishlari Uchun zarur shart-sharoitlarni

yaratishi

pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustivorligiga erishishni

kafolatlashi zarur. Shu jihatdan oʻqituvchilarni ta’limda alohida ehtiyojlari bor bolalar bilan

ishlashga kasbiy tayyorlashning nazariy-pedagogik jihatlarini aniqlashtirish orqali inklyuziv

ta’lim samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich ta’limda sogʻlom

tengqurlari bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olish ehtiyojini jahon

standartlari asosida ta’minlashda tashkilotlararo maqsadli va amaliy natijalarga yo’nalgan

hamkorlik hamda integrativ chora-tadbirlar taqozo etiladi. Ta’lim klasteri sharoitida barcha

bolaga birdek sifatli ta’limni tashkil etishda oʻqituvchining roli va mavqei, ota-onalar va keng

jamoatchilikning pedagogik savodxonligini oshirish taqozo etiladi.Inklyuziv ta’limda ona tilini

o‘qitish metodikasining asosiy maqsadi har bir o‘quvchiga mos keladigan yondashuvni ishlab

chiqishdir. Ushbu maqolada yoritilgan metodlar orqali inklyuziv ta’lim samaradorligini oshirish

mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1)

N.B.Goipova Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika: darslik –Namangan, 2024

Библиографические ссылки

N.B.Goipova Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika: darslik –Namangan, 2024