ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
748
ZAMONAVIY ADABIYOT O’QITUVCHISI O’QISH SAN’ATI USTASI
Rajabova Hulkar
Nizomiy nomidagi TDPU o’qituvchisi:
Xayitmamatova Charosxon
Nızomıy nomıdagi TDPU o‘zbek tili va adabiyoti talabasi
charosxonxayitmamatova@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy adabiyot o’qituvchisining dunyo qarashi
o’quvchilarni to’g’ri yo’lga boshlay olishi va badiiy adabiyot darsi ko’ngilni tarbiyalash darsi
haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
O’qituvchi, kitobxonlik, president, zamonaviy, dunyoqarash, naqqosh,
obraz, adabiyot.
Ustoz misli yonib turgan shamga o‘xshaydi.O‘zi yonib atrofga nur-ziyo taratadi.
Barchamizga ma’lumki, hamma kasblarni ustoz -muallim orqali o‘rganiladi. Ustoz- ilm
o‘rgatuvchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, tarbiyalovchi murabbiydir. Bola birinchi saboqni ham
o‘qituvchidan oladi. Ona – vatan so‘zlarining ma’nosini ham o‘qituvchi o‘rgatadi. Shuning
uchun ham barcha kasblar ichida o‘qituvchilik kasbi eng mashaqqatli, eng sharafli va
mas’uliyatli hisoblanadi.
Prezedentimizning “O‘zbekistonda bugundan boshlab, eng hurmatli,
eng e’zozli inson –bu muallim!” yoki “ O‘qituvchini hurmat qilmaganni men ham hurmat
qilmayman!”, deb ta’kidlab aytganlari o‘qituvchilik kasbining nechog’lik sharafli bir kasb
ekanligidan dalolat beradi. Zamonaviy adabiyot o’qituvchisi bo’lish hammaning ham qo’lidan
kelavermaydi. Bu juda ham mas’uliyatli kasbdir. Adabiyot o’qituvchisi inson ko’ngli bilan
ishlaydi,chunki adabiyot darsi ko’ngil tarbiyalash darsidir.
Avvalambor o’qituvchi deganda ko’z oldimizga bizni maktab ostonasidan qo’limizdan tutib
o’qishni, yozishni o’rgatgan hayotning pasd-u balandini, yaxshiyu-yomonni tanitgan mo’tabar
bir ulug’ zot ko’z oldimizda gavdalanadi. O’qituvchini naqqoshga o’xshatkim keladi. Chunki
naqqosh oddiy yog’ochga mahorat bilan kuch g’ayrat ila ishlov berib undan chiroyli buyum
yaratadi. Malakali ustozlarimiz ham bolaning yoshligidan, bolaning qordek oppoq qalbiga ilm
urug’ini sochadi. O’qituvchilarning zimmasiga juda ham mas’uliyatli vazifa turadi. Bolaga
to’g’ri yo’l ko’rsatish, yaxshiyu-yomonni farqlash, hayot mag’zini chaqishda, dunyoqarashining
kengayishida, albatta, o’qituvchi-murabbiylarning ro’li katta ahamiyat kasb etadi. Albatta
o’qituvchi ham bilimdon, zukko, aqilli, fikrlay olish qobiliyati, dunyoqarashi keng bolmog’i
lozim. Zamonaviy adabiyot o’qituvchisi o’quvchilarni badiiy adabiyotga nafaqat jahon
adabiyotiga, kitobxonlikka qiziqtirishi lozim.Albatta o’quvchilarni darsga qiziqtirish
o’qituvchilarning o’ziga, dars mahoratiga, darsda qo’llaydigan metodikasiga ham
bog’liq.Masalan O’qituvchi biror bir asarni tahlil qilib bermoqda o’quvchiga asar g’oyasini
yetkazib bera olishi zarur bo’lsa o’sha obraz qahramonni o’qituvchi o’zining siymosida
gavdalantirib bermog’i lozim.O’qituvchi darsga mahorat bilan yondoshsa o’quvchilarning
adabiyotga kitobxonlikka ishtiyoqi ortib boraveradi.O’quvchini kitob o’qishga yoshligidan
qiziqtirish lozim.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
749
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak?”. Mustaqilligimizdan
boshlab bu muammo bo‘yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari
bilan chiqdilar. O‘qituvchining kasbiy mahoratini milliy an’ana va urf-odatlarimizdan,
qadryatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyatini hozirgi
zamon talablari darajasida shakllantirish uchun metodik qo’llanmalar, tavsiyanomalar paydo
bo‘ldi. XXI asrga kelib o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda. Endilikda
global o‘zgarishlar, fan-texnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin
rivojlanib borishi o‘qituvchidan yuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik quvvatni, chuqur
bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va
psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan,
kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat
ko‘rsatuvchi shaxsdir. Shu fikrlardan kelib chiqqan holda zamonaviy adabiyot o‘qituvchisidan
quyidagi mas’uliyatlar talab qilinadi.
–
O‘qituvchi o‘quvchilarini chin ko‘ngildan seva bilishi, o‘z mehrini, his tuyg’ularini har
lahzada o‘quvchilar ichki dunyosi bilan bog’lay olishi, ularning mehriga, hurmatiga sazovor
bo‘lishi kerak.
–
Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi.
–
O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim tarbiyaning eng zamonaviy shakl, metod
va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.
–
O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi kerak. Chunki, ta’sirli nutq orqali o‘qituvchi
tushuntirib bermoqchi bo‘lgan narsasini o‘quvchiga yaxshi yetkazib bera oladi.
–
O‘qituvchining kiyinish madaniyati o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni soda, ozoda,bejirim
kiyinishi, ta’lim-tarbiya jaroyonida o‘quvchining diqqatini tortadigan turli –xil (tilla, kumush,
taqinchoqlar) buyumlardan foydalanmasligi lozim.
O’zbekiston Respublkasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham o’quvchi yoshlarni kitobga
qiziqishini e’tiborga olgan holda bir necha qarorlar e’lon qilgan.
O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2020-yil 2- martdagi PF-5953-SON Farmoni bilan
tasdiqlangan 2017- 2021-yillarda beshta ustuvor yo’nalish bo’yicha Harakatlar strategiyasini
“Ilm-marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da kitobxonlik bo’yicha Davlat dasturi
qaror qilindi
2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvatlash miliy dasturi
2020- 2021-yillarda amalga oshirish bo’yicha chora tadbirlar ko’rilgan.
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo’nalishi etib quyidagilar belgilangan.
Avvalo yoshlarning manaviy-marifiy, badiiy-estetik talablarga javob beradigan kitoblarni yuksak
sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga yordamlashish.
Milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutaola madaniyatini
yuksaltirish .
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241
Volume 6, issue 2, Aprel 2025
https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi
worldly knowledge
OAK Index bazalari :
research gate, research bib.
Qo’shimcha index bazalari:
zenodo, open aire. google scholar.
Original article
750
Kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish,yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish
va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki zamonaviy adabiyot o’qituvchisi har bir o’sib
kelayotgan yosh kadrga yetakchi namuna bo’lmog’i lozim.
Albert Eyinshteyn shunday so’zlari bor edi: “Men aql egalari bo’lgan matematiklar oldida bosh
egaman, lekin ko’ngil egalari bo’lgan adabiyotchilar oldida tiz cho’kaman!”
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Qunduzxon Xusanboyeva. Adabiyot o’qitish metodikasi 33-bet. Toshkent 2018.