66
7.1
2
10
O‘ZBEK TILIDA BELGI VA UNING DARAJA KATEGORIYASI
TALQINIGA DOIR
Shomuratova Orzigul Xusan qizi
Axborot texnologiyalari va menejment
universiteti,
Filologiya
kafedrasi
assistant o‘qituvchisi
Annotatsiya:
O‘zbek tilshunosligida daraja ma’nosini ifodalovchi vositalar formal-
sinxronik tadqiqining ilk namunasini A.N.Kononov monografiyasida kuzatamiz. Olim sifat
darajasi ikki ko‘rinish (qiyosiy va orttirma)ga ega bo‘lishini ko‘rsatadi hamda qiyosiy darajaning
uch usulda ifodalanishini ta’kidlaydi: a) morfologik; b) sintaktik; v) sintaktik-morfologik.
Kalit so’zlar:
tilshunoslik, ifoda, vosita, formal-sinxronik, morfologik.
Globallashuv davrida jahon tilshunosligida olam lisoniy manzarasining belgi-
xususiyat va daraja tizimini tahlil qilish, muloqotda sifat darajalarini kategorial
baholash, uni lisoniy tizimda aks ettirish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar
amalga oshirilgan. Shaxs, narsa-buyum, mavhum hamda aniq voqelik belgisi ma’lum
kategorial darajada namoyon bo‘ladi. Daraja tushunchasi talqiniga bag‘ishlangan
tadqiqotlarni bugungi izlanishlar sifatida baholash mumkin. O‘zbek tilidagi daraja
ma’nosini ifodalovchi vositalar, A.N.Kononov, T.I.Grunina, A.G‘ulomov,
S.N.Ivanov, M.Asqarova, G‘.Abdurahmonov, G‘.H.Ne’matov va boshqa olimlar
tomonidan atroflicha tadqiq etilgan
1
. Sifat va uning daraja kategoriyasini o‘rganishda
Z.Ma’rufov, A.Madrahimov, I.Hamdamova, F.Ishoqov, S.G‘iyosov, M.Qo‘ldoshev,
Kim Byong Il, Z.Mamarajabova
2
tadqiqotlari e’tiborga molik. Sifat va uning daraja
1
Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка. – М.-Л.: Изд-во Академии наук
СССР, 1960. – С.162–165; Исхаков Ф. Г. Имя прилагательное. – М.: Ист.срав.грам. тюрк.яз, 1987. II. – С. 143–
145.; Мадраҳимов А. Ўзбек тилида сифат ва янги ясалган сифатлар масаласига доир // Известия АН УзССР.
Серия общественных наук. –Ташкент, 1957. –№ 1. – С. 41-47; Маъруфов З. М. Ўзбек тилида сифатларнинг
қиёсий даражалари / Ўзбек тили грамматикасидан материаллар. Ўзбекистон Фанлар академияси Тил ва адабиёт
институти асарлари. – Тошкент, 1949. – К. 1. – Б. 131–143.
2
Мамаражабова З. Ўзбек тилида сифатларнинг коннотатив маънолари: Филол. фанлари номзоди ...дисс.-
Тошкент, 2004. Маъруфов З. М. Ўзбек тилида сифатларнинг қиёсий даражалари / Ўзбек тили грамматикасидан
материаллар. Ўзбекистон Фанлар академияси Тил ва адабиёт институти асарлари. – Тошкент, 1949;
Мадрахимов А.Прилагательные новообразования в современном узбекском языке: Дисс. …канд. филол. наук. –
Ташкент, 1955; Содиқова М. Ўзбек тилида ранг-тус билдирувчи сифатлар: Филол. фанлари номзоди ...дисс. –
Тошкент, 1963; Ҳамдамова И. Ўзбек тилида сифатларнинг маъно турлари ва уларнинг ўзбек тили изоҳли
луғатида берилиши: Филол. фанлари номзоди ... дисс. – Тошкент, 1964; Гиясов С. Семантическая структура и
компонентный анализ качественных прилагательных узбекского языка: Дисс. ... канд. филол. наук. – Ташкент,
1983; Исхаков Ф. Г. Имя прилагательное. – М.: Ист.срав.грам.тюрк.яз., 1987. II. – С. 143–145; Қўлдошев М.
Ҳозирги ўзбек тилида сифат ясовчи маҳсулдор аффикслар: Филол. фанлари номзоди ... дисс. – Тошкент, 1994;
Ким Бьёнг Иль.Семантико-грамматические и стилистические особенности однокоренных параллельных
прилагательных с различной аффиксальной частью в современном узбекском языке: Дисс… канд. филол. наук.
– Ташкент, 2000; Мамаражабова З. Ўзбек тилида сифатларнинг коннотатив маънолари: Филол. фанлари
номзоди ... дисс. –Тошкент, 2004
67
7.1
2
10
kategoriyasi turkiy tillar doirasida ham o‘rganilgan
3
. M.Sodiqova belgi bildiruvchi
leksemalarning ma’no nozikliklari, rang-tus bildiruvchi sifatlarning semantik
xususiyatlarini yoritdi
4
. Olima “O‘zbek tilida variantdoshlik” kitobida ot, sifat, son,
olmosh, fe’l turkumidagi variantdoshlar ma’nosini izohlash jarayonida so‘zlarning
emotsional-ekspressiv xususiyatlari borasida to‘xtaladi, leksemalarning qo‘llanishi,
ma’no ifodalash darajasiga e’tibor qaratadi.
5
Daraja tushunchasi daraja bildiruvchi leksemalar, daraja morfologik
kategoriyasi, daraja-miqdor holi, daraja-miqdor ergash gapli qo‘shma gap sifatida
alohida-alohida o‘rganilgan. Mazkur hodisa, uning xususiyatlari O.Bozorov,
Sh.Shahobiddinova
tadqiqotlarida,
qisman
F.Najmiddinov
dissertatsiyasida
yoritilgan
6
. Daraja tushunchasi haqidagi mulohazalar ayrim darslik, qo‘llanmalarda
ham keltirilgan.
7
Tadqiqotlarda daraja tushunchasiga yondashuv bir xil emas. O‘zbek tilidagi
daraja ma’nosi va uni ifodalovchi vositalar tadqiqida turli aspektdagi yondashuvlar
mavjud. Ularni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1. Daraja ma’nosining diaxronik tadqiqi: a) formal diaxronik tadqiq;
b) formal-funksional diaxronik tadqiq.
2. Daraja ma’nosining sinxronik tadqiqi: a) formal-sinxronik tadqiq; b) formal-
funksional sinxronik tadqiq.
O‘zbek tilshunosligida daraja ma’nosini ifodalovchi vositalar formal-sinxronik
tadqiqining ilk namunasini A.N.Kononov monografiyasida kuzatamiz.
8
Olim sifat
darajasi ikki ko‘rinish (qiyosiy va orttirma)ga ega bo‘lishini ko‘rsatadi hamda qiyosiy
darajaning uch usulda ifodalanishini ta’kidlaydi: a) morfologik; b) sintaktik; v)
sintaktik-morfologik.
3
Хаметова А. Превосходная и преувеличительная степени имён прилагательных в тюркских языках (на
материалах современных узбекского, уйгурского, казахского и туркменского языков): Автореф. дисс. … канд.
филол. наук. – Ташкент: Фан, 1969. – 30 б.
4
Содиқова М. Ўзбек тилида ранг-тус билдирувчи сифатлар: Филол. фанлари номзоди ... дисс. – Тошкент,
1963;
5
Содиқова М. Ўзбек тилида вариантдошлик. – Тошкент, 2009. – 50 б.
6
Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш: Филол. фанлари д-ри ... дисс. автореф. – Тошкент, 1997;
Шаҳобиддинова Ш. Ўзбек тили морфологияси умумийлик-хусусийлик диалектикаси талқинида. – Андижон,
1994. I қисм. – 108 б.; Шу муаллиф. Ўзбек тили морфологияси умумийлик-хусусийлик диалектикаси талқинида.
– Андижон, 1994. II қисм. – 132 б.; Нажмиддинов Ф.Адъектив лексемаларда семалар таснифи ва семалараро
муносабат турлари: Филол. фанлари номзоди ...дисс. – Навоий, 2000.
7
Ўзбек тили грамматикаси. Т. I. –Тошкент: Фан, 1975. – Б. 298-300; Расулов Р., Нарзиева М. Лексикологияни
ўрганиш: Олий ўқув юртлари учун. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992. – Б. 23. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М.,
Ҳожиев А. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. I қисм. –Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – Б.256.
8
Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского литературного языка. – М.-Л.: АН СССР, 1960. – С.162–
165.
68
7.1
2
10
Qiyosiy darajaning morfologik usulda ifodalanishi –roq affiksi vositasida
amalga oshiriladi. A.N.Kononov mazkur shaklning kelib chiqishi masalasida ikki xil
qarash borligini ko‘rsatadi:
O.Byotling, V.Bang, J.Deni, M.Ryasyanen, K.Menges qarashlariga ko‘ra -roq
affiksi
yiroq
so‘zining taraqqiyoti natijasidir.
G.Ramstedt, K.Brokkelman nuqtai nazaricha affiks otdan fe’l yasovchi -ra va
fe’llashgan ismlar qo‘shimchasi bo‘lgan -k affiksidan tashkil topganligini ta’kidlaydi.
Olimning o‘zi affiksning aslida kichraytirishni ifodalovchi
-loq
qo‘shimchasidan
kelib chiqqanligi haqidagi fikrini bildiradi. Mazkur affiksning o‘zbek adabiy tilidagi
quyidagi ma’nolari xarakterli ekanligini aytadi:
a) sifatning noto‘liq o‘lchovini bildiradi:
maydaroq, balandroq, issiqroq
kabi;
b) ikki predmetni qiyoslamagan holda, birida belgining ortiq darajadaligini
ifodalaydi (bunda oldinda yana ravishi keladi):
yana kuchliroq, yana go‘zalroq, yana
boyroq
kabi.
-roq affiksi ravish, sifatdosh, ravishdosh va ayrim otlarda belgining to‘liq
emasligini ifodalaydi:
beriroq, ichkariroq, o‘qiganroq, kulganroq, ozroq, qo‘rqibroq
kabi.
A.N.Kononov qiyosiy daraja ifodalanishining sintaktik usuli ikki ko‘rinishda
bo‘lishini keltirib o‘tgan:
a) qiyoslanayotgan predmet chiqish kelishigida bo‘lib, undan keyin sifat
keladi:
temirdan og‘ir, boldan shirin, qilichdan o‘tkir;
b) qaraganda, nisbatan, ko‘ra ko‘makchilari jo‘nalish kelishigidagi so‘zdan
keyin keladi: qandga qaraganda shirin, Andijonga nisbatan kattaroq kabi.
Sintaktik-morfologik usulda morfologik vosita va sintaktik qurilma daraja
ma’nosini ifodalashda uyg‘unlashadi: olmadan shirinroq, o‘g‘lidan yaxshiroq kabi.
A.Kononov orttirma daraja voqelanishining 5 usulini ajratgan:
a) eng, juda, g‘oyat, nihoyat so‘zlari vositasida: eng yaxshi, juda chiroyli,
g‘oyat sovuq, nihoyatda issiq kabi;
b) egalik va chiqish kelishigi qo‘shimchasini barcha, hamma, bari so‘zlariga
qo‘shish orqali: barchasidan/hammasidan/baridan kuchli kabi;
v) sifatlarni qaratuvchili birikma sifatida takrorlash asosida: yaxshilarning
yaxshisi, donolarning donosi kabi;
g) qaratuvchi otga qaralmish sifatni bog‘lash asosida: qovunlarning yaxshisi,
shoirlarning ulug‘i, odamlarning aqllisi kabi;
69
7.1
2
10
d) chiqish kelishigidagi otga egalik shaklidagi sifatni bog‘lash asosida:
qovunlardan yaxshisi, shoirlardan ulug‘i, odamlardan aqllisi kabi
9
.
O‘zbek tili akademgrammatikasida sifat darajalariga munosabatning o‘ziga xos
ko‘rinishi mavjud. Unda sifatning quyidagi daraja shakllari keltirilgan:
orttirma daraja – belgining ortiqligini ifodalaydi;
ozaytirma daraja – belgining kamligini ifodalaydi;
qiyosiy daraja – belgining ortiq-kamligini turli chog‘ishtirish usullari
vositasida aniqlaydi.
Orttirma darajani ifodalovchi vositalarning quyidagi tiplari ko‘rsatilgan:
Morfologik usul
(intensiv usul deb ham yuritiladi) da intensiv shakl bir
predmet belgisini boshqa predmetdagi shunday belgiga qiyos etmagan holda
ifodalaydi. Uning ko‘rinishlari sifatida quyidagilar ajratilgan:
a) so‘zning birinchi bo‘g‘ini ajratilib, unga keyingi bo‘g‘indagi birinchi
undoshni qo‘shib, yopiq bo‘g‘in hosil qilish va asl o‘zakni qo‘shib aytish asosida:
dum-dumaloq, sip-silliq, qop-qorong‘i, nest-nobud, yam-yashil kabi;
b) so‘zning avvalgi ikki tovushi ajratilib, unga p, m, s tovushlari qo‘shilib,
yopiq bo‘g‘in hosil qilinadi, so‘ng o‘zak qo‘shib aytiladi: kap-katta, sap-sariq, qip-
qizil, sip-silliq, qop-qorong‘i, nest-nobud, yam-yashil kabi;
v) so‘z oldidan takrorlanuvchi qolip bo‘g‘in ikki (yopiq, ochiq) bo‘g‘indan
iborat bo‘ladi, boshqacha aytganda, ajratib olingan ikki tovushga p tovushini qo‘shish
orqali yopiq bo‘g‘in hosil qilinadi va unga yasama bo‘g‘in –pa qo‘shiladi: to‘ppa-
to‘g‘ri, soppa-sog‘, oppa-oson, quppa-quruq, teppa-teng, happa-halol kabi
10
.
Keltirilgan tasnifdan ma’lum bo‘ladiki, akademgrammatikada morfologik
(intensiv) usul deganda so‘z o‘zgarishi hodisasi emas, balki fonetik usul nazarda
tutilgan. Demak, bunda termin hodisa mohiyatiga unchalik to‘g‘ri kelmaydi.
Akademgrammatikada ajratilgan fonetik usul intensiv (morfologik) usuldan keskin
farqlanmaydi. Fonetik usul sifatida urg‘u, intonatsiya, tovush takrori kabilar
keltirilgan: balaand, kaatta, yam-yashil, qipp-qizil, yum-yumaloq kabi.
Akademgrammatikada leksik usulning bir necha ko‘rinishi farqlanadi:
a) maxsus kuchaytiruvchi so‘zlar orqali: juda, g‘oyat, eng, nihoyatda, bir,
biram, tim, naq, zap, behad, benihoya, cheksiz, mislsiz, tengsiz, nihoyasiz, beqiyos
kabi;
b) takroriy so‘zlar vositasida: zo‘r-zo‘r, barmoqday-barmoqday, ne-ne,
kattadan-katta kabi;
9
Кононов А. Н. Грамматика современного узбекского литературного языка. – М.-Л.: АН СССР, 1960. –
С.162–165.
10
Ўзбек тили грамматикаси. Т. I. – Тошкент: Фан, 1975. – Б. 296–297.
70
7.1
2
10
v) turli so‘z birikmalari, idiomatik iboralar vositasida: haddan ziyod cho‘tir,
haddan tashqari qonli, misli yo‘q bir to‘y, bahosi yo‘q juvon, ming marta yaxshi, aql
bovar qilmas gap, mutlaqo notanish odam, husni bir jahon ayol kabi.
Mazkur manbada eng, yanada, battar kabi sodda, bir-biridan, biridan-biri,
kundan-kun, yildan-yil, oydan-oy kabi takroriy so‘zlar qiyoslash vositasi sifatida
xizmat qilishi, bular vositasida yuzaga kelgan qiyoslarda ham belgi ma’nosida
ortiqlik ifodalanishi ta’kidlanadi.
11
Bunday usullar bilan, asosan, orttirma daraja ifodalanadi.
Leksik-semantik usul leksik usuldan farqli ko‘rinishlarga ega. Bunda belgi
bildiruvchi so‘zlar o‘rnida boshqa ko‘chma ma’noli so‘z qo‘llanadi: shakar qovun,
shayton qiz, olov bola kabi.
Akademgrammatikada ozaytirma darajaning ko‘proq rang-tus belgilariga
xosligi qayd etilib, uni ifodalovchi quyidagi vositalar farqlanadi:
1) affiksatsiya usuli: a) -ish/-g‘ish (ko‘kish, oqish, qizg‘ish, sarg‘ish), -(i)mtir
(qoramtir, ko‘kimtir) shakli;
b) -roq affiksi (eskiroq tufli);
2) leksik vositalar yordamida: yarim, nim, och, xiyol,sal, aytarli, uncha,
unchalik… emas, u qadar… emas;
3) leksik-morfologik usul. Bunda daraja ma’nosini ifodalash uchun leksik
unsurlar morfologik shakllar bilan qo‘llanadi: Bunisi xiyol kichikroq.
Qiyosiy daraja shaklini yasovchi eng muhim vositalardan biri sifatida –roq
affiksi ajratilgan. Bunda shakl ushbu ma’noni kontekstdagina anglatishi
ta’kidlangan va qiyosiy daraja uchun quyidagi tartibda tuzilgan gaplar keltirilgan: -ga
qaraganda …roq, -ga nisbatan …roq, -dan ko‘ra …roq, -dan ham –roq.
Shuningdek, ko‘makchi so‘zlarsiz ham qiyosiy daraja ifodalanishi aytiladi:
Tashakkurdan qimmatliroq mukofot bormi odam bolasiga.
–roq affiksining turli qurshov, so‘zlovchining subyektiv munosabati asosida
boshqa vositalarsiz qiyosiy daraja ma’nosini ifodalashi ta’kidlanganligi ham e’tiborga
molikdir. Masalan, Ahmadning bo‘yi baland, Valining bo‘yi undan ham balandroq
gaplari qiyoslansa, bunda -roq shaklining ortiqchaligi ko‘rinadi. -roq affiksi qiyos
obyektini keltirmagan holatda ham qiyosiy daraja ma’nosini ifodalaydi: Valining
bo‘yi balandroq.
Akademgrammatikada sifat darajasi ko‘rsatkichining belgining ortiq yoki
kamligini anglatish xususiyati – daraja ma’nosini ifodalashi, turli-tuman (fonetik,
11
Ўзбек тили грамматикаси. – Тошкент: Фан, 1975. Т. I. – Б. 296-300.
71
7.1
2
10
leksik, semantik, leksik-morfologik, kontekstual, subyektiv munosabat) vositalar
orqali reallashuvi ta’kidlangan.
O‘zbek tilining grammatik xususiyatlari atroflicha yoritilgan mazkur manbada
sifat darajalariga grammatik kategoriyadan kengroq hodisa sifatida munosabatda
bo‘lishga intilish seziladi. Son, egalik, kelishik, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, mayl,
zamon shakllari majmuiga nisbatan kategoriya atamasi ishlatilgan. Daraja ifodalovchi
vositalarning «Grammatik kategoriyalar» mavzusi ostida alohida morfologik
kategoriya sifatida maxsus ta’kidlanmaganligi fikrimizni isbotlaydi. Bu, albatta,
daraja ma’nosini ifodalovchi vositalarning turli sathlarga mansubligi, boshqacha
aytganda, mazmunan bir xillik va shaklan har xillik xususiyatiga egaligi uning
grammatik kategoriya sifatida qaralishiga monelik qilganligi bilan belgilanadi.
U.Tursunov, J.Muxtorov va Sh.Rahmatullayevlar muallifligidagi «Hozirgi
o‘zbek adabiy tili» darsligida daraja kategoriya sifatida talqin etiladi va darajaning
ikki shakli farqlanadi:
ozaytirma daraja;
orttirma daraja.
SH.Raҳматуллаев
сифатлардаги даража ифодаловчи воситаларни
анъанадагидан фарқли равишда грамматик категория сифатида қарашдан
чекинади. Даража маъносининг синхрон-формал-функционал талқинини амалга
оширган тилшунослар унинг морфологик ва лингвистик хусусиятларини
ўрганишда диалектик методология асосида иш кўрадилар. Хусусан, ўзбек
тилшунослигида
формал-функционал
ёндашувнинг
асосчиси
бўлган
С.Н.Иванов сифатлардаги даражани махсус грамматик категория сифатида
ажратмаган ва у грамматик категориянинг фақат от ва феълда мавжудлигини
таъкидлаган
12
.
G‘.Zikrillayev «O‘zbek tili morfologiyasi»da sifatning daraja ma’nosi, asosan,
uning lug‘aviy ma’nosida mavjud bo‘lishini ta’kidlaydi. Muallif daraja ma’nosini
ifodalovchi vositalarning kategorial xususiyatlariga e’tibor qaratmasdan, shakllarning
struktur xususiyatiga ko‘ra o‘ziga xos tasnifini beradi.
O.Bozorov sifat darajasi kategoriyasining shakllantirilish asosi va uning
semantik xususiyatlari haqida fikr yuritar ekan, butun borliq hodisalari darajalanishi
uchun umumiy bo‘lgan «oz-meyoriy-ko‘p» tamoyilidan kelib chiqilsa, ko‘pgina
an’anaviy tushunchalarimizning noto‘liq, shartli ekanligi ma’lum bo‘lishiga diqqatni
tortadi:
12
Иванов С.Н. Родословное древо-тюрок Абу-л-Газихана. Грамматический очерк. (Имя и глагол.
Грамматические категории). – Ташкент: Фан, 1969. – С. 204.
72
7.1
2
10
«a) meyoriy (normal) daraja ma’nosi uchun xizmat qilib kelgan «oddiy daraja»
atamasining qo‘llanilishi o‘rinli emas. Mantiqan olganda, «oddiy» tushunchasi aslida
«murakkab» tushunchasiga zid qo‘yilishi lozim bo‘lib, bu tushuncha o‘zida «miqdor
darajasi», «belgi darajasi turi» kabi ma’nolarni aks ettira olmaydi;
b) «oddiy-qiyosiy-orttirma» zidlanuvidagi «qiyosiy» atamasi ham o‘zi anglatib
turgan daraja belgisining (masalan, «ozlik»ning) ma’nosini o‘zida aks ettira olmaydi.
Aslida «qiyosiy» tushunchasi xususiy ma’no turlaridan birining emas, balki barcha
xususiy ma’nolarning shakllantirilish asosi bo‘lgan usulning atamasidir».
13
Z.Mamarajabova sifatning konnotativ ma’nolarini tahlil qildi, sifat leksemalar
tarkibidagi konnotativ semalar va ularning qo‘llanish doirasini aniqladi. Tadqiqotchi
sifat darajalarini grammatik-stilistik kategoriya sifatida o‘rgandi. Daraja ma’nosini
reallashtiruvchi vositalarning konnotativ ma’nolarini tahlil qildi. Sifatlardagi daraja
shakllarining belgi ma’nosini kuchaytirib yoki ozaytirib ifodalash bilan bir qatorda
kontekstda turli emotsional-ekspressiv ma’no bo‘yoqlariga ega bo‘lish imkonini
lisoniy faktlar asosida isbotladi.
14
Ko‘rinadiki, tilshunoslar o‘zbek tilida daraja ma’nosi va uning ifodalanishi
mavjudligini e’tirof etganlari holda, uning kategorial xususiyati, tarkibi va
ifodalovchi vositalari masalasida yakdil emaslar.
O‘zbek tilidagi birorta hodisa darajadek rang-barang talqinlarga ega emas.
Buning barchasi daraja ma’nosini ifodalovchi vositalarning har xilligi, qamrovi
kengligi, aniqrog‘i, grammatik kategoriya mezonlariga sig‘masligi bilan belgilanadi.
13
Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш: Филол. фанлари д-ри ... дисс. автореф. – Тошкент, 1997. – Б. 34.
14
Мамаражабова З. Ўзбек тилида сифатларнинг коннотатив маънолари: Филол. фанлари номзоди ... дисс. –
Тошкент, 2004.