Авторы

  • Sevinch Nu’monova
    Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.59772

Ключевые слова:

leksikologiya leksika so‘z semasiologiya frazeologiya leksikografiya onomasiologiya etimologiya frazeologizm onomastika frazema

Аннотация

Mazkur maqola sizga leksikologiya, uning mazmuni, tarkibiy qismlari haqida ma’lumot beruvchi kichik bir manbadir.


background image





60

7.1

2

10

LEKSIKOLOGIYANING HAMKOR SOHALARI

Sevinch Nu’monova,

Qarshi

davlat

universiteti

Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqola sizga leksikologiya, uning mazmuni, tarkibiy qismlari haqida

ma’lumot beruvchi kichik bir manbadir.

Kalit so‘zlar:

leksikologiya, leksika, so‘z, semasiologiya, frazeologiya, leksikografiya,

onomasiologiya, etimologiya, onomastika, frazema, frazeologizm.

“Leksikologiya (ot. grekcha lexikos—so‘zga oid va logos—ta’limot) tilning

lug‘at tarkibini, leksikasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Leksikologiyaning
o‘rganish manbai – so‘z” [4, B.83]. So‘zni o‘rganish jihatdan leksikologiya bir
necha tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Semasiologiya, leksikografiya, onomastika,
onomasiologiya, etimologiya, frazeologiya kabi bo‘limlar leksikologiyaning tarkibiy
qismlaridir. Bu tarkibiy qismlarning har biri o‘ziga xos mazmun- mohiyatga ega. Ular
haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lish uchun esa ta’riflar bilan bir qatorda misol va
namunalarni ko‘rib o‘tish joiz.

“Semasiologiya (yunoncha. semasia—ma’no, mazmun va logiya…)—1)

tilning, til birliklarining hissiy idrok qilinadigan tomoniga, tovush, akustik yoki grafik
ko‘rinishiga qarshi qo‘yiladigan ma’no tomonini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi;
2)leksik unsurlar—morfema va so‘zlarning mazmuni haqidagi fan, shu ma’noda,
leksikologiya bilan muvofiq bo‘ladi. Ba’zi hollarda, semasiologiyani faqatgina ichki
so‘z yasalishi bilan chegaralab qo‘yadilar. Biroq u bu holatda etimologiya bilan ham
bog‘liq bo‘ladi va so‘zlarning ko‘chma ma’nolari (hosila ma’no), shakl va ma’no
munosabatiga

ko‘ra

turlari

(omonim,

sinonim,

antonim,

paronimlar)

semasiologiyaning obyekti bo‘lib xizmat qiladi” [8, B.233]. Tilning hissiy idrok
qilinadigan tomoni—sinonimlar (ozod, erkin, hur, sarbast); tovush, akustik tomoni—
paronimlar (adib-adip, tanbur-tambur, asl-asil); grafik ko‘rinishiga qarshi
qo‘yiladigan ma’no tomoni—omonimlar (un—oziq-ovqat mahsuloti, un—ovoz, un—
o‘smoq).

“Onomasiologiya narsa va hodisalarga nom berish jarayonini o‘rganadi” [1,

B.96]. Nomlash jarayoni bevosita predmet va hodisalarning tarixiy ildizlari yoki
vazifasiga aloqador sanaladi.
Tilning paydo bo‘lish taraqqiyoti mavzusida ham narsalar va ularning nomlari
xususida yunon olimlarining bahslariga guvoh bo‘lganmiz.

“Demokrit va uning tarafdorlari tilda narsa bilan narsa orasida hech qanday

bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan,


background image





61

7.1

2

10

degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon
boshliq boshqa bir guruh olimlar narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish
bor. Bu bog‘lanish narsaning xususiyatidan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish
ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim
anologistlar deb nom olgan” [1, B.10].

“Onomastika (yunoncha. opot-ism, onomastikos-ismga bog‘liq) tilshunoslikda

otlar, ularning tarixi tilda qo‘llanilishini o‘rganadi. Asosiy birligi so‘z, gap ham
bo‘lib kelishi mumkin. O‘zbek tilidagi nominativ gaplar bunga misol bo‘la oladi. Bu
turdagi gaplar voqea-hodisalarning mavjudligini tasdiqlab, gapga xos xususiyatlarni
o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi” [6]. Onomiya turli xos nomlarga bo‘linadi:

1)antroponimiya – odamlarning ismini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Masalan: juma

kuni tug‘ilgan qizlarga—Jumagul; ramazon oyida tug‘ilganlarga – Ramazon;
to‘rtinchi farzandga—Robiya; safarlarda tug‘ilganlarga—Safar, Yo‘lchi; tana
a’zolarida xoli bo‘lsa—Xolida , Xolmo‘min; nori bo‘lsa—Nortoy, Anora; ta’nasida
ortiqcha qismi bo‘lsa—Ortiq yoki, aksincha, kamroq bo‘lsa—Kamol, Kamola; tilab-
tilab kutilgan farzandga—Xudoyberdi, Tilovberdi; farzandi vafot etaversa—Tursun,
Ko‘paysin kabi ismlar qo‘yiladi;

2)toponimika – geografik nomlarni o‘rganadi. Masalan: To‘rtko‘lda to‘rtta ko‘l

mavjud; Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo hududlarida daryolar bor; Qoramergan
qishlog‘idan mashhur mergan o‘tgan; Kitob (kifti ob—2 yelkasi suv)—daryolari
ko‘p bo‘lganligi uchun shunday nomlar bilan atalgan;

3)etnonimika – millatlarning nomlarini o‘rganadi: qirg‘iz, o‘zbek, uyg‘ur, tojik,

fransuz, yapon va hokazolar.

“Xalq og‘zaki ijodidagi, jumladan, “Manas” dostonidagi onimlar—qimmatli

madaniy, tarixiy yodgorlik. Olimlar fikriga ko‘ra, bu dostonda ko‘plab xalqlar
(qabila, urug‘, elat) turli real voqealarni boshidan kechirgan va asar o‘ziga xos otlarga
boy. “Manas” trilogiyasidan qirg‘izlarga xos barcha tarmoqlarni bilib olish mumkin,
undagi toponimlar(Olti-O‘zen, Jet-Kait, Qaynar-Kashat, Kabakart, Oro- To‘be,
Teniz-Nur), antroponimlar(Oq-bolta, Basangqul, Dandan, Oshpur, Tobotoy, Tokotoy,
Un-duchak), etnonimlar (alchin, katagan, targ‘in, tirg‘ot, uysun, shiytu, ezet)” [3
B.440].

“Etimologiya (haqiqat va ta’limot)—1)so‘z va morfemalarning kelib chiqishini

o‘rganadigan bo‘lim; 2)so‘zning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot
usullari majmui; 3)so‘zning kelib chiqishi 19-asr tilshunosligida “etimologiya’’
termini “grammatika” ma’nosida ham qo‘llangan. Bu soha yasama, qo‘shma va
xorijiy tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar ma’nolari bilan ham qiziqadi. Etimologiya


background image





62

7.1

2

10

so‘zning ham shaklini, ham ma’nosini hisobga oladi. Tilshunoslikning bir bo‘limi
hisoblangan etimologiyaning asosiy vazifasi qadimiy manbalarni hamda til lug‘at
takibining shakllanish jarayonini va uning qadimiy holatini tiklashdan iborat.
Maqsadi esa so‘z qachon, qaysi tilda, qanday yasalish qolipi bo‘yicha, qaysi til
materiali asosida qanday shakl va ma’noda qanday paydo bo‘lganini aniqlashdir.
Etimologik tahlilning asosiy metodi qiyosiy-tarixiy usul bo‘lib, u fonetik
qonuniyatlar, morfologik qoidalar, o‘zgarishlarga tayanib ish ko‘radi. O‘zlashma
so‘zlar etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Masalan, hozirgi o‘zbek tilidagi

daftar”, “piyola”, “qalam

” so‘zlari yunon tiliga mansubligi va o‘sha tildagi

ma’nosini aniqlash uchun leksikografik izlanish—arab, fors, yunon lug‘atlarini
solishtirish kifoya qiladi. Biroq “

juda qadimiy

” ma’nosidagi “

daqyanusdan qolgan”

iborasining etimologiyasini aniqlash uchun din tarixidan, Qur’oni Karimdagi “Kahf
surasi” dan, Rim imperiyasi tarixidan xabardor bo‘lish kerak. Etimologiyaning ilmiy
etimologiya, soxta etimologiya va xalq etimologiyasi kabi turlari mavjud. Ilmiy
etimologik tahlil til tarixi, lahja, shevalar va faktlarni qiyoslash orqali yuzaga keladi.
Masalan, hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanayotgan payt ma’nosini bildiruvchi

tunovgi—

tunovkun—tunovin

so‘zlari uch tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, “

tun og‘gan kun

shaklida qo‘llangan demak, yuqoridagi sinonimlar, ya’ni “

tunovin”, “tunovgi

so‘zlari

o‘tgan kun , burnog‘i kun , kechadan oldingi kun

ma’nolarini emas , balki

kecha, tun og‘gan kun

ma’nosini ifodalagan.

Soxta etimologiya eskirgan yoki o‘zlashma so‘zning morfologik tuzilishini va
boshqa xususiyatlarini noto‘g‘ri tushunish natijasida yuzaga keladi. Masalan,

“meditsina’’

so‘zini “

madadi Sino”

tarzida ajratib, Ibn sino nomi bilan bog‘lash.

Xalq etimologiyasi esa so‘z ma’nosini aniq faktlarga asoslanmagan holda faqat

tovush tomonining tasodifiy o‘xshashliklariga qarab, afsona va rivoyatlarga tayanib
izohlash” [5 B.9].
“Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarkibidagi
frazemalarni o‘rganadi. Frazema ko‘chma ma’noli turg‘un birikmadir. Masalan,
zo‘raymoq (leksema)-avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema)-azob chekmoq
(frazema)” [2 B.216].

Frazelologiyaning lug‘aviy ma’nosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, grek tilidagi ikkita

so‘zdan “phraseos’’- ifoda va “logos” so‘zlaridan tashkil topgan.

“Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib obrazli

ma’naviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi. Frazeologizm
ibora, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma
atamalari bilan ham yuritiladi” [4 B.129].


background image





63

7.1

2

10

“Frazeologizmlarning qo‘llanilishiga ko‘ra turlari:

-erkirgan iboralar: “alifni kaltak demoq”, “kallasini xam qilib”, “yeng silkitmoq”;
-dialektal iboralar: “alag‘da bo‘lmoq-xavotir olmoq”, “ko‘ngli tob tashladi – ezildi”,
“halok bo‘lmoq-ovora bo‘lmoq”;
-ilmiy iboralar: “nazar tashlamoq”, “chambarchas bog‘lanmoq”, “qulay qurshov”;
-badiiy ibora: “sabr kosasi to‘lmoq”, “og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq”, “six
ham kuymasin, kabob ham”;
-so‘zlashuv nutqi iboralari: “ko‘zi tor”, “arpasini xom o‘rmoq”, “yerga urmoq” [4
B.130].

“Leksikografiya (grek. lexikos-so‘z, so‘zga oid va grapho-yozaman) yoki
lug‘atchilik deyiladi. Tilshunoslikning bu bo‘limi—lug‘at tuzish bilan
shug‘ullanuvchi va lug‘at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi soha” [4 B.133].
Anatol Fransning yozishicha, “lug‘at—alfavit tartibida joylashtirilgan
voqelikdir”.
Lug‘atlarning turlari:

1)

izohli lug‘at—bir tilli bo‘lib, lug‘atdagi so‘zlarga bir tilda izoh beriladi. Bunday
lug‘atlarga “Oxford Dictionary’’ , “O‘zbek tilining izohli lug‘ati’’ va boshqalar
kiradi.

“Masalan: o‘zbek tilidagi “

shuur

’’ – (arabcha-anglash, sezish, tushuncha)

Shoirlarda zehn va shuur o‘tkir, xayol dengizi esa teran bo‘ladi” [7 B.10];

2)

tarjima lug‘ati—ikki yoki undan ortiq tilli bo‘lib, unda biror tilga oid so‘z va iboralar
ikkinchi (uchinchi va hokazo) tilga tarjima qilinadi. Bunday lug‘atlarga “o‘zbekcha-
ruscha lug‘at”, “ruscha-o‘zbekcha lug‘at”, “inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-
inglizcha” kabilarni kiritishimiz mumkin. Masalan: “inglizcha-o‘zbekcha”
communication – noun [kemju:ni`kei n]
1)aloqa, muloqot, suhbat, fikr almashish, gaplashish, muomala;
2)communications (plural) – aloqa, axborot almashinuvi;
3)qatnov;
4)xat yoki qo‘ng‘iroq xabar.
O‘zbekcha-inglizcha:
kun tartibi (ot.) – agenda (noun.) [edjende];
3)imlo lug‘at—lug‘atdagi so‘zlar va iboralarning izohi ham, tarjimasi ham
bo‘lmaydi. Bu lug‘at so‘zlarning yozilishini, imlo qoidalarini o‘z ichiga oladi. Imlo
lug‘atlariga misol tariqasida “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, “Oрфографический
словар русского языка” va boshqalarni keltirish mumkin.
“Masalan: “

d


background image





64

7.1

2

10

dub-durust dublyaj dudburon duet dukullamoq duoyi bad
dupur-dupur dumba-jigar dup-durust duxovka” [10 B.66-67].
Imlo lug‘ati asos va qo‘shimchalar imlosini, bo‘g‘in ko‘chirish, bosh harflar imlosi,
chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish va shu kabi qoidalarni ham o‘z ichiga oladi.
4)”maxsus lug‘at – fan va texnikaning ma`lum bir yo‘nalishiga, tarmog‘iga
bag‘ishlangan bo‘lib, u ham izohli, ham tarjima lug‘ati bo‘lishi mumkin. “Ruscha-
o‘zbekcha matematik terminlar lug‘ati”, “Aнгло-русский железнодорожный
словарь” [13], “Inglizcha-ruscha-o‘zbekcha diplomatik va siyosiy atamalar lug‘ati”
shular jumlasidandir.
5)so‘zlarning ishlatilish darajasiga ko‘ra lug‘ati. Izohli, tarjima, imlo lug‘atlar alfavit
tartibida tuzilsa, so‘zlarning ishlatilish darajasiga ko‘ra tuziladigan lug‘atlarda so‘zlar
tartibi ularning nutqda ishlatilish darajasi bilan belgilanadi. Bunga misol tariqasida,
“Частотный словарь русского языка“ [12] lug‘atini keltirish mumkin. Bu lug‘at
jahon bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, so‘zlardan eng ko‘p ishlatiladiganlari

в(v)

va

вo(vo)

predloglari, 2-o‘rinni

и(i

) bog‘lovchisi, 3-o‘rinni

не (ne

) inkori, 4-o‘rinni

на (н)

predlogi, 5-o‘rinni

я (ya

) olmoshi egallagan” [8 B.2400].

6)etimologik lug‘at – so‘zlarning kelib chiqish tarixini tushuntirib, izohlab beradi.
Masalan: “Толковый словарь живого велико-русского языка” [11].

Xulosa

: Leksikologiyaning har bir tarkibiy qismi hayotga tatbiq etiladigan

sohalardandir. Kundalik nutqimizda foydalanadigan so‘zlarimizning mazmum-
mohiyatini, kelib chiqishini bilish – bugungi kun talabi. Chunki inson haq-huquqlari
himoyasi kafolatlangan bir zamonda ma`nosi anglanmay aytilgan birgina so‘z tufayli
turli xil jarimalar, ba`zan esa ozodlikdan mahrum etish jazolari tayinlanmoqda.
Ijobiy tarafiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, so‘zlashuv jarayonida iboralardan
foydalanish nutq jozibasini, ta`sirchanligini oshiradi. Shaxslar, hududlar va narsalarga
nom berish hodisasi esa o‘ta ahamiyatli. Zeroki, tanlangan nomlar orqali kishilar,
predmetlar va boshqalarning fe`l-atvori, belgi-xususiyatlarini osongina anglash
mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Muhammadabbos Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. –Yangi asr avlodi, 2009. –263b.

2.

Hasanxon Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent “Talqin”, 2005. –271b.

3.

“Manas” ensiklopediyasi. –Qirg‘iz ensiklopediyasi bosh tahririyati, 1995. –
2jild.

4.

Ra’no Sayfullayeva. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2009. –414b.

5.

Эрванд Севортян. Этимологический словарь тюркских языков. –Тошкент, 1974-
84. –768с.

6.

Uz.m.wikipediya.org.


background image





65

7.1

2

10

7.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. –“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy
nashriyoti, 2006. Beshinchi jild. –589b.

8.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. –Toshkent, 2000. –23469b

9.

Shavkat Rahmatullayev. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. –Toshkent, 2000. –600b.

10.

Shavkat Rahmatullayev, Azim Hojiyev. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. –Toshkent
“Ilm-ziyo-zakovat”, 2020. –528b.

11.

Владимир Ивановиич Даль. Толковый словарь живого великорусского языка. –
1819.

12.

Ляшевская О.Н., Шаров С.А. Новый частотный словарь русской лексики.
М.:Азбуковник, 2009.

13.

Пронина Р.Ф., Бегун А.И., Волкова Н.С., Мощук Е.И., Фукс Е.А., Холчева
А.С. Англо-русский железнодорожный словарь. –Москов, 1958.

Библиографические ссылки

Muhammadabbos Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. –Yangi asr avlodi, 2009. –263b.

Hasanxon Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent “Talqin”, 2005. –271b.

“Manas” ensiklopediyasi. –Qirg‘iz ensiklopediyasi bosh tahririyati, 1995. –2jild.

Ra’no Sayfullayeva. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2009. –414b.

Эрванд Севортян. Этимологический словарь тюркских языков. –Тошкент, 1974-84. –768с.

Uz.m.wikipediya.org.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. –“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2006. Beshinchi jild. –589b.

O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. –Toshkent, 2000. –23469b

Shavkat Rahmatullayev. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. –Toshkent, 2000. –600b.

Shavkat Rahmatullayev, Azim Hojiyev. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. –Toshkent “Ilm-ziyo-zakovat”, 2020. –528b.

Владимир Ивановиич Даль. Толковый словарь живого великорусского языка. –1819.

Ляшевская О.Н., Шаров С.А. Новый частотный словарь русской лексики. М.:Азбуковник, 2009.

Пронина Р.Ф., Бегун А.И., Волкова Н.С., Мощук Е.И., Фукс Е.А., Холчева А.С. Англо-русский железнодорожный словарь. –Москов, 1958.