113
7.1
2
10
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI BOG‘LOVCHILARNING
VAZIFADOSHLIGI
Abdisharipov Baxrambek Baxodir o‘g‘li
Ma’mun universiteti
Roman german kafedrasi
Annotatsiya:
O‘zbek va ingliz tillaridagi bog‘lovchilar (konnektorlar) o‘zaro bog‘laydigan
so‘zlar yoki iboralardir. Ularning vazifasi gaplar va iboralarni mantiqiy ravishda bir-biriga
bog‘lashdir. Ushbu bog‘lovchilar o‘xshash vazifani bajarishiga qaramay, ularning qo‘llanishi va
uslubi tillar o‘rtasida farq qiladi.
Kalit so'zlar:
Bog’lovchi, shuningdek, lekin, ammo, biroq, o'xshashliklar.
Annotation:
conjunctions (connectors) in Uzbek and English are words or phrases that
connect. Their function is to logically link sentences and phrases together. Despite the fact that
these binders perform a similar function, their application and style differ between languages.
Keywords:
The conjunction but also, however, similarities.
Аннотация:
Связующее (коннекторы) в узбекском и английском языках-это слова или
фразы, которые соединяются между собой. Их функция-логически связывать предложения
и фразы вместе. Хотя эти союзы выполняют схожую функцию, их использование и стиль
различаются в зависимости от языка.
Ключевые слова:
Связующее, а также но, однако, сходства.
Kirish:
Ingliz tilida bog’lovchi, uning o‘ziga xosligi, qo‘llanilishi, turlari,
vazifalari monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalarida batafsil yoritilgan. O‘zbek va
ingliz tillarida bog’lovchining vazifasi va semantik tipologiyasi o‘rganilayotgan
tillarda so‘zning turkumga mansubligini o‘rganishdan boshlanadi. O‘zbek tilida
bo‘lgani kabi ingliz tilida ham bosh gap bo‘laklari ot, sifat, son, olmosh, ergash gap
va fe’ldan iborat. Predloglar va bog’lovchilar ikkinchi darajali bo‘laklar sifatida
alohida guruhlanadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilidagi predlog o‘zbek
tilida yuklama vazifasini bajaradi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarida bog‘lovchiga
berilgan ta’riflar deyarli bir biridan farqlanmaydi. Bog‘lovchi - mantiqiy fikrni,
gapning grammatik qismlarini bog‘lash uchun xos bo‘lgan gap bo‘lagi. Bog‘lovchi –
sodda gap tarkibidagi bo‘laklarni, qo‘shma gap bo‘laklarini va matndagi gaplarni
o‘zaro bog‘laydigan ikkinchi darajali bo‘lak. Keling, ba’zi asosiy bog‘lovchilarni
ko‘rib chiqaylik:
O‘zbek tilidagi bog‘lovchilar:
Ø
Va - bir xil fikrni birlashtirish uchun ishlatiladi. Misol: "Men kitob o‘qiyapman va
do‘stim film ko‘rayapti."
Ø
Yoki - tanlovni ko‘rsatadi. Misol: "Suv ichasizmi yoki choy?"
Ø
Lekin - qarama-qarshilikni ifodalaydi."U yaxshi o‘qiydi, lekin darslarga kelmaydi."
114
7.1
2
10
Ø
Shuningdek - qo‘shimcha ma’lumot berish uchun. Misol: "U sport bilan
shug‘ullanadi, shuningdek, musiqa ham o‘rganadi."
Ingliz tilidagi bog‘lovchilar:
Ø
And - bir xil fikrni birlashtirish uchun. Example: "I am reading a book and my friend
is watching a movie."
Ø
Or - tanlovni ko‘rsatadi. Example: "Do you want water or tea?"
Ø
But - qarama-qarshilikni ifodalaydi. Example: "She studies hard, but she doesn't
attend classes."
Ø
Also - qo‘shimcha ma’lumot berish uchun. Example: "He plays sports; he also learns
music."
Umumiy o'xshashliklar va farqlar:
Ø
O'xshashliklar: Har ikki tillarda bog‘lovchilar bir xil vazifani bajaradi, ya'ni fikrlarni
birlashtiradi, tanlovlarni ko‘rsatadi yoki qarama-qarshiliklarni ifodalaydi.
Ø
Farqlar: O‘zbek tilida ba’zi bog‘lovchilar (masalan, "ham" va "balki") o‘zining o‘ziga
xos konteksti va ishlatilishiga ega, ingliz tilida esa "also" yoki "maybe" kabi
bog‘lovchilar bilan ifodalanadi.
Ingliz tilida gapni mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tuzish, fikrni aniq ifodalash uchun
bog’lovchi turlarini bilish va undan o‘rinli foydalana olish muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy ingliz tilida muvofiqlashtiruvchi qo‘shma gaplar, korrelyativ
bog‘lovchilar va tobe bog‘lovchilar mavjud. M.G‘apporov qo‘shma gaplarning ikki
turini ajratadi: kelishik va tobe bog‘lovchilar. N.A.Myltseva, T.M. Jimalenko ham
“Universal murojaat grammatikasi” kitobida qo‘shma gaplarni ikki turga ajratadi:
muvofiqlashtiruvchi va bo‘ysunuvchi bog‘lovchilar. Muvofiqlashtiruvchi birikma.
M.A.Rustamov va M.I.Asriyanlar va, lekin, yoki, na, uchun, shuning uchun, hali,
va/yoki kabi so‘zlarni kelishik bog‘lovchisi deb hisoblaydi; ular bir grammatik
turkumdagi ikki yoki undan ortiq so‘z, ibora yoki gaplarni bog‘lashini ta’kidlaydilar.
Bu manbada so, yet bog‘lovchilarining boshqa vazifada kelishi ham qayd etilgan. Va
qoʻshish maʼnosini bildiradi: qoʻshimchani ifodalaganda oʻzbek tiliga -ga (to),
boshqa holatda va (and), bilan, hamda soʻzlari orqali tarjima qilinadi: Olti va ikki
sakkizni tashkil etadi. Guruch va kartoshka inson hayoti uchun juda muhim
mahsulotlardir. But mano qarama-qarshilik: o‘zbek tilida ammo, lekin, biroq so‘zlari
tarzida tarjima qilinadi: Ko‘p daraxtlar qishda barglarini yo‘qotadi, doim yashil
daraxtlar esa yo‘q.
Bog'lovchilar gapda qo'llanilishiga ko'ra ikki xil: yakka holda qo'llaniladigan
bog'lovchilar va takrorlangan holda qo'llaniladigan bog'lovchilar. Yakka holda
qo‘llaniluvchi bog'lovchilarga va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, balki
115
7.1
2
10
bog'lovchilari kiradi. Takrorlangan holda qo'llaniluvchi bog'lovchilarga bir bir, goh
goh, ba'zan ba'zan, yo yo, yoki yoki kabilar kiradi. Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra teng
bog'lovchilar va ergashtiruvchi bog'lovchilargabo'linadi. Teng bog'lovchilar so'zlarni
va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni teng munosabatda bog'laydi va ular
o'rtasidagi mazmuniy munosabatlarni qay tarzda ifodalashiga ko'ra biriktiruv
bog'lovchilari(va, ham, hamda), zidlov bog'lovchilari(ammo, lekin, biroq, balki),
ayiruv bog'lovchilari(yo, yoki, yo...yo, yoki...yoki, goh...goh, ba'zan...ba'zan, bir...bir)
inkor bog'lovchisi(na...na) kabi turlarga bo'linadi.
Teng bog‘lovchilar gapning uyushuq bo‘laklarini va mustaqil gaplarni bir-
biriga bog‘lash uchun ishlatiladi:
I have received a letter
and
a telegram - Men xat
va
telegramma oldim.
Bog‘lovchilar shakliga ko‘ra sodda va qo‘shma bo‘ladi: Sodda bog‘lovchlar:
and va, bilan,
but
ammo, lekin,
if
agar,
that
. Qo‘shma bog‘lovchilar:
as well as
ham,
shuningdek; so that, in order that uchun, maqsadda;
as soon as
-gach, bilanoq va
boshqalar. Ba’zi qo‘shma bog‘lovchilar ikkilangan bo‘ladi, chunki ikki qismdan
iborat bo‘ladi:
both
…
and
ham … ham,
not only
…
but
also
faqat emas … ham,
either
…
or
yoki … yo,
neither
…
nor
na … na va boshqalar. Ba’zi bog‘lovchilar
sifatdoshlar shakliga ega bo‘ladi:
provided
(providing) shartda, agar… bo‘lsa;
seeing
bilib, modomiki, hamonki;
supposing
shunday, aytaylik, faraz qilaylik.
That, if, whether
bog‘lovchilari ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gaplarni
bosh gap bilan bog‘laydi: Ask him
whether
(
if
) he can do it tomorrow (to’ldiruvchi
ergash gap). Undan bu ishni ertaga qilish-qila olmasligini so‘rang.
BOG‘LOVCHI SO‘ZLAR: Ergash gaplarni bosh gaplar bilan bog‘lash uchun
bog‘lovchilardan tashqari quyidagi bog‘lovchi so‘zlar ham ishlatiladi:
who, whose,
what, which, that
olmoshlari va
when, where, how, why
ravishlari. Ular
bog‘lovchilardan farq qilib, gapda birorta gap bo‘lagi ham bo‘lib keladi. Ba’zi
bog‘lovchilarning shakli predloglar va ravishlar bilan mos keladi. Ularning qaysi so‘z
turkumiga mos kelishini biz ularning gapdagi vazifasidan aniqlaymiz:
Ø
He always comes before I do (before — bog‘lovchi, ergash gap ni bosh gapga
bog’laydi). U har doim men kelishimdan oldin keladi.
Ø
I shall go there before dinner (before — predlog; otga munosabatni ko‘rsatayapti).
Men u yerga tushlikdan oldin boraman.
Ø
I have seen this before (before — ravish; ish-harakatning sodir bo’lish vaqtini
ko‘rsatadi). Men buni oldin ko‘rganman.
Ø
I found the letter after he had left (after –bog‘lovchi). Men u ketganidan keyin xatni
topdim.
116
7.1
2
10
Ø
He came after breakfast (after — bog‘lovchi). U nonushtadan keyin keldi.
Ø
We can do that after (after — ravish). Buni keyin qila olamiz.
a) quyidagilar payt ergash gaplarni bog‘laydi:
b) quyidagilar sabab ergash gaplarni bog‘laydi:
Xulosa:
O‘zbek va ingliz tillaridagi bog‘lovchilar kommunikatsiya jarayonida juda
muhim rol o‘ynaydi. Ularning to‘g‘ri ishlatilishi fikrlarni aniq va ravon ifodalashga
yordam beradi. Har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlari va bog‘lovchilarining
117
7.1
2
10
qo‘llanilishi o‘rganilishi zarur, chunki bu tilni o‘rganish jarayonida muhim
ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova Hozirgi o'zbek adabiy tili; Toshkent;
2013-yil;
2.
Rustamov M.A., Asriyans M.I. Ingliz tili grammatikasi; O‘quv qo‘llanma"
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi; 2006- yil.
3.
Ingliz tili grammatikasi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv
qo‘llanma / M. G‘apporov; – T.: «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2010.
4.
www.ziyone.uz kutubxonasi.
