95
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING UMUMIY TA'LIMGA
TAYYORLOV JARAYONIDA TUTGAN O'RNI HAMDA TA'LIM
TASHKILOTLARIDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM TARBIYA
JARAYONINI TASHKILLASHTIRISH
Sultanova Nazokat Ikram qizi
Nukus
Davlat
pedagogika
instituti
1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Uy qurish poydevordan boshlansa, shaxs kamoloti bog`chadan boshlanadi.
Bola umumiy o`rta ta`limga qadam bosgunga qadar bosib o`tadigan yo`l bu bog`chadir.
Bog`chada olingan tarbiya, ta`lim, insoniy xususiyatlar bola psixologiyasida o`chmas iz qoldirib,
tom ma`noda, uning kelajak taqdirini belgilab beradi.
Kalit so’zlar:
Bog`cha, ta`lim, tarbiya, psixologiya, maktab, metod.
Аннотация:
Если строительство дома начинается с фундамента, то развитие
человека начинается с детского сада. Детский сад – это путь, который проходит ребенок
до поступления в общее среднее образование. Воспитание, образование, человеческие
качества, полученные в детском саду, оставляют неизгладимый след в психологии ребенка
и буквально определяют его дальнейшую судьбу.
Ключевые слова:
Детский сад, образование, воспитание, психология, школа,
метод.
Abstract:
If building a house starts from the foundation, the development of a person
starts from kindergarten. Kindergarten is the path that a child takes until he enters general
secondary education. The upbringing, education, and human characteristics received in the
kindergarten leave an indelible mark on the child's psychology and literally determine his future
destiny.
Key words:
Kindergarten, education, upbringing, psychology, school, method.
Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta`lim sohasida
eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy
qadriyat va an`analarimizga, jahon mamlakatlarining ilg`or tajribasiga asoslanib,
hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarni amalga oshirish uchun
ta`lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda.
O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni 1997 yil 29
avgustda qabul qilingan bo`lib ushbu qonun 5 bo`lim va 34 moddadan iborat.
Ushbu Qonun fuqarolarga ta`lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy
asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy
huquqini ta`minlashga qaratilgan.
Qonunda Maktabgacha ta`limga quyidagicha ta`rif berilgan: Maktabgacha
ta`lim odatda davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi, qisqa muddatli
96
guruhlar tuzish orqali amalga oshiriladi. Bu ta`lim olti-yetti yoshgacha oilada,
bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat`iy nazar boshqa ta`lim muassasalarida
olib boriladi, xamda u bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabda o`qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi.
Uzluksiz ta`limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari:
•
ta`limning ustuvorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali
ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta`lim va yuksak intellektning nufuzi;
•
ta`limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining ochilishi va
uning ta`limga nisbatan bo`lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta`minlanishi, inson, jamiyat va atrof-
muhit o`zaro munosabatlarining uyg`unlashuvi;
ta`limning milliy yo`naltirilganligi – ta`limning milliy tarix, xalq an`analari
va urf- odatlari bilan uzviy uyg`unligi, O`zbekiston xalqlarining madaniyatini
saqlab qolish va boyitish, ta`limni milliy taraqqiyotning o`ta muhim omili sifatida
e`tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
•
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta`limning eng yuqori darajasida,
izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar
yaratishdan iborat.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U
bolaning sog`lom va rivojlangan shaxs bo`lib shakllanishini ta`minlab, o`qishga
bo'lgan ishtiyoqini uyg`otib, tizimli o`qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha
bo`lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim
muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi –
bolalarni maktabdagi o`qishga tayyorlash, bolani sog`lom, rivojlangan, mustaqil
shaxs bo`lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o`qishga, tizimli ta`limga
bo`lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim tizimi
Maktabgacha ta`lim muassasalari – O`zbekiston Respublikasidagi ta`lim
muassalarining turi bo`lib, turli yo`nalishdagi maktabgacha bo`lgan davrdagi
umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2
yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarni tarbiyalashni, o`qitishni, nazorat qilishni,
parvarishlashni va sog`lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim tizimi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
-parvarishlash va sog`lomlashtirish;
-tarbiya;
97
-qarov va nazorat;
-ta`lim.
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo`nalishiga ko`ra, quyidagi
turlarga bo`linadi:
•
Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog`chasi, bolalar bog`chasi, uydagi
bolalar bog`chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
•
Maktabgacha tarbiya va boshlang`ich ta`lim mussasasi (bolalar bog`chasi-maktab).
•
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo`nalishda (til, badiiy
estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
•
Tarbiya
jismoniy
va
ruhiy
rivojlanishdagi
og`ishlarni
kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog`chasi.
•
Tibbiyot gigiyena, profilaktika va sog`lomlashtirish, tadbir va
proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va
sog`lomlashtirish bog`chasi.
•
Birlashtirilgan turdagi bolalar bog`chasi (birlashtirilgan turdagi
bolalar bog`chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog`lomlashtiruvchi guruhlar
umumlashtirilgan ko`rinishda kiradi).
Uzluksiz ta`lim tizimining birlamchi bo`g`ini hisoblangan ushbu soha har
tomonlama sog`lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga
tayyorlashda g`oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko`rsatdiki,
oxirgi yillarda turli omillar ta`sirida maktabgacha ta`lim tizimida bolalarni maktab
ta`limiga tayyorlash borasida rivojlanish o`rniga, orqaga ketish holatlari, yil
davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalariga
qamrab olish ko`rsatkichlari o`sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so`nggi 20
yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta`lim muassasalari soni 45 foizdan
ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo`yicha bolalarning maktabgacha
ta`lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha
ta`lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob
bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha
muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi
yetarli darajada o`rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning
aksariyati oliy ma`lumotli emasligi, ta`lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi
omillar sabab bo`ldi.
Davlatimiz rahbari O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26
yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4
98
yilda mamlakatimizdagi bog`cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta`lim
muassasalariga to`liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, -
deb ta`kidlagan edi.
Darhaqiqat, o`tgan qisqa vaqt mobaynida O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining «2017- 2021 yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi,
«Maktabgacha ta`lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to`g`risida»gi, «O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to`g`risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,
“Maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha 2017-2021
yillarga mo`ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta`lim tizimini
yanada takomillashtirish bo`yicha «Yo`l xaritasi» asosida misli ko`rilmagan ishlar
amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o`zgarishlar, farmon va
qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz
rahbarining doimiy e`tiborida bo`layotganligini guvohi bo`lmoqdamiz.
Maktabgacha ta`lim tizimining umumiy ta`limga qo`yiladigan poydevor.
Poydevor o`rnatilishini qator rivojlangan xorij mamlakatlarining tajribasidan
o`rganib, hayotga tadbiq etish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta`lim tizimi
Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim
bolalar bog`chasi (Kindergarten)da amalga oshiriladi. Bolalar bog`chasiga 3-6
yoshdan maktab yoshigacha borishadi. Rivojlanishdan orqada qolgan yoki yoshi
mos bosqichga etmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem. Vorklassen) va
maktablar qoshidagi bolalar bog`chasida (nem. Schulkindergarten) tahsil oladilar.
Bu bog`chalar alohida qoidaga ko`ra yoki maktabgacha sektorga yoki boshlang`ich
ta`lim sektoriga bo`ysinadi. Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan
bolalarning 80% bog`chalarga qatnaydilar. Bolalar bog`chasi olmonlar boshlab
bergan va ko`pgina xorijiy mamlakatlar tomonida o`rganilib, qabul qilingan
muassasadir. U yuqorida ta`kidlaganimizday, davlat tizimiga emas, balki yosh
avlodni qo`llab-quvvatlash muassasalari tizimiga kiradi. 1996 yildan boshlab
bolalar bog`chasiga qatnash uchun huquqiy me`yorlar ishlab chiqildi. Bolalar
bog`chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bolalar
bog`chasiga qatnash uchun otaonalardan ularning daromadiga qarab ma`lum
miqdorda to`lov olinadi.
Polshada maktabgacha ta`limni bolalar bog`chasida yoki maktabdagi
99
maxsus sinflarda oladi.
«Nolovoy sinf» 6 yoshdagi hamma bolalar uchun majburiydir. Hamma
bog`chalarda polyak bolalari maktabda o`zini qanday tutishi kerakligi haqida
o`rgatib boriladi. Haqiqiy maktabga tayyorgarlik ko`rish jarayonida bolalar
o`qishni, yozishni va chizishni o`rganadilarda. Jismoniy tayyorgarlikka ko`p vaqt
berilgan. Hamma mashg`ulotlar o`yin tarzida olib boriladi. Bolalar bog`chaga 3
yoshdan boshlab boradi. Ota-onalar bola tarbiyasini tajribali pedagoglarga
ishonishadi, hattoki uylari bog`chadan uzoq bo`lsa ikki haftalab qolishi mumkin.
Yuqori narxlarda shaxsiy bog`chalar faoliyat yuritadi hamda ular murakkab
dasturlar asosida bolalarni maktabga tayyorlaydi. Xorijiy tildan bir yoki ikkitasi
o`rgatiladi. Oilada boshlang`ich ta`lim dasturini o`zlashtirishiga alohida e`tibor
qaratiladi.
Buyuk Britaniyada 3 yoshdan 5 yoshgacha bolalar bolalar bog`chalari va
maktabgacha sinflarga borishi mumkin: davlat (nursery school playgroup) yoki
xususiy (kindergarten).
Yaponiya bog`chalarida bolalarni 8 kishilik kichik guruhlar―xanlarga
bo`ladi. Bu bolalarga bog`chada ―o`z ish o`rni ajratiladi, ular o`z xanlariga nom
tanlaydilar. Shu tariqa eng kichik yoshdan jamoada ishlashni o`rgatadilar. Bu
guruhdagi har bir o`quvchi guruhda o`z o`rniga ega bo`lishi lozim. Bunday xanlar
keyingi ta`lim bosqichida ham qo`llaniladi. O`rta maktabda xanlar doimiy emas,
ular yangi sharoitlarga tezroq ko`nikish uchun har 5 oyda o`zgartirib turiladi.
Yaponiya bog`chalariga 3-5 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar
bog`chalarining
maqsadi
bolalarning
aqliy
va
jismoniy
qobiliyatlarini
rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko`nikmalarini tarbiyalash, jamiyat
hodisalariga to`g`ri munosabatda bo`la olishni o`rgatishdan iborat. Shuningdek,
og`zaki nutq, so`zlarni to`g`ri qo`llashni o`rgatishga ham katta e`tibor beriladi.
Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport o`yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy
xususiyatlariga qiziqish uyg`otiladi. Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya
muassasalariga 60% bolalar jalb etilgan. Boshlang`ich ta`limga erta qabul qilishga
o`tish maqsadida 4-5 yoshdagi bolalarning barchasini bolalar bog`chasiga jalb
qilish ko`zda tutilmoqda. Bolalar bog`chasi Yaponiyada vatan fuqarosini
shakllantirish tizimining 1- bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong,
ijtimoiy mas`uliyat ko`nikmalarini shakllantirishga alohida e`tibor qaratiladi.
Bolalar bog`chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga tayyorlashdir. Bu erda
rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo`yicha mashg`ulotlar o`tiladi.
100
Individuallik, u qanchalik yaxshi bo`lmasin, o`quvchilarni o`ziga jalb qilmaydi,
bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi.
Janubiy Koreyada bolalar bog`chasi umumta`lim turiga kirmaydi. Ota-onalar
farzandlarini xususiy maktabgacha muassasalarga beradilar. Bu muassasalarda
mashg`ulotlar koreys tilida, ingliz tilida, ba`zilarida faqat ingliz tilida olib boriladi.
Bolalar bog`chasiga 3 yoshdan
5 yoshgacha qabul qilinadi. Bolalar bog`chasining asosiy vazifasi oilalarni
har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Bog`chalarda asosan
musiqa, rasm, hisoblash darslari o`tiladi. Koreys bog`chalarida bolalarda
mustaqillikni shakllantirishga katta e`tibor beriladi. Bolalar yoshi orasidagi farq 3
yilgacha bo`lishi mumkin.
Xitoyda maktabgacha ta`lim bolalar bog`chalari va maktabacha ta`lim
muassasalari hisoblanadi va 3-6 yoshli bolalar qabul qilinadi. Maktabgacha
ta`limining maqsadi bolani maktabga o`qishiga tayyorlashdan iborat bog`chasi
mavjud bo`lib, ular davlat va xususiy muassasalarga bo`lingan. Hozirgi kunda
xususiy bog`chalar soni jami bolalar bog`chalarining 30 % ini tashkil etadi.
Maktabgacha ta`lim Xitoyda jamiyatning birgalikdagi sa`y-harakatlari natijasida
amalga oshiriladi. Davlat mavjud qonunlar asosida bolalar bog`chalarini ochishga
xohishi bo`lgan tashkilotlar, nodavlat-notijorat muassasalar, hamda alohida
shaxslarni qo`llab-quvvatlaydi.
Xitoyda bolalar bog`chasi katta bo`lib, o`rtacha 270 bola va 60 ta
tarbiyachilar jamoasidan iborat. Guruhda 26 ta bola bo`lib, ularning bir qismi
bog`chada kunduzgi soat 8:00 dan 18:00 gacha bo`ladilar va kechqurun uyga
ketadilar. Bir qismi (5%) kechasi ham qoladilar. Chorshanba va shanba kunlari
uyga ketadilar. Bog`chaga qabul soat 7:45 da boshlanadi.
Buyuk Xitoy filosofi Konfutsiy “Bolalar to`g`ri intizomli bo`lib
tug`ilmaydilar: ularning xarakterlari tajribada shakllanadi, ustoz esa to`g`ri
tarbiyaga mas`uldir. Tarbiyachilar o`ta bosiq, qat`iyatli bo`lishlari lozim”,- deb
ta`kidlagan. Xitoy maktabgacha ta`lim tizimini qattiqqo`lligi uchun tanqid
qilishadi. Tarbiyachilar bolalarning tartibini nazorat qiladi va chegaralaydi. Bolalar
mashg`ulotlarda nofaol, kattalar fikriga mutlaq qo`shiladilar. Lekin ota-onalar
tarbiyachilarni o`z kasbining ustalari deb bilishadi, farzandlarini tarbiyachisiga
to`liq ishonishadi. Xitoy bolalaridagi qat`iylik va mehnatsevarlik an`anaviy
fazilatlarga aylangan.
Xorij tajribalarining har biridan tegishli xulosalar chiqarish mumkin. Bunda
101
xalqimiz mentalileti, shart-sharoitlarini inobatga olish maqsadga muvofiq. Yapon
bog`chalari metodiga ko`ra 8 kishilik guruh asosida ish olib borish maqsadga
muvofiq, kam sonly bolalar bilan ishlash bolaga ta`sir etish doirasini kengaytiradi.
Bolaga fikrlash imkoniyatini talab darajasida berish uning ongini o`stiradi va
mustaqil fikrlashga o`rgatadi. Shuningdek Yevropa bog`chalaridagi jismoniy
faollikni hayotga tadbiq etish bolalarni maktabgacha yetuk, tayyor holga kirib
borishiga zamin yaratadi. Ta`lim tizimi zanjir bo`lsa, uning boshi maktabgacha
ta`limdir, maktabgacha ta`limi to`g`ri yo`lga qo`yilgan mamlakatning yoshlari
yetuk bo`lib yetishishi muqarrar.
REFERENCS
1.
Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada
takomillashtirish chora- tadbirlari to`g`risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr
2.
Юсупова П. Мактабгача тарбия педагогикаси. Т.: Ўқитувчи. 1993.
3.
XasanboevaO.U. vaboshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.
4.
Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha ta`limning me`yoriy asoslari”. “Tafakkur
sarchashmalari” T:. 2013 y
5.
N.M.Kayumova “Maktabgacha ta`limning me`yoriy asoslari”. “TDPU”
nashriyoti T:. 2013 y
6.
“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qо`llanma. T:, 2001.
7.
F.Qodirova, SH.Toshpо`latova, M.A`zamova. “Maktabgacha ta`limning
me`yoriy asoslari”.-T., “Ma`naviyat”. 2013
8.
Sh.Shodmonova. maktabgacha ta`lim pedagogikasi. fan va texnologiya. -T:,
2008.
9.
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. Ziyonet.uz
