24
BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA INGLIZ TILINI O`QITISH METODIKASI
Ruziyeva Shahnoza
Qarshi Davlat universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti
Filologiya va tillarni o`qitish(ingliz tili) yo`nalishi 3-bosqich talabasi
Tel: +998 90 887-02-19
e-mail:
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilariga ingliz tilini oson va
qiziqarli o`qitish metodlari atroflicha yoritilgan. Ushbu maqolada boshlang`ich sinf
o`quvchilarining qiziqishlari inobatga olingan holda dars o`tish usullari bilan tanishishingiz
mumkin.
Kalit so`zlar:
“Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles), “Tezkor javob” (Quick answers),
“Chigil yozdi” (Warm-up exercises), “Pantomima” (Pantomime), “Hikoya zanjiri” (A chain
story).
Zamonaviy boshlang’ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab
bo’lgan qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining
2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1875-sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet
tillarini, asosan, ingliz tilini o’rganish umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1-
sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, 2-sinfdan
boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich
boshlanadi. Qarorga ko’ra, Chet tillarni o’rganishni yanada rivojlantirish bo’yicha
doimiy ishlaydigan Muvofiqlashtiruvchi kengash boshchiligida ta’lim sohasining
barcha yo’nalishlarida beqiyos ko’lamli ishlarni amalga oshirishga kirishildi.
Masalan, 2013-2014 o’quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining birinchi
sinflarida xorijiy tillarni o’yin tarzidagi mashg’ulotlar va og’zaki nutq darslari
shaklida uzluksiz o’rgatish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, ushbu sinflarga
mo’ljallangan darslik hamda o’quv-metodik majmualar yaratildi. Diqqatga molik
jihati, birinchi sinflar uchun yaratilgan majmualardagi o’yin-mashg’ulotlarning
kichkintoylar yoshiga mutanosibligi ta’minlanadi. Bolalar xorijiy til bilan ilk
tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so’zlarni dialog shaklida
Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jaroyonida o’quvchi sub’ekt bo’lishi lozim. Bunda
ko’proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi.
Ingliz tili darslariga qo’yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga
o’rgatishdir. Bugungi kunda ingliz tili o’qituvchilari Amerika Qo’shma Shtatlari,
25
Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan
foydalanib kelmoqda:
“Quvnoq topishmoqlar” (Merry riddles)
o’quvchilarga topishmoqlar o’rgatish.
Ingliz tilini o’rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o’zlariga notanish bo’lgan
so’zlarni o’rganadilar va o’ylab topishmoq javobini topadilar.
“Tezkor javob” (Quick answers)
o’tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam
beradi.
“Chigil yozdi” (Warm-up exercises)
o’quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda
har xil o’yinlardan foydalanish.
“Pantomima” (Pantomime)
bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak
bo’lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, o’quvchilar charchagan paytda
foydalanilsa bo’ladi.
“Hikoya zanjiri” (A chain story)
usuli o’quvchilarning og’zaki nutqini oshirishda
va xotirani mustahkamlashda yordam beradi.
“Rolli o’yinlar” (Acting characters)
bu usul darsning barcha tiplarida qo’llanilishi
mumkin.
“Rasmlar so’zlaganda” (When pictures speak
) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz
tilini o’rgatishda, o’quvchilarning o’g’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi,
buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim.
“Kviz kartochkalari” (Quiz cards)
o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar
tarqatiladi va hamma o’quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi
bu esa vaqtni tejaydi.
“So'z o'rnini top”
o'yinida so'zlarning o'rni almashtirib qo'yiladi hamda so'zlarni
o'z o'rniga to'g'ri qo'yish orqali gap hosil qilinadi.
“To'plam”
o'yini ma'lum bir mavzu asosida o'quvchilarning olgan bilimlarini
mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. O'yin qatorlar musobaqasi yoki kichik
guruhlarda ishlash shaklida tashkil etiladi. Masalan, belgini bildirgan so'zlarni
toping deb, guruhlarga topshiriq beriladi. Berilgan vaqt iсhida qaysi guruh ko‘p
topa olsa g‘olib bo‘ladi. Multfilmlar. Bolalar chet tilini o’rganish mobaynida
26
multfilmdagi gaplarni tushunmasa-da, multfilmdagi qahramonlarning harakatlari
orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga harakat qiladi. Bu esa bolalar uchun
til o’rganishda qiziq va samarali yo’l hisoblanadi. Bolalar uchun ingliz tili
qo’shiqlaridan tortib she’r va hikoyalar, videoroliklar orqali o’rgatib kelinmoqda.
“Rasmli”
o’yin.
O’quvchilar
Present
Continious
tarkibini
yaxshiroq
o’zlashtirishlari uchun rasmli o’yinni qo’llash mumkin. O’quvchilarga hali
ko’rmagan rasmlaridagi personaj nima qilayotganini topish taklif etiladi. Masalan,
P1: Is the girl sitting at the table? P 2 : No, she is not.
Yosh o'quvchilarga ingliz tilini o'rgatishning eng muhim jihatlaridan biri bu
qiziqarli va ijodiy o'quv muhitini yaratishdir. Aksariyat bolalar uchun ingliz
tilini o'rganish ularning o'rtacha kunidagi navbatdagi mashg'ulotdir.Yosh
o'quvchilar uchun qiziqarli o'qitish usullarimavjud bo`lib, bular:
•darslarni qo'shiqlarga aylantirish;
•yangi lug'atni tasvirlash uchun vizual diagrammalar yaratish;
•grammatik qoidalarni eslab qolish uchun mnemonik qurilmalarni rag'batlantirish;
•dars davomida o'z-o'zidan yoki izchil dialoglarni to'qish;
•yakka o'quv mashg'ulotlarini o'yinlar bilan to'xtatish;
•rolli o'ynash orqali lug'atni ko'rib chiqish. Oʼyin oʼquvchilаrning oʼzaro va
oʼqituvchi bilan muloqotga kirishishga boʼlgan qiziqishlarini faollashtiradi, nutqiy
hamkorlikka boʼlgan tenglikni yaratib beradi, xamda ular oʼrtasidagi anʼanaviy
psixolоgik toʼsiqni olib tashlashga imkon beradi. Rolli oʼyinlar oʼquvchidagi
uyatchanlik, oʼziga ishonchsizlik xissiyotlari ustidan gʼolib chiqish, shu bilan
birga oʼzida ingliz tilida so‘zlashish qobiliyati borligiga ishonch hоsil qilishiga
imkon beradi. Oddiy suhbat va munozaralarda koʼproq tilni yaxshi biladigan
oʼquvchilar faol ishtirok etadi. Uyatchan oʼquvchilar esa suhbatga aralashmay
oʼzlаrini chetga tortadilar. Rolli oʼyinlarda har bir oʼquvchiga rollar boʼlib berilаdi
va nutqiy muloqotda har birining faol ishtirok etishi talab etiladi. Аmаlda rolli
oʼyinlarda barcha oʼqitish jarayonlari nutqiy faoliyatga qaratilgan boʼladi. Bunda
nafaqat so‘zlayotgan, balki uni tinglayotgan oʼquvchining ham faol boʼlishi, yaʼni
oʼz suhbatdoshini tushuna olishi va uning savoliga toʼgʼri javob bera olishini talab
27
qilinishi lozim. Oʼquvchi oʼyinlаrni ingliz tilida oʼynasagina ingliz tiliga
qiziqishiortadi, shu bilan birga ingliz tilini yanada chuqurroq oʼrganadi. Bolalar
o'quv jarayoniga o'yinlar va qiziqarli tadbirlar jalb qilinganda yaxshiroq
o'rganadilar
. ‘Scrabble’
kabi oddiy stol o'yinlari,
‘Hangman’
kabi onlayn o'yinlar
yoki
‘Wordpower’kabi
ilovalar bolaning ingliz tilini yaxshilash va eshitish
usuli orqali unga imlo va talaffuzni o'rgatish uchun ishlatilishi mumkin. Xulosa
qilib aytganda, ikkinchi tilni o’rganish o’sib kelayotgan yoshlar uchun yaxshi
kelajak qurishga imkoniyat yaratadi. Maktab va bog'cha yoshdagi
o’quvchilarni ikkinchi tilni o’rganishga qiziqtirish va imkoniyat yaratish yaxshi
kadrlarni yetishib chiqishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustda
“Ta’lim muassasalarida chet tillarining o'qitishni yanada takomilllashtish”
2.
Xoshimov O’. Yoqubov I. Ingliz tili o’qitish metodikasi T.,-2003-yil
3.
Bekmuratov U. Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish.//Toshkent. 2012
4.
Erkinov S. Boshlang’ich sinflarda chet tili o’qitish metodikasi.//SamDCHTI.
2019
