Авторы

  • Erkayeva Anvara
    Qarshi davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.70945

Ключевые слова:

Sut tishlar oshqozon jigar so’rilish moddalar almashinuvi oqsil uglevodlar vitamin

Аннотация

Ovqat hazm qilish sistemasi inson hayot faoliyatida juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada inson ovqat hazm qilish a’zolari sistemasi, uning tuzulishi va ishlash mexanizmi haqida fikr yuritilgan


background image





20

OVQAT HAZM QILISH SISTEMASINING INSON HAYOTIDAGI OʻRNI

Erkayeva Anvara

Qarshi davlat universiteti talabasi

Annotatsiya:

Ovqat hazm qilish sistemasi inson hayot faoliyatida juda muhim

ahamiyatga ega. Ushbu maqolada inson ovqat hazm qilish a’zolari sistemasi, uning tuzulishi va
ishlash mexanizmi haqida fikr yuritilgan

Kalit soʻzlar:

Sut tishlar, oshqozon, jigar, so’rilish, moddalar almashinuvi, oqsil,

uglevodlar, vitamin.

Bizning hozirgi kunda ovqat hazm qilish bilan bog‘liq barcha kasalliklar

asosan to‘g‘ri ovqatlanmaslik ya’ni vaqtida va qancha miqdorda, qanday taomlar
yeyish

yoki

yemasligimiz,

qay

tarzda

ovqat

yeyishimiz

kerakligini

bilmasligimizdadir. Bu kabi qoidalarga rioya qilmaslik natijasida ko‘pgina ovqat
hazm qilish sistemasi bilan daxldor kasalliklar kelib chiqmoqda. Odam hayot
faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat
moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik maydalanadi,
kimyoviy parchalanadi, so’riladi. Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda
bo‘lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o‘rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan
tuzilgan. Ovqat hazm qilish kanaliga: og‘iz

bo‘shlig‘i va undagi organlar xalqum,

qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da
osti bezi kiradi. Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar,
mineral tuzlar va suv bo‘ladi.

Og‘iz bo‘shlig‘i daxlizi va xaqiqiy og‘iz

bo‘shlig‘idan tashkil topgan bo‘lib,

bu erda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, so‘lak bezlaridan ishlab
chiqarilgan so‘lak yordamida qisman kimyoviy parchalanadi. Og’iz bo’shlig’i
bezlariga naychalari og’iz bo’shlig’iga ochiladigan katta va kichik so’lak bezlari
kiradi. Kichik so’lak bezlari og’iz bo’shlig’i shilliq pardasida yoki shilliq osti
asosida joylashib kattaligi 1-5 mm bo’ladi. Joylashgan joyiga qarab lab bezlari,

,

lunj bezlari

,

tanglay bezlari va til bezlari tafovut qilinadi.

Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining hujayralari

vujudga kela boshlaydi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa
boshlaydi. Avval 6 oylikdan kesuvchi so‘ng sut tishlari, kichik oziq tishlar chiqadi.
Sut tishlari 20 ta bo‘ladi: 2ta kesuvchi, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut
tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o‘rin almashinadi. Bolaning 7
yoshida birinchi katta ozik tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi
kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida katta og‘iz tishi,

11-15


background image





21

yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-20 yoshida 3 nchi oziq tishlar chiqadi. Bolalarning
sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni
o‘rgatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash,
ovqatlangandan so‘ng og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda
sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni
maydalashi mumkin emas.

Oshqozon ovqat hazm qilish kanalining kengaygan qismi hisoblanib, katta

odamlarda

noksimon

shaklida bo‘ladi. Oshqozonning kirish va chiqish qismlari,

tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi, oshqozonning kirish va chiqish qismlari
muskullardan tuzilgan bo‘lib, sfinter deb yuritiladi. Oshqozon ham boshqa hazm
kanallari singari shillik, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan bo‘ladi. Oshqozon
shillik qavatining ostida 14 mln. oshqozon bezlari joylashgan bo‘ladi. Oshqozon
muskullari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi. Oshqozonning xajmi katta
odamlarda o‘rta hisobda 2,5-3 dm

3

etadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm

3

oshqozon

shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda
va tuzlardan iborat. Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo‘lib, tarkibida 0,3-
0,4% xlorid kislota saqlanadi. RN-2,5 teng. Oshqozon bezlarida shilliq modda ham
ishlab chiqariladi. Bu modda shilliq qavatni turli kimyoviy, mexanik ta’sirlardan
saqlaydi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning xajmi ham o‘zgarib boradi.
Yangi tug‘ilganlarda – 30-45sm

2

bulsa, 10-12 yoshda 1500sm

3

bo‘ladi. Bolaning

yoshi ortishi bilan oshqozonning shakli ham o‘zgarib boradi. 2 yoshgacha
oshqozon nok shaklida bo‘lsa, 7 yoshda retorta kolba shaklida bo‘ladi.

Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muhitdan ovqat qabul

qilish, organizmda uni o‘zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq
moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar
almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish
bajaradi, hujayralar ko’payadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana
haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga
chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya
orqali o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi
assimilyasiya deyiladi. Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari
yangilanadi, ular ko’payadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda assimilyasiya
shuncha aktiv o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va

rivojlanishini

ta’minlaydi.


background image





22

Ovqat hazm qilish kanali pushtda birlamchi ichak nayi shaklida bo‘lib,

homilada u og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, me’da va ichaklarga bo‘linadi.
Hazm tizimi homila hayotining 4-oyidan faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu davrda
homila ichagida bargrang mekoniy bo‘lib, uning tarkibiga epiteliy hujayralari,
shilliq, o‘t, hamda homila yutgan amnion suyuqligi tarkibidagi moddalar bo‘ladi.
Homila davrining so‘ngida hazm tizimi yangi tug‘ilgan bolaning hayotiy
vazifalarini bajarish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Hazm tizimining oldingi uchi

ektodermadan taraqqiy etadi. Bosh miyaning oldingi qismi tez o‘sishi natijasida
peshona bo‘rtig‘i, uning ostida esa botiqlik-og‘iz ko‘rfazi hosil bo‘ladi. Og‘iz
ko’rfazi chuqurlashib entodermadan hosil bo‘lgan birlamchi ichak nayini oldingi
uchiga yaqinlashadi va uni qoplagan ektoderma birlamchi ichak entodermasi bilan
qo‘shilib epitelial halqum pardasini (membrana pharyngea) hosil qiladi. Homila
hayotining 3-haftasida bu parda so‘rilib, og‘iz ko‘rfazi birlamchi ichak bo‘shlig‘i
bilan qo‘shiladi. Og‘iz ko‘rfazi yon va past tomondan I visseral ravoq hosilalari
bilan chegaralangan. Bu ravoqning yuqori jag‘ o‘simtasidan: yuqori jag‘, tanglay,
yuqori labning tashqi qismi, lunj, burun bo‘shlig‘ining yon devori hosil bo‘ladi.
Juft pastki jag‘ o‘simtasining birikishidan esa pastki jag‘, pastki lab, og‘iz
bo‘shlig‘ining tubi hosil bo‘ladi. Yuqori jag‘ o‘simtalari orasiga peshona
bo’rtig‘ining o‘rta burun o‘simtasi kiradi va undan qattiq tanglayning keskich
qismi va yuqori labning o‘rta qismi hosil bo‘ladi. Agar shu o‘simta yuqori jag‘
o‘simtalari bilan birikmasa, yuqori lablar birikmay quyon lab (labium leporinum),
yuqori jag‘ o‘imtasining tanglay plastinkasi birikmay qolsa, bo‘ri og‘iz (palatum
fissum) hosil bo‘ladi. Oziqa moddalari energiya manbai va qurilish materiali
hisoblanadi. Shuning uchun ular to‘la qimmatli ovqat eyishlari kerak. SHundagina
ular yaxshi o‘sadi, turli kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Bolalar ovqati barcha
zaruriy moddalardan, o‘simlik va xayvon mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan
va etarli darajada bo‘lishi, to‘q tutishi kerak. Ovqatlanish tug‘ri tashkil qilish katta
ahamiyatga ega. o‘rta maktab o‘quvchilari 4 marta ovqatlanishlari, nimjon bolalar
tez-tez ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy gigiyenaga, stol atrofida o‘zini
tutishga, dasturxon go‘zalligiga rioya qilish kerak. Hayotda ovqatdan zaharlanish
ko‘p uchrab turadi. Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlariga bo‘linadi.
Bakterial zaharlanish turiga salmonellyoz kiradi. Bu salmonellalar tushgan ovqatni
eganda rivojlanadi. Bu ovqat turlariga go‘sht, tuxum, sut mahsulotlari kiradi.
Bundan tashkari pichoq taxtalar, stollarda, qo‘lda bu mikroblar bo‘lishi mumkin.
Ular pashsha, sichqon, kalamush, it, mushuk orqali ham yuqadi. Zaharlanish


background image





23

belgilari: bir kun o‘tkach o‘t rufagi atrofida ogriq paydo bo‘ladi, qusadi, ich ketadi,
bosh og‘riydi, tirishishadi, sovuq ter bosadi.

Botulizm. Tabiatda keng tarqalgan botulinus tayokchasi bilan zararlangan

ovqatni iste’mol qilish orqali odam o‘tkir zaharlanadi. Odam zaharli konservalar,
quziqorin, tuzlangan baliq, dudlangan mahsulotlar, go‘sht orqali yukadi. Bir necha
soat o‘tgach zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi: muskullari bo‘shashadi, ko‘zi
yaxshi ko‘rmaydi, og‘zi

Q

uriydi, nutqi buziladi, yutishi qiyinlashadi, nafas olishi

qiyinlashib, bemor halok bo‘lishi mumkin. Stafilokokklardan zaharlanish. Terisiga
yara chiqqan, angina, konvyuktivit bilan og‘rigan kishilar infeksiya tashuvchi
bo‘ladilar. Odamning tomog‘ida, burun shilliq qavatida, terida, ichagida kasallik
mikroblari bo‘ladi. Bu mikroblar sut, baliq, mahsulotlarida, sabzavotlarda bo‘ladi.
Bunda odam qusadi, qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, harorat ko‘tariladi. Dizentiriya,
dizentiriya tayokchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo‘l orqali o‘tadi va nihoyatda
yuqumli hisoblanadi. Bola tez suv yo‘qotadi, harorat ko‘tariladi, ich ketadi va
ba’zida qon aralash bo‘ladi. Bakteriyasiz zaharlanishga qo‘ziqorindan,
qo‘rg‘oshindan, bodom, o‘rik, olxo‘ri, shaftoli danagidan zaharlanish kiradi.
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun maxsulotlarni to‘g‘ri saqlash,
sanitariya-gigiyena, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. Tirik organizm
ichki muhit barkarorligini saqlash uchun, organizmga kirgan oziqa moddalar, suv,
havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib
turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikchil, siydik kislota,
kreotinin va shunga o‘xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa, organizm
zaharlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Biologiya. 9-sinf , A.Zikiryayev, A.To'xtayev, I.Azimov, N.Sonin)[1]

2.

Odam va uning salomatligi. 8-sinf B.Aminov, T.Tilavov, O.Mavlonov)

3.

M. Tilovov. Ovqat­lanish gigiyenasi Toshkent-2009[3]

4.

M. Tilovov. Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi Toshkent-
2011[4]

5.

Iskandar, O. (2023). The Organization of the Khorazm Soviet Republic.
Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(4), 794-
798.

6.

Ochilov,

I.

(2023).

IMPORTANCE

OF

PEDAGOGICAL

TECHNOLOGIES IN FORMING THINKING AND SKILLS IN
HISTORY LESSONS. Science and innovation, 2(B4), 481-484.

Библиографические ссылки

Biologiya. 9-sinf , A.Zikiryayev, A.To'xtayev, I.Azimov, N.Sonin)[1]

Odam va uning salomatligi. 8-sinf B.Aminov, T.Tilavov, O.Mavlonov)

M. Tilovov. Ovqat­lanish gigiyenasi Toshkent-2009[3]

M. Tilovov. Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi Toshkent-2011[4]

Iskandar, O. (2023). The Organization of the Khorazm Soviet Republic. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(4), 794-798.

Ochilov, I. (2023). IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN FORMING THINKING AND SKILLS IN HISTORY LESSONS. Science and innovation, 2(B4), 481-484.