Авторы

  • Aziza Azimova
    Xalqaro Nordik Universiteti katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.70976

Ключевые слова:

terminologiya sodda terminlar qo’shma terminlar o‘zlashma terminlar prefiks suffiks konversiya semantik sintaktik morfologik

Аннотация

Konchilik terminlari lingvistik xususiyatlar, yasalish usullari hali hanuzga aniq bir mezonlar asosida tadqiq qilinmagan sohalardan bo’lib kelmoqda. Mazkur terminlarni tahlil qilish tilshunosligimizda dolzab vazifa sifatida turibdi. Ushbu maqolada konchilik terminlarining yasalishining bir necha usullari va ularning lingvistik xususiyatlari yoritib beriladi.


background image





227

KONCHILIK TERMINLARINING YASALISH USLLARI

Aziza Azimova

Xalqaro Nordik Universiteti katta
o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Konchilik terminlari lingvistik xususiyatlar, yasalish usullari hali hanuzga

aniq bir mezonlar asosida tadqiq qilinmagan sohalardan bo’lib kelmoqda. Mazkur terminlarni
tahlil qilish tilshunosligimizda dolzab vazifa sifatida turibdi. Ushbu maqolada konchilik
terminlarining yasalishining bir necha usullari va ularning lingvistik xususiyatlari yoritib
beriladi.

Kalit so’zlar:

terminologiya, sodda terminlar, qo’shma terminlar, o‘zlashma terminlar,

prefiks,suffiks,konversiya, semantik, sintaktik,morfologik.

Abstract

: Linguistic features of mining terms, methods of formation have not yet been

researched based on specific criteria. Analyzing these terms is an ongoing task in our linguistics.
This article highlights several ways mining terms are formed and their linguistic features.

Key words:

terminology, simple terms, compound terms, acquired terms, prefix, suffix,

conversion, semantics, syntax, morphologic.

Аннотация:

Лингвистические особенности горных терминов, способы образования

до сих пор не исследованы по конкретным критериям. Анализ этих терминов является
постоянной задачей нашей лингвистики. В данной статье освещаются несколько
способов образования горных терминов и их лингвистические особенности.

Ключевые слова:

терминология, простые термины, сложные термины,

приобретенные термины, префикс, суффикс, конверсия, семантическая, синтаксическая,
морфологическая.

INTRODUCTION

Tilning rivojlanish qonuniyatlari va boyish manbalari ichki hamda tashqi

manbalar asosida yuzaga keladi. Ichki manba bu tilning boyishida eng asosiy omil
hisoblangan holda, oldin qo‘llanilib hozirda iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar yoki
so‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali yangi so‘z hosil qilingan so‘zlarni o‘zida
mujassam etsa, tashqi manba boshqa tillardan so‘z olish orqali namoyon bo‘ladi.
Shu o‘rinda konchilik terminlarining ichki manbalar asosida ya’ni yangi terminlar
qanday usullar yordamida yasalishini tahlil qilib chiqamiz. Har bir soha
terminlarining o‘z ichki manbalari o‘zlarining qonuniyatlari asosida namoyon
boʻladi. Bunda so‘z yasalishining yangi ishlab chiqilgan modellari va usullari
orqali amalga oshiriladi. Ushbu strategiyalardan biri - yangi so'zlarni hosil qilish
uchun so'zlarni birlashtirish - zamonaviy ingliz tilida boshqacha deb nomlanadi.
Baʼzi adabiyotlarda “morfologik-sintaktik soʻz yasalishi”, “grammatik soʻz
yasalishi” atamalari qoʻllanilsa, baʼzilarida “leksik-sintaktik soʻz yasalishi”
qoʻllanadi. Bu jarayon o‘zbek tilshunosligida “sintaktik usul bilan atama yasash”


background image





228

nomi bilan mashhur. Umumiy so'zlarning ma'nosini o'zgartirish orqali xalqaro
miqyosda va boshqa ko'plab tillarda qo'llaniladigan yangi atamalar yaratish
mumkin.Fan tili millatning umumadabiy tili asosida shakllanadi va rivojlanadi.

Shu bois fan, ilm tili poydevorini umumadabiy tilning leksikasi, so‘z

yasalishi va grammatikasi tashkil qiladi (H.Dadaboyev,2020;5). Umumiy adabiy
atamalarning, shuningdek, konchilik atamalarining ta'riflarini o'zgartirish orqali
sezilarli miqdordagi xalqaro atamalar boyitiladi. Bu atama yaratish usulining
boshqalardan farqi shundaki, bunda yangi fikrni ifodalash uchun yangi shakl hosil
qilish o‘rniga, mavjud tayyor so‘zga yangi ma’no qo‘shiladi. So‘z yoki iboranining
ma'nosini o'zgartirish orqali nomlashning g'alati tomoni shundaki, atama yoki
narsa nomlanayotgan atama yoki narsa bilan doimo umumiy ma‘noga ega.Yana bir
so‘z yasalish usullaridan biri bu “morfologik usul” dir. Atamalarni hosil qilishda
turli xil qo‘shimchalar qo‘shish natijasida yangi so‘z hosil qilish jarayoni nazarda
tutiladi. Bir so‘z turkumining ikkinchi bir so‘z turkumiga ko‘chishi orqali yuzaga
keladigan so‘z yasalish usuli “Semantik” usulda so‘z yasalishi hisoblanadi. Shu
qatori qisqartmalarni tahlil qilishda bizning ilmiy tadqiqotimizning bir qismi
sifatida semantik jihatdan o'rganilishi mumkin. Shu sababli, konchilik
atamalarning to'liq ma'nosini tushunish uchun ularni o'rganish muhimdir.

Konchilik terminlari ham oddiy iste’moldagi so’zlar kabi bir necha xil

usullar yordamida yasalgan. Quyida keltirilgan sxema orqali terminlar yasalishini
asosan uch xil usulda tahlil qilib chiqamiz:

Morfologik usulda so‘z yasashda biz qo’shimchalarga murojaat qilamiz.

O‘zbek tilida qo‘shimchalar qo‘llanish usuliga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: so‘z yasovchi
va shakl yasovchi qo‘shimchalar. Konchilik terminlarida asosan so‘z yasovchi
qo’shimchalarga ko‘proq urg‘u berib, tahlil qilib chiqamiz. O‘zakka yangi so‘z
yasovchi qo‘shimcha qo‘shganda bir so‘z turkumidan boshqa bir so‘z turkumi
hosil qilinishi mumkin. Masalan: “bug‘lantirish” so‘zida “bug‘” o‘zak ya’ni ot so‘z
turkumiga oid so‘zdan “la” so‘z yasovchi qo‘shimchasi orqali fe’l so‘z turkumiga

Affiksatsiya

(qo'shimchalar

qo'shish) usuli

Kompozitsiya

(qo'shma so'zlar)

usuli

Metaforik ko'chish

usuli

1. MORFOLOGIK

2. SINTAKTIK

3. SEMANTIK


background image





229

oid yangi so‘z yasalgan. Ingliz tilida “harmful” (gases) zararli (gazlar) so‘zini
oladigan bo‘lsak, “harm” zarar ot so‘z turkumidan “ful” so‘z yasovchi
qo‘shimchasi orqali sifat so‘z turkumiga oid yangi so‘z yasalgan.

Ingliz va Uzbek tilida konchilik terminlarida morfologik usulda so’z

yasalishini qiyosiy tahlil orqali ko’rib chiqamiz:

1. O‘zak + So‘z yasovchi

Masalan: O‘zbek tilida konchilik so‘zida “kon” o‘zak “chilik” so‘z yasovchi

qo‘shimcha bo‘lib kelgan. Toshqin so‘zida “tosh” o‘zak “qin” yasovchi
qo‘shimcha vazifasi bajarib kelgan. Endi esa Ingliz tilida morfologik usulda hosil
bo‘lgan so‘zlarni ko‘rib chiqamiz.

“Exploration”

is the activity of finding oil or

gas (Oxford English Dictionary, 2004). “Exploration” konchilikda “Neft va gazni
tatqiq qilish” jarayonini anglatadi. Bu so‘zda o‘zak

“Explore”

fe’l so‘z turkumiga

oid

bo’lib,

“tion”

ot

yasovchi

qo‘shimchaga

birikib

kelgan.

O‘zbek va Ingliz tilida qo‘shimchalar har doim ham mutanosiblikni yuzaga
keltirmaydi. Misol tariqasida o‘zbek tilida shaxs otini hosil qiluvchi qo‘shimcha
sifatida

“chi”

qo‘shimchasini olsak, uning ingliz tilidagi muqobil variantlari

sifatida

“er”,

“ar”,

“or”

suffikslarini

berishimiz

mumkin.

Masalan:

Min

er

(konchi)

-

a

person

who

works

in

a

mine.

Manag

(ish boshqaruvchi) - The official in charge of a mine, surface and

underground.

Vend

or

(sotuvchi) - A seller. In the case of mining companies, the consideration

paid for properties purchased is often a block of treasury shares. These shares are
termed vendor shares and are normally pooled or escrowed (HarperCollins, 2019).

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki,

“er”

“ar” yoki

“or”

suffikslari har doim ham

shaxs oti yasovchi qo‘shimcha bo‘lib kelmaydi. Masalan: vicar, bursar, nectar,
water, tutor, guitar kabi so‘zlarda bir butunlikni tashkil etsa, opener, sharpener kabi
so‘zlarda

“er”

qo‘shimchasi narsa otini hosil qilgan.

Bundan tashqari, ingliz tilida shaxs otini hosil qiluvchi “

ee

” qo‘shimchasi

fe’l so‘z turkumidan ot so‘z turkumi hosil qilishda ishlatiladi.

Employ

ee (ishchi)

-

a person employed for wages or salary, especially at non-executive level (Oxford
English Dictionary, 2004).Shuningdek

“ist”

shaxs oti hosil qiluvchi qo‘shimchasi

asosan ot so

z turkumidan shaxs otini hosil qilish uchun xizmat qiladi.

Masalan:

“biolog

ist

- is a person who studies bilogy - biolog

“biology”

- biologiya


background image





230

asosidan hosil bo‘lib,

“ist”

so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilganda tovush

tushishi hodisasiga uchragan.

Analy - “analyze”

so‘zning asosi fe’l so‘z turkumiga oid bo‘lib, tahlil qilmoq

degan ma’noni bildiradi va

“ist”

qo‘shimchasi qo‘shilib ot so‘z turkumiga ya’ni

shaxs otiga ko‘chishi (tahlil qiluvchi) natijasida fonetik o‘zgarish (tovush tushishi)
hodisasiga uchragan.

2.

Qo‘shimcha + o‘zak

O‘zbek tilida old qo‘shimchalar (-ser, -no,-ba,-be,-ham) o‘zakdan oldin

qo‘shilishi natijasida yangi so‘z hosil qilganidek,ingliz tilida ham prefixlar
yordamida yangi so‘zlar hosil qilish mumkin. Serharakat (moddalar) so‘zida “ser”
old so‘z yasovchi qo‘shimcha va “harakat “o‘zak” qism hisoblanadi. Bu kabi old
qo‘shimchali so‘zlar asosan sifat so‘z turkumida uchraydi va o‘zbek tili uchun xos
emas. Ingliz tilida ham bu kabi old qo’shimchali (-un,-in,-im,-ir) konchilik
sohasiga oid terminlarni uchratishimiz mumkin.
Masalan:
undetect- aniqlamaslik

3. Qo‘shimcha+o‘zak+qo‘shimcha

Noma’lumlik

(darajasi) so’zida

“no”

old qo‘shimcha, ma‘lum o‘zak,

“lik”

ort so‘z yasovchi qo‘shimcha.
Ingliz tilida esa

“Uncombustable”

(chemical subtances) yonmaydiga kimyoviy

moddalar.

“Un”

old qo‘shimcha,

“combust”

o‘zak,

“able”

sifat yasovchi qo‘shimcha

hisoblanadi.

4. O‘zak+qo‘shimcha+qo‘shimcha

Yonuvchi

(modda) -

“Yon”

o‘zak,

“uv”

1- so‘z yasovchi qo‘shimcha,

“chi”

2- so‘z yasovchi qo‘shimcha.

Effectiveness

-

“Effect”

o‘zak,

“tive”, “ness”

ot

yasovchi qo‘shimcha hisoblanadi. Yana bir keng tarqalgan so‘z yasash usullaridan
bir bu sintaktik usul hisoblanadi. Ya’ni bunda 2 va undan ortiq mustaqil
morfemaga

ega

bo‘lgan

so‘zlarni

birikishi

yuzaga

keladi.

Masalan: yer osti (quvurlar), barpo etmoq, temiryo’l, qazib olmoq kabi so‘zlarda
ikkita mustaqil so‘z birikib bitta yangi so‘zni hosil qilgan.
Ingliz tilida esa,

Pit top

- the area around the top of a mine shaft.

Pit bottom -

the area at the bottom of the mine shaft.

Rock factor

- The number of cubic metres of a particular rock type required to

make up one tonne of the material.


background image





231

Backwardation

- A situation when the cash or spot price of a metal stands at a

premium over the price of the metal for delivery at a forward date.

Footwall

- The rock on the underside of a vein or ore structure.

Black smoker

- Volcanic vent found in areas of active ocean floor spreading,

through which sulphide-laden fluids escape.

Rockburst

- A violent release of energy resulting in the sudden failure of walls or

pillars in a mine, caused by the weight or pressure of the surrounding rocks.

Hangingwall

- The rock on the upper side of a vein or ore deposit (Victor

Rudenno, 2012).

So’z yasalishi borasida abbreviatsiya usuli ham o‘rin egallagan bo’lishiga

qaramasadan olimlar bu usulga turli xil yondashishadi. Professor A.Hojiyev
abbreviatsiya usulida hosil bo‘lgan so‘zlarni haqiqiy ma’nodagi so‘z yasalishi deb
qarash noto‘g‘ri degan g‘oyani ilgari surgan. Chunki yangi so‘z qanday usulda
yasalishidan qat’iy nazar, yangi bir leksemani bildirishi kerak. Abbreviatsiya
usulida esa yangi ma’no ifodalanish kuzatilmaydi, balkim so‘z birikmalarining
qisqartirilgan shaklidir. Boshqa manbalarda esa abbreviatsiya usuli so‘z yasalish
usularidan biri sifatida qayd etib o‘tilgan. Bunda murakkab so‘z birikmalaridan
tashkil topgan so‘zlarni qisqartirish hodisasi sodir bo‘ladi.
Masalan:

NKMK

- Navoiy kon metallurgiya kombinati

CIL

- Carbon in Leach

COC -

Cash Operating Costs

Semantik usulda so‘z yasalishi bir so‘z turkumining boshqa bir so‘z

turkumiga ko‘chishi orqali hosil bo‘ladi va lug’aviy ma’nosi bilan bir qatorda
gramatik ma’nosi ham o‘zgaradi. Masalan: O‘zbek tilida

“Ko‘k”

so‘zi rang

ma’nosida sifat so‘z turkumiga oid bo‘lib (ko‘k rangli metallar),

“Ko‘k”

osmon

ma’nosida ot so‘z turkumiga ko‘chgan. Ingliz tilida

“Break”

sinmoq ya’ni fe’l

so‘z turkumiga oid bo‘lib, konchilik terminida “Regional shear zone” ya’ni “Keng
miqyosdagi mintaqaviy siljish zonasi” ma’nosida qo‘llanilgan. Bu kabi misollarni
ko‘plab uchratishimiz mumkin.

Breast -

A working face in a mine, usually restricted to a stope.

Recovery

- The percentage of valuable metal in the ore that is recovered by

metallurgical treatment.

Concentrate -

A fine, powdery product of the milling process containing a high

percentage of valuable metal.

Fold -

Any bending or wrinkling of rock strata.

Horse -

A mass of waste rock lying within a vein or orediv.


background image





232

Overburden:

is non-valuable minerals above ore which must be removed to

extract the ore (Victor Rudenno, 2012).

XULOSA

Yuqorida berilgan tahlillarga ko‘ra, konchilik terminlarini yasalish usullari
terminlar maydonining naqadar boyligi va xilma-xil ekanligidan dalolat beradi. Bu
sohada keng ishlatilib kelinayotgan so‘zlarimiz oldin oddiy so‘z vazifasida
ishlatilib keyinchalik sohaga oid maxsus tushunchani anglatganligi uchun terminga
aylangan. Ayrim terminlarimiz boshqa tillarda qanday qo‘llanilgan bo‘lsa
yaxlitligicha bu sohaga oid termin sifatida qabul qilingan bo‘lsa, ayrimlari esa
tilning ichki boyish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘shimchalar qo‘shish
orqali boshqa yangi bir so‘zni hosil qilgan yoki ikki va undan ortiq so‘zlarning
qo‘shilishi

orqali

yangi

bir

tushuncha,

ma’noni

ifodalab

kelgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbek Terminologiyasi: o’quv qo’llanma / Hamidulla Dadaboyev. - Toshkent:
Yoshlar nashriyot uyi, 2020 - 5-b.

2.

HarperCollins. (2019). Rehabilitate. In Collins English dictionary (8th ed., p.
672).

3.

Merriam-Webster’s Collegiate Dictionary, 11th ed., Merriam-Webster, 2003

4.

Victor Rudenno. (2012). The Mining Valuation Handbook: Mining and Energy
Valuation for Investors and Management.

5.

Oxford English Dictionary, 2nd ed. Oxford: Oxford University Press, 2004.

6.

Merriam-Webster’s Collegiate Dictionary, 11th ed., Merriam-Webster, 2003.

Библиографические ссылки

O‘zbek Terminologiyasi: o’quv qo’llanma / Hamidulla Dadaboyev. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020 - 5-b.

HarperCollins. (2019). Rehabilitate. In Collins English dictionary (8th ed., p. 672).

Merriam-Webster’s Collegiate Dictionary, 11th ed., Merriam-Webster, 2003

Victor Rudenno. (2012). The Mining Valuation Handbook: Mining and Energy Valuation for Investors and Management.

Oxford English Dictionary, 2nd ed. Oxford: Oxford University Press, 2004.

Merriam-Webster’s Collegiate Dictionary, 11th ed., Merriam-Webster, 2003.